Yilning ohirgi kunlari, Ruslan Almazovning tushi

Ìàðàò Àâàçîâè÷ Àâàç-Íóðçåô
Â÷åðà áûë îïóáëèêîâàí «Ïðåäóòðåííèé ñîí Ðóñëàíà Àëìàçîâà ïîä çàíàâåñ ãîäà 2021-ãî» - http://proza.ru/2021/12/25/1759. Ïîñëå èçëîæåíèÿ ñíà äàíà ïåðåïèñêà Ðóñëàíà Èáðàãèìîâè÷à ñ íåâåñòêîé è äî÷åðüþ. Íèæå – ñîí íà óçáåêñêîì ÿçûêå. Áåç ïåðåïèñêè.

Êå÷à «Ïðåäóòðåííèé ñîí Ðóñëàíà Àëìàçîâà ïîä çàíàâåñ ãîäà 2021-ãî» ÷îï ýòèëãàí ýäè. – http://proza.ru/2021/12/25/1759. Óíãà õàìäà Ðóñëàí Èáðàãèìîâè÷íèíã êåëèíè âà êèçè áèëàí ¸çèøìàëàðè êóøèëãàí. Êóéèäà – ôàêàò òóøíèíã òàðæèìàñè.



Xayrli tong, qizim! Qalay san?
Tongi tush ko‘rdim va undan ko‘ngilli hislarda o‘yg‘andim. Hali ham ketganlari yo‘q...


Shifoxonaga bordim. O‘g‘lim Samad yotgan xonani bilaman. Kirdim. Ko‘p bolalar va ayollar. Bittasi televizor tomoniga ko‘rsatdi. Samadni televizor va devor orasida ko‘rdim.
— Salom! Qalaysan?
— Assalomu alaykum! Yaxshiman! O‘zingiz qanday siz?
Samadga to‘rt yoshlar bor. Tushimda mamnunlik bilan ichimda o‘g‘limning aqligini va hali yosh bola bo‘lsa ham odobu tarbiyalikligini taqidladim.
Qo‘lidan ushlab televizorning orqasidan chiqardim.
— Oyingning oldiga boramiz.
Qo‘lma qo‘l ushlashib uzun koridorda ketmoqdamiz. Keyin bizlar bir Stalin davridan qolgan binoning oldida. Bino baland, puxta, mustahkam, har xil zeb-ziynatlari bilan, kirish eshigi salobatli. Kirdik. Katta vestibyul'. Ro‘poramizda – keng zina. U ham Stalin usulu talablarga javob beradigan. Uchinchi qavatga kutarildik. Xonalarning nomerlari 70-dan ko‘proq. Markizaniki esa – 30 nechanchi. Ikkinchi qavatga tushdik. Ha, shu yerlarda bo‘lishi kerak. Koridordan ketmoqdamiz. Har xil odam mavjud, har xil yoshda. Samaddan so‘rayapman: "Xonalarning qaysi biri oyingniki?". Javobi: "Esimda yo‘q!". Uzundan uzun koridorda ko‘pchilik odamlar orasida yurmoqdamiz. Yaqinimizda bir qorachadan kelgan oq xalatlik kishini ko‘rdim. Men uni burungi vaqtlarda bilar edim: u yoki jurnalist edi, yoki biolog, demak, endi esa kardiologiyada ekan.
— Assalomu alaykum! – dedim men unga.
— Va-aleykum assalom! – javoban jilmaydi u va bizning ketimizdan kelayotgan qizga boshini qimirlatib qo‘ydi.
Biz Samad bilan olg‘a ketaverdik. Koridorning oxiriga yetdik.
— Xech ham esingda yo‘qmi?
— Yo‘q, esimda yo‘q...
Oq xalatdagi eski tanishimni orqasidan ko‘rayapman. U bir palataga kirmoqda. Men har bittasiga ko‘zimni tashlamoqchi bo‘ldim. Birinchi xonada – Markiza yo‘q. Ikkinchisida chap tomon devor oldida kimdir yotibdi karavatda, yonida, pastda, – menga tanish bosonojkalar. Boshimni eshikdan chuquriroq kiritdim. Karavatda yotgan ayolni ko‘rmoqchiman. Karshisidagi karavatdan birdaniga va tezlik bilan qizil xalatda Markiza turdi. Yosh, chiroyli, go‘zal, sog‘lom, shiddatli.
— O, seni bizlar mutlaq tasodifan topdik! – xitob qildim men va unga intildim. U bo‘lsa – o‘g‘liga tashlandi. Uni quchoqlab olmoqchi. Lekin mening o‘ziga cho‘zilgan qo‘llarimni ko‘rdi. Va quchoqlashdik.
Shu daqiqada o‘yg‘anib ketdim...


Sen, Nursana qizginam, albatta, oyingning u xalatini eslaysan. Gazmolning nomini bilmayman. Vel'vet, baxmal va sun'iy zamshaning o‘rtasida. Esingdami, u xalat yashil, kuyuq yashil edi? Bu materialdan esa qizil xalati, men va Samadning oldimizda qizil xalatda paydo bo‘lgan, – u amalda yo‘q edi. Lekin u qizil rangni yaxshi ko‘rar edi. Biroq, unga har qanday narsa juda yarashar edi...

2021 y. 25-26 dekabr.