X. V. Ijtimoiy, siyosiy, adabiy maqolalar

Õîëäîð Âóëêàí
Xoldor Vulqon

Badiiy adabiyot bo‘yicha xalqaro "Naslediye" mukofotining nomzodi

Ijtimoiy, siyosiy, adabiy maqolalar




Olmaxon Hayitova haqida


Men bu maqolani aslida avvalroq, Olmaxon Hayitova hayot paytlarida yozishim kerak edi. Ana -mana deb, ijodiy ishlarga o‘ralashib, shu ish paysalladi.Bu orada elimiz sevgan buyuk san‘atkor Olmaxon opa Hayitova rahmatli bo‘lib ketdilar.
Nachora,odamzodning tirigida qadr -qimmatini joyiga qo‘yib, unga yetarli e‘tibor, mehr -muruvvat ko‘rsatishga ba‘zan ulgurmay qolar ekanmiz.

Men hechdan ko‘ra kech deb, gapni Olmaxon Hayitovaning ismidan boshlamoqchiman.
To‘g‘ri, olmaxon hammaga yoqadigan, o‘rmonlarda archadan qarag‘ayga, qarag‘aydan qayinga sakrab yurguvchi chiroyli, quvnoq mo‘ynali jonivor.Ammo, olmaxonlarning bizning mintaqalarda, ayniqsa Xorazm voxalarida yashamasligini xisobga olsak, Olmaxon Hayitovaning ismi mazmunan boshqa so‘zga o‘zakdoshligi o‘z -o‘zidan ayon bo‘ladi.Ya‘ni Olmaxon Hayitovaning ismlari Olmaxon emas, Olimaxan bo‘lishi kerak edi.

Xuddi tatarlarda Olimani Galima deganlariday.Bu so‘zlarim bilan men Olmaxon Hayitovani tatar demoqchi emasman, garchand men uchun tatarmi, o‘zbekmi, rusmi, inglizmi, hammasi bir -INSON bo‘lsada.

Olmaxon Hayitova Xorazmlik haqiqiy o‘zbek ayoli edilar.

Bu buyuk san‘atkor O‘zbek xalqining Lyudmila Zûkinasi edi.

Olmaxon Hayitova qo‘shiq kuylaganda o‘zbek xalqi har qanday ishini bir zum to‘xtatib, sevgi -muhabbat, visolu ayriliq hanjari sadpora qilgan jigarlari kabob oshiqlar nolayu faryodlariga to‘la hasratli ohanglar daryosida oqib ketardilar. Paxtazorlarda, ufqlar o‘z etaklariga bulutlarni paxtaday tergan botish yoqlarda uning yod bo‘lib ketgan "Naylayin", "Onam derman" kabi shlyager qo‘shiqlarini kuylab yurardilar.

Shoxsanam degan ajoyib shoira yozgan "Naylayin" nomli qo‘shiq matniga qarang:


Do‘stim, saning g‘amsiz boshing g‘amxona bo‘ldi, naylayin.
Bir so‘z bilan oshno yoring begona bo‘ldi, naylayin.


Darhaqiqat, odamzod tug‘ilganda va bolalik paytlarida g‘amsiz, qayg‘usiz yashaydi.Keyinchalik uning boshiga g‘am uya quradi, tuxum qo‘yib, bola ochadi, ko‘payib ketadi.Ular shu qadar ko‘payib ketadilarki, shovqinidan quloqlar tom bitadi.Ular kish -kish! ga quloq solmaydilar.Odamzod g‘amlarning qo‘ndog‘iga xovozasiga aylanib qoladi.Bu ham ozday, bir so‘z bilan do‘stingizday ayrilasiz, u sizga endi begona bo‘lib ketadi.Odmzod ko‘ngli shunday tegma nozik va u bir so‘z bilan ba‘zan o‘q tekkan akvariumday parcha -parcha bo‘lib sinadi, qayta butlanmaydi.Naqadar topib yozilgan bu misralar!


Talxa do‘ndi og‘zim boli, esdi ayroliq shamoli,
Bilmadim, nadur hayoli, pinxona bo‘ldi, naylayin.


Talx degani achchiq degan ma‘noni anglatadi.Dala uvotlarida u yoq buyoqqa alanglab, hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, "Talxa" degan o‘simlikni asta tishlab ko‘rsangiz, bunga yuz foyiz amin bo‘lasiz. Ayriliq shamollarida og‘zimning boli, ya‘ni asali talxga do‘ndi, achchiqqa aylandi deya tazod, zidlov san‘atini qo‘llaydi shoira.


Yondi maning bag‘rim yondi, davron raqiblara do‘ndi,
Vaslingni chirog‘i so‘ndi, xijrona do‘ndi, naylayin.


Bu misralarda ayriliq otashidan ilashgan olov girdobida chirpirab, jizg‘inak bo‘lgan oshiq vujudi yoritayotgan zulmat qa‘ri, raqiblarga to‘la tevarak javonib aks etdiralarak, o‘sha zulmatlarda maxbub ruhi shuurini olisdan yoritayotgan so‘ngi ilinj -visol chirog‘i ham so‘nib qolgan qayg‘uli manzarani bor xasrati bilan namoyon etadi.Bu misralarda ham yonayotgan oshiq va so‘ngan visol chirog‘i tashbehlari bilan aruzning an‘anaviy "tazod", ya‘ni zidlov san‘ati mavjud.


Endi bilmam bir soat qolmadi ko‘nglimda toqat,
Muhabbat qurgan imorat vayrona bo‘ldi, naylayin.


Yuqoridagi misralarni sharxsiz ham tushunsa bo‘lar.Bu bayt Vayrona bo‘lgan muhabbat qasrining oydin xarobalari qarshisidagi ko‘nglida toqat qolmagan oshiqning, ishqning surati bo‘lsa ne ajab.


Qutilmadi g‘amdin boshim, og‘u bo‘ldi ichgan oshim,
Yor yo‘lida ko‘zda yoshim ravona bo‘ldi, naylayin.


Yuqoridagi misralar odamzodning g‘amdan boshi chiqmagani kamday, sevganiga ham yetisholmay qolishi, xuddi ko‘zlari to‘la jiqqa yosh bilan sevgilisi ketayotgan poyezd ortidan chopguvchi bechora oshiq xolatini eslatmaydimi sizga?


Shoxsanam der, kuydim tiyra sig‘indim sidq ila pira,
Yorning ko‘ngli o‘zga yora gumona bo‘ldi naylayin.


Olmaxon Hayitova o‘zbek qo‘shiqchilik san‘ati g‘aznasiga ana shunday o‘lmas qo‘shiqlar durdonasini, marvaridlarini qoldirib ketdilar.
Garchand tarixdan tariqcha xabarimiz bo‘lmasada, tarixchiman, olimman deymiz.Lekin bir oddiy odam yoki bola kelib: -Tarix so‘zining lug‘oviy ma‘nosi nima? -deb so‘rasa, o‘ylanib qolamiz. Tarix so‘zi "Toriyq" kalimasidan olingan bo‘lib TARIQAT, YO‘L ma‘nosini anglatadi va Payg‘ambar alyxissaloti vassalomning muborak o‘tmishlariga oliy xulqlariga, ibratli tutmishlariga ishorat qiladi.TARIQATsizlik zalolat sahrosida adashmoqlikdir, YO‘Lsizlikdir.


Betariqatlarni ko‘rkim, to‘g‘ri yo‘ldan ozalar
 

deya yozgan edi Muhammad Sulaymon o‘g‘li Fuzuliy.

Buyuk san‘atkor Olmaxon Hayitova kuylab o‘tgan bu o‘lmas qo‘shiqning oxirgi misralaridagi "Sig‘indim sidq ila pira" deya yozilgan so‘zlar zamirida ham tariqat nafasi seziladi.
 
Xalqimiz biror yomon fe‘l atvorli odamni yo nafsini jilovlay olmaydigan zinokor, mayxo‘r odamni ko‘rsa, "shunga ham Xudo insofu tavfiq bersin" deya duo qiladi.
Xo‘sh, INSOF so‘zining ma‘nosi nima?

Insof degani nafsini jilovlash degani.Ichkiligu zino, el molini talash, xalq boyligini toroj qilib, chet ellardagi banklarga ko‘mish,birovning ustidan kulib, rohat topishgacha  barchasi nafs.Bu nafsni tiyish esa oson emas.Nafsini tiyolgan odamni insofli deydilar.Insofli odamlarda tavfiq ham bo‘ladi.
Darvoqe‘, tavfiqchi? Tavfiqning ma‘nosi nima?? Tavfiq degani vafo qilmoq deganidir. Tavfiq munofiq tushunchasining teskarisidir.Chuntraladimmi?
Ya‘ni siz bironta odamga "Endi sizga tez -tez xat yozib turaman" desangizu, yozmasangiz, endi sizning vadangiz MUNFIQ bo‘ldi.

Vafo esa INFOQdir.Chundingizmi?

Ittifoq ham tamonlarning bir birlariga vafoli bo‘lishlari asosida barpo etilgan muayyan bir jamiyatdir.

ITTIFOQni NIFOQ vayron qiladi.

Bu so‘zlarni o‘qib, Xoldor Vulqon rosaaaa arabcha kitoblarni o‘qiyapti shekilli deb o‘ylamang tag‘in.Menda arabcha kitoblarni qo‘yaturing, hatto boshqa tillardagi kitoblar ham yo‘q.Bitta Boburnoma degan kitobim bor.Uniyam muqovalari yo‘q.Internetdan esa ba‘zan o‘zbekcha, ko‘proq ruscha o‘qiyman.Yuqoridagi arxaik so‘zlarni esa maqola O‘zbekiston xalq artisti Olmaxon Xayitova ismi bilan boshlangani uchun, shu ohangda yakunlamoq maqsadidagina qo‘lladim.
Demoqchimanki, Olmaxon Hayitova biz yuqorida e‘tirof etgan barcha go‘zal hulqu xislat va fazilatlarga ega edilar.U ayolda - INSOF bor edi,TAVFIQ bor edi.U SAN‘ATKOR, u INSON so‘zlar ma‘no mazmunini, mohiyatini chuqur anglab yeta oladigan darajadagi OLIMA edilar. OLIMAXON HAYITOVA edilar.Elimiz mehr muhabbatini qozongan, xalq duosini olgan O‘zbekiston xalq artisti Olimaxon Hayitovaning joylari Jannatdan bo‘lsin.



05/01/2015.
Kunduz soat 11 dan 46 daqiqa o‘tdi.
Brempton shahri, Kanada.




O‘zbekistonliklar ekanligimizni anglab yetaylik!



Ba‘zan odam yarim kechasi uyg‘onib ketadida, osuda jimlikda chakillab tomayotgan yomg‘ir tomchilarining tovushiga quloq tutadi.Ammo derazadan oy mo‘ralab, yulduzlar charaqlab yotganini ko‘rgach, chakillayotgan narsaning yomg‘ir emas, devordagi soat ekanini anglab yetadi.Ha, ha, soat gardishining oyna bulog‘idan bir moromda beg‘amgina chakillab tomayotgan vaqt tomchilarining tovushi.

Vaqt tomchilari xuddi umr suzma xaltasidan tomayotgan zardob kabi chakillab mangulikning poyonsiz ummoniga tomaveradi, tomaveradi, tomaveradi.Uning jarangdor tovushi oydin jimlikda butun koinotga eshitilayotganday.

Kimlardir inson umrini besh kunlik deydi.
Aslida esa, siz bilan bizga berilgan umr kapalak umriday atigi bir kunlik halos.

Tun zulmati qa‘ridan ohista oqarib tong otarkan, quyosh chiqib, yuqoriga ko‘tariladi, so‘ng charchab, shomgi ufqlarga vazmin botadi.

Xuddi shundek odamzod ham tongda balqigan taftsiz quyosh singari bolalikning olis dalalari ortidan ohista yuksalarkan, sekin asta quvvatga kirib, tevarak javonibda o‘z xarorati bilan turli yaxshi -yomon voqealarni jarayonga keltiradi, urinadi, surinadi, chirpiraydi, o‘rtanadi, yonib, yonib, oxiri charchab, soviydi, so‘nadi, o‘z ufqiga botadi, ya‘ni yer ostiga kirib ketadi.

Mana shu bir kunlik, bir tomchi umrimiz davomida qayerda yashashimiz emas, qanday yashashimiz muhimroq.

Quyosh o‘zining bir kunlik aylanish jarayonida yaxshiyu yomonga, ilonu chayonga, qurtu qumursqaga, boyu kambag‘alga bir xil nur ulashib, jonbaxsh energiyasi bilan ularga be‘minnat hayot bag‘ishlaydi, rizqiga sabab bo‘ladi.

Odamzod esa o‘zining bir tomchi, bir kunlikkina umrida molu dunyo deya, kiyilaverib, yechilaverib uvadasi oqqan, astar paxtasi chiqib, odam xatto ovcharka itining budkasiga to'shashga ham xazar qiladigan darajada mag‘ar bosib, kirib bo‘lib ketgan mansabning yirtiq fufaykasi uchun, muvaqqat toju taxt deya tirishib, tirmashadi, molini, kursisini tortib olish uchun bir birlarini vaxshiylarcha o‘ldiradilar.

Lug‘otlarda "Qalb", "Dil", "Ko‘ngil" degan shaklan boshqa, ammo mazmunan bir sinonimlar bor.

Qalb arabcha, Dil forscha, Ko‘ngil esa asl o‘zbekcha.
Bobomiz hazrati Amiri Alisher Navoiyning bir didaktik bayti har doim meni hayratlantiradi.


Kimki bir ko‘ngli buzuqning hotirin shod aylagay,
Oncha bo‘lg‘ay, Kaba vayron bo‘lsa, obod aylagay.


E‘tibor bering, Navoiy qalb demadi, dil demadi, ko‘ngil dedi, ko‘ngli buzuqning deya yozdilar.Ko‘ngli buzuq deganda Hazrat xasad va g‘araz qurumlariga to‘lgan ko‘ngilning mo‘riday qaroligiga ishora qilmadilar.
Ozorlar zarbidan darz ketib,  vayron bo‘lgan ko‘ngil qasrini nazarda tutdilar.

Inson ko‘nglini muqaddas Ka‘baga qiyosladalar.

Inson ko‘ngliga ozor berishday og‘ir gunoxning, o‘lchovini, masshtabini belgiladilar.

Bu masshtabni faqat muqaddas KABAning vayron etilish daxshatini, oqibatini, mangu jahannam azobiga giriftor qilguvchi gunoxlar zalvorini, shu bilan birga vayron etilgan Ka‘bani yana qayta tiklash bilan bog‘liq savoblar xisobini, vaznini, ahamiyatini anglab yetolgan, tasavvur qilolgan aqli butun, vaqtinchalik kayfu savo emas, mangu rohat farog‘at istagan, ruhi orom olib, hotirjam bo‘lishini hoxlagan imonli insongina Hazrati Amiri Alisher Navoiyning yuqoridagi purhikmat baytini tushunadi, anglab yetadi, his etadi.

"Shu odamdan ko‘nglim qoldi" yoki "Ko‘nglimdagiday bo‘libdi", "Ko‘ngli toza odam ekan" deya gapirishni yaxshi ko‘radigan, ammo ko‘ngilday ko‘rinmas narsalarga ishonmaguvchi materialist daxriylar,xudosiz osiylar ko‘zga ko‘rinmas, ammo mavjud bo‘lgan ko‘ngilni qo‘yaturing, xatto Xudoning borligiga ham makkor ko‘zlarining yiltillagan varam qorachiqlari, maymunnikiday yog‘li ko‘zlari bilan shubhali qaraydiganlar Navoiy hikmatlarini, so‘fiyatini tushunmaydilar, tushunolmaydilar.

Ey odam, o‘zingni o‘zing taftish qil.Nimalarga moilligingni xisoblab chiq.Sen moil bo‘lgan narsalarning ko‘p qismi dunyoviylikka, daxriylikka doxil bo‘lsa, sergaklan.

Qarovsiz qolgan Ka‘baday ko‘nglingni lazzat, rohat, ayshu ishrat, hoyu xavaslarning qoraygan chakalakzorlari, tikonu burganlari bosib ketibdi.

Eng yomoni u qarovsiz tashlandiq xilvatga seni sharobu zino xo‘ragi bilan aldab tentiratib, urintirib, umringni yeldek besamar o‘tkazib yuborishingdan manfaatdor, seni yomonliklarga, zulmu zo‘ravonliklarga yo‘naltirguvchi, sendan o‘ziga qul va do‘zaxda birga yonadigan sherik barpo qilmoqchi bo‘lgan Iblis ko‘chib o‘tibdi!

Qalbingdan Iblisni quvib chiqar!

Ka‘baday muqaddas u makonni obod qil, yuv, tozala!

Toki bu tozalikdan chinniday yaraqlagan pokiza ko‘nglinga eng buyuk mehmon -Xudoi Taolo Vataborak tashrif buyursin.

Ko‘ngling qasri ilohiy nurlarga to‘lsin, ey odam!

Navoiyni o‘qi, angla!





20/10/2011.
Erta bilan soat 10 dan 20 daqiqa o‘tdi.
Kanada.




Obbos Bakirovning jiyanlari haqida



Andijonda mashhur kinoakter va kinorejiser Obbos Bakirovning Obidjon va Odiljon degan jiyanlari yashaydi.

Obidjon aka Bakirov O‘zbekiston xalq rassomi.G‘oyat madaniyatli, kiyinishni ham joyiga qo‘yib qo‘yguvchi, bahorda o‘riklar gullagan chog‘lar, vayo avgust oylari mast -alast shamollar o‘tloqlarda gandiraklab, momaqaymoq to‘zg‘og‘ini to‘zg‘itgan sokin osoyishta mahallar, yoki novdalardan birin ketin uzilayotgan za‘faron yaproqlar tovushini ham eshitsa bo‘ladigan kuzgi jimlik hukm surgan onlar, kech kuzgi dalalarda, quyuq tumanlar aro g‘o‘zapoya to‘playotgan odamlar siluyetini ko‘rsa, yo deylik daraxtlarni, ko‘chayu uylar tomini qalin qor bosgan tongda uyg‘onib, derazadan qishki shahar ko‘chalariga qarasa, Obidjon Bakirovda halovat degan narsa yo‘qoladi.U molübertini va romlarini furgon jigulisi yukxonasiga joylab, etyudlar ishlash uchun to‘g‘ri kelgan tamonga jo‘naydi.

Go‘zal manzaralar qarshisida hech kim Obidjon Bakirovchalik hayratga tusholmaydi va u manzaralarni Obidxon akachalik  maxorat bilan o‘z etyudlarida aks etdira oladagan realist rassomlar juda kam bo‘lsa kerak.Bundan ham hayratlanarlisi, Obidjon Bakirovga o‘z tog‘asi Obbos Bakirovdan akterlik iste‘dodi ham o‘tgan.Obidxon aka davralarda mumtoz  qo‘shiqlarni, ayniqsa Majnunning Layli yotgan tobutga boshini urib, yig‘lab aytgan ariyasini shu darajada kuylaydiki, siz beixtiyor o‘zingizni ulfatlar bazmida emas, teatrda o‘tirganday his eta boshlaysiz.

Obidxon akaning ukalari Odiljon Bakirov esa asli Moskvadagi qaysidir institutning yadro fizikasi fakulütetini tamomlagan.Ammo bizda yadro sanoati yo‘qligi bois bo‘lsa kerak, o‘zining sevimli xunari bezovchi rassomlik bilan shug‘illanib, halol peshona teri bilan rizqlanadilar, o‘z bola -chaqalarini boqadilar.Odiljon Bakirov ham davralarda faqat yeb -ichib, so‘ppayib o‘tiravermay, o‘z tog‘asi va o‘z akasi Obidjon Bakirov kabi yo latifa aytib yo qo‘shiq aytib davrani qizitishga o‘z xissasini qo‘shadi.Odiljon aka Uzeir Gadjibekovning "Arshi mol olan" spektaklidagi ariyalarni aytsa, haqiqiy opera qo‘shiqchisi kuylayapti deya o‘ylaysiz.

-Aaaaarshiiiiii - moooololoooooooon!deya hech qanday mikrafonsiz qoyillatib kuylaydi.

Biz Odiljon Bakirov bilan viloyat "Ma‘naviyat va ma‘rifat" bo‘limida birga ishlaganmiz.Men ishdan ketgach, bir kuni, Odiljon Bakirov mening ish stolim javonidagi qog‘oz dastalarini olib, banogox bitta she‘rimni topib olibdilar va o‘qib, yig‘lab yuboribdilar.

-Ha, nega yig‘layapsiz deyishsa, Odil aka ko‘z yoshlarini artib: -Xoldor Vulqonning o‘z onasi haqida yozgan she‘rini topib oldim.Voy, ablaaaax, shunaqa ham she‘r yozadimi odam.O‘qib, yig‘lab yubordim -degan ekanlar.Bu haqda Odiljon Bakirov keyinchalik o‘zimga ham aytgandi.

Mana shunaqa, ba‘zan kulgili jinni ketdi narsalarni yozsam, ba‘zan qayg‘uli she‘rlarni ham bitib turaman.Ammo o‘sha qayg‘uli asarlarga ham iloji boricha yorug‘lik olib kiraman.

Maqoladan murod, faqat maqtanishgina emas, balki buyuk san‘atkor Obbos Bakirov, va u insonning yaqin qarindoshlariga hos ajoyib fe‘l atvorlar haqida yaxshi so‘zlarni yozib, tarixga qoldirdim.

Balki vaqtlar kelib, bu saytlar yopilar.Ammo men ishonamanki, bu kabi maqolalarim ham izsiz ketmaydi.

Ularni muhlislar, ko‘nglida g‘ubori yo‘q yaxshi insonlar ko‘chirib olib, tarix uchun saqlab qo‘yadilar va kelajak avlodlarga yetkazadilar.




26/09/2014.
Kunduz soat 10 dan 5 daqiqa o‘tdi.
Kanada.




Navoiyning Olam ahliga xitobi



Haqiqiy shoirlar ma‘lum bir ijtimoiy siyosiy qatlamlarning, har xil zararli IZMlarning (kapitalizm, sotsializm, slavyanizm, sionizm, natsizm, kommunizm,panturkizm va x.k.)manfaatlariga xizmat qilmaydilar.

Haqiqiy ma‘nodagi shoirlar millatchilik, irqchilik kabi mayda, zararli, jirkanch kaltafaxm g‘oyalardan yuqori turib, umuminsoniy qayg‘ular bilan ijod qiladilar.

Nima uchun sharq she‘riyatining Amiri hazrati Alisher Navoiy ijodi barcha zamonlarda birday qadrlandi, e‘zozlandi, taqiqlanmadi, taxqirlanmadi?

Chunki, Alisher  Navoiy ijodining badiiy adabiy geografiyasi tikonli simlar bilan chegirilmagan.

Navoiy olami koinot kabi bepoyon.

Bu bepoyonlikni anglash uchun esa, odam bolasida Navoiy yozgan g‘azallar ohangini, mazmun -mohiyatini, hikmatini anglashga qodir yuksak badiiy did, bilim, ilm, aql va nihoyat faxmu farosat kerak bo‘ladi.

Quyidagi baytga yaxshilab qarang.Hazrati Navoiy allaqanday mamlakatga yo qandaydir ijtimoiy qatlam vakillariga vayo qaysidir hukmdorga emas, butun OLAM ahliga qarata xitob qilmoqdalar.


Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,
Yor o‘lung bir-biringizg‘akim, erur yorlig‘ ish.


Navoiy hazratlari o‘zining yuqoridagi baytida butun insoniyatni dushmanlikdan tiyilib, bir -birlari bilan do‘st -qadrdon bo‘lib, ahil yashamoqqa chorlamoqdalar.

Navoiy o‘gitlariga zid ish qilayotgan xalqlar boshiga qanday kulfatlar yog‘ilganini va yog‘ilayotganini ko‘rdik va ko‘rib turibmiz.

Yana bir so‘zga diqqat bilan e‘tibor bering.

Navoiy hazratlari "Ish" degan so‘zni ishlatmoqdalar."Kor" demasdan haqiqiy chig‘atoy o‘zbek dialektida aytmoqdalar.

Chunki olamlarning mavjudligi "ISh" bilan bog‘liq.Olamlar sirli mexanik qonuniyatlarga bo‘ysungan xolda doimiy harakatda, ya‘ni IShlab turibdi.Biz ham har kuni ishga boramiz, ishdan qaytamiz.

Ishonch qozonamiz, ishlaymiz, ishtirok etamiz.

Aks holda ishsizlik degan girvatga, girdobga tortilib ketish hech gap emas.Vaholanki barcha yomonliklar, illatlar, aynan IShsizlikdan kelib chiqadi.

Ishsiz odam yalqovlanadi, nima qilishini bilmay ichadi, ichadi, oxiri oshqozoni IShdan chiqadi.Ya‘ni IShkal bo‘ladi.Mayxo‘rning, shisha g‘aribining,  butilka qulining oshqozoni, bora bora boshqa muhim a‘zolari ham birin ketin  IShdan chiqsa, dori -darmon yo jarroxlik yo‘li bilan dardini biroz yengillatar.Ammo aqli IShlamasachi?Bu endi, katta tezlikda ketayotgan avtomobilning tormozi IShdan chiqishiday g‘oyat xatarli.Aqli IShdan chiqqan odam jamiyatga ham o‘z aqlsizligi bilan zarar yetkaza boshlaydi.

Unga: -Ey, xayvon, sen o‘z aqlsizliging, kaltafaxmliging bilan o‘zinga o‘xshagan nodon kimsalarni ajinaday oziqtirib, tubsiz jarlik tamon yetaklab ketyapsan! -desangiz, u sizga "IShing bo‘lmasin!" deb ikki oyog‘iga bitta etikni kiyganicha, jarlik tamon ketaveradi.

Chunki uning eng muhim a‘zosi -aqli o‘z manfaatlari yo‘lida har qanday yovuzliklan qaytmaydigan IShtaxasi karnay "IShbilarmonlar"  tamonidan IShdan chiqarilgan.

Aqli IShlamay qolgan u yanglig‘ kimsalarni  "IShbilarmonlar" IShlatib, IShlatib, pulini bermay xaydab yuborishadi.

Navoiy hazratlari yuqoridagi baytlarida dushmanlikdan foyda yo‘q, bir birlaringiz bilan yoru do‘st bo‘lib, ahil yashanglar demoqda va bu xitobni butun olam ahliga qarata aytmoqdalar.

Urushlardan har ikki tamon zarar ko‘radi.Hatto urush oloviga bir chetdan kerosin quyib,  ikki tamonni bir -biriga ustalik bilan qayrab,  gij gijlab, tinkasini quritib, ularning moliga, mulkiga ega chiqishni ko‘zlaganlar ham!

Shuning uchun nafaqat biz O‘zbekistonliklar, balki olam ahli, ya‘ni Yer yuzida yashayotgan barcha xalqlar millatimizdan, irqimizdan va dinimizdan qat‘iy nazar Hazrati Alisher Navoiy hikmatlariga amal qilib, qo‘shni va boshqa barcha mamlakatlar va xalqlar bilan bir oila farzandlariday ahil -inoq, tinch -totuv  yashamog‘imiz nafaqat kerak, balki zarur!

Chunki Yer sharida yashayotgan barcha insonlar Odam Atoning, Momo Havvoning farzandlaridir.Ya‘ni bir oilaning a‘zolaridir.

Demak, yer yuzida sodir bo‘layotgan qonli urushlar BIRODARKUShlikdan boshqa narsa emas!




Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,
Yor o‘lung bir-biringizg‘akim, erur yorlig‘ ish.




Pirimiz, ustozimiz Alisher Navoiy shunday ulug‘ shoir.




26/08/2014.
Kunduz soat 1 dan 5 daqiqa o‘tdi.
Kanada.





KONSERVATIV KOSMOPOLITIZM haqida



Insoniyatni o‘zaro urushlardan, qiyinchiliklardan qutqarsa faqat va faqat xalqlarning tilini, milliy va madaniy qadryatlarini, tarixini, diniy urf -odatlarini saqlagan holatda INSONIYaTni yagona umumdunyo markaziga birlashtiruvchi KONSERVATIV KOSMOPOLITIZM g‘oyasi qutqaradi.

Dunyo ulg‘aygan sari uning aqli tiniqlashmoqda.Ammo afsuski, hali ham eskicha fikrlaydigan, peshonasini qonatgan grablini qayta qayta tepalab, miyyasi po‘la bo‘layotgan kaltafaxmlar ham yetarli.

Dunyodagi o‘zini xurmat qilgan mamlakatlarga qarasangiz, ularning global hamjixatlik sari intilayotganini ko‘rasiz.

Davlat siyosati millatchilik ustiga qurilgan ayrim mamlakatlarda esa, buning aksi o‘laroq, xududiy parchalanishni  kuzatish mumkin.

KONSERVATIV KOSMOPOLITIZMning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘ladigan g‘oya ham aynan shu zararli millatchilik g‘oyasidir.Millatchilik fashizmni tug‘adi va uni sut bilan emas, inson qoni bilan oziqlantirib ulg‘aytiradi.

Eslang, panturkizm degan g‘oya sabab million million ota -bobolarimiz, bekordan bekorga qirilib ketdi.Yurt vayron bo‘lib, axoli sovodsizlashib, jamiyatimiz taraqqiyotdan uzilib qoldi.Mana hali hanuz o‘zimizga kelolmayapmiz.Kosmosga yo‘l ochgan Mirzo Ulug‘bek, Aburayxon Beruniy, Muso Al Xorazmiylar avlodlari bo‘laturib, osmonda loaqal bitta sputnigimiz ham yo‘q.

Qani, endi marhamat qilib menga aytinglarchi, mening aziz o‘zbekistonliklarim, millatchilikdan shu paytgacha kim va qaysi xalq foyda ko‘rdi?
Hech kim!

Qaytaga bu g‘oya insoniyat boshiga hamisha kulfatlar yog‘dirdi va yog‘dirmoqda.
Insoniyat ko‘zi o‘ngida xududiy parchalanishga yuz tutgan Ukraina bunga yaqqol misol.

Men KONSERVATIV KOSMOPOLITIZM tarafdori o‘laroq, Davlat konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan DAVLAT TILI haqidagi qonunni qattiq hurmat qilaman.Mamlakatda millatlararo so‘zlashuv vositasi bo‘lishga loyiq til davlat tili deya e‘lon qilinishi va o‘zaro munosabat va xujjat ishlari o‘sha tilda yuritilishi, va eng ASOSIYSI, U QONUNGA mamlakat Prezidentidan tortib, oddiy fuqarogacha qat‘iy AMAL qilinishining yomon joyi yo‘q.

Ammo, o‘sha mamlakat xududida yashayotgan xalqlarga o‘z tillarida so‘zlashmoqni taqiqlab qo‘yish zo‘ravonlik, ta‘qib, ya‘ni siyosat tili bilan aytilsa, DISKRMINATsIYa xisoblanadi.

Diskrminatsiya, ya‘ni zo‘ravonlik o‘z navbatida o‘sha etnik guruxlar orasida norozoliklarni keltirib chiqaradi.

Noroziliklar sekin asta o‘sib, isyonga va hatto bo‘lginchilikka, separatizmga, xududiy noyaxlitlikka, janjallarga, va alalaoqibat, fuqarolar, keyinroq esa mamlakatlararo qonli urushlarga sabab bo‘ladi.

Ko‘rayapsizlarmi, millatchilik degan maxdud, biqiq, xudbin g‘oyaning zararli oqibatlarini?

Bugun Ukraina shaharlari vayron bo‘lmoqda, iqtisodiyoti cho‘kmoqda.
Vaxolanki, bu hali boshlanishi, holvasi.Ukraina armiyasi fuqarolar urushi ketayotgan shaharlarni qo‘lga kiritgan taqdirda ham, urush hali beri to‘xtamaydi.Qaytaga zafarlardan ilhomlangan Ukraina xarbiy qo‘shinlari, qachondir albatta Qirimni ham qaytarib olishga harakat qiladi.

Bu aniq.

Ikki mamlakat o‘rtasida ayovsiz urush boshlansa, u yerlarda qanaqa holat yuzaga kelishini, qancha odam qirilib ketishini, shaharlar yer bilan yak son bo‘lishini va millionlab aholi qochqinlarga aylanib, begunox, beayb bolalar o‘z uylarida emas, palatkalarda yashashlarini tasavvur qiling?

Bu fojiani to‘la his etmoq uchun ularning o‘rniga o‘zingizni, oila a‘zolaringizni qo‘yib tasavvur qilmog‘ingiz kerak bo‘ladi.

Ammo Siz o‘zingizni, o‘z oilangiz a‘zolarini bir lahza bo‘lsin ularning o‘rniga qo‘yib, tasavvur etish tugul bu haqda hatto o‘ylashga ham qo‘rqasiz.

Ukrain millatchilarining rus tilida so‘zlashni taqiqlab qo‘yganlari Ukraina xududida, ayniqsa Qrimda yashayotgan ruslarga qo‘l keldi, ayni muddao bo‘ldi, aynan o‘sha xato Qrimni Rossiya Federatsiyasi safiga qo‘shish uchun imkon yaratib berdi.

Albatta, men ruslarning ham ukrainlarning ham ichki ishlariga aralashmoqchi emasman.Bu muammolarni ularning o‘zlari, iloji bo‘lsa, siyosiy muzokara yo‘li bilan xal qilmoqlari kerak.

Men faqat bu fojialardan xulosa chiqarib, o‘z xalqimni yuz berishi mumkin bo‘lgan shu kabi xatarlardan ogoxlantirmoqchiman halos.

Chunki, birgina xatoni deb Ukraina o‘z fuqarolarining noroziligiga uchradi va kutilmaganda Qrimdan ayrildi.

Maqoladan maqsadim shuki, bu kechayotgan siyosiy voqealar o‘zbek millatchilariga ham dars bo‘lsin, ular bu fojealarga qarab saboqlarini pishitsinlar, ko‘zlarini ochsinlar.

Millatchilik degan g‘oya qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini anglasinlar.
Men ham og‘zimga tolqon solib, indamay yuraversam bo‘lardi.Ammo men o‘zim tug‘ilib, o‘sgan, tuz yeb, ulg‘aygan yurtimni O‘ZBEKISTONIMNI erta indin Ukrainaday mayda bo‘laklarga bo‘linib ketishini,  parchalanishini, ota buvalarimiz barpo qilib ketgan muazzam shaharlarimiz vayron bo‘lishini istamayman.
Davolagandan ko‘ra simptomlarini aniqlab,tashxis qo‘yib, gazak oldirmay, boshlanayotgan kasallikning oldini olgan afzalroq.

Aynan til diskrminatsiyasi sabab Gruziya ham Abxaziya va Osetiya xududlaridan ayrilganini eslab qo‘ymoq biz uchun foydadan holi emas.

Ya‘ni ular yo‘l qo‘ygan xatolarni biz takrorlamaylik demoqdaman.

Qisqasi, nafaqat muayyan bir mamlakat, balki butun DUNYo bo‘ylab xalqlarning o‘zaro totuvligini ta‘minlashda aynan KONSERVATIV KOSMOPOLITIZM g‘oyasi qo‘l keladi.Konservativ Kosmopolitizm xalqlarning e‘tiqodini, milliy urf odatlarini,tarixini, milliy madaniyatini kamsitmagan, oyoq osti qilmagan, saqlagan holatda INSONIYaTni yagona markazga, xududga birlashtiradi, odamzod tinkasini quritgan qonli qirg‘inlarga, urushlarga barham beradi.
Boshqa g‘oyalar hammasi insoniyatni oxir bir kun boshi berk ko‘chaga olib kiradi va xarob qiladi.

Millatchilik dunyo xalqlarini bir birlaridan uzoqlashtiradi, birini boshqasiga dushman qiladi, o‘zaro urishtiradi, qiradi, o‘ldiradi.
Kosmopolitzm esa SPORT bilan jahon xalqlarini millatidan, dinidan, irqidan qat‘iy nazar birlashtiradi, do‘stlashtiradi.Ha, ha, sport aynan KOSMOPOLITIZM goyasiga asoslangan jamiyat tarmog‘idir.

Lekin biz bugun yalong‘och kosmopolitizmni Konservatizm bilan kiyintirmog‘imiz, uni modernizatsiyalamog‘imiz, ya‘ni bugungi hayotimizga moslamog‘imiz, va undan global dunyo boshqaruvida keng foydalanmog‘imiz kerak.Insoniyatning o‘zaro urushlardan, qonli qirg‘in barotlardan qutilishi borasida bundan boshqa to‘g‘ri yo‘li qolmadi.

Millatchilik xuddi oilada ikki yoki uch farzand o‘zaro til biriktirib, boshqa aka ukalariga nisbatan g‘ayur kayfiyatda yurgan kimsalar kabi odamning ensasini qotiradi va hatto kulgisini qistaydi.

Axir insoniyat ham o‘z muammolari bilan oddiy bir oilaning ulkan masshtablardagi ko‘rinishiku.

O‘z oilangizda farzandlaringiz shunday bo‘lginchilik yo‘lini tutsa, xovlini bo‘laklarga bo‘lib, tikonli sim bilan o‘rab olsalar, boz ustiga xudud talashib urushsalar, bir birlarini ketmon bilan chopib o‘ldirsalar yaxshimi?

Siz shunga qanday qaraysiz?Xursand bo‘lasizmi?Aksincha, xafa bo‘lasiz, ularga ahil yashash to‘g‘risida soatlab nasixat qilasiz.Tikonli simlarni olib tashlaysiz.

Shunday ekan, o‘zingiz ham Dunyo deb atalgan ulkan oilada millatchilik, bo‘lginchilik kabi zararli xudbin odatlaringizni yig‘ishtiring.

Xalqlar nega, nimani talashib urushmoqdalar?

Xudud talashib, chegara talashib  urushmoqdalar!

Shunday ekan, o‘sha talashilayotgan narsani olib qo‘y, yo‘q qil!Xuddi qarg‘alar va yirtqichlar talayotgan xayvon tanasini olib, chuqur qazilgan xandakka ko‘mib tashlaganday.

Chegarayu qurol aslaxalardan, ortiqcha xarajatu ovoragarchiliklardan ongli ravishda halos bo‘l!

Yer sharida bir biringni o‘ldirmay, Xudo bergan hayotingni zaxarga, zaqqumga bo‘kritmay, maza qilib, yengil, behavotir, ozod va xotirjam yashasang bo‘lmaydimi, ey nodon inson!






17/07/2014.
Kunduz soat 11 dan 16 daqiqa o‘tdi.
Kanada.





ShIROQ so‘zining ma‘nosi nima?




Okeanlar ortida egniga yo‘lbars terisiday yo‘l -yo‘l chopon, boshiga Muqaddas Ka‘batulloni eslatguvchi do‘ppi kiyib yuradigan O‘zbek degan bir xalq bor.Men u xalqni jonimdan ham yaxshi ko‘raman va uni deb shu yoqlarga kelib qolganman.Meni bu xalqning oddiy kundalik iste‘moldagi so‘zlari hayratga soladi.Gaplarim isbotli bo‘lishi uchun misol: Qashqadaryoning olis qishloqlarida, deylik Chiroqchida vayoki Xorazm vohasi yo Toshkentda, Samarqand yo Namanganda, Buhoroning G‘ijduvonida yoki Farg‘ona vodiysidagi Oltinko‘lning Maslaxat qishlog‘ida odamlar birday "Qurbiyatim yetsa", "Qurbi yetmapti" degan so‘zlarni o‘zaro suhbatlarda deyarli har doim ishlatadi.Xo‘sh, "Qurb" degan so‘zning ma‘nosi nima?Qurb degani "yaqin" deganidir.Taqriban degan so‘zni eshitganmisiz?Xuddi shu kabi.Qarilik degani ham shu so‘zga aloqador.Yoshi bir joyga borib, Xudoning dargoxiga yaqinlashib qoldi degan ma‘noda.Qabr ham shu so‘zga shaklan va mazmunan o‘zakdosh, hamohang.Qurb kalimasiga o‘zakdosh Qubro so‘zining ma‘nosi ham Xudoga yaqin bo‘lmoq, zohiran va botinan, ya‘ni jisman va ruhan tozalanib, nafsini tiyib, gunoxu ma‘siyatlardan tiyilib, zikri sano, raqsi Samo‘ bilan tariqat zinalaridan yuksalmoq, hamda HAQqa, Xudoga yetishish, Arshi A‘loda nuri ilohiyga qorishib, singib ketmoqdir."Qo‘rquv" kalimasi ham "Qurb" dan olingan.Ya‘ni odam boymi gadoymi, qarib -qartaygan sari umri poyoniga yetayotganini sezib, Xudoning qahridan qo‘rqa boshlaydi.(Bosh chanog‘i to‘pon, arra qipig‘i bilan to‘lmagan bo‘lsa, aqli ishlasa, albatta)."Qur" so‘zi ham.Quruqlik, qurish orqali zavol topishga, halokatga yaqin kelishga ishora.Tengqur -bir birlariga yosh jixatidan yaqinlik.

Ko‘rayapsizmi, ba‘zilarning nazariga kirmaydigan kamtarin, ammo donishmand xalqimiz oddiy suhbatlarida qanday hikmatli so‘zlardan foydalanishini?

Yoshligimda Kuyganyordagi beton zavodida bezovchi rassom bo‘lib ishlardim.Ishdan tashqari paytlar buyurtmalar bo‘yicha odamlarning xususiy uylarida bo‘yoqchilik qilib yurib, besh -to‘rt so‘m pul topardim.U zamonlar haqida kitob yozsam borku, o‘qib, yo ho‘ng -ho‘ng yig‘larittingiz yo kulib qotarittingiz.

Hullas, bir kolxoz raisining uyida lesaga chiqvolib, shiftga moybo‘yoq bilan qandilosti(Podlyustra), islimi naqsh ishlayotgandim.Shunda raisning xotini harakatlarimni zavq bilan kuzatganicha men bilan suhbatlasharkan, suhbat orasida u ayol "Yuragimda naqshim bor, uka" dedi.Men bu gapga e‘tibor bermagan ekanman o‘shanda.Endi bilsam, raisning xotini qalbdagi Haqqa bo‘lgan IShQ naqshini aytgan ekan.Kim biladi, o‘shanda u ayol Hazrati Bahouddin Naqshbandning "Naqshibandiya" tariqatida bo‘lganu, xudosiz jamiyat zug‘umidan cho‘chib, bu haqda ochiq aytolmagandir.Shularni o‘ylab, hamon hayratlanaman.Ma‘lumki, hali O‘rta Osiyoga Islom dini kirib kelmagan chog‘lar xalqimiz og‘zaki ijodida "Shiroq" degan mashxur afsona paydo bo‘lgan.Shiroqning ma‘nosi nima desangiz, kap -katta odamlar ham uzoq o‘yga botadilar.Qisqasi, "Shiroq" degani qalb ko‘zi bilan ko‘ra olish deganidir.Navoiyni eslang.Hazrati Navoiy o‘zining mashxur bir g‘azalida:


Ashraqat min aksi shamsil ka‘si anvoril Xudo,
Yoor aksin mayda ko‘r deb, joomdin chiqdiy sado.



deydilar va "Ashraqat" -shiroq -qalb ko‘zi degan so‘zni ishlatadilar.
Ma‘nosi- Xudo jamolining nuri quyoshday aks etib, qalb ko‘zini qamashtiradi va "Yor aksi, ya‘ni Xudoning Jamoli HAQQA bo‘lgan IShQ sharobida, VAXDAT mayida jilva qilmoqda! -deya JOMdan -QALBdan, ishq bodasi to‘la VUJUDdan sado eshitilmoqda" deydilar.

Demak, "Shiroq" afsonasini yaratgan xalqimiz hikmatlari o‘sha zamonlarda ham Xudo bandalariga yuborgan to‘rt muqaddas kitobning, tasavvuf, tariqat, g‘ayb ilmining hikmatlariga hamohang bo‘lgan ekanda?Demak, Shiroqning ismi g‘ayb ilmi bilan, quds, sir bilan bog‘liq ekanda?Sir tasavvuf ilmida Xufya deb ataladi.Ya‘ni zikri sanoning ikki xil turi mavjud.Biri jaxriya -Xudoni ovoz chiqarib vasf etmoq, ikkinchisi esa, ovozsiz ichida zikr aytmoq.Modomiki, "Shiroq" so‘zida ilmi g‘ayb, ilmi iloh mazmuni yashirin ekan, demak "Sharq" va "Mashriq" kalimalarida ham buyuk hikmatlar bo‘lishi kerak.

Ey, mening egniga yo‘lbars terisiday yo‘l -yo‘l chopon, boshiga Ka‘batulloni eslatadigan do‘ppi kiyib yurguvchi kamtarin va donishmand xalqim! Menga bergan ta‘lim - tarbiya, non -tuzinga rozi bo‘l.Siyosatda ham, adabiyotda ham qo‘limdan kelganini qildim va qilmoqdaman, Xudo yashatsa yana qilaman.Xudoga shukr, o‘zga tillarda o‘zlaridan o‘zdiribroq asarlar yozdim, O‘zbekning qo‘lidan insoniyatni hayratga sola oladigan ishlar kelishini dunyo ko‘zi o‘ngida yana bir bor isbotladim.Issiq jon, mabodo o‘lganimni eshitsang, taxorat olib,choponingni va do‘ppingni kiyib, janozamga kel!Mening kiyib yuray desam, boshimga loyiq do‘ppim, yo‘lbars terisiday yo‘l -yo‘l choponim yo‘q.

Sening Ka‘batulloga o‘xshaydigan do‘pping Dini Islom kelmasdan ham avval borligi, xoki tuproqlarni kimyo qilgan, barakotidan bosgan qadamida bog‘u bo‘stonlar paydo bo‘lgan avliyolaring, Ismoil Buxoriylaring, adolatli, yengilmas Amir Temurlaring meni hayratlantiradi.


Xalqim, nima bo‘lganda ham do‘pping bilan choponingni hech qachon yechib, uloqtirma!


Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriylar kabi til va milliy madaniyatimizni omonatday avlodlardan avlodlarga yetkaz!




5 iyul, 2014 yil.
Kunduz soat 11 dan 54 daqiqa o‘tdi.
Kanada.




Vatangadolar haqida



Vatanda bevatan bo‘ldim, Go‘rimda bekafan bo‘ldim... (Erkin Vohidovning Mustaqillik zamonlarida yozgan g‘azalidan)




Xudoi Taolo  hazrati Odamni va Momo Havvoni yaratgach, xayvonotu nabototni va parrandayu darrandalarni, hasharotu qurt -qumursqani, baliqlarni va boshqa narsalarni ham barpo qildi.

Parvardigori Olam u narsalarni faqat Odam Ota va Momo Havvo zerikib, ulovsiz yo och qolmasligi uchungina yaratmadi.Balki ularni ibrat uchun ham yaratdi.Bizni qamrab olgan bu tabiat aslida ENG OLIY DORILFUNUN, BUYuK IShORA, IBRATGOHdir.
Ibratdan esa O‘RNAK olinadi. "O‘rnak" so‘zi O‘RGANISh ma‘nosini anglatadi.Xo‘sh, bu tabiatning nimasidan o‘rnak olamiz, nimani o‘rganamiz?

Bu BUYuK ALIFBONING  birinchi "A" harfi fasllar xisoblanadi.

Inson tug‘iladi va uning hayotida ko‘klam boshlanadi.Keyin bahor, ya‘ni yoshlik, o‘smirlik.So‘ng o‘spirinlik, navqironlik, mo‘ysafedlik, qarilik va nihoyat inson bolasi doim qochib berkinib, chap berib yuradigani, hatto Jannatga kirishni istasada, shoshilmaydigan bosqichi - O‘LIM qo‘lida chalg‘isi bilan uni quvib yetadi va oyog‘idan bug‘doyday o‘rib, yiqitadi.

Xuddi fasllar inson yo‘llariga avval bahoriy gullarni poyondoz qilgani, yoz oftobida toblagani, kuz chog‘i hosilga yetkizgani va oxiri qish kelib, uning yo‘llariga qordan oppoq kafan to‘shab, ogoxlantirgani va bu jarayonni, IBRATNI, har yili takrorlagani kabi.

Xuddi tong otib, kun yorishib, quyosh botib, borliq zulmatga cho‘mishiday.
Hatto Xudoi Taolo bizga tabiat imo ishorasi bilan Yer sayyorasining yumaloqligini ham IBTIDOIYYaTdayoq aytgan, ammo biz buni anglamaganmiz, tushunmaganmiz, ikkichi o‘quvchiday yaxshi o‘qimaganmiz.Xudo esa har yomg‘irdan keyin bizga yetti xil rangda kamalakni osmonlarga to‘ldirib ko‘rsatdi, aytdi, aytdiya, ammo biz uquvsiz o‘quvchilar shu oddiy darsni ham ko‘ngildagiday o‘zlashtirolmay, Yerni yumaloq degan olimlarni o‘ldiraverdik, vaxshiylarcha qatl qilaverdik.

Birontasi aytmadiki, ey odamlar, kamalak nega to‘g‘ri shaklda emas?! Ne uchun to‘rtburchak emas?!Nega u egri va yoysimon?! - demadi.

Keyin Yerning yumaloqligi kashfiyotga aylantirildi.Aslida dunyo fani bilgan narsalar kashfiyot emas, balki Xudo IBRAT uchun yaratib qo‘ygan xilqatlar halos, ya‘ni fan anglab yetgunga qadar ham u narsalar mavjud edi.

Endi shaloq kursilaringa o‘rnashibroq o‘tirib olinglar.Negaki, maqolaning kulüminatsion cho‘qqisiga chiqib ketyapmiz.Buyog‘iga endi vatangadolar haqida gap boradi.

Ma‘lumingizkim, kuz kelishi bilanoq qushlar gala -gala bo‘lib issiq o‘lkalarga otlanadilar.Nega?Shunday xatarli safarga chiqqandan ko‘ra, tomlarning bo‘g‘otida qishlaydigan chumchuq, misilchalar kabi bir joyda yashasalar bo‘miymakan?
Yo‘q, ular har yili bola chaqasini ortidan ergashtirib, gala -gala bo‘lib, osmonga ko‘tariladilar va okeanlar ustidan oylab, tinimsiz qanot qoqib uchib, bulutlarga yondosh parvoz qiladilar.

Nega?

Sababi, qushlar Xudoning buyrug‘ini bajarib, INSONIYaTGA jonli ibrat vazifasini o‘taydilar.Ular INSONning vatani tikonli simlar bilan o‘ralgan muayyan xudud emas, balki butun YeR shari INSONIYaTNING umumiy, yagona uyi, VATANI ekaniga jonli ishora qiladilar.

Qushlarni chegarachilar otib tushirolmaydilar.Aksincha, chegaradagi minorada turgan qurolli soldat ham janublarga uchib ketayotgan turnalar faryodiga quloq tutadi, bosh kiyimini havoda silkitib, ular bilan hayrlashadi.Janubga uchguvchi qushlarning pasporti yo‘q, ularga vizaning ham, chegaraning ham, bojxonaning ham ahamiyati yo‘q.Ular okeanlar ustidan oylab tinimsiz uchib, INSONIYaTNI chegarasiz, YaGONA YeR ShARIda urush, qon to‘kishlarni to‘xtatib,bir oila a‘zolaridan ahil -inoq, tinch -totuv hamda ozod  yashashga so‘zsiz, sadosiz chorlaydilar.
Buni faqat aqli sog‘lom odamlargina anglab yetadilar halos.Er shari odamning bu dunyodagi umumiy qo‘nalg‘asi ekanini, inson bolasi bu o‘tkinchi dunyo qo‘nalg‘asiga vaqtinchalik QO‘NOQ ekanini aqli zaif kimsalar, tabiiyki, anglolmay qiynaladilar.

Umr kuzi kelsa, Yer sharida istiqomat qilayotgan hamma insonlar, shomi gadomi, majbuuuur umr bo‘yi avaylab asragan sevimli jasadlarini xuddi eski kiyimday qabr otli garderobga yechib, U DUNYoga ravona bo‘ladilar.

Ammo ularni Yaratgan Parvardigori olam MAXShAR kuni yana jasad kiydirib, qilmishlariga qarab, O‘ZI BIRu qolgan narsalar IKKI bo‘lgani kabi odamlarni ikki toifaga ajratadi.Undan keyingi jarayonlar haqida o‘zlaringiz juda yaxshi bilasizlar.

Maqola so‘ngida men bir narsani aloxida ta‘kidlamoqchiman.
INSON, ya‘ni ODAM ATO va uning YeR sayyorasi ustida vaqtincha yashayotgan barcha avlodlari JANNAT deb atalgan o‘z VATANidan quvilgan MIGRANTlardir, Musofirlardir, Muhojirlardir.

Ya‘ni bu dunyoda Vatangado bo‘lmagan bironta INSONning o‘zi yo‘q.

Tilida XALQni laqillatib, Xudo deydigan, Xudoning buyruqlarini bajarish tugul, teskarisini qilib, xushini yo‘qotgunicha piyova, aroq ichadigan, ibodat vaqtida sasib uxlaydigan, ovqatni cho‘chqaday chapillatib yeb, ROZIQUL ARShIL AZIMga shukr aytmaydigan, yog‘li ko‘zlarini maishatning shilimshiq pardasi bosgan tiplar, Xudoning va u dunyoning borligiga qaro va lahatday qorong‘u, o‘lik qalblarining tub tubidan shubha bilan qaraydigan kaltafaxmlar, aroqni ichib -ichib, "Xudoyo, kechirgin" deya masjidning yo sinagoganing vayo cherkovning tomida uxlaydigan xodyachiy anekdotlar va skotinalargina bunday tushunchadan mosuvodirlar.




3 iyulü, 2014 yil.
Kunduz soat 11 dan 23 daqiqa o‘tdi.
Kanada.





Investitsiya haqida yozilgan dunyodagi eng qiziqarli maqola




Andijonda Muhammadali boy(Mamatalivoy) degan odam o‘tgan.Bir kuni Muhammadali boy tushlik payti dam olayotgan  dexqonlar bilan sarrin shamol shashtidagi tollar soyasida suhbatlashib o‘tirarkan, beixtiyor; - oh, bu huzurbaxsh shabbodalar jonning rohati - da! -deb yuboribdi.Shunda hazilkashroq dexqonlardan biri: -Mamatalivoy, shamolni sotamiz, olasizmi? -debdi.Muhammadaliboy bir zum o‘ylanib turarkan: -Rostdan aytayapsizlarmi? -deya so‘rabdi, ishonqiramay.Boyning bu savolini kutmagan dexqonlar ham bir laxza o‘ylanib turarak, bir -birlariga ma‘noli qarab olarkanlar, ulardan biri: - Behazil, biz shamolni sotmoqchimiz-debdi qat‘iy, voqea nima bilan tugar ekan deya qiziqib. Muhammadali boy bo‘lsa, dexqonlarning badtar ensasini qotirib: -Mayli unda, lekin pulim yetarmikin? Necha pulga sotmoqchisizlar o‘zi shamolni? -debdi.Dexqonlar boyning tom -pomi ketib qolganga o‘xshaydi  deya o‘ylab, yana bir -birlariga sirli qarab olarkanlar, ulardan biri, g‘oyat ehtiyotkorlik bilan muayyan narxni aytibdi. -Ha, shamol jonvor unchalik qimmat emas ekanku.Arzongina ekan, sotib olganim bo‘lsin -debdi Muhammadali boy kissasidan oltin tanga to‘la xaltachani olarkan.Keyin oltin tangalarni shoshilmay sanab, dexqonlardan birining qo‘liga tutqazibdida,bor baraka qilibdi.Dexqonlar o‘z ko‘zlariga o‘zlari ishonmay, hayratdan angrayib qolibdilar.Keyin oltin tangalarni o‘zaro bo‘lishib olibdilarda, mamnun iljayishib, Muhammadaliboyni kalaka qilganday: - Shamol endi sizniki bo‘ldi, boy, muborak bo‘lsin -deyishibdi.-Xo‘p mayli unda, men endi boraqolay -debdi Muhammadali boy o‘rnidan turib, otiga minarkan.Keyin qirdan oxista qiyalab, ilonizi yo‘ldan jo‘nab ketibdi. Oradan oylar o‘tib, kuz kelibdi.Dexqonlar daladagi yil o‘n ikki oy mehnat qilib yetishtirgan hosilni yig‘ishtirib, sholilarini yanchib, xirmonlarda donni shamolga otib shopira boshlabdilar.Bir mahal qarasalar, uzoqda aravalar karvoni ko‘rinibdi.Karvonning oldida Muhammadaliboy savlat to‘kib kelayotgan emish.Boy xirmonlarga yaqin kelgach, dexqonlar: -Ha, boy, yo‘l bo‘lsin? -deyishibdi hayron bo‘lib.Muhammadali boy bo‘lsa: -Kelayapmiz, sizlar don shopirayotgan shamolimizning haqini undirgani -debdi. Bu gapni eshitib, dexqonlar qo‘llarida kuraklari bilan hayratdan dong qotib qolgan ekanlar.Men bu rivoyat bilan nima demoqchi bo‘layotganimni balki sezmayotgan chiqarsiz.Demoqchimanki, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun davlatimiz rahbarlari ham o‘sha sodda dexqonlar kabi dunyo boylariga shamol sotmasinlar.Negaki, vaqt o‘tib, u shamolning haqini foyizi bilan qaytarishga to‘g‘ri keladi.Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish bugungi kunda yangi zamonaviy texnologiyani, innovatsiyani talab qiladi.Innovatsion texnologiyani joriy qilish katta mablag‘larsiz amalga oshirilmaydi.Bu loyihalarni amalga oshirish uchun mablag‘larni tabiiyki, chet el investorlarigina yotqizishlari mumkin.Ammo investorlarga ular mablag‘ yotqizadigan mintaqalardagi siyosiy barqarorlik qanchalik muhim bo‘lsa, o‘sha mamlakatlarning davlat soliqlariga tortish sistemasidagi foyiz darajasi ham o‘ta ahamiyatlidir.Shuningdek ular yirik loyihalarni moliyalayotgan xududlarda, jamiyatlardagi mavjud korruptsiya va byurokratiyadan ham olovdan qo‘rqqanday qo‘rqadilar, xadiksiraydilar.Mening bir odatim bor.Bog‘imizga pitsaning qutisini qo‘yib, unga don dun, non uvoqlarini sochib qo‘yamanda, u donlarni yeyayotgan qushlarni oynadan kuzatib, jimgina zavqlanaman.Bu mening qiziqarli mashg‘ulotlarimdan biri desam ham bo‘ladi.Agar men don sochmasam, tabiiyki,  u joyga qushlar uchib kelmaydi.Ya‘ni qushlarni bog‘imizga manfaat, balki extiyoj boshlab keladi.Men u qushlarni tekinxo‘r demayman.Negaki, ular men sochgan donni yeb, o‘z harakatlari bilan mening qalbimga quvonch bag‘ishlaydilar, sayrab, kayfiyatimni sozlaydilar.Kim biladi, balki ular o‘z tillarida duo ham  qilarlar.Xuddi shuningdek, davlat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun, mamlakatni industriyalash, qishloq va xalq xo‘jaligini, sog‘liqni saqlash hamda maorif sistemasini innovatsiyalash, infrastrutkrani yaxshilash uchun chet ellardagi sarmoyador investrlarni jalb qilmog‘imiz kerak bo‘ladi.Investorlarni  ham aynan qushlar kabi mamlakatimizga sarmoya ortdirish ilinji, manfaat, extiyoj yetaklab keladi.Xo‘sh, bizda investorlarni chorlash uchun sochadigan donimiz bormi? Bor albatta.Bu chet ellik investrlarga o‘z bizneslarini yuritish uchun yetarli sharoit yaratishimiz, eng avvalo jamiyatimizda korruptsiya va byurokratizm ildizlarini quritmog‘imiz darkor. Undan ham zaruri, nafsimizni bir necha yillarga tiyib, qantarib, qanoat qilib, mamlakatda tadbirkorlarni,  chet el investorlarini davlat solig‘idan butunlay ozod qilmasakda, soliq to‘lov foyizi darajasini minimal darajada paslatishimizga to‘g‘ri keladi.Shunday qilinsa, O‘zbekistonimizga chet el investitsiyasi daryoday oqib keladi.Kooruptsiya, byurokratiya avj olgan nosog‘lom jamiyatlarga sarmoya yotqizgan investorlar bir kunda topgan tutganidan ajrab, yiqqan terganidan mosuvo bo‘lib yalong‘och qolmaydilar albatta.Ular ham axmoq emas demoqchiman.Ular sarmoya yotqizayotgan loyixalarni o‘sha mamlakat oltin fondiga qarab, ma‘lum shartlar asosida imzolaydilar.Ya‘ni, biron kor hol yuz berib, ularning sarmoyalari barbod bo‘lsa, shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘larni foyizi bilan o‘sha mamlakat oltin fondidan sud orqali qurtdek undirib oladilar.Shuning uchun bu sohada g‘oyat extiyotkorlikminan, xushyorlikminan ish yuritmoq darkorki, "investorlar sarmoya yotqizmag‘da!" deya ortiqcha quvonmoq va yotqizilgan moliya, qarzlar evaziga mamlakat iqtisodiyotini oyoqqa turgizib, ko‘pib -shishib, qahramon bo‘p, akkeng chokir kalamish botir deya ko‘ksiga mushtlashga ham shoshilmaslik kerak.Chunki, hukmdorlar harchand urinmasinlar, o‘z ishtaxa istaklariga qarshi albatta bir kuni tarix saxnasidan ketadilar, yo‘qoladilar, yitadilar.Eng yomoni, ular bir paytlar olgan kreditlarni foyizi bilan qaytarish, kelajak avlodlar gardaniga ilinadi.Ana o‘sha avlod noto‘g‘ri moliyaviy siyosat yurgizgan o‘tmishdagi hukmdorlarning yetti pushtini bolaxonador qilib "o‘qiydilar", chuchundingizmi, vvot.Siz endi Yevropaga, yo‘q, yaxshisi, Gretsiyaga bir qaranga.Keyin Ukrainaga qaraysiz.U mamlakatlarning iqtisodiyotiga nima jin urdi?Oyting g‘ona.Ular yuqorida biz aytgan dexqonlar kabi shamolni pulladilar.Ha, ha, aynan shunday.Gretsiya qachonlardir Germaniyadan olgan qarzlarini foyizi bilan to‘lolmay shu ahvolga tushdi.Ukrainanichi?Ukraina Rossiya Gazpromidan shu qadar katta qarzga botganki, bugun Yevrosoyuz hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga yebketar yordamini ko‘rsatishga ham o‘ylanib turibdi.Agar ular Ukrainaga milliardlab moliyaviy ko‘mak bergan taqdirlarida ham, u pullar Ukraina banklariga kelib tushishi bilanoq, Rossiya berilgan qarzlarga to‘lov -tovon tariqasida olib qo‘yadi.Qarzdorlik Ukrainada yashayotgan xalqlarning turmush darajasini keskin pastlatib yubordi, va bu jarayon turli referendumlar yordamida Qrimning Ukrainadan ajrab, Rossiya tarkibiga qo‘shilib ketishiga sabab bo‘ldi, oqibatda esa, Ukraina xududiy yaxlitligiga putur yetmoqda va u mamlakat butun dunyo ko‘z oldida bahorda erigan daryo muzlari kabi birin ketin, katta kichik bo‘laklarga bo‘linmoqda,parchalanmoqda.Ukraina xududiy yaxlitligining halokatga yuz tutishiga jilov -jabduqsiz radikal millatchilik ham sabab bo‘ldiki, radikal millatchilarning boshqa xalqlarning tillariga bosim o‘tkazishi bo‘lginchilar uchun tayyor siyosiy dastakka aylandi va ular bu dastakdan g‘oyat ustalik bilan, san‘at darajasida unumli foydalanmoqdalar.Buni ko‘rib, aqli biroz peshlangan radikal millatchilar bundan keyin boshqa xalqlarning tillariga daxl qilmaslikka va‘da bermoqdalar.Ammo endi kech.Poyezd ketib bo‘ldi.O‘zbek millatchilari ham bu ayanchli siyosiy voqealardan yetarli xulosa chiqarmoqlari, ko‘zlarini kattaroq ochib, g‘aflat uyqusidan uyg‘onmoqlari joizdir.Agar biz O‘zbekistonliklar taraqqiy istar ekanmiz, mahalliychilik, millatchilik, irqchilik kabi iflos, jirkanch illatlarni uzoqroqqa uloqtirib, umuminsoniy g‘oyalar asosida yashashga odatlanmog‘imiz, mamalakatimiz iqtisodiyotiga yotqizilgan chet el investitsiyalarini yebto‘ymas, ochofat kalxatlar o‘rtasida zimdan talon taroj, xomtalash qilinishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.Bilaks, vaqtiki xirmonda don shopirayotib, uzoqdan son -sanoqsz aravalar karvoniga va karvon oldida savlat to‘kib kelayotgan investorlarga ko‘zimiz tushadi va bir paytlar arzon garov, qoqi bahosida  pullangan shamol haqi yodimizga tushib, qo‘llarimizda kuraklar bilan hayrat ichra dong qotib qolmog‘imiz hech gap emas.Yomoni shuki, shamol haqi don qolmagan taqdirda mamlakat territoriyasining bo‘laklari bilan to‘lanishiga ham to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. O‘zbekistonimizni bunday yomon voqea va xodisalardan Xudoning o‘zi asrasin!






12 may, 2014 yil.
Kunduz soat 12 dan 21 daqiqa o‘tdi.
Kanada.




Amir Temur nega bir umr yengilmadi?




Sababi, Sohibqiron Amir Temur o‘z tuzuklarida o‘zi yozganiday, aslzoda sayidlarning hurmatini joyiga qo‘ydi, ularning nazaridan qolmaslikka harakat qilib yashadi.Bu birinchidan.Ikkinchidan, Amir Temur barchaga qo‘lidan kelganicha yaxshilik qildi, nomardlik yo‘lini tutmadi, halol yashadi.Ammo tuz yeb, tuzdonga tuflaydigan nomard kimsalar Amir Temur yaxshiliklariga yomonlik bilan javob qaytardilar va alaloqibat Xudoning qahriga giriftor bo‘lib, o‘z oyog‘idan yitdilar, tiriklik saxnasini xoru zorlik bilan tark etdilar.Gaplarimiz asosli bo‘lishi uchun tarixiy faktlarga murojaat etamiz.


Ma‘lumki, 1377 yili Amir Temur Mo‘g‘ilistonga xarbiy yurish qiladi va o‘sha yili To‘xtamishga lashkar va xarbiy siloxlar bilan katta yordam ko‘rsatadi. To‘xtamish aynan Amir Temurning yordami bilan, ya‘ni tavsiyasiga binoan oq kiygizga o‘tqazilib,"Oq o‘rda"ga xon etib tayinlanadi.To‘xtamish taxtini mustaxkamlab, xarbiy quvvatga kirib borarkan, sekin asta o‘zidan ketadi va ustozining yuziga oyoq qo‘yib, nazardan qolgan yaramas shogird kabi Amir Temur taxtiga ko‘z olaytirib, unga  zimdan qilich qayray boshlaydi.


Amir Temur o‘z yurtidan uzoqlarda xarbiy yurishlar, jangu jadallar bilan band paytidan foydalanib, To‘xtamish Mavaraunnahrga xujum qiladi hamda xorazmliklar yordami bilan Buxoroni bosib oladi.Bu surbetlikni va xiyonatni eshitgan Amir Temur g‘azabga to‘ladi.So‘ng xarbiy yurishlarni vaqtincha to‘xtatib, ortiga qaytadi va To‘xtamishxon qo‘shinlarini yer bilan yakson qilib, mamlakatni yovlardan tozalaydi,qo‘lga tushgan asirlarni va sotqin, xoinlarni tutib, ayovsiz jazolaydi, qatl etdiradi.O‘sha janglarda Urganch kultepaga aylanadi.To‘xtamish o‘z lashkarlarini tashlab,sharmandalarcha Ashtarxonga, hozirgi Astraxanga qochib ketadi, va iniga yashrinadi.Lekin u tarixiy voqeadan yetarli xulosa chiqarmaydi.To‘xtamish goh Rusiyaga, goh Kafkaz o‘lkalariga xujum qilar, u mamlakatlarning aholisiga zulm o‘tkazib, molini talar, yurtiga o‘t qo‘yib shaharlarini vayron qilar, Kafkaz ortidagi Sheroz(Eron), Bog‘dod(Iroq) Damashq(Suriya) mamlakatlariga ham taxdid solar, tinchlik bermasdi.U o‘ta xaddidan oshib borardi.


Amir Temur esa dunyodagi mazlum xalqlarini To‘xtamish kabi noloyiq, zolim, adolatsiz hukmdorlardan, kalamushlardan halos qilish uchun Xudo yo‘lida zolimlarga qarshi murosasiz kurash olib borardi.Amir Temur avval Damashqni keyin Bog‘dodni zulmkor shoxlardan halos qilarkan, yana xarbiy haloskorlik yurishlarda davom etadi.O‘sha zamonlardagi  zolim podsholardan yana biri turk sultoni Boyazid Yildirim edi.Boyazidning esini kiritib qo‘yish uchun Amir Temur o‘z qo‘shinlari bilan Tog‘li Qorabog‘da qishlab, bahorda g‘arbga,Turkiyaga cherik tortadi.U Anqarani fatx etib, Boyazid Yildirimni asir oladi.Boyazid Yildirim 1403 sana asirlikda olamdan o‘tadi.Turkiyani zolim sultondan ozod qilgan Amir Temur endi Xindiston safariga tadorik ko‘ra boshlaydi.Aynan o‘sha paytlarda Bog‘dodda taxtdan ag‘darilgan Sulton Ahmad Jaloir Misr sultoni Baroko‘x poyiga bosh urib boradi.Misr sultoni Baroko‘x Amir Temurning ashaddiy dushmani To‘xtamish bilan til biriktirib, Sulton Ahmad Jaloirga yordam beradilar va Amir Temurning Xindiston sari azimat qilganidan, Panjobda ekanidan foydalanib, Damashqni va Alepponi egallab oladilar hamda Sulton Ahmad Jaloirni Bog‘dod taxtiga o‘tqazadilar.Amir Temur esa o‘z qo‘shinlari bilan Xindukush tog‘laridan oshib o‘tib, Afg‘onistonni va Xindistonni zolimlar zulmidan xalos qilishga kirishadi.Afg‘oniston va Xindistonni zolimlardan tozalab, katta zafarlar bilan Samarqandga qaytgan Sohibqirondan  Rusiya knyazliklarining, Kafkaz mamlakatlarining elchilari mazlum o‘lkalarniTo‘xtamish zulmidan ozod qilishini so‘rab,  poyiga bosh uradilar.Shundan keyin Amir Temur o‘zining shavkatli qo‘shinlari bilan Astraxanü sari yurish qiladi, To‘xtamishni o‘rda po‘rdasi bilan oyog‘ini osmondan qilib, kulini ko‘kka sovuradi.Shunday qilib, Amir Temur Yevropani Boyazid Yildirimning, Rusiya, Mo‘g‘iliston va Kafkazni To‘xtamish zulmidan ozod qildi.Amir Temur 1405 yili  Xitoyda ham tartib va adolat o‘rnatish uchun qo‘shin tortib ketayotib, sovuq yanvar oyida sochlarini ustarada taglab qirdirishi oqibatida shamollab qoladi va O‘tror(Xozirgi Qozog‘iston territoriyasi)da kasallanadi.Bir oy to‘shakka mixlanib yotgach, Amir Temur 1405 yili 18 fevralda olamdan ko‘z yumadi. U o‘zining mardligi, halolligi,  adolat istagan mazlumlar dardini tinglab, raiyyatga zulm qilmasligi, aslzoda sayidlarni, avliyolarni xorlamasligi sabab umrining oxirigacha yengilmadi.Vafotidan so‘ng o‘z pirining oyoq tamonlariga dafn etishlarini vasiyat qilgan shunday ulug‘, kamtarin zotning avlodlari ekanimiz bilan biz o‘zbeklar har qancha iftihor qilsak oz.





6 aprel, 2014 yil.
Kech soat 7 dan 44 daqiqa o‘tdi.
Kanada.





ABDULLA ORIPOV SHE‘RIYATI HAQIDA



Abdulla Oripov ijodiga chuqurroq nazar tashlash uchun uning oltmishinchi yillarida yozgan she‘rlariga murojaat qilmoq kerak.Negaki, shoirning aynan o‘sha davrlarda yozgan she‘rlari adabiyotimizda voqea bo‘ldi, se'riyat muhlislarining e‘tiborini tortdi, muhabbatini qozondi. Eslang.Cho‘lponning "Oydanda go‘zaldir, kundanda go‘zal"  misralarida "go‘zal" degan umumiy sifat bor va u sifatning mazmun mohiyati ochib berilmagan.Ifoda yo‘q.Haqiqiy shoir ana o‘sha umumiy sifatning biron detalga tegishli mazmunini, mohiyatini, shaklu shamoilini so‘z bilan ifodalab, o‘sha holatni o‘z tafakkur chirog‘i bilan yoritarak, o‘qiguvchining tuyg‘u rishtalariga teginadi, ularni tebratadi.Abdulla Oripov "Go‘zal" so‘zini ishlatmagan holda go‘zallikni tasvirlaydi.So‘z bilan qog‘oz bo‘ziga oqshom manzarasni chizadi.


Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda


deya yozarkan, ko‘z oldingizga lop etib, sokin yoz oqshomi, teraklar ortida bo‘zarib turgan oyning gardishi namoyon bo‘ladi.Shoir aytmasa ham, o‘sha osuda oqshom chigirtkalarining bir moromda chirillashlarini eshitayotganday bo‘lasiz.Voqealar izchilligiga ham e‘tibor bering.Oy bo‘zarib botayotgan mudroq va xorg‘in kecha.


Zuxro yulduz miltirab, xira handa otganda


deya davom etarkan, shoir yulduzni jonlantiradi.U boshqa e‘jodkorlar kabi "Yulduz porlamag‘da" demaydi.Uningcha yulduz xira handa otadi. Hammamiz subhi sodiq mahal o‘sha xira porlayotgan yulduzga qarab ag‘rayib qolgandaymiz go‘yo.Demak, tun oyoqlamoqda.Ammo lirik qahramon hanuz uyg‘oq.Nega? Chunki, birinchi muhabbatini eslab, uning uyqusi qochgan.


Ruhimda bir mayuslik, sokinlik uyg‘otganda


degan misralarni o‘qigan odam "Yo tovba, odatda odamni shovqin uyg‘otardi.Abdulla Oripovni esa, aksincha, sokinlik, jimlik uyg‘otar ekanda" deya hayratlanishi ham mumkin.Ha, shoirni shovqinlar emas, sokinlik uyg‘otadi, kimsasiz jimlik unga uyqu bermaydi.Abdulla Oripov yuqorida aytganimiz, umumiy tushunchani, mavhumlikni aniqlashtirmoqda, tiniqlashtirmoqda, u tushunchaga shakl -shamoil bermoqda.U "Uyqum ochilib yoki qochib ketgan payt" deb yozishi ham mumkin edi.Agar o‘shanday yozganda Abdulla Oripovni hech kim shoir deb tan olmagan bo‘lardi.Haqiqiy shoir har bir she‘rida, har bir misrasida yangi, hali boshqa shoirlar ishlatmagan tashbehlarni qo‘llaydi va u tashbehlarni izlab ham yurmaydi.Ular o‘zi quyilib kelaveradi.Shoir odam shovqinlar ichida uxlashi mumkin, ammo u sokinlik, oydinlik ichra uxlolmaydi.



"Munojot" she‘rida Abdulla Oripov


Eshilib, to‘lg‘onib, ingranadi kuy


deya yozadi. Abdulla Oripov ko‘zga ko‘rinmas ohangni, dardni, tuyg‘uni tasvirlaydi, kuyning, iztirobning, g‘amning, hasratning, suratini chizadi.U avval "Eshiliiiib" deydi.Keyin "To‘lg‘oniiiib" deya tasvirni yanada yuqori pardalarga ko‘tararkan, "Ingranadi kuy" deya dardli ohang harakatini aniq ifodalaydi.Ana o‘sha aniq va tiniq ifoda, tasvir jozibasi bizni hayratlantiradi, sehrlab qo‘yadi.


Qaydan kelayotir bu ohi frayod?


deya shoir bo‘ynini cho‘zib, asrlar devoridan moziyga qarayotganday tuyuladi go‘yo.


Kim u yig‘layotgan, Navoiymikan?
Vayo may kuychisi Hayyommikan, dood!


deb yozilgan baytni o‘qirkansiz, u so‘zlar, u misralar shoir yuragidan, vujudidan otilib, titilib, sitilib chiqayotganini his qilasiz.Shoir mazmunni qofiyaga yem qilmagani kabi, qofiyani ham mazmunga qurbon qilmaydi.Eng muhimi, u she‘rdagi dardni, ruhiy iztirobni, badiiylikni, tuyg‘uni saqlab qoladi.
Abdulla Oripovning kitoblariga qo‘ygan nomlari ham insonga osuda tong kabi tiniq tuyg‘u, dalalar etagida sayragan popishak ohiday hasratli qayg‘u baxsh etadi.
"Yurtim shamoli", "Yillar armoni" va hokazo.Shoir "Ayol" she‘rida:


Sevgidan yetimu umrdan yarim,
Qurigan ko‘ksida yolg‘iz belanchak.


deydi.Bu misralar bir beva ayolga so‘zlarning asriy toshlaridan yo‘nilgan qayg‘uli haykaldir.Abdulla Oripov o‘sha she‘rida;


Qaqragan lablarda olovli nafas


deya ayriliq iztirobidan yonib kul bo‘lgan beva ayol vujudining o‘tli xaroratini birovlar ishlatmagan o‘ziga hos tashbehlar bilan qiyomiga yetkazib ifodalaydi.


Yillar ham o‘tdilar, hamon u yolg‘iz,
Mung‘ayib termular botguvchi kunga.


degan misralarini o‘qib, yolg‘iz ayolning botguvchi quyoshga mung‘ayib termulgan holatini his etasiz.She‘rni davom etdirarkan, shoir o‘zi tuygan qayg‘u otashini ichiga sig‘dirolmay portlab ketadi go‘yo,


Ey nomard tabiat, bormi senda his,
Qaytadan baxt bersang bo‘lmasmi unga?!



deya hayqiradi.Ha, haqiqiy shoirlar she‘r yozayotib bir zum aqldan ozadilar, o‘zini unitib yozadilar.Unday she‘rlar shoir ruhining tub -tubidan, yuragining qa‘ridan otilib chiqadi.Yuqorida biz tadqiq qilib topgan olmos qirralarni Abdulla Oripovning deyarli barcha she‘rlarida uchratish mumkin.
Abdulla aka, yaxshi yuribsizmi shuytib?Musofirning duosi naqd deydilar.Sizni uzoq -uzoqlardan turib duo qilamiz, ustoz.Adabiyotimiz, xalqimiz, yaqinlaringiz, do‘stlaringiz, va biz kabi daydi shogirdlaringiz baxtiga doimo sog‘ -omon bo‘ling!
Hurmat bilan, Xoldor Vulqon.




30/03/2014.
Kunduz soat 10 dan 5 daqiqa o‘tdi.
Kanada.




Dashtu dalalarimiz kuychisi, ustoz yozuvchi Murod Muhammad Do‘st ijodi haqida.



Odamzod keyin - keyin chetan - chavra tirqishidan o‘zgalarning bog‘iga xavas bilan mo‘ralaydigan bo‘lib qolarkansan.Men anchadan buyon ustoz yozuvchi Murod Muhammad Do‘stning "Dashtu dalalarda" nomli hikoyasini o‘zimcha tahlil qilib, nimadir yozishni o‘ylab yurardim, ammo e‘jodiy ishlar ko‘pligidan bu adabiy tadqiqodga vaqt topolmasdim.Mana bugun mavridi ekan, tavakkal ishga kirishdim.Men odatda boshqa yozuvchi shoirlarning asarlaridan ataylab xato kamchilik izlamayman.Ammo, o‘qish jarayonida jiddiyroq kamchilik yo xatoga duch kelsam, uni do‘sti beg‘araz muallifga ko‘rsataman, kamchiliklarni hali kech bo‘lmay turib o‘nglanishiga ko‘maklashaman.Buni endi tushungan tushunadi, tushunmagani mendan xafa bo‘lib, arazlab yuraveradi.Murod Muhammad Do‘stning asarlarini o‘qib, kamchilik va xatolarga duch kelmaganman.Ayniqsa, "Dashtu dalalarda" nomli hikoyasini o‘qiganimda.Hikoyada so‘zlar tirik, ular qiynalmay, ozod, erkin yashaydi, bemalol nafas oladi.Voqealar badiiy qahramon hayotiga, harakatlariga, fe‘liga uyg‘un.Ruhiy tahlil kuchli va u tahlil badiiy qahramon ruhiyatini, iztiroblarini, tuyg‘u va qayg‘ular zulmatini osuda oqshom osmonida porlayotgan to‘lin oydek oxista yoritaveradi.Hikoyadagi to‘y manzarasi,  yuk mashinasining aravasiga chiqib olgan erkagu xotin halaj.Qo‘rquvdan bir burda bo‘lib o‘tirgan kelinchak.Tezroq uyga yeta qolsaydik deya sabrsizlanayotgan kuyov.Dashtu dalalarga taralib yangrayotgan "Yor -yor", kutilmaganda sho‘rquduqliklar tamonidan taraqa turuq otilgan toshlar, boshi yorilgan yilqichi, bu hammasi o‘zbek hayotida yuz bergan va yuz berishi mumkin bo‘lgan voqealarning hayotiy, haqqoniy, aniq ifodasi, tiniq tasviri emasmi?To‘ydan keyin Polvonning yuragida paydo bo‘lgan shubhayu gumonlar rashk olovini yoqarak uni botinan qovurib jizza qila boshlaydi va  Polvon bilan Xadicha o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelarkan, Xadicha qizchasi Chamanni yetaklab, otasinikiga ketib qoladi.Ketayotib tugun bo‘g‘inini ko‘targan Xadicha eridan "Ketma" degan sado chiqarmikan deya o‘ylab, ostonada bir muddat turib qoladi.Polvon esa, Murod Muhammad do‘st iborasi bilan aytganda, teskari to‘ng bo‘lib yotaveradi.Qarang, er -xotin orasidagi o‘zaro araz, kelishmovchilikning qanday ajoyib surati!Yozuvchi "to‘ng" so‘zini ishlatarkan, badiiy qahramonning xotinidan xafa bo‘lib, qovog‘ini uygan, xo‘mraygan holatini, qiyofasini maxorat bilan hikoya ko‘zgusida yuksak did bilan aks etdiradi.Shundan keyin Polvon Xadichaga bemalol ketaverishini, Sho‘rquduqqa emas undan nariga ketsa ham Polvonga  farqisi yo‘qligini, kerak bo‘lsa, qizchasini ham olib ketishi mumkinligini aytadi.Xadicha yig‘lay -yig‘lay ko‘chaga chiqadi.Polvon tashqariga chiqsa, Xadicha uzoqda qizchasi Chamanni yetaklaganicha ketib borardi.Yozuvchi "qizchasini ergashtirib" deya emas "Iyartib" deya yozarkan, mahalliy sheva go‘zalligini saqlab qoladi.Murod Muhammad Do‘stning asarlari so‘zlar oxuday ozod chopib yurguvchi qo‘riqxonga o‘xshaydi.U sheva so‘zlarini istefoda etarkan, tarjimada bu so‘zlar o‘z rangi -ro‘yini, joziba va tarovatini yo‘qotib qo‘ymasmikan deya tashvishlanmaydi ham.Ilohiy ilhom yetovida asar yozayotgan ijodkor tarjima haqida o‘ylamaydi, o‘ylolmaydi, o‘ylamoqqa ulgurmaydi ham.Vaholanki yaxshi tarjimon tarjimada o‘sha sheva so‘zlarini to‘liq ifodalay oladigan muqobil so‘zlarni ham topa oladi.Yana hikoya o‘zaniga qaytamiz.Yozuvchi kutilmagan ayriliqdan esankiragan, asabiylashgan badiiy qahramonning uyga qaytib kirganini tasvirlarkan, chalg‘ining tig‘ini peshladi deya yozadi.O‘tkirladi, charxladi degan texnik so‘zlardan qochib, peshladi deydi.Birgina o‘sha jaydari so‘z ta‘sirida yaltirayotgan chalg‘i tig‘ini ko‘rayotganday, qayroq shig‘illashini eshitayotganday bo‘lamiz.Polvon uyda yasholmay qiyalikdagi yetro‘laga ko‘chib o‘tadi.Yozuvchi aytmasa ham yerto‘laning taxta poli yo‘qligi shundoq ayon."Er naq metin -cho‘kich tegsa, chaqin chiqqudek" deya g‘orga o‘xshash yerto‘la interüerini tasvirlaydi u.Yana Polvonboyning o‘ziday beso‘naqay, ammo vafodor Qoravoy degan iti ham bor.Murod Muhammad Do‘st o‘z yozish uslubiga sodiq qolib, itning kichkina laycha yoki ulkan "Sanbernar" parodasidan ekanini aytmaydi.Ammo, yana ko‘ppakning xumday boshini tasvirlarkan, ko‘z oldingizda beixtiyor ayiqday beso‘naqay it surati namoyon bo‘ladi.Polvon dardini odamga emas, itga so‘ylay boshlaydi.It o‘z nomini eshitishi bilanoq mudroq ko‘zlarni ochib, egasiga qarashi haqidagi epizodni o‘qigan o‘qiguvchi beixtiyor o‘sha yunglari paxmoq it ko‘zlarini ko‘rayotganini, nigoxini his etayotganini sezadi.Keyin Polvon qishloqdoshi Salim  bilan ulfatchilik qilib, qayg‘ularini aroqqa cho‘ktirmoq niyyatida ichkilik ichadi. Mastlikda Salim "Xotining Xadicha otasinikida ikki xaftadan beri qoshiga o‘sma qo‘yib o‘tirmagandir" deya Polvonning ko‘ngliga g‘ulg‘ula soladigan gaplarni aytadi va Polvon Salimni do‘pposlaydi.Bir kuni azonda cho‘lga poda xaydab ketayotgan Polvon banogox Nazar Maxsum degan chalamullani uchratadi va Nazar Maxsum agar Polvon Xadichani uch taloq qo‘ysa, u og‘zaki taloqnomani Sho‘rquduqqa borganda bajonudil Xadichaga yetkazajigini aytadi.Odam ayriliq iztiroblaridan uzil -kesil qutulmoqchi bo‘lsa, xotinini uch taloq qo‘yishi kerak -deya uqtiradi u.Lekin Polvon xarchand urinmasin, taloq aytgani tili bormaydi.Oxiri chidolmay, u xotini va qizchasini olib kelish uchun Sho‘rquduqqa boradi va lang ochiq qadrdon dorvoza qarshisida to‘xtaydi.Ichkaridan xotini Xadicha qo‘lida cho‘ltoq supurgi bilan chiqarkan, endi o‘zing yashayver, meni o‘z holimga qo‘y - deydi.Shu payt Xadichaning ukasi Sattorqul chiqib, Polvonni hayday boshlaydi.Sur -sur mushtlashuvga aylanib, Sattorqul Polvonga tashlanadi.Ammo Polvon uni bir urib nakaut qiladi.Keyin keta boshlaydi.Ko‘p o‘tmay, Sattorqul o‘zining labi tirtiq jo‘rasi bilan Polvonni otda quvib yetadilar va uni o‘rimi mayda qamchi bilan savalab, o‘lasi qilib kaltaklab ketadilar.Ittifoqo dashtga tezak tergani chiqqan Xadicha Polvonni ko‘rib qoladi va unga yaqin kelib: -Taloq qo‘ymadingizmi? -deya so‘raydi havotir bilan.Polvon taloq qo‘ymaganini aytadi va Xadicha "Uyga qaytib borsam endi urmaysizmi?" deya yana xadiksiraydi. Polvon -e, Xadicha, seni urgan qo‘llarim sinib tushmaydimi -deya uni hech qachon urmaslikka vada beradi, kerak bo‘lsa boshida ko‘tarib yurishini aytadi.Shu tariqa ularning o‘zaro er -xotinlik munosabatlari avvalgi o‘zanga qaytadi.Darhaqiqat, hurmatli ustozimiz Xurshid Davron e‘tirof etganlariday, Murod Muhammad Do‘stning "Dashtu dalalarda" nomli hikoyasi XX asr o‘zbek adabiyotida yaratilgan eng go‘zal hikoyalardan biridir. Xalqimizning eng sevikli yozuvchilaridan biri sanaladigan Murod Muhammad Do‘stning "Lolazor", "Galatepaga qaytish" nomli romanlari hamda qator hikoyalari zamonaviy o‘zbek adabiyoti hazinasidan joy olgan bebaho gavxar, la‘l -javoxirlardir.






12 aprelü, 2014 yil.
Kunduz soat 10 dan 58 daqiqa o‘tdi.
Kanada.




Zohir A‘lamda olam zohir edi

(Ta‘ziya)




Men Zohir A‘lam bilan muxolifatdagi "Ozod dexqonlar" agrar partiyasining Toshkentda o‘tkazilgan birinchi ta‘sis qurultoyida tasodifan uchrashib qolgandim.Zohir aka haqida eshitgan, asarlarini ozmi ko‘pmi o‘qigan esamda, u yozuvchi haqida uzuq yuluq tasavvurga ega bo‘lsamda, ilgari sira uchrashmagan ekanmiz.

Hullas, qurultoyda ma‘ruzalar tinglandi, partiya dasturi va nizomi bilan tanishganday bo‘ldik.Partiyaning bayrog‘i tasdiqlandi.Bayroqda cho‘qqidan sakrayotgan shoxdor tog‘ qo‘yi(arxar)ning surati zarb qilingan ekan.Tadbir kuzab, tashqariga chiqqach, Zohir A‘lam ikkalamiz ancha suhbatlashdik.Men ta‘qibu taxdidlar ichra turtkilanib, o‘gaylanib, maxdudlikda yashash jonga tekkanini aytar ekanman, Zohir A‘lamdan qanday qilib chet elga ketish mumkinligi to‘g‘risida maslaxat so‘radim.Zohir aka biroz o‘ylanib turdilarda, Xoldor, sizga maslaxatim, Moskvaga, Temur Po‘latovning yoniga boring. Temur hozir Rossiya Yozuvchilar uyushmasining raisi.U sizga albatta yordam beradi.Borib, meni Zoxir aka yubordi deng -dedilar.Men bu gaplardan xursand bo‘ldim.Negaki, Temur akaning "G‘oyibning qaytishi", "Torozu toshbaqasi", "Makon", "Ko‘chmanchilar" kabi asarlarini sevib o‘qirdim va unga havas qilardim.Ammo, men taqdir taqazosi bilan Moskvaga emas, qo‘shni Qirg‘izistonga chiqib ketdim.Temur Po‘latov bilan uchrashish nasib etmagan ekan.

Ammo odamlarga doimo yaxshilikni ravo ko‘rguvchi, boshqalarga beg‘araz yordamlarini ayamaydigan, muloxazali, bo‘riday mard,ozod va qaysar,dovyurak, xalqparvar, adolatparvar printsipial inson, iste‘dodli yozuvchi Zohir A‘lam o‘zining o‘sha maslaxati bilan bir umrga yuragim to‘ridan mustaxkam joy oldi.

Zohir akaning eng yorqin fazilatlaridan yana biri, u hech qachon soxta do‘stlar, lo‘ttiboz "lidercha"lar kabi odamga xuddi vintga, foydali narsaga qaraganday qaramas, suhbatdoshidan qanday foydalansam bo‘larkin deya o‘ylamas, odamzodni manfaat maqsadida yetovga olish uchun intiladigan yolg‘onchilar kabi ko‘zlarini makkorona yiltillatmas edi.

Tanqidga toqatsiz, sirkasi suv ko‘tarmaydigan, maqtovga o‘ch zulmkor kimsalar yaloqxo‘rlik, yuvindixo‘rlik, mute‘lik ko‘chasiga kirmagan qalbi toza, haqiqat uchun kerak bo‘lsa o‘limga ham tikka borguvchi, noni halol yozuvchilarni ta‘qib qiladigan, kitoblarini nashr qilishdan to‘xtatib, unvonlaru mukofotlardan maxrum qilib, ishsiz qoldirib, yakkalab, zimdan xo‘rlaydigan jamiyatda chidab yashagan BUYuK O‘ZBEK YoZUVChISI, XALQIMIZNING VATANPARVAR, ASL O‘G‘LONLARIDAN BIRI ZOHIR A‘LAM bugun endi oramizda jisman yo‘q.

U shoxu gado bir kuni albatta boradigan va qilmishlari uchun jazo oladigan, savob ishlari uchun adolat bilan mukofotlanadigan, zolimlar mazlumni xo‘rlolmaydigan tamonga, oltin, pul, toju taxt, mansab, pora,zo‘ravonlik bilan ish bitqizib bo‘lmaydigan mangu makonga, Parvardigori Olamning dargoxiga ravona bo‘ldi.

Zohir A‘lam doimo mazlum xalq dardi bilan yashadi, odamlarga qo‘lidan kelganicha yaxshilik qildi, nohaq birovning dilini ranjitmadi.

Bir fors shoiri:


Dil ba dast ovarki Hajji Akbar ast,
Az xazoron Ka‘ba yak dil bextar ast.


deya yozgan ekan.Ma‘nosi, Bir ko‘ngilni ovlamoq savobi Hajji Akbar savobiga tengdir.Mingta Ka‘badan bir dil yaxshiroq -demoqchi.Negaki, qalbi o‘lgan dilsiz banda tirik murda, jasad singaridirki, u Makkaga ming marta qatnab, Ka‘baga kirib chiqsa ham,biron savobga ega bo‘lolmaydi.

Agar inson toza dilga ega bo‘lsa, u dilga buyuklikda tengi yo‘q BIR MEHMON tashrif buyuradiki, U MEHMON tashrifini his qilgan odam hursandchiligidan yig‘lab yuboradi.

Ha, unday toza dilga Xudoi Taolo kirib kelar ekan va Ka‘bada yashaganday yashar ekan.Qarang, toza dil Ka‘ba singari muqaddas bo‘lar ekan.Toza dil egasi kamxarjlik sababidan Xudoning uyiga mehmonga borolmasa, bu mehribonlikni qarangki, uning chinniday yaraqlagan beg‘ubor, pokiza diliga Yaratganning o‘zi kelar ekan.Yuqoridagi baytda ana o‘sha inson diliga ozor yetkazish Ka‘bani vayron qilishdek(astag‘firullo) og‘ir gunox ekanligiga ishora qilinayotir.

Yana bir shoir;


May buxo‘r, mazhab biso‘z, otashan dar Ka‘ba zan,
Sokini butxona boshu, mardum ozori makun.


deya yozadi. Ma‘nosi, aroqxo‘r bo‘lib, mazhabinga o‘t qo‘ysang, undan yuz o‘girsang ham, Ka‘batulloga olov tortib, dindan chiqib, murtad bo‘lib, butga sig‘inib, butxonada yashasang ham mardumga, ya‘ni XALQQA aslo ozor yetkazmagin demoqda.

Albatta aroq ichish xarom va og‘ir gunox, mazhabni tark etish, dindan chiqish gunox, Ka‘baga o‘t qo‘yish esa(astag‘firullo) gunoxi kabiradanda yomonligini, bunday qaboxat hukmi mangu jaxannamdagi cho‘g‘, lava daryosida abadiy kuyib, azoblanish ekanini hatto yosh bola ham biladi, bilmasa ham sezadi.

Ammo mardumga, ya‘ni XALQQA ozor yetkazish, unga zulm qilish, qiynash, xo‘rlash o‘sha yuqorida aytib o‘tilgan daxshatli gunoxlardan ham ming, million chandon og‘irroq mangu kechirilmas gunox ekaniga ishora qilinmoqda bu baytda.

Zohir A‘lam ana o‘shanday Xalqqa ozor yetkizguvchi, elning dardiga quloq tutmaguvchi zolimlar yetoviga kirmadi, ularning xizmatkoriga, malayiga,quliga aylanmadi, bir burda halol nonini suvga botirib yeb, qorin to‘yg‘azdi, labbaychi e‘jodkorlar davrasiga o‘gaylashtirilganida ham, yolg‘iz qolsa ham, kitoblarini nashrdan to‘xtatsalar ham, asarlarini maktab darsliklaridan chiqarib tashlasalar ham o‘ksinmadilar,bir chetda qanoat bilan sokin yashab, mag‘rur(kibr bilan emas) har qadamda inson oyog‘iga gunoxu ma‘siyatlar shilimshig‘i ilashadigan bu irganch olamdan o‘tib oldilar.
Vaholanki, maza -matrasiz kitob ham, mansab ham, soxta unvon ham, laganbardorlik evaziga olingan mukofotlar ham,makru hiyla va zo‘ravonlik bilan qo‘lga kiritilgan toju taxt ham yeldek o‘tguvchi inson umriday vafosiz, sarob, illyuziyadir.
Bu yemrilishga, ijtimoiy -siyosiy o‘zgarishlarga, evrilishlarga maxkum dunyoda soxta sun‘iy narsalar barchasi bir kun unitiladi.

Ammo halol yashab o‘tgan qanoatli, iste‘dodli ijodkorlar yaratgan san‘at asarlarini XALQ unutmaydi, ularning asarlarini yashirib, ta‘qiqlab, yerga ko‘mib tashlasalar ham el topib o‘qiydi, avaylab asraydi.Xalqning hotirasi mustaxkam.U o‘zining zolimlar tamonidan vaqtinchalik balchiqqa belangan, botqoqqa botirilgan haqiqiy ijodkorlarini bir kun botqoqdan chiqarib, boshiga ko‘taradi, ularni unutmaydi hamda xuddi Abdulla Qodiriyni ardoqlaganday, ardoqlayveradi.Zolimlar taralla bedodi esa vaqtinchalik.O‘limni, oxiratni o‘ylaylik, xalqqa zulm qilishni to‘xtataylik.Halol yashashga harakat qilaylik.

Atoqli o‘zbek yozuvchisi Zohir A‘lamning esa joylari Jannatdan bo‘lsin.Marhumning oila a‘zolariga, yaqinlariga, do‘stlariga chuqur ta‘ziya izhor qilamiz.





Urdu tiliga Hazrati Bobur asos solganlar



Xind xalqi dunyodagi eng donishmand, kamtarin va eng tinchliksevar xalqlardan biridir.Bu xalqning Robindranat Tagor, Mxatma Gandi kabi minglab buyuk farzandlari borki, ularning falsafiy qarashlari umuminsoniy g‘oyalarga uyg‘un.
O‘zbekistonda xind filümlarini sevib tamosho qilishlari, bu ikki xalqning madaniyat, til borasidagi yaqinligiga dalolatdir.
Xindistonda 150 dan ortiq tilda so'zlashuvchi aholi yashaydi, ammo ularning ichida ikkita asosiy so‘zlashuv vositasi borki, ular Urdu va Panjobiy deya ataladi.
Xind xalqi nima uchun Amir Temur va Bobur hamda Xindistonda 350 yil saltanat qurgan Temuriyzodalarga yuksak ehtirom bilan qaraydilar?
Sababi, Sohibqiron Temurbek avlodlari, Boburiyzodalar Xind xalqiga zulm qilmaganlar.Tillarini taxqirlamaganlar, ta‘qiqlamaganlar.
Agar Xind xalqiga o‘z ona tilisida gapirishni taqiqlab qo‘yilganda, tabiiyki, hozir Xind xalqi o‘zbek tilida gapirayotgan bo‘lardi.
Avg‘oniston ham, Kavkaz xalqlari ham o‘zbek tilida gaplashardi.
Mana shu mantiqiy fikrdan xulosa qilsa bo‘ladiki, Temuriy podshoxlar o‘z zamonasining demokratlari bo‘lganlar.
Yana ham aniqroq qilib aytsak, Temuriyzoda podshoxlar dunyoda birinchi bo‘lib demokratiyaga asos solganlar.
Bu narsa, ular fatx etgan yerlarning viloyatlariga o‘zbeklardan emas, mahalliy aholi ichidan chiqqan aqlli, donishmand odamlarni boshliq qilib tayinlaganlarining o‘zidayoq namoyon bo‘ladi.
Ular mazlum xalqlarni zolim hukmdorlardan halos qilib, tartib va adolat o‘rnatdilar, xalqlarning ona tillariga daxl qilib, bosim o‘tkazmaganlar.
Aksincha ularning tillarini rivojlantirganlar.Bugungi kunda Xindistonning davlat tili Urdu tili xisoblanadi.
Urdu tilida so‘zlayotgan xindistonliklarning ko‘plab so‘zlarini tushunamiz va ajablanamiz.Nega? "Urdu" so‘zining lug‘oviy ma‘nosi nima?Shu haqda hech o‘ylab ko‘rmaganmisiz?
Urdu tilining asoschisi bizning bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur bo‘ladilar.
Boburshoh Xindiston taxtini egallab, saltanat qurgan zamonlar, ko‘pmillatli lashkar, sipox salor, ulamolar kengashi a‘zolari va boshqalar bir -birlarini tushunolmay qiynalganlari uchun hazrati Bobur barchaga birday mo‘‘tadil tilni barpo qilish g‘oyasini o‘rtaga tashlaydilar va bu g‘oyani ulamolar kengashi tasdiqlagach, yangi til qurilishiga azimat qiladilar.
Xind, chig‘atoy o‘zbek, fors, arab va boshqa tillardan tashkil topgan bu yangi lisonga "O‘rda tili", ya‘ni saroy tili deb nom beriladi.O‘sha "O‘rda" so‘zi bugunga kelib "Urdu"ga aylandi.
"Boburnoma"ni o‘qisangiz unda "O‘rdadin chiqib" degan so‘zlarga duch kelasizki, Boburshox Saroyni O‘rdu deb ataganlariga amin bo‘lasiz.
Bu narsa O‘rdu so‘ziUrduga aylanganiga shak shubha qoldirmaydi.Urdu tilini Xindistonliklar sevadi, ardoqlaydi va bu ajoyib, go‘zal baynalminal tilga asos solgan adolatli podshox Zahiriddin Muhammad Boburga bo‘lgan hurmat va ehtiromlari hali hanuz baland.
Bugun yon veringizga qarang.Bir xalq ikkinchi xalq tilini yo‘qotish -yittirish uchun zimdan tirishib, tirmashib, til interventsiyasi bilan mashg‘ul.
Dunyo siyosatida til bosqini, pul bosqini degan narsalar borki, bu bosqinlar kirib borgan o‘lkalarni asoratga, ya‘ni asirlikka olish uchun ortiqcha xarajatu atom bombasiga hojat qolmaydi.
Tilini boy bergan xalq tamom bo‘ladi, tarix saxnasidan yitadi, yo‘qoladi, kuchsiz molekula kabi kuchlilarni quvvatlantirib, ularga singib ketishga majbur bo‘ladi.
Eng kulgilisi, bugungi interventlar  adolatliyu, Amir Temur va Boburmirzo  bobolarimiz qonxo‘r va zolim emish.Temur bobo, Boburiylar kallalardan ravoq qurgan emishlar.
Lekin u kallalar o‘sha zamonlardagi mazlum xalqlarni ezib, qonini ichgan mustabid zolimlarning, o‘z xalqini talagan, o‘g‘ri qaroqchilarning, zinokor, qimorboz, bangi, zo‘ravon, davlat qonunchiligini pisand etmaydigan, poraxo‘r xaromzodalarning bosh chanoqlari bo‘lganligi to‘g‘risidagi tarixiy haqiqatni zo‘r berib, yashiradilar.
Agar bobomiz Amir Temur va Temuriyzodalar zolim bo‘lganlarida, o‘zlari zabt etgan mamlakatlarning xalqlariga ozodlik bermagan bo‘lardilar va Rossiya, Kavkaz, Turkiya, Eron, Suriya, Iroq dan tortib to Afg‘onistonu Xindiston hamda O‘rta osiyo davlatlari bilan bugun O‘zbekiston degan ulkan yaxlit mamlakat bo‘lar edi.
Qarang, u xalqlar bugun aloxida va mustaqil hayot kechirmoqdalar.
Shu tarixiy haqiqatdan kelib chiqiladigan bo‘lsa, dunyo xalqlarining o‘z iltimoslariga binoan mazlumlarni zolim hukmdorlardan ozod qilish yo‘lida adolatli kurash olib borgan qahramon ota -bobolarimiz, xususan, Hazrati Amir Temur va Temuriyzodalarni zolim deyish kurakda turmaydigan qip -qizil tuxmat va eng kulgili uydirmadir.




9 may, 2014 yil.
Kech soat 5 dan 48 daqiqa o‘tdi.
Kanada.




Odamzod hech qachon qarimaydi





Odam bolasi chaqaloqligida sut ichsa, katta bo‘lgach, albatta suv, sharbat, aroq yo qasam  ichadi.

Ya‘ni bu jarayonda faqat foydalaniladigan narsalarning shakli, mazmun va mohiyati  o‘zgaradi halos.

Deylik chaqaloq kattaroq bo‘lib rogatka otsa, qushlarni o‘ldirsa, ulg‘aygach uning rogatkasi Kalashnikov avtomatiga aylanadi va u qushlarning o‘rniga o‘sha qushlar kabi begunox odamlarni o‘ldiradi.

Yoki tosh otib, ko‘cha chirog‘ining lampochkasini, yoxud birovning derazasini sindirsa, katta bo‘lgach, raketa otib uylarni vayron qiladi, yadro chiqindilarini axoli yashaydigan joylarga yashirincha ko‘mib, kimyoviy og‘ularni daryolarga oqizib, yer yuzida yashashni yanada qiyinlashtiradi.Hech yo‘q zavod -fabrikalarning mo‘rilaridan zararli tutunlarni burqsitib, OZON QATLAMIning teshilishiga, shiddat bilan  kengayishiga, oxiri esa, umuman yo‘qolib, yer sharining muzlashiga yoki jazirama issiqda insoniyatning kuyib jizza bo‘lib, qirilib ketishiga yordamlashadi.

Agar u bolaligida polizdan handalak o‘g‘irlagan bo‘lsa, umuman hotirjam bo‘lingki u ulg‘aygach, shubhasiz mamlakatimiz g‘aznalarini o‘maradi, pul yuvib, oltin g‘amlab, chet el banklariga anov qiladi,joylaydi.

Yoshlikda mushtlashgan bolalar voyaga yetgach, esi kiradi desalar, sira ishonmang.
Aksincha inson bolasi voyaga yetgach,  boshqa xalqlar bilan bo‘ladigan qonli urushlarda ishtirok etadi yoki o‘sha urushlarga shaxsan boshchilik qiladi va alal oxir dorga osilib, o‘ladi.

Nima, bolalikda  vaqtini faqat o‘yinlar bilan o‘tkazgan bola katta bo‘lganda  o‘yin o‘ynamay qo‘yadi deysizmi?

Bu fikringiz g‘irt xatoku.

Negaki inson katta bo‘lgach ham to‘xtamay o‘ynayveradi.
U o‘z vaqtining deyarli asosiy qismini o‘yinlar bilan o‘tkazadi.
Qimor o‘ynaydi, jalab o‘ynaydi degandek, o‘yinlarning turini sanab adog‘iga yetolmaysiz.

Bu o‘yinlarning ichida eng xavflisi SIYoSIY O‘YINlar bo‘lib, odamzod bu o‘yinga xalq mulkini, vatan taqdirini xuddi o‘z mulkini dovga tikkanday dunyo kazinosida o‘ynaladigan global qimorga tikadi.

So‘ng shoshqol otilgach, talab bo‘lgan biyaday kishnab aylanguvchi gardishga umidvor termulib turadi.

Buyog‘i endi chikka yoki pukkaga bog‘liq.

U odam yutqazsa, hafa bo‘lib yurmaydi.

Negaki boy berilgan mulk o‘ziniki emasda.

Paxtazorlarda agatlarga egilib uning beli og‘rimagan.

Oooo, bu SIYoSIY O‘YIN deganlariiiii!

Bu o‘yinlarga o‘z manfaatlari yo‘lida qancha mamlakatlarning tuprog‘u toshini, yer ostki va ustki ma‘danlarini, qancha xarip, laqma, merov,siyosatdan behabar soxta muxolifatchilarni fishka qilib tikmaydilar deysiz!

Odamzod ko‘chadan nari kelmay o‘ziga o‘xshagan o‘rtoqlari bilan o‘ynayveradi.
Uni endi bolaligidagi kabi derazani lang ochib: -Falonchivoyuuuuuu, ho fistonchibooooy! Keling enni, uliiiiiim, o‘ynaganingiz yetaaaar!Qorong‘i tushib qolliiii! Bemahalga yurmaaaaang! Jin -pin chalib ketmasin tag‘iiin! Keliiiing inni!
Ovqatiz sovib qolliiiii! -deya onasi chaqirmaydi.

U o‘ziga bek, o‘ziga xon.

Hatto go‘rdan tirilib kelgan otasining nasixatlarini ham olmaydi, gapiga kirmaydi.

Nari turlaring, derevnyalar! Nasihatlaringa mo‘xtoj emasman!

Man madaniyaxlik, ogorodskoy odamman!

O‘zbekcha aytsam, shahallikman!Davayte, ne meshayte! -deydi.

U to xalqining taqdirini, vatanining yer ostki va ustki boyliklarini to‘la yutqazmagunicha, o‘z xalqini boshqalarga qul qilib topshirmaguncha o‘ynayveradi.

Shunaqa, og‘aynilar, odamzod qariydi desa ishonmanglar.

Odamzod qarimaydi.





14 avgust, 2013 yil.
Kunduz soat 2 dan 15 daqiqa o‘tdi.
Kembridj shahri, Kanada.




Duo haqida




Xalqimizning bir odatini juda yaxshi ko‘raman.

U ham bo‘lsa, duosini.

Har gal taomlangandan so‘ng, berilgan rizq uchun Xudoi Taologa shukrona keltirib, dasturxonga duo qilar ekanlar, o‘zbeklarimiz "Tinchlik, omonlik, hotirjamlikni bersin, Olloxu akbar" deya yuzlariga fotixa tortadilar.

Ular shu uch narsanigina  Xudodan so‘raydilar.

E‘tibor bering, ular birinchi navbatda tinchlikni so‘rayaptilar.Chunki, tinchlik bo‘lsagina xalq omon bo‘ladi.Omon bo‘lgan odam esa, o‘z -o‘zidan hotirjam bo‘ladi.Hotirjam odamning sog‘ligi mustaxkam, oilasi totuv, bola -chaqasi baxtli, "Mirkomildan qarzim yo‘q, hamisha do‘ppim chambarak" deganlariday,  hur -ozod yashaydi.

Xalqimiz ham Xudodan yuzlab, minglab narsalarni so‘rasa bo‘lar edi.
Ammo, ular ko‘p narsa so‘ragani Xudodan tortinadilar, uyaladilar.
Ayyub payg‘ambar qissasini eslaylik.Hazrati Ayyub Alayhissalomni Xudo molu dunyo bilan sinab ko‘rdi.

Unga tuganmas boylik, hamma havas qiladigan farzandlar, oilaviy baxt ato etdi.

Keyin, ul zotni sinash uchun bergan boyliklarini, shirindan shakar farzandlarini  olib qo‘ygani ham kamday, Ayyub alayhissalomga og‘ir dard ham berdiki, ul kishining a‘zoi badani yaralardan, tiriklay chiriy boshladi.

Tanasiga qurt tushib, vujudi yemrilib borar ekan, Hazrati Ayyub irib, sasib, bijg‘ib ketdilar.

Ammo ul kishi nolayu shikoyat qilmoq o‘rniga, xotinining ensasini qotirib, nuqul Yaratganga shukrona aytaverdilar.

Oxiri, ish shudarajaga borib yetdiki, Ayyub alayhissalom yashaydigan yurt ahli dimoqni yorib yuboradigan darajadagi sassiq xiddan shikoyat qila boshladi.
Shunda Ayyub alayhissalom xotinidan iltimos qilib; -Xotin, meni cho‘lga olib borib qo‘ygin -dedilar.

Xotini yig‘lab - yig‘lab, vazni yengil bo‘lib qolgan Ayyub alayhissalomni yelkalariga ko‘targanlaricha cho‘lga ravona bo‘ldilar.

Cho‘ldagi qum barxanlari ustida o‘sgan bir soksovul ostiga avaylab yotqizilgan Hazrati Ayyubning muborak tanalarini hamon qurtlar kemirar, Hazrat esa og‘riq azobiga sabr qilib, dard bergan Parvardigori  olamga shukr aytaverdilar,qumga tayammum qilib, so‘ngi kuchlarini jamlab, yotgan joylarida Haq Taologa ibodatlarini davom etdiraverdilar.

Bir gal yig‘lab o‘tirgan xotiniga rahmlari kelib: -Xotin, meni deb sen ham qiynalib ketding.Boyliklarimdan, sog‘ligimdan judo bo‘lib, tanamga qurt tushib, sasib, bijg‘ib ketganimda ham meni tashlab ketmading.Qaytaga yelkanga opichlab ko‘tarib yurding, parvarish qilmoqdasan.Sendan mingdan ming roziman.Sen ham mendan rozi bo‘l. Endi uyga qaytgin -dedilar.

Bu gaplarni eshitib, xotini badtar yig‘ladi va: -Ey, Ayyub, sen Xudodan nima so‘rasang, el uchun so‘rar eding.O‘zing uchun emas.Ammo sen hech narsa so‘ramasang ham, Xudo senga hamma narsani bergan edi.Sen hech yo‘q bugun, Xudodan o‘zinga sog‘lik so‘ra, dardinga shifo tila.Shoyat tuzalib ketsang -dedi.

- Yo‘q, dedilar Hazrati Ayyub -Men nimani do‘ndirib qo‘yibmanki, Xudodan o‘zim uchun biron narsa so‘rasam -dedilar.

Shu mahal bir nechta qurt yerga tushib ketdi.

Ayyub Alayhissalom  o‘z tanasini kemirgan qurtlar oziqlanmoqni davom etdirishlari uchun ularni quvvatsiz, qoqsuyak qo‘llari bilan olib, o‘z tanalariga qo‘ydilar.

-Men bu qurtlarga Xudo tamonidan berilgan rizqman - dedilar.

Xudoning hukmiga rozi bo‘ldilar.

Ammo, kutilmaganda qurtlar Ayyub Alayhissalomning muborak tilini yeya boshladilar.

Shunda Ayyub Alayhissalom: -E, Xudoyim, tilimni qurtlar yeb qo‘ysa, senga shukrona aytolmay qolarkanmanda -deya o‘ksinib, unsiz yig‘lab yubordilar.

Keyin yana  shukr qildilar.Tilimni qurtlar yesa, dilim borku, Xudoyim, dilimda senga shukr qilaveraman -deya o‘yladilar.

Shunda Xudoi Taoloning Ayyub Alayhissalomga rahmi keldi.

G‘oyibdan; -Ey, Ayyub, bas, sen Yaratgan Parvardigoring sinovlaridan o‘tding.Manabu chashmaning suvida cho‘mil! -degan nido kelib, soksovul ostida buloq paydo bo‘ldi.
Ayyub Alayhissalomning zavjalari tanalarini qurt kemirayotgan o‘z jufti halolini chashma suvida cho‘miltirdilar.

Xudoning qudrati bilan Ayyub Alayhissalom birdan sog‘aydilar va bir -birlariga sadoqatli er -xotin yosh kelin -kuyovgv aylandilar.

Endi Ayyub Alayhissalomga o‘zingizni muqoyasa etib ko‘ring.Sizni Xudo shunday sinasa, hech yo‘q bittasiga chidaysizmi, sabr qila olasizmi?
Qayoqda.

Sizga biron musibat etsa, o'sha zahoti:- Menga Xudo azob berdi -deya hatto Xudodan o‘ch olmoq uchun otashparast yoki umuman dinsiz bo‘lib ketishingiz ham hech gap emas.

Ayyub Alayhissalom hatto o‘shanday ahvolda ham Xudodan o‘zlariga  shifo so‘ragani  hayo qildilar.

Bizning qorindor mullalarimizchi? Ular: -Iloyo ilovando, birinchi navbatda yutvoshimizni  saqlab, xo‘kmatdagi rahbarlarimizniyam o‘z panoxingda asragin.Keyin bizga falon -falon narsalarni bergin - deya shunaqa uzoq duo qiladilarki, qavmning qo‘llari tolib, o‘zlari zerikib, esnab, tevarakka alanglay boshlaydi.Ba‘zilar kurak qilingan qo‘llarining bir cheti bilan iyagini qashiydi.Domlasi tushmagur esa hamon uzundan uzoq narsalarning ro‘yxatini aytib, quvg‘indagi tuproqshunos olim Ahmadxoji Horazmiy iborasi bilan aytganda, duoda bardavom.Nazaringda, duolarni olib chiqib ketish uchun masjidga qo‘ngan farishtalar ham domlaning so‘rayotgan narsalaridan ensalari qotib, bir -birlariga ma‘noli qarayotganday, oxiri zerikib, bor -e, bular qanaqa ochko‘z qavm ekan deb, guras -guras havoga ko‘tarilib, uchib ketganday tuyulaveradi.

Biz narsalarning uzun ro'yxatini aytib, soatlab duo qilamiz, ammo, Xudo bizga u narsalarni bermayotganday.

Inglizlar bo‘lsa, "God bles" deydi, tamom.Boshqa narsa so‘ramaydi. Shu insof bilan so‘raganlari uchunmi, ularning yurtlariga Xudo barokot yog‘dirgan.




Endi bugungi ayollarimizni Hazrati Ayyub payg‘ambarning sadoqatli zavjalariga muqoyasa qiladigan bo‘lsakchi?

Ularning barchalari ham og‘ir ahvolda qolgan o‘z erlariga o‘shandoq ijobiy munosabatda bo‘la oladilarmi?

Deylik, "Man bu obonkrotivshiysya svolochminam yashab nima kilaman? Dura chto li? -deya sho‘rlik erini dog‘i hasratda qoldirib, bironta boyga sitrdan erga tegib ketmaydilarmi?

Kasal bo‘lsa: -Uff, bu invalid neschastnûy o‘lsa, tezroq o‘laqolmadi -deya bir turtib non berib, bir tepib suv tutmaydilarmi?

O‘zimizchi, o‘zimiz? Sal tobimiz qochsa, sabr qilib, shifo so‘ramoqqa Hazrati Ayyub Alayhissalom kabi Xudodan hayo qila olamizmi?

Tanamiz soppa -sog‘ holatda Xudo buyurgan amallarni ado etamizmi?

Tilimizga qurt tushmagan bo‘lsada, hech yo‘q bizga berilgan ne‘matlar uchun shukrona aytamizmi?

Yo stol atrofida yarim yalong‘och o‘tirganimizcha, Xudoni ham esdan chiqarib, keltirilgan taomni xuddi olqindi pomoy yeguvchi cho‘chqa kabi xo‘rt -xo‘rt qilib,pishillab yeb, yana berilgan rizq uchun duo qilmay, xunuk kekirib, o‘rnimizdan turib ketaveramizmi?

Ha, bu borada, ovqat mahal boshiga do‘ppi kiyib, Xudo oldida odob saqlab, berilgan ozmi -ko‘p rizq uchun chin dildan shukrona aytib, taomlarni shoshilmay yeydigan, Xudodan biron narsa so‘rasa insof bilan qisqa duo qiladigan Xalqimiz fe‘lan sabr -toqatda tengi yo‘q Hazrati Ayyub Alayhissalomga g‘oyat yaqindirlar.

Tanasini kemirayotgan korruptsiya qurtlariga, zolimlarga ham rahm qilguvchi bu kamtarin Xalq albatda bir kun Haq Taoloning sinovlaridan o‘tib, Ikki Dunyo Saodatiga sazovor bo‘ladi, Inshoollo.





11 avgust, 2013 yil.
Kunduz soat 9 dan 16 daqiqa o‘tdi.
Kembridj shahri, Kanada.





O‘zbekiston - Amerika hamkorligi haqida




Mamlakatimizni bo‘ysundirib, o‘z to‘rvasiga solmoqchi bo‘lgan yovuz niyyatli kuchlarning bigizli nigoxlari yurtimizga qadalayotgan bir zamon, Amerika -O‘zbekiston munosabatlarining qayta iliqlashgani ko‘pmillatli o‘zbekistonliklar uchun ayni muddao bo‘ldi.
Andijon voqealari yuz bermaganida, Amerikaning xarbiy ba‘zasi yurtimizdan chiqib ketmagan va bugun o‘zbekistonda haqiqiy ma‘nodagi demokratiya o‘rnatilgan bo‘lar edi.
Aynan Andijonda yuz bergan o‘sha mudxish voqea O‘zbek -Amerika munosabatlariga zarar yetkazdi va o‘rtaga sovuqchilik tushdi.
Andijon voqealari ish bermagach, g‘animlar 2010 yili Qirg‘iziston janubida yashovchi o‘zbeklarimiz bilan qirg‘izlar o‘rtasida provakatsion janjallarni yuzaga keltirib, O‘zbekistonni urushga tortmoqchi, shu yo‘l bilan mamlakatimizni tiz cho‘ktirmoqchi bo‘ldilar.Hatto ularning ayrim jarchilari "Karimov Qirg‘iziston janubiga harbiy qo‘shin kiritadi" deya olamga ayyuhannos  solib, turli bashoratlar qila boshladi.
Ammo voqealar ularning kasbijin bashoratlariga zid ravishda rivojlandi. Prezident Islom Karimov yana ayyorlik qilib, ularning xo‘ragiga uchmadi, aql bilan ish tutib, barcha qopqonlarni aylanib o‘tdi.
Shu joyda bir narsani ta‘kidlash joiz.Qirg‘izistondagi qirg‘in kunlari urushga kerosin quyib, qiyomatga tomoshabin bo‘lganlar ko‘p yillardan buyon O‘zbekistonning o‘zaro xarbiy hamkorlik shartnomalarini imzolab, a‘zolik badallarini to‘lab kelayotganiga qaramay, ODKB deb atalgan tinchlikparvar qo‘shinlarini Qirg‘iziston janubiga kiritib, vaziyatni normallashtirishga harakat qilmadi, ya‘ni o‘z burchini bajarmadi.
Anashu siyosiy surbetlik, o‘z a‘zosiga xiyonat mamlakatimizni ODKBdan chiqib ketishiga sabab bo‘ldi. Bu vaziyatdan unumli foydalangan Amerika Qo‘shma Shtatlari esa, yana O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarini qayta tikladi.
Ba‘zi siyosatdan xabarsiz, baqiroqlar Karimov Qirg‘iziston janubiga qo‘shin kiritmadi -deya karnay chaldilar va hanuz chalayotirlar.Yaxshiyamki siyosatni shu tariqa yuzaki tushunadigan, uzoqni ko‘ra bilmaydigan, tajang, badfe‘l, shoshqaloq, beqaror fe‘lli tirik anekdotlar, soxta siyosatchilar hukumat tarkibida emaslar. Unday og‘zi polvon kimsalarga imkoniyat yaratilsa, ular O‘zbekistonni uch kunda urush o‘chog‘iga, qurol bozoriga, kultepaga aylantirib qo‘yib, dorga osilmaslik uchun biron yoqqa qochib ketishlari aniq.
Nachora, siyosatda hamma vaqt jirinovskiylar bo‘lar ekanda.
O‘sha mash‘um Andijon voqealari sabab Karimov  diktatura gaykalarini yanada maxkamroq qotirdi.
Bu narsa barcha sohalarga, shu jamladan adabiyotimizga ham adabiyotshunosligimizga ham o‘z zararli ta‘sirini o‘tkazmay qolmadi.
Andijon voqealaridan keyin, to  bugunga qadar O‘zbekistonda Xurshid Davron,Usmon Azim,Iqbol Mirzo, Eshqobil Shukur, Nazar Eshonqul, Xurshid Do‘stmuhammad, Halima Ahmedova, Rustam Musurmon,Isajon Sulton, Abulqosim Mamarasulov  kabi ayrim yozuvchi shoirlarimiz ijodini xisobga olmasa, bironta pichoqqa ilinadigan jiddiy asar yozilmadi.
Adabiyotshunoslik va tanqidchilikni gapirmasa ham bo‘ladi.
Bechora shoir yozuvchilarimiz, adabiyotshunos olimlarimiz xuddi yigirmanchi asrning 37 yillaridagi kabi mavjud repressiv tuzum vaxshatidan qo‘rqib, g‘oyat extiyotkorlik bilan atrofga olazarak qarab, pichirlab yozayotganga, bir -birlari bilan imo -ishora yordamida muloqot qilayotganga o‘xshaydilar.
Hullasi kalom, Prezident Islom Karimov pensaga chiqib, hukumat tinch yo‘l bilan almashsa, yangi saylanadigan prezidentning eng birinchi vazifasi Karimov  boshlab qo‘ygan O‘zbekiston -Amerika munosabatlarini yanada rivojlantirib, bugungi isloxatlarni haqiqiy demokratiyaga aylantirishdir.
Demokratiyasiz jamiyat chirib - irib, sasib - bijg‘ib ketadi.Dunyo bo‘yicha tariqday tarqab ketgan o‘zbekistonliklarni faqat va faqat demokratiya birlashtira oladi.Demokratik jamiyatda yozuvchi -shoirlar ham, jurnalistlar ham, xalqimiz ham ozod va erkin yashaydilar.Jamiyatda haqiqiy ma‘nodagi demokratiya mexanizmi ishga tushsa, zulm va korruptsiya quyosh ko‘tarilgan tongdagi tumanday  tarqalib ketadi.Ozod jurnalistika zaharli ilonlarning tanobini tortib qo‘yadigan Rikki-Tikki-Tavi kabi korruptsiyani quvib, inidan chiqarmay qo‘yadi.Jumladan, nopok, poraxo‘r jurnalistlarni, ta‘magir, deputatlarni  ham.Qizilishtonlarni bog‘idan quvgan bog‘bonning bog‘idagi daraxtlarga qurt tushadi, barpo etgan bog‘i bora -bora sahroga aylanadi. Bilingki, jamiyat bir bog‘  bo‘lsa, demokratiya  zilol suvdir.

Yashasin, Amerika -O‘zbekiston hamkorligi!





30 iyulü,2013 yil.
Kech soat 9 dan 16 daqiqa o‘tdi.
Kembridj shahri, Kanada.




Onangizning tilini kesmang!



Horazmlik shoir  Avaz O‘tarning  bir  hikmatli  bayti  bolalik  chog‘larimdanoq  miyyamga  muxrlanib  qolgan  va  hali  xanuz   esimdan  chiqmaydi.


Har tilni  biluv  emdi  bani  odama  jondir,
Til  vositai   robitai,  olamiyondir.



deya  yozar ekan,  shoir  tilning  xalqaro  muomala  vositasi  va madaniyatlar  uzra   qurilgan robita(ko‘prik) ekanini  ta‘kidlaydi. Darhaqiqat, Yaratgan  parvardigorimiz  biz  bandalarga  bergan ne‘matlar turini  yozib  tagatish  qiyin.Bulardan eng  asosiylarini:  Yerni,  suvni,  havoni, Jabroil  farishtani, Muqaddas  kitoblarni, Payg‘ambarlarni  hamda  tilni O‘ZI  bilan  bandalar  o‘rtasida  vosita  qildi. Biz bugun bu ro‘yxatdagi   asosiy  vositalardan  biri - TIL  to‘g‘risida  so‘z yuritamiz.

Men millatchi emasman. Ammo til masalasiga munosabatim jiddiy. Negaki, biron xalq  tilidan judo bo‘lsa, u xalq halok bo‘libdi, yitibdi deya bemalol aytish mumkin.
Aqlli xalqlarga qarasangiz, ular boshqa tillarni suvdek bilsalarda, iloji boricha o‘z tilida gapirishga harakat qiladilar.

Bunga misol, Amerika prezidenti va Angliya premüer ministri rasmiy doiralar minbaridan  ingliz tilida ma‘ruza qiladi. Frantsiya prezidenti frantsuz tilida, Germaniya kantsleri nemis  tilida so‘zlaydilar va bu yaxshi.

Rossiya Federatsiyasi  prezidenti ham, garchand nemis tilida bemalol so‘zlasha olsada, Germaniyaga  borganda  o‘z  tilida  gapiradi. Amerikaga  borsa  ham,  BMT  minbaridan  turib  ham  faqat  rus  tilida  ma‘ruza  qiladi. Bu  o‘sha  prezidentning  o‘z  ona  tiliga  va  xalqiga  bo‘lgan  ehtiromidir.

Agar  buning  aksi  o‘laroq,  bironta  prezident  BMT  minbaridan  yoki  boshqa  mamlakatlarga  borganda  davlat  tili  deya  qonunlashtirilgan  o‘z  ona  tili  bo‘la  turib,  o‘zga  tilda  so‘zlasa,  bu  amal  o‘sha  prezidentning  o‘z  ona  tilini  bilmasligidan,  yoki  o‘z  tilini  hurmat  qilmasligidan,  vayo  o‘z  tilida  gapirishga  or  qilayotganidan  darak  beradi.

Bundan  ham  yomoni,  o‘sha  prezidentning  mamlakati  mustaqil  emasligini,  o‘zining  esa  haqiqiy  ma‘noda  prezident  emasligini,  siyosiy  qo‘g‘irchoq  ekanini,  o‘zga  mamlakatlar  oldida,  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ma‘naviy  qaramligini, qulligini  bildiradi.

Yaqinda,    mamlakatimiz  prezidenti  Islom  Karimovning  Navro‘z  bayramida  ishtirok  etib,  o‘z  ona  tilimizda  so‘zlaganidan  xursand  bo‘ldim.Qanday  yaxshi!Shunday  bo‘lishi  kerak - da   axir!Agar  u  boshqa  tilda  so‘zlasa,  o‘sha  til  egalarining  ba‘zi  og‘ziga  kuchi  yetmagan  millatchi  qatlam  vakillari: -Bu  o‘zbeklarning  tili  o‘zlariga  o‘xshab   kambag‘al. Shuning  uchun,  ularning  bechora  prezidenti  ham  bizning  tilimizda  gapirishga  majbur.  Bular  bizsiz,  bizning  tilimizsiz  halok  bo‘ladi - deyishlari  ham  mumkin.

Men  ham  dunyo  kezib  ko‘p  vatandoshlarni  ko‘rdim. Afsus  va  yana  ming  afsuski,  ular  bir  joyga  to‘plansalar,  birov  majbur  qilmasa  ham,  o‘z  ona  tilimizda  emas,  o‘zga  tillarda  so‘zlaydilar. Birovlari  o‘zlarini  madaniyatli  qilib  ko‘rsatish  uchun  rus  tilida  gapirsa,  yana  boshqa  birovlari  turk  tilida  gapirishni,  boshqalari  forsiyda  gaplamoqni   yaxshi  ko‘radilar. Ularning  til  biluvi  yaxshi,  ammo   o‘z  vatandoshlari  davrasida  o‘zga  tillarda  gapirishlari yaxshi emas.

Eng  kulgilisi,  ular  so‘zlayotgan  til  egalari  o‘zbek  tilini  bilmaydilar,  bilishni  istamaydilar,  bilsalar  ham,  bizning  ona  tilimizda  so‘zlashni  hoxlamaydilar. Nega?  Chunki  ular  qancha  o‘z  tilida  gapirsa,  ona  tilisi  ko‘proq  dunyoga  yoyilishini  yaxshi  biladilar.Ularning  vatanparvarligini,  o‘z  ona  tilisiga  bo‘lgan  ehtiromini  shundan  bilib olsa  bo‘ladi. Ona  tiliga  ehtirom  ko‘rsatmoq  taxsinga  loyiq,  ammo  o‘zi  yashab  turgan  mamlkatning  davlat  tilini  ham  hurmatlasalar   yanada  yaxshi.Aynan  davlat  tilida  gapirgani  uchun  ham  ularni  yerlik  aholi  yaxshi  ko‘radi, ikki  xalq  o‘rtasida  mehr  paydo  bo‘ladi.Ammo  davlat  tilining  egalari  o‘z  vatanida  o‘z tilida  so‘zlasalar,  til  to‘g‘risidagi  davlat  qonunga  amal  qilgan  bo‘ladilar.  Muhojir  o‘zbeklarimiz  o‘zlari  yig‘ilgan  davralarda  o‘z  tillarida  gapirsalar,  o‘zini  hurmat  qilgan  demokratik  mamlakatlarda   hech  kim  ularni:  "nega  o‘z  tilingda  so‘zlayapsan?"  deya  ta‘qib  qilmaydi.

Men  bir  voqeani  ko‘rib,  hayratdan  angrayib  qolganman. O‘zbekistonda  yashab,  davlat  tilini  hurmatlab,  uni  mehr  bilan  o‘rgangan  rus  hamyurtimiz  o‘zbekka  sof  o‘zbek  tilida  gapirsa,  u  o‘zbek  o‘sha  vatandoshimizga  rus  tilida  javob  berayotgan  holatini  ko‘rganman. Bu  -  aqli  kalta,  befarosat,  mute‘,  ojiz  bir  kimsaning  g‘oyat  achinarli  xatti - harakati  edi.

Vaholanki,  boshqa tilda  gapirishga  odatlanib,  o‘z  tilini  yo‘qotgan  xalq  sekin - asta  boshqa,  o‘z  tilini  asragan,  aqlli  xalqlar  tarkibiga  singishib,  xalq  sifatida  dunyo  saxnasidan  yitadi,  yo‘q  bo‘lib  ketadi.

O‘zimiz  o‘z  ona  tilimizni  sevsak,  unda  doimiy  so‘zlasak,  bizning  ona  tilimizga  ham  e‘tibor  kuchayadi,  dunyo  xalqlari  o‘zbek  tilini  katta  qiziqish bilan   o‘rgana  boshlaydilar.

Biz  o‘zimiz  oliftachilik  qilib: -Kecha,  kak  to  zashel,  ogaynim Shuriklani  o‘yiga,  i,  znayeshü  chto  on  skazal?  deb  tursak,  yoki  bo‘lmasa,  "Burada duzannanan har sheylar vardir.Shimdi, arkadashlarz ila daxa cho‘k projektlar yapmak istyoriz"  debmi,  vayo, " tavajjux bizga  savashni  mashro‘‘  qildi" deya,  o‘zimizni  boshqalarga  donishmand ko‘rsatishga  urunsak,  o‘z  ona  tilimizga  zimdan  zarar  yetkazib,  o‘zimiz  sezmagan  holatda  uning  yemrilishiga  xizmat  qilayotgan  bo‘lamiz.

Arabi  yoki  forsiy  arxaik  so‘zlarni   zo‘raki,  aralash  ishlatib,   ba‘zan  vatandoshlarimizning  g‘ashini  keltirib  qo‘yishimiz  mumkin.

Ona tili deb  bekorga  ta‘rif  berilmagan. Kimki  o‘z  ona  tiliga  yot  so‘zlarni  qo‘shib  gapirsa, u odam  o‘z  tuqqan onasining tilini  zanglagan piska bilan, vayo tig‘i qaytib, arra bo‘lib ketgan ustara bilan  kesayotgan  bo‘ladi.

O‘z onangizning tilini kesmang!





22  may,  2012  yil,
Tungi  soat   10.
Toronto  shahri,  Kanada.




G‘iybat  qilishdan  tiyilmoq  kerak




Ma‘lumki,  Xudoi  Taolo  g‘iybat  qiluvchilarning  savobini  g‘iybatlanganlarga  olib  beradi  degan  xadislar  bor.

Agar g‘iybatlaganlarning savoblari  oz  yoki umuman  yo‘q  bo‘lsa, u  holda  Xudo  g‘iybatlanganlarning  gunoxlarini  g‘iybatlanuvchilar xisobiga  o‘tkazar  ekan.
Natijada  umr  bo‘yi  besh  vaqt  nomoz  o‘qib, ro‘za  tutib, zakot  berib,  yuz  marotaba  hajga  borib  kelgan  bo‘lishlariga  qaramay, g'iybatchilar   gunoxkorga aylanib, jahannamga  uloqtirilar  ekanlar.

Umrida  nomoz  o‘qimagan, ro‘za  tutmagan, zakot  bermagan, hajga  ham  bormagan banda  g‘iybatlangani  uchun  g‘iybatchilarning  savoblariga  ega  bo‘lib, gunoxlaridan  qutilib,  Jannatga  kiritilishi  ham mumkin  ekan.
Endi shalog‘i  chiqqan yag‘ir  kreslolaringa yaxshilab joylashib o‘tirib, xavfsizlik kamarlarini taqib olinglar. Chunki, maqolaning eng qiziq joyiga, kulüminatsiya nuqtasiga yetdik.

Bu qism savollar bilan boshlanadi va javoblar bilan itmomiga yetkaziladi.
Qadrli Vatandoshlarim, qani menga aytinglarchi, nega prezident Islom Karimov   salkam  chorak  asrdan  buyon  amalda?

Nega o‘zbek muxolifati deya  ataladigan  parokanda,  mayda, kuchsiz  guruxlar  qamalda?

Nega Islom Karimov ming yillardan beri hali hech bir o‘zbekka, hatto Ismoil Buxoriyga ham nasib qilmagan KA‘BAga kirishdek oliy ehtiromga musharraf bo‘ldi?
Islom Karimov  nomoz  o‘qiydimi  yo  yo‘qmi, bizga  qorong‘u. Balki  u  ham  ba‘zan  taxorat  olib,  nomoz  qilar. Ammo  u  diniy ulamolarimiz singari Qur‘oni Karimni xatm qilmagan bo‘lsa kerak?

Nega u bu qadar omadli?

Nega har gal uning ishi o‘ngidan kelaveradi?

Nega uni dunyo hamjamiyati turli sanktsiyalar joriy qilib ham to‘xtata olmaydi?
Qaytaga, shunday mutaraqqiy, xarbiy salohiyatga ega  qudratli  Yevropa va G‘arbning Islom Karimovga ishi tushib, bo‘yinlarini egib, o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib olishlari uchun undan izn so‘ramoqdalar.

Nega?

Shu haqda hech o‘ylab ko‘rmadlangma?

Nega besh vaqt nomoz o‘qib, Yaratganga  iltijo qilib, ro‘za tutib, kechayu kunduz tasbex o‘girib, taqvoyu  toatda  zikru sano qilib, joynamoz ustida yig‘laydiganlarga Xudo yordam qo‘lini cho‘zmayapti?

Nega ular KA‘BAga kirishu Haj amalini ado etish u yoqda tursin, qamoqxonalarda azob chekib, kasallanib, o‘lib, omon qolganlari  esa  o‘z vatanlaridan quvilganlarida, hech yo‘q ularni Islom o‘lkalari qabul qilmaydi va nega ular Yevropa yoki G‘arb mamlakatlaridan boshpana topib, amal – taqal hayot kechiradilar?

Nega?

Buning sababi bitta.

Biz yuqorida ta‘kidlaganimizday, avval boshdan turli yashirin nomlar ostida, o‘zimiz yetarli faktlarga, argumentlarga ega bo‘lmagan holda, tuman – turli maqolayu kommentlar bilan, kelsa kelmasa o‘n besh qabilida Islom Karimovni kechayu kunduz, to‘xtamay g‘iybat qilaverdik.

O‘z nomi bilan, mardlarcha, ochiq yozganlar ham bo‘ldi, ammo ularning yozganlarida ham bir yoqlamalik mavjud.

Qolaversa, ular keltirgan fakt va argumentalarning barchasini birday absolut haqiqat deya qabul qilib bo‘lmaydi.

Agar ularning yozganlari absolut haqiqat bo‘lganida edi, Xudoi Taolo  Karimov saltanatining oyog‘ini allaqachon osmondan qilgan bo‘lardi.
Eng qizig‘i shundaki, o‘zbek muxolifatining goh ochiq, goh niqoblar ortida yozgan bu iddaolariga munosabat bildirilib, prezident Islom Karimov gosapparati yoki matbuot kotibiyati tamonidan raddiya yozilmaganidir.

Dialog kuzatilmaydi.

Faqat  o‘zbek muxolifati  deya  ataladigan  zaif  va  tarqoq  to‘daning  yozma  va  ba‘zan og‘zaki monologi  kuzatiladi, eshitiladi,  ko‘zga  chalinadi.

Nazarimda, turli nomu niqoblar ortiga berkinib, Karimov to‘g‘risida aniq xujjatlarga, fakt va argumentlarga tayanmay yozilgan maqola va komment egalarining va shu jumladan ularga hayrihox odamlarning bor savobi Islom Karimovga olib berilganday, Islom Karimovning hayoti dunyoda qilgan tamomi gunoxlari esa, internetdagi  qalin niqobli muqannalar gardaniga ilib qo‘yilganga o‘xshaydi.
Endi zamonaviy g‘iybatchi muqannalar u dunyoga o‘tgach, bu dunyoda tortgan alamli azoblari ham kamday, nohaq, adolatsiz, nomu niqoblar ortida, virtual klaviaturalarda qadoqlab yozgan g‘iybatlari uchun Parvardigori Olam tamonidan munosib jazolanib, do‘zaxga ketayotganlarida  bunday qarasalar, son – sanoqsiz g‘iybatlanganlar  aro gunoxlari tutday to‘kilgan, Islom Karimov Adolatli Ollox tamonidan olib berilgan g‘iybatchilarning savoblari shu‘lasida g‘olibona  odimlab, o‘zining mashhur tabassumi bilan iljayganicha Jannatga kirib ketayotgan bo‘lsa sira ajablanmaslik  kerak.

Ba‘zilar bu maqolani Kvazemoda singari xunuk bukchayganlaricha, ko‘zlari bo‘chchi – bo‘chchi bo‘lib, o‘qib chiqib, meni darhol ESENBEshnikka yoki xushomadgo‘yga chiqarishlarini avvaldan bilaman va hozirdanoq kulgim qistayapti.
Mayli, bu ularning “ish”i.

U holda undaylarning bu harakati yuqorida ta‘kidlangan G‘AYBATning yana bir ko‘rinishi bo‘ladi va men o‘shanday nusxalarning menga nisbatan navbatdagi nohaq g‘iybati tufayli gunoxlardan qutilishimni o‘ylab, xursand bo‘laman  halos.

Ko‘nglida kiri yo‘q, HAQIQIY INSONlarga buyuk hurmatlar bilan, Xoldor Vulqon.





27 aprelü, 2012 yil.
Kundaz soat 11 dan 11 minut o‘tdi.
Toronto shahri, Kanada.




O‘zbekning Yesenini edi

(Asqar  Mahkam haqida xotira)




Mening nazarimda, Asqar Mahkam ijodi o‘zbek kitobxoni tomonidan to‘la kashf ham, to‘liq idrok ham etilmagan. Ammo, ishonchim komilki, oxir-oqibat shoirning hayratli darajada yuksak she‘riyati lovullab turgan vulqondek yuraklarni larzaga soladi, asl she‘riyatni sog‘ingan sonsiz insonlar uning hayratiga, hasratiga sherik bo‘ladi.
Xurshid Davron


Ha, hurmatli  ustoz  Xurshid  Davron aytganlariday  Asqar Mahkam O‘zbekning Yesenini edi. Uning bolaligi  o‘tgan Kofarnixon daryosi sohillarini  sog‘inib  yozgan she‘rlarini, oy nurida  tovuq katagidagi  tuxumning  yaltirayotgani kabi  manzara lirikasiga  omuxta  she‘riy  asarlarini  o‘qigan  INSON  alabatta mening gaplarimni  tasdiqlaydi.
Asqar Toshkent  shahridagi "jurnalünûy tsentr" degan binoning  qaysidir  qavatida  falsafa  kafedrasimi degan qandaydir bo‘limda  ishlab yurardi.Uning besh vaqt  nomoz o‘qishi,  voxobiylarga  o‘xshab  soqol  qo‘yishi amaldagi hukumatga  yoqmas edi. Ammo,   Asqar  voxobiy  emas edi.U  so‘fizm tarafdori edi.Mavlono Jaloliddin  Rumiyga  ixlos qilardi.O‘sha  paytlarda "jurnalünûy tsentr" nomli binoga joylashgan bir  qo‘lbola nashriyot xisob raqamiga  kitob  nashri uchun  xomiy tamonidan pul  o‘tkazib, kitobim  chiqishini  kutib yurgandim.U  vaqtlarda  nazorat hozirgidan ham  qattiq bo‘lgan.Buning  ustiga Do‘rmondagi yozuvchilar bog‘ida siyosiy  shiorlarni  aytib, hayqirib,  jinnilik  qilib, hukumatning jig‘iga  tegib qo‘ygan paytlarim.O‘shanda banogox bino derazasidan qararkanman,men  bilan birga  borgan taksichi shopir  bolani melisalar ergashtirib ketayotganini  ko‘rib qoldim.-Tamom,  ular  mening izimga  tushishgan  ko‘rinadi.Endi xibsga  olsalar, qamashlari  aniq - o‘yladim  men.  Keyin shoshib, Asqarning xonasiga kirdim. -Ha, shoir, tinchlikmi? -dedi  Asqar haligina  chiqib  ketib, yana  qaytib  kirganimdan  hayratlanib.
-Do‘stim, ular  meni  yana  xibsga  oladigan ko‘rinadi.Mabodo  qamalib  ketsam, mana bu nashriyotda mening kitobim  chiqadi.Bu  esa, mening uy  adresim. Sizdan iltimos, o‘sha  kitob chiqqani  haqida  mening  o‘g‘limga  habar  berib qo‘ysangiz.Har holda kitoblarimni  sotishsa, tirikchilikka  yordam  bo‘ladi -dedim  men. Asqar  rahmatli bu  gaplarimni  eshitib,  o‘rnidan  turarkan, -E, unday  demang, do‘stim, Xudo hoxlasa  hammasi  yaxshi  bo‘ladi -dedi.
-Mabodo  qamalib  -netib ketgudek bo‘lsam, kitobim  chiqqanligi  haqida  o‘g‘limga xabar bera  olasizmi? -dedim  men  yanada  qat‘iyroq.
-Avvalo  yaxshi  niyyat  qiling, Xoldor.Lekin  kitobingiz  chiqsa,  men  albatta o‘g‘lingizga  habar  beraman -dedi  Asqar.Rahmat  sizga -dedim  men.Biz  xuddi  stalin  repressiyasi  paytida  vidolashayotgan shoirlar  kabi so‘ngi  bor hayrlashar ekanmiz, rahmatli  Asqarning  ko‘zlari  jiqqa  yoshga  to‘ldi. Menga  rahmi  keldimi, yo  shoir xalqining azaliy  qismati taxdid, quvg‘in, qatag‘on ekanligini  o‘ylab  xo‘rligi  keldimi, haytovur ko‘zi  to‘la  yosh  bilan  meni  kuzatib  qolgandi  o‘shanda.Men  xonani  tark etib, pastga  tushdim.-Buyruq berilgan bo‘lsa, ular  meni  propusknoy  punktda xibsga  olsalar kerak - o‘ylardim  men.Garchand ruhiyatimda  tahlika hukmron bo‘lsada, mening  ko‘nglim  to‘q edi. Har, xolda  uy adresimni  Asqarga  yozib qoldirdimku.Xabar  bersa, o‘g‘lim  kitoblarimni  olib  ketar - hamon  o‘ylardim  men. Ammo  meni  propusknoy punktda xibsga  olmadilar.Tashqariga  chiqdim.Tashqarida  ham hech  kim  indamadi. Qarsam, taksichi  shopir bolani melisa budkaga  olib  kirib  ketyapti. O‘zimning jonimni  qutqarib, qochib  yuborish insongarchilikka  to‘g‘ri  kelmaydi.  Nima  bo‘lsa  ham  shopirni  qutqarishim  kerak -o‘yladim  men  budka tamon  borarkanman. Budkaga  kirsam, melisalar shopirning xujjatlaridan kseroksda  nusxa  ko‘chirishayotgan  ekan. Shopir becharaning  rangida  rahmat  yo‘q, qo‘rquvdan ancha esankirab  qolibdi. U  meni  ko‘rdiyu  -Mana,  mana shu  odam  bilan  birga  kelganmiz.Shoir  aka, bularga  bir  narsa  deb  qo‘ying -dedi  u. Melisalar  menga  boshdan  oyoq  sinchikov  razm solar ekanlar, ulardan  biri - Oka, mashinangizni  qayerga  bo‘lsa  parkovka  qilib  ketaverasizmi? Bu  zonaga shaxsiy  avtoulovlarni  parkovka  qilish  mumkinamas. Yana nomeri 17li.Moshina  jonvor  loy bo‘lib  ketibdi. Dovondan  tushgach, yuvib tozalab olsa bo‘lmasmidi? - dedi  u. Shundan  keyin  meni xibs etish  uchun buyruq berilmaganini  anglab  yetib, ancha  dadillashdim.
-Bo‘pti  endi, ayb  bizda,  kamandir, shopirning xujjatlarini  qaytarib  bering -dedim  men.
-E, unaqamasde endi, oka, o‘ziz kop - kotta  shoir  ekansiz -dedi nihoyat  melisa  bola  norozi  ohangda  va  shopirning hujjatlarni qaytarib  berdi.
Biz  rahmat, aytib, budkadan  chiqdik  va   vodiyga qaytdik. Nashriyot rahbari sal  ta‘magirroq ekan, xomiy o‘tkazgan  pullarni oborot  qilib, kitobim  nashrini  paysalga  solaverdi.Men u  yigitni  bir  necha  bor  ogoxlantirdim.
-Og‘ayni xomiylar jiddiy  odamlar  va  ular  bilan hazillashib  bo‘lmaydi. Kitobni  o‘z vaqtida  chiqaring -dedim men. Noshir  yigit mening  gaplarimga  ishonmaganmi, hullas  gaplarimga  quloq  solmadi.Turli  baxonalar  bilan  ishni  paysalga  solaverdi  va  oqibat,  kontorasi yopilib ketdi.Yillar  ketidan  yillar  o‘tib, men hijrat  sori  yuzlandim, Asqar bo‘lsa  olamdan  o‘tdi.Do‘stimning  vafoti  haqida eshitib, chuqur qayg‘uga  botdim  va  2008 yili unga  bag‘ishlab bir  she‘r yozdim. O‘sha  she‘rni  hukmingizga  havola  qilaman.




Hayrat


(Marhum do‘stim Asqar Mahkam  xotirasiga)



Nechun  yalpoq  odamlar  yuzi?

Nega   chaqnar   moviy  chaqinlar?

Shuvalmoqda  nechun  tasavvur?

Nega  uzoq  bo‘ldi  yaqinlar?



Qalin  kuzgi tumanlar  nechun,

Dalalarni  qoplabdi   yaxlit?

Nechun  bulbul sayraydi  yolg‘iz?

Chumchuqlarga  qilmasdan  taqlid.



Nega  mening  ikki  ko‘zim  ko‘r?

Axir,  bunday  emasdi  dastlab.

Bu  yomg‘irlar  nega  buncha  sho‘r?

Osmon  buncha  ketibdi  pastlab?



Nega  qalqib  chiqmadi  ko‘z  yosh,

Osmonlarga  boqqanim  zaxot?

Nechun  hech  kim  otmay  qo‘ydi  tosh?

Maxluqlardan  qutildim  nahot?..





7  iyulü,  2008  yil.
Kunduz  soat  5 : 29.
Toronto  shahri. Kanada.




So‘fiylar nechun aylanib raqsga tushadilar?



So‘fiylarda samo‘ raqsi bor.Ular xonaqoda quyunday aylanib, chirpirab, o‘rtanib, raqsga tushadilar, o‘zlarini unutib, g‘ayb olamiga bog‘lanadilar.
Daxriy materialistlar yoki o‘shalarga yaqin fikrlaydigan kaltafaxm nomo‘‘minlar  so‘fiylarning raqsini be‘manilik deya xisoblaydilar.
Bu gaplarimni o‘qib, meni so‘fiylikda ayblashga shoshilmang.
Men so‘fiy emasman.
Yana ham aniqrog‘i, aqlim, tafakkurim, ruhim so‘fiylik tuyg‘ularini his eta olish, maqomat talablarini ado etish quvvatiga ega emas va bu jarayon uchun menda toqatni, ilhomni qo‘ya turing, vaqtning o‘zi yo‘q.(Sababi, rus tilida navbatdagi qiziqarli yangi romanni yozish bilan bandman)
Vaholanki, so‘fiy bo‘lish oson ish emas.
Unda nega so‘fiylik haqida gapiryapsan? -demoqchiligingizni ham avvaldan sezib turibman.Bilasizmi, men bugun samo‘ raqsiga kirishgan so‘fiyning chirpirab aylanishi haqida so‘z yuritmoqchiman.
Negaki, so‘fiyning aylanib raqs tushishida buyuk sir bor.
Raqs tushayotgan so‘fiyning olamdagi tamomi aylanib turadigan samoviy jismlar bilan birga  uyg‘un harakatlanishi, koinotdan quvvat olib, o‘zida ruhiy o‘zgarish hosil qilib, meditatsiya holatini boshidan kechirish jarayoni qiziqtiradi meni.
So‘fiy raqs tushayotganida koinotdagi  yulduzlar, sayyoralar, aql bovar qilmaydigan kattalikdagi  quyosh sistemalari, azim galaktikalar, poyonsiz tumanliklar bilan birga aylanayotganini o‘zi ham bilarmikan yo yo‘qmi degan savol qiziqtiradi meni.
Biz yaratgan mashinalar, uchoqlar yonilg‘isi tugagach, harakatdan to‘xtab qolayotgan bir mahal, haybatini to‘la tasavvur etgan odam aqldan ozib qolishi mumkin bo‘lgan mahobatli koinot girdobi qandaydir sirli mexanik qonuniyatlarga bo‘ysunib, tartib bilan aylanayotgani, milliard -milliard yillardan beri yonilg‘isi tugab, to‘xtab qolmayotgani, va so‘fiylarning manashu xilqatga qo‘shilib aylanishi, aylanib raqs tushishi hayratlantiradi meni.
Keling, yaxshisi,  maqoladan ko‘zlangan asosiy maqsadga, muddaoga ko‘chaqolaylik.
HAQ Subonaxu Vataolo Qolu Boloda ("Bolo" yuqori deganidir."Qol" esa so‘z ma‘nosini anglatadi. Ya‘ni Yuqorida -Arshi A‘loda Xudo tamonidan aytilgan so‘z) Odam Atoni yaratib, uni AShRAFUL MAXLUQIN deya e‘lon qildi va  o‘zining barcha farishtalariga u sharafli maxluq, ya‘ni INSONga sajda qilishni, sig‘inishni buyurdi.
Ammo Azozil(Mixail Bulgakovning "Master va Margarita"sida Azazayela deb keladi) ismli farishta bandasiga bosh egishdan, sajda qilishdan, sig‘inishdan bosh tortdi.
Boshqa farishtalar Xudoning amrini bajo keltirib, ODAM alayxissalomga sajda qildilar.
Xudoning amrini bajarmagani uchun Azozilning bo‘yniga la‘nat tamg‘asi urildi va u manguga mal‘un bo‘ldi, la‘in bo‘ldi, shayton bo‘ldi.
Ko‘rayapsizmi, Parvardigori Olam Odam bolasini qanchalar sevdi va uni shu darajda ulug‘ladiki, hatto gunoxlardan pok samoviy farishtalarini unga sajda qildirdi.
Odam bolasiga sig‘inma deyish (Astag‘firullox)Hazrati Odam Safililloga sajda qilishdan bosh tortgan shayton alayxulla‘nani oqlayotganday jaranglaydi.
Aslida esa unday emas. Shaytonning Odamga sajda qilmagani Xudoga qarata:"men o‘zingdan boshqaga sajda qilmayman" deganini anglatishiga qaramay, u farishta Xudoning qahriga uchradi.Xo‘sh, nega?
Sababi, Xudo loydan barpo qilingan o‘z bandasini qanchalar qattiq sevishini anglatmoq uchun ham hatto "Men o‘zingdan boshqaga sig‘inmayman" deydigan sadoqatli farishtalardan birini Otamizga sajda qilmagani uchun la‘natlangan mal‘unga, shaytonga aylantirib qo‘ydi.
Bir misol.
Deylik, siz loydan xom g‘isht quydingizu uni kimdir tepalab, yanchib tashladi.Siz o‘sha odamga rahmat aytasizmi?
Yo‘q.
Siz uni urmasangiz ham, hech yo‘q xaqorat qilasiz, anchagacha kechirolmay, yomon ko‘rib yurasiz, shunday emasmi?
Qani endi, o‘zingiz insof bilan aytingchi, Odam bolasini hurmat qilmagani uchun bir farishtani shaytonga aylantirib qo‘ygan Xudoning sevimli bandasini taxqirlasangiz,xo‘rlasangiz, ursangiz, avaxtalarda chiritib,o‘ldirsangiz, Xudo sizdan xursand bo‘ladimi?
Xudo siz bilan bizni hatto o‘z farishtalaridanda kuchliroq sevadi.
Bizchi?
Biz Xudoni shu darajada seva olamizmi?
Hech qachon!
Xudoyim, Xudoyim -deymizu, ziyofatdagi  dasturxonda aroq paydo bo‘lishi bilan, ko‘zlarimiz ola -kula bo‘lib, g‘ilaylanib, Xudoga bo‘lgan "muhabbatimiz"ni yarim stakan aroqqa almashtirib yuboramiz.Aroqni ichib-ichib, ko‘zlarimiz kosasiga tuxumday tiqilib, cho‘chqaning og‘ziga o‘xshagan og‘zimizni xunuk chapillatib, tishlarimizni kovlab, kekirib, og‘zimizdan o‘sirib, tag‘in qo‘llarimizni saperlarning belkuragiga o‘xshatib, duo ham qilamiz.
Bunday olib qaralsa, Xudoi Taolo bizlar uchun bandasiga sajda qilishni, sig‘inishni farz qilmadi va biz gunoxkor bandalar begunox farishta  emasmizki, bandasiga sajda qilsak.
Ammo farishtalar ham sajda qilish buyurilgan INSONning Xudo oldidagi hurmatini bir laxza bo‘lsada, unutib qo‘ymasligimiz kerak.
Xalqimiz, donishmand ota - bobolarimiz  "INSON -AZIZ" deb bekorga aytmaganlar.Insonning azizligida shunday hikmatlar yashrinib yotadi.
Bilsangiz, yer yuzidagi tamomi insonlar, jonivorlar, tog‘u tosh, o‘simliklar ham fazoviy jismlar kabi bir -birlari bilan uzviy bog‘liq yaxlit holatda harakatlanishga, tinimsiz aylanishga  mahkum.
Yaxshilab o‘ylang.Siz ham aslida o‘sha samo‘ raqsini ijro etayotgan so‘fiy kabi chirpiramasangizda, sekinroq bo‘lsa ham tinimsiz aylanmayapsizmi?
Ertalab chiqib ketib, ishxonangizga, yoki uchoqda Yevropadan Amirkiyyaga va yana allaqayoqlarga borib, tentirab, telarsib, tag‘in uyingizga qaytib kelasiz.Uyingiz ichida ham aylanaverasiz, aylanaverasiz va bu jarayon to siz yiqilib, baqo olamiga yuz tutmaguningizgacha bir xilda  muttasil  davom etaveradi.
Demak siz ham qaysidir ma‘noda so‘fiysiz va o‘zingiz bilmagan holda koinotning tartibli harakatlari bilan uyg‘un, to‘xtovsiz aylanib, samo‘ raqsini ijro etmoqdasiz.
Bir narsa aniq. Koinotning kosmohalokatga uchramay, yaralganidan beri to‘xtovsiz aylanayotgani, planetalarning, quyosh sistemalarining, galaktikalarning, cheksiz tumanliklarning o‘z o‘qidan chiqmay bir -biri bilan bog‘liq  yaxlit holatda tartibli harakatlanishi sabab desam, xato qilmagan bo‘laman.
Xalqimizda "Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko‘r" degan ajoyib maqol bor.
Darhaqiqat, koinot kosmohalokatga uchrasa, sayyoramizning holi ne kechadi?
Huddi shunday, Yer shariga ofat yetsa, bu halokat sayyoramizning boshqa qit‘alariga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazmay qolmaydi.
Shuningdek, o‘zbek jamiyatida urushlar, qirg‘inlar yuzaga kelsa, bu holat har bir o‘zbekistonlikning boshiga kulfat va musibatlar yog‘dirmay qo‘ymaydi.Yoshu qari qirilib, yurt vayron bo‘lib, iqtisodiyot izdan chiqib, kelajak avlodlar savodsiz, bangilarga aylanib, odam o‘ldirishni  tirikchilik manbaiga, hunarga, kasbga aylantirib oladilar.Qonni qon bilan yuvib bo‘lmaydi, birodarlarim. Qonni suv bilan yuvadilar.Ya‘ni qon qonni talab qilaveradi.Urush boshlansa, uni keyin to‘xtatib bo‘lmaydi.
Agar biz o‘zbek jamiyatida urush -qirg‘inlar, vayronagarchiliklar bo‘lmasligini istasak, barchamiz birlashib, xuddi koinot va samo‘ raqsini ijro etayotgan so‘fiylar kabi barcha o‘zbekistonliklar bilan uyg‘unlikda yaxlit aylanishga burchlimiz,mas‘ulmiz va  mahkummiz!


Yo Olloh do‘st, yo Olloh! Haaaaq do‘o‘o‘o‘st, yo Olloh!





26 iyulü, 2013 yil.
Kech soat 8 dan 47 daqiqa o‘tdi.
Kembridj shahri, Kanada.




Biz O‘zbekistonliklarmiz!



Deylik, sizning otangizdan qolgan uyingiz bor va bir merosxo‘r sifatida o‘sha uy va xovli qonunan sizning yeringiz xisoblanadi. Endi bir odam kutilmaganda, otangizdan meros qolgan o‘sha uyga ishora qilib,bu uy mening ota uyim desa, ensangiz qotadimi yo‘qmi?

Nafaqat ensangiz qotadi, balki darhol sergaklanasiz. Nega? Negaki, u sizning otameros xovlingiz uning otasiga qarashli ekaniga zimdan ishora qilmoqda. Vaqtlar kelib, bir kuni u sizga qarata, menga qara, og‘ayni chalish,sen bizning ota yurtimizda nima qilib yuribsan?Qani, bir tuyog‘ingni shiqillatvorchi! -demasa ham hech yo‘q siz bilan yurtingizga tengsherik chiqishi hech gapmas. Manashu mantiqiy xulosadan kelib chiqilsa, "O‘zbekiston bizning ata yurtimizdir" deyishga o‘zbekistonliklardan boshqa hech kimning haqqi yo‘q.


Biz O‘zbekistonda va butun dunyoda yashayotgan qardosh xalqlar qatori, "O‘zbek" degan xalqmiz va  turklar, greklar yoki boshqa millatlar hech qachon "Biz o‘zbeklarmiz" demagani kabi, biz ham   hech qachon turk yoki boshqa millatmiz deya millatchilik,irqchilik, bo‘lginchilik ko‘chasiga kirmaymiz!


Aksincha, almisoqdan qolgan millatchilik, irqchilikni xandakka uloqtirib, O‘zbekistonda  yashayotgan barcha xalqlar millatidan, irqidan qat‘iy nazar "O‘zbekistonliklar" degan yagona  millatga, yagona oilaga aylanishlari uchun barchamiz birgalikda harakat qilamiz.


Shundagina to‘g‘ri yo‘lni topgan bo‘lamiz va shundagina O‘zbekistonimiz millatchilikdan,  irqchilikdan, turli bo‘lginchiliklardan, terrorizm va ekstremizmdan, urush xavfidan hamda  vayronagarchiliklardan manguga qutuladi, har tamonlama rivojlanadi, Yevropa davlatlari,Amerika, Kanada singari gigant, ko‘pmillatli, demokratik mamlakatlar kabi  taraqqiy etadi.


Bu umuminsoniy g‘oya tamomi insoniyatga faqat yaxshilik keltiradigan g‘oyadir. Manashu g‘oya  atrofida birlashsak, Xudo hoxlasa, kam bo‘lmaymiz, mening jondan aziz o‘zbekistonliklarim!



Yorug‘, to‘g‘ri yo‘llarda yurgan xalq hech qachon jarga qulamaydi!





8 iyulü, 2012 yil.
Kunduz soat 3 dan 30 minut o‘tdi.
Toronto shahri, Kanada.




Qo‘shiq sehri




Bu maqolada gapni siyosatdan boshlab, adabiyot va san‘at bilan yakunlaymiz.
Ma‘lumki, dunyoda fanatizm tushunchasi bor va bu tushunchani konservatizmga bog‘lash, aralashtirish katta xatodir.

Chunki konservator bilan fanat orasida yer bilan osmoncha farq bor.

Men bu fikrimni hech kim inkor etolmaydigan qilib, mantiqan isbotlayman.

Angliyada, Kanadada va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida Konservativ yo‘nalishdagi siyosiy partiyalar faoliyat olib boradilar va u partiyalarni aholining katta qismi doimo qo‘llab quvvatlaydi.Bu yo‘nalishdagi partiyalarning vakillari halol siyosiy kurashlarda, siyosiy saylov yo‘li bilan hukumat tepasiga kelib, davlatni boshqarganlari va boshqarayotganlari siyosatni ozgina bo‘lsa ham tushuna oladigan aqlan sog‘lom odamlarga birday ayon.

Agar konservativ partiyalar fanat xisoblanganida, Yevropa va G‘arb mamlakatlari bu yo‘nalishdagi siyosiy partiyalarni qonun yo‘li bilan allaqachon, yuz, ikki yuz yillar avval yopib yuborgan bo‘lur edilar.

Konservatorlarning Yevropa va G‘arbdagi yetakchi mamlakatlar jamiyatidagi tutgan yuksak o‘rni, hurmati va erkin faoliyatidan bilib olsa bo‘ladiki, ular fanatlar emas.Aksincha milliy va diniy qadryatlarni, mamlakatda yashaydigan barcha xalq va elatlarning urf odatlarini, odob va axloqni saqlamoqqa kafil bo‘la oladigan eng adolatli dunyoviy siyosiy partiyalardir.

O‘zbekiston xalq hofizi Sherali Jo‘rayev  Hazrati Amiri Alisher Navoiyning g‘azallariga murojaat etib, ko‘plab o‘lmas qo‘shiqlarni yaratdilar.

U qo‘shiqlar orasida Sher akaning fanatlar haqida:




Muxtasib to‘ktirdi soqiy bodasin,
Yetmadi aqli uning sirdoshima.




deya aytiladigan qo‘shig‘i mutaaassiblikni fosh qiluvchi g‘oyat purhikmat va shinavandaning vujudini, ruhini, shuurini yonayotgan shamday eritib yuboradigan jonbaxsh, sehrli qo‘shiq desak bo‘ladi.

Muxtasib, ya‘ni mutaassib, zamonaviy shevada aytiladigan bo‘lsa,ikki oyog‘iga bir etik kiyib olgan fanat, HAQ ishqidan sarmast soqiyning(may quyuvchining) bodasini, ya‘ni sharobini to‘kdirib yubordi va   men bilgan Sirga, Sirdoshimga uning aqli, farosati yetmadi - deydi Alisher Navoiy yuqoridagi misralarda.
Hazrati Navoiy bu misralarda  Sirdosh deb Xudoi Taoloni nazarda tutsalar, boda, ya‘ni sharob deya Xudoga, Vaxdatul Vujudga bo‘lgan muhabbat mayini, Vahdat sharobini nazarda tutadilar.

Haq IShQI aks etgan  Vaxdad sharobining ta‘mini totmagan, undan bir qatra totib, mastu mustag‘raq bo‘la olish hissidan mosuvo,  G‘AYB olamiyu ILHOMdan,Janobi Haq bilan oshiq o‘rtasidagi sirdoshlikdan  bexabar savodsizlarning, g‘ofil mutaassib fanatlarning  befarosatligidan hayratlanadi.

Bugungi fanatlarning kommunistik zamonlardagi ateistlardan deyarli farqi yo‘q.

Ular




Ashraqat min aksi shamsil kaasi anvoril Xudo,
Yooor aksin mayda ko‘r deb jooomdin chiqdi sado.





degan misralarni o‘qib, Navoiyga xuddi mayxo‘r xarobotiyga qaraganday, o‘qrayib, xo‘mrayib qaraydigan, qalb ko‘zlari so‘qir, ko‘rsavod kimsalardir.

Ularning




Men o‘lsam, may birla yuvishni ko‘zlang,
Yo‘qlovda jom birla sharobdan so‘zlang.
Qiyomat kunida topmoq bo‘lsangiz,
Mayxona tuprog‘in tubidan izlang.



deya ruboiy yozgan Umar Hayyom Nishopuriyni alkashga chiqarib, "O‘mar Hayyom ham o‘zimizga o‘xshab shisha quli bo‘lgan ekan" deya sevingan  xudosiz daxriylardan nima farqi bor?

Umar Hayyom esa yuqoridagi ruboiysida "Men o‘lsam, may birla, ya‘ni Xudoga bo‘lgan avliyolarning dillarga, tasavvurga sig‘maydigan IShQI, MUHABBAT gulobi bilan yuvinglar.Yo‘qlovda esa faqat jom, ya‘ni o‘sha ilohiy ishq saqlanadigan idish - oshiqning shishadek shaffof  yuragi va Xudoi Taologa bo‘lgan IShQ qissalariyu, xijron azoblari va VISOL haqidagina gapiringlar.Mabodo Qiyomat kunida meni topmoqchi bo‘lsangizlar, mayxona tuprog‘ining tubidan, IShQI ILOH sharobi saqlanadigan yerto‘ladan, mozorimdan topasizlar" demoqda.




Yoorsiz ham bodasiz Makkaaaga bormoq na kerak?
Ibroximdan qolg‘on ul eski do‘konni na qilay?



deya she‘r yozgani uchun Kommunistik jamiyat Boborahim Mashrabni o‘zlari kabi daxriy deb o‘ylab, uning kitoblarini qalin muqovali qilib, millionlab nusxada nashr qilishga ruxsat berganlar.

Vaholanki, Mashrab o‘zining yuqoridagi misralarida YorSIZ, ya'ni qalbida Hudo bo'lmagan holatda,bodasiz,Xudoi Taoloni butun vujudi va ruhi shuuri bilan sevmay turib, muqaddas Makkaga borish baayni do‘konga savdo qilib kelish uchun borgan bilan barobar emasmi? -deyotganini xuddi ikki oyog‘iga bitta maxsi kiyib olgan bugungi zamonaviy fanatlar kabi ular ham tushunmaganlar.

Ongi darvinizm bilan zaharlangan ateistlar IShQI ILOHIYni, TASAVVUFNI, ILMI G‘AYBNI tushunmoq, anglamoq hissidan maxrum edilar.

Ilmi g‘aybga pisandsiz qaraydigan savodsiz, beodob fanatiklar, mutaassiblar bilmaydilarmiki, bolalik yillari qo‘y boqish bilan o‘tgan, o‘qish -yozishni bilmagan Janobi Payg‘ambar Alayxi Saloti Vasallam G‘ori Xiroda chilla o‘tiganlari mahal Xudoning amri bilan Jabroil Alayxissalom paydo bo‘lib, ul Zotga G‘OYIBDAN ILM, ILHOM olib keldilar, "IQRO!" deya o‘qishni o‘rgatib ketdilar.Shu ondan boshlab, Janobi Rosululloh Sollolloxu Alayxi vasallam yozuvlarni o‘qiyveradigan bo‘ldilar.

Kimki bu hikmatni inkor etsa, G‘AYBni ham, Jabroil Alayhissalom tashrifini ham, Payg‘ambar Alayhi Saloti Vasallamni ham inkor etgan bo‘ladi.
G‘aybni inkor etgan kimsa esa  musulmon emas, aksincha qip -qizil ateistdir, materialistdir.

G‘aybga imon keltirgan aqli raso odam ILMI G‘AYBNI ham inkor etmaydi.
ILMI G‘AYB esa hikmat durlari, marvaridlari, hazinalari cho‘kib yotgan  poyonsiz va cheksiz  tasaffuv ummonidir.

Siz hech yo‘q bu go‘zal ummonning sohiliga yaqinlashib, uning mavjlanishini, chayqalishini tamosha qiling, shovullashini  tinglab zavqlaning.Bu ummonda suzib borayotgan, olislayotgan kemalarga qarang, ularning hasratli bongiga bir zum quloq tuting.

Ayriliiiiq  ooooniii yaqindir, keyeema yo‘o‘o‘o‘l boooongin chaluuuuur,
Vax menii -iiy tashlaaaaab firoqqa yooooooor  yiroqqaa-aaa yo‘l olur!..

Ha, Sherali Jo‘rayev shunday hikmatlar hazinasiga to‘la lirik qo‘shiqlarni kuylaydigan tengsiz hofizdir!





29 iyulü, 2013 yil.
Kunduz soat 2 dan 15 daqiqa o‘tdi.
Kembridj shahri, Kanada.




Musulmoncha ismlarga hurmat shumi?



O‘zbekiston aholisining  ko‘p qismi Islom diniga mansub bo‘lgani  bois, ular o‘z farzandlariga musulmoncha ism qo‘yadilar.

Ammo yurtimizda aholining aksariyat qismi bu ismlarni buzib talaffuz qiladilar.

Jumladan: Muhammadni  (Astag‘furillo!)Mamat,  Maman,  Maxam, Mamash,  Mamajon,  xatto  Misha,  Mishka ham  deyishadi.

Shuningdek  Muhammadaminni  Madamin, Muhammadkarimni Mamatkarim, Madkarim, Muhammadzokirni Mamazakir, Abdulmalikni Admalik, Abudulkarimni Adkarim, Abdul Ahadni Ablaxat, Abdulmannobni Admannop, Abdulg‘afurni Adg‘oppor, Abdulvaxxobni Advoxop, Islomni  Isom,  Ibrohimni   Urayeym,  Muhammadrahimni  Mamareyim,  Abdurahimni  Adreym,  Saloxiddinni Soleydin, Abdulloxni  Abla,Abdulrashidni Adrasht, Abdumutallibni  Admutal,   Halimjonni Halishtoy,  Muhammadqobilni  Matqovul,Fazliddinni Pazildin, Fozilni Pozil, Abdulmuxtorni Admuxtar, Muxtavey, Abdulqayyumni Adqaym, G‘ulomiddinni G‘ilmiddin,Abdulfattoxni Adpatto, Inomiddinni Inop, Muhammadqodirni Mamaqo,  Abdulrazzoqni  Adrazaq,   Abdulazizni  Ablaz, Rahmatulloni Rama, Abduljabborni Ajabor, Abdulhamidni  Allamit,  Abbosni  Obon, Shahobiddinni Shoxop,Abdulvohidni Advoyt,Adveyt,Muhammadolimni Dolim,  Ne‘matulloni  Tillo,  Muhammadulloni  Dillo,  Pirmuhammadni  Pirmat, Ermuhammadni Ermat, Shermuhammadni Shermat,Turdimuhammadni  Turmat, Nurmuhammadni  Nurmat, Qulmuhammadni  Qulmat, Xolmuhammadni Xolmat, Muhammad  alini  Mamadali,  Madali, Mamtali, Muhammadsiddiqni  Mamasidiq,  Muhammadisxoqni  Mamatsaq,  Muhammadyusufni  Mamayusup,  Muhammadsodiqni  Mamasodiq,  Muhammadsolihni  Mamasoli, Abdujalilni  Abjal, Abdusalomni  Absolom,Abubakrni Obakir, Abobahri,  Muhammadolimni   Madolim,  Choxoriyorni  Chori, Abdulmajidni  Admajit   deyishlariga  nima  deysiz?  Armiyada  Mamadayupov  degan  o‘zbek  bola  bilan  birga  xizmat  qilganmiz.  Ishonsangiz, uning  o‘zi  ham  o‘z familiyasining  ma‘nosini  bilmasdi. Men  ham  bu  ism   mazmunini  o‘ylab - o‘ylab  boshim cho‘yandek qotib, biloxir, yaqinda  topdim. Mamadayup  degani  Muhammadayyub   ma‘nosini  anglatar  ekan.

Mening shaxsiy kuzatishlarimdan shu narsa ma‘lum bo‘ldiki, farzandlarga qo‘yilgan musulmoncha ismlar erkalatibmi, erinibmi, ataylab buzib talaffuz etilgani bois, o‘sha ism egalari hayotda baxtsiz bo‘ldilar.

Misolan, Mamat, Maman, Mamash, Mamatkarim, Maxam, Madamin, Soleydin, Adreym kabi   buzib aytiladigan ism egalarining ko'plari baxtsiz hayot kechirdilar, ularning bu dunyoda kosasi oqarmadi.

Kim biladi, balki bu musulmoncha ismlarni, ayniqsa Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo Sallollohu Alayxi Vasallamning, sahobai kiromlarning, chohoriyori bosafolarning muborak ismlari buzib talaffuz qilingani uchun Ollox Taolo tamonidan yuborilgan jazodir?

Demak, farzandlarimizga yaxshi niyyat bilan qo‘yilgan ismlarni yarimta aytishdan, buzib talaffuz qilishdan extiyot bo‘lishimiz kerak ekan.

Shu haqda ham bir o‘ylab qo‘ysak, yomon bo‘lmasdi.




1 iyunü, 2013 yil.
Kunduz soat 11 dan 20 daqiqa o‘tdi.
Kembridj shahri, Kanada.




O‘zimga  maktub



Salom,  Vulqonboy.Vatan  firoqi,  yaqinlaring  va  elu  yurt  sog‘inchida  aqldan  ozib  qolmaslik  uchun  yaxshiyam  baxtinga  adabiyot,  sevimli  kasbing  yozuvchilik   bor  ekan.  O‘ylab qarasam, sen  umring  davomida  olis  masofalardagi odamlarga  qop -qop maktublar  yo‘llabsanu,   ammo,  shundoq  yaqin  masofada  yashaydigan  o‘zingdan ko‘z  ilg‘amas  olisliklarga  uzoqlashib, o‘zinga  loaqal    bittagina  bo‘lsa  ham  maktub yozib qo‘ymabsan.Ish  ko‘p,  yozish -chizishdan  qo‘l  bo‘shamayapti, hatto  bosh  qashigani  vaqt  yo‘q  deysanda. Kimda  bor  ekan  vaqt? Hamma  vaqtini  tejaydi. Bilasanmi,  avvalgi  zamonlarda  odamlar  tuyaga,  eshakka  minib, yoki  piyoda, karvonlarga  ergashib, garmsel  shamollarda  to‘zg‘igan  sahro  qumlari  ko‘z  ochishga  qo‘ymagan  biyobonlar  aro  och  va  tashnakom  holatda  oylab,  yillab  tentiraganlaricha  qaroqchilarga  talanib,Makkaga, hajga  borar edilar. Bugun  ayripilon  xojilarni  bir  necha  soatda  Makkaga  eltib qo‘ymoqda. Qadimgi  pochtachilar  bo‘lsa,  o‘z hukmdorining  maktubini  o‘zga  hukmdorga  yetkazish  uchun  otda  kechasiyu  kunduzi  tinimsiz  chopganicha  xaftalab  yo‘l  bosganlar.Bugun  dunyoning bu  chetida  turib, u  chetidagi  odamga  elektron pochta  orqali  xat  yozasan  va  yozgan  xating  bir  sekund  ichida  egasiga  yetadi. Ilgari  odamlarning  aksariyati ishga, bozorga  eshak  aravalarda, poyu  piyoda  sekin  borishar,  va  zarur  ishlarini  bitqazishga  bemalol  ulgurishardi. Hozir, har  bir  odamning  bittadan,  ba‘zilarining  uchta-to‘rttadan  shaxsiy  avtoulovlari  bor.Ammo,  shunda  ham  ular  ishlarini  bitqazishga  ulgura  olmayotganlaridan  shikoyat  qiladilar. Vaqt  yetishmaydi  ularga. Ular  bir -birlaridan "vaqting  bormi?"  deya  so‘raydilar. "Uzr,  mening  vaqtim  yo‘q" deyishadi. Vaqt  qaxat. E,  ishonsang,  vaqtni  bexuda  isrof  qilmaslik  uchun  ko‘plar  maxsus  jadval  tuzib,  qizil  flamaster  bilan  vatman  qog‘ozga  yozib,  uyining  to‘risiga osib  qo‘yishgan. Soqol  qirtishlashga, tish  yuvishga, nonushtaga, bolalarni  maktab-bog‘cha sari  eltishga,  ishga  borish  va  qaytishga, ulfatchilikka, qittay-qitday  otishga, televizor  ko‘rishga,  uxlashga,    va  xokozolarga  vaqtni  minut,  sekundigacha  taqsimlab qo‘yishgan.Ibodat  qilishga, bolalarini  tarbiyalashga,  ota  onalarini  yo‘qlashga  umuman  vaqti  yo‘q  ularning. Yana  soatga  qarab-qarab  qo‘yishadi. Vaqtni  qarzga  beradigan  banklar  yo‘qmikin, foyizi  bilan  qaytaradigan  bo‘lsa  ham  mayliydi -  deya  atrofga  olazarak  alanglaydilar. Do‘konlarda,  yoki  bo‘lmasa,  gazeta  sotadigan  kioskalarda  vaqt  arzonroq  sotilsaku,  ko‘zni  chirt  yumib,   uch -to‘rt  soatni  sotib  olib, pichasini  kasal  yotgan  opamga  sarf  qilardima. Yo  bo‘lmasa,  vaqtni  ulgurja  sotib  olib,  ustama  narx  bilan  bozorda  pullab,  rosa  pul  qilardimda. Keyin  kuzga  yaqin  arzonroq  vaqtni  omborga  g‘amlab  qo‘yib, bahorda,  narx - navo   ko‘tarilganda  sotardim, boyib  ketardim  -deya  o‘ylaylar. Keyin,   yo‘o‘o‘q,  vaqtni  g‘amlab  qo‘ysam,  u  vaqtlar  qishi  bilan  aynib  qolsa,  chirib  ketsa  nima  qilaman? -degan  fikridan  o‘zlari qo‘rqib  ketadilar. "Aytganday,  vaqtni  quritib  qoqi  qilsamchi?"  degan  fikr  keladi  to‘satdan  ularning  miyyasiga. Ha,  vaqtni  konserva  qilish  kerak. O‘shanda  chirimaydi. Etiketkasiga  muddatini  yozib  qo‘yaman. Tadbirkorlik  bilan  shug‘ullanaman -degan  o‘ydan  ularning  naynov  chehrasi  bir  lahza  yorishib  ketadi. Ammo  vaqt  do‘konlarda  sotilmaydi. Sotilmasa  ham   baribir  vaqt  qimmat. Vaqt  shu  darajada  qimmatki,  misolan,  bir  odam  vaqti  tugab,  o‘layotib,  o‘z  o‘g‘liga  iltijoli  qaraganicha: -o‘g‘lim, men  yana  biroz  yashamoqchiman,  picha  vaqtdan  qarz  berib  turmaysanmi? Keyin  qaytarardim -desa, o‘g‘li  vaqtidan  berolmaydi. Buning  sira  iloji  yo‘q. Shuning  uchun  ham   hamma  vaqtini  qizg‘onadi.Kezi  kelsa,  gap  sotib,   bir -birlarining  vaqtlarini  o‘g‘irlaydilar. Ba‘zilarining  vaqti  o‘g‘irlangani  bilan  ham  ishi  yo‘q. Chunki  ularning  vaqti  ko‘pda. Vaqtini  nimaga  sarflashni  ham  bilmaydilar. Esnaaaab  o‘tiradilar. Bekorchilikdan  zerikib,  nima  qilishini  bilmay,  vaqtni  o‘ldiradilar.
Ayrimlar  "Vaqt  keladi"  deydi  qat‘iy. Agar  vaqt  keladigan  bo‘lsa,  demak  uning  oyog‘i  bor  ekanda,  yurar  ekanda -deya  o‘ylab,  vaqtning  kelishiga  yanada  qattiqroq  ishona  boshlaydilar. So‘ng  bunga  boshqa  maslakdoshlarini  ham  ishontirib,  bir  joyga  yig‘ilishib,  vaqtning  kelishini  sabrsizlik  bilan  kutib  yotishadi. Vaqt  esa  hadeganda  kelavermaydi. Shunda  ulardan  biri  tepalikka  chiqib,  qo‘lining  kaftini  ko‘zlariga  soyabon  qilganicha, ufqlarga  qaraydi. -Kelyaptimikan?! -deya  so‘rashadi  undan  sabrsizlanib  pastda,  chuqurlikda  yotganlar. -Ko‘rinmayapti - deydi  tepalikdagi  xafsalasi  pir  bo‘lib. Vaqt  nega  kelmayapti  ekan? Juda  hayallab  ketdi. Yo  ish  - pishi  chiqib  qoldimikan? Balki  yo‘lda  kasal  bo‘lib  qolgandir?  -havotirlanadi  xandakdagilar. -Ishqilib,  o‘lib -netib  qolgan  bo‘lmasa  bo‘lgani - deydi  yana  biri  xo‘rsinib. Ular  yetti  yil  vaqtning  kelishini  kutib,  bangilar  kabi  o‘rada  qoplarga  o‘ranib  yotaveradilar. Vaqt  esa  ularga  sezdirmay  allaqachon  o‘tib  ketib  bo‘ladi.Ular  juda  uzoq  kutishadi. Nihoyat  vaqt  keladi. Ammo  o‘radagilar  endi  vaqt  bilan  umuman  qiziqmaydiganday  o‘rinlaridan  jilmaydilar, jilolmaydilar. Shamol bangilar  yopingan  qoplarni  teshib  chiqib,  gullayotgan  yovvoyi  o‘t  o‘lanlarni unsiz  tebratadi.
Senchi,    Xoldarvo‘y, kechirasan, Galdarvo‘y, sen  vaqtingni  nimaga  sarf  qilyapsan? Ba‘zan  intarnetga  kirsam,  "Muvozanat"  degan  yashil  saytingda  o‘zinga  yarashmaydigan  darajada  maydalashib,  qaydagi  yog‘iylar  bilan,  oyog‘ing  ostida  g‘ing‘illayotgan  ojiz  xashoratlar  bilan  g‘ijilashayotganinga  ko‘zim  tushadi  va  kulgim  qistaydi. Sen  undaylarga  e‘tibor  qilma,  bexuda,  bachkana  janjallarga  qimmatli  vaqtingni  sarflama. Pochtanga  yuborilgan  provakatsion  jo‘natilg‘ilarni  spam  qil,  o‘qimay  uchirib  yubor. Sen  yozuvchisan.Vaqtingni  ko‘proq  qismini  yozishga,  san‘at  asarlari  yaratishga  sarfla. Birovlarning  diliga  ozor  yetkazishga  urinadigan, qitmir  va  nomard  kimsalarni  jazolashga  shoshilma. Negaki,  ularni  qoyil  qilib  jazolaguvchi,  xor  qilguvchi   XUDO- XOLIQUL  ARShIL  A‘ZIM   bor. Sen  dunyo  xalqlarini  hayratga  soladigan,  ularni  roxi  rostga  yo‘llaydigan, lirik  asarlaringni  yozaver.
Illo,  adabiyotda  erishgan  har  bir  jiddiy  muvaffaqiyating  yog‘iylarning  chaqchaygan  ko‘zlariga  qoqilgan  ikki  yuz  millimetrli  mixlardir.
Omon  bo‘l,  do‘stim.
Hurmat  bilan,  o‘zing.



O‘zimga  o‘zim  yozgan birinchi  javob  maktub




Va  aleykum  assalom, Vulqonboy. Menga  yozgan  maktublaringni  oldim. Ijodiy  ishlar  ko‘pligidan maktublaringa  vaqtida  javob  yozolmaganim  uchun  uzr.Endi  qisqaroq  bo‘lsa  ham  maktublaringa  javob  yozib  qo‘ymasam,  odamgarchilikka  to‘g‘ri  kelmaydi. To‘g‘risini  aytsam, vaqtlar  kelib, menga  uzoq -yaqindagi  do‘stlardan  emas, o‘zimdan  maktub  keladi  deb  sira  o‘ylamagan  edim.Aslida   o‘zinga  o‘zing   maktub yozganing  boshqalarga  maktub  bitishdan  ko‘ra  yaxshiroq , foydaliroq  va  hatto  Davlatlarning  MAXSUS  XIZMATLARI  EMAS, amaldagi  hukumatga  o‘zini  muxolif  sanaydigan, ammo  kimlargadir  yomon  ko‘rinib  qolmaslik  uchun  extiyotkorlik  obochinasiga  chiqib, "biz  muxolifatchi  emasmiz, biz  shunchaki,  anaqa....  mustaqil  jurnalistlarmiz"  deguvchi  tulkiday  ayyor,  yomon xotinday  makkor,  ammo  qumga  bosh  suqqan  tuyaqushday  laqqi, lo‘ttiboz  hamda  yolg‘onchi  to‘dalar birovlarning  elektron  adreslarini  yorib  kirib, pochtalarni  bir  kunda  yuz  bor  titkilab  yuradigan,  bu  qilmishlarini  birov  bilmaydi  deb  o‘ylaguvchi  mayda - chuyda  masxaraboz  kimsalar, tirik  anekdotlar  qadamingni  o‘lchab  yurgan  bir  zamonda  maktub  yozishishning  bu  usuli  bir  muncha  xavfsizroqdir. Eng  foydali  tamoni,  bu   yozishmalarda, o‘zingni  o‘zing  tanqid  qilmaysan.Qolaversa,  hoxlaganingcha  o‘zingni  o‘zing  maqtashing  mumkin.Ya‘ni  manfaatlaringa  mos  demoqchimanda. Bir -birlariga  ShAKALday  tirjayib  turgan  telbavor  kimsalar  olomonidan  yiroqroq  yurib, yolg‘iz  qolgan  kezlaring  o‘zing  bilan  o‘zing  suhbat  qurishing,  xuddi  oydin  qish  kechasi  kimsasiz  dala  yo‘lida  ketayotgan  yo‘lovchiga  o‘zi  ovoz  chiqarib  o‘qib  borayotgan  duolar  dalda  bo‘lgani  kabi  bu  kabi muloqot  uslubi  kimsasiz yovuz  zulmatlarda  ruhinga  qanot, qalbinga  quvvat  bag‘ishlaydi.Sendan  ilk  bor  maktub  kelgan  kecha  Kembridjda  bo‘ralab  qor yog‘ayotgan edi. Qor bilan  qoplangan  uylarning  tomlari,  dov - daraxtlar, kimsasiz  ko‘chayu  ko‘priklar ilohiy  sukunat  qo‘ynida  mudrayotganday. Xuddi  ini  ag‘darilgan  oppoq  asalarilar  galasi  kabi  charx  urayotgan  qor  uchqunlari  g‘amgin  porlayotgan  ko‘cha  chirog‘i  atrofida  chirpirab  aylanar, qorli  yo‘llarga  termulgan  yorug‘  derazalarning  esi  og‘ib  qolganday  edi  go‘yo. Qor yerga  yotib  olganicha og‘ir  dardga  chalingan  planetamizning yurak  urishini tekshirayotgan  oppoq  xalatli  "Tez yordam"  xodimiday  tuyulgandi  menga  o‘shanda. Kallamga  kelgan  fikrni  qara.Ba‘zan  nega  men  odamlarga  o‘xshab  fikrlamas  ekanman  deya  o‘kinaman.Kasal  bo‘lib  qoldim  shekilli  deb  tashvishlanaman. Sening  hozir  nima  haqida  o‘ylayotganingni  bilmayman.Ammo  men  ayni  damda  yana  normal  odamlar  o‘ylamaydigan  allaqanday  plastilin  haqida  o‘ylayapman. Ha, ha,  bolalar  o‘ynaydigan  plastilin  haqida.Bilasanmi,  men  plastilinga  aylanib  qolishdan  qo‘rqaman.Ishonsang,  tongda  uyg‘onib, kechasi  bilan  plastilinga  aylanib  qolmaganim  uchun  Xudoga  qayta -qayta  shukrlar  aytaman. Hatto  plastilinga  aylanib  qolmaganim  bilan  o‘zimni  o‘zim  tabriklayman. Vatanimiz  tinchligini, Xalqimiz  xotirjamligini  ko‘rolmaydigan, Yurtimizning  yer  ostki  va  ustki  boyliklariga  ega  bo‘lishni  o‘ylab, elimizni  qul  qilish  masadida  yurgan  ko‘zga  ko‘rinmas  vaxshiylar  qo‘lidagi  SIYoSIY  PLASTILINga  aylanib  qolmaganim  uchun quvonaman.Senga  ham  shu  tilak. Plastilinga  aylanib  qolmayin  deb  kechalari  Xudoi  Taologa  iltijo  qil. Plastilinga  aylansang,  yurtimizga  o‘t  tortmoqchi  bo‘lib  yurgan  pismiq  to‘dalar  arzimagan  manfaat  evaziga  sendan  o‘zlari  istagan  figurani  yasaydilar, sen  ular  istagan  figura  o‘laroq,  qo‘linga  tutqazilgan  lo‘pchik  bilan  o‘z  Yurtinga  o‘zing  o‘t  tortishing  ham  hech  gap  emas. Plastilinga  aylanma, loyligingcha  qol! Kekkaygan  karandalar  poyidagi  loyligingcha. Seni  Xoliqul  Arshil  Azim loydan  barpo  qilgan.Yagona  Parvardigori  Olamning  irodasiga  qarshi  o‘laroq  bandasining  sendan  ikkinchi  marta  o‘zi  istagan  figurani  yaratishlariga  yo‘l  qo‘yma!Aks  holda   Xudoni  unitib, bandasi  yaratgan  xatarli  o‘yinchoqqa  aylangan  bo‘lasan!Unday  holatda  salla -soqolingu, toat  ibodating  xabada  bo‘ladi! Bu  yozganlarimni  nasixat  emas,  do‘stona  maslaxat  deb  bilgil. Shu  bilan  qisqacha  javob  maktubimni  yakunlayman. Hozircha  hayr.Hurmat  bilan, o‘zing.





31 mart, 2013 yil.
Tungi  soat  10 dan  00  daqiqa  o‘tdi.
Kembridj  shahri, Kanada.






Jurnalist Aubekir Daulet Suppan savollariga javoblar



Salom, Aubekir Daulet Suppan!
Bilsang, siyosatchini uchta illat xarob qiladi.



1. Ochko‘zlik.
2.Sabrsizlik.
3.Beodoblik.



Deylik, yosh siyosatchi amaldagi prezidentning nazariga tushdi.Prezident unga odam deb ishonib, Davlat Boshqaruv Apparatida ishlashi, davlat boshqaruvida ishtirok etib,u bilan yelkama -elka turib, o‘zini ko‘rsatishi uchun muayyan sharoitlarni yaratib beradi va u yosh kadr faoliyatini Maxsus Xizmat Idorasi pinxona, sinchiklab o‘rganaveradi.Zotan, dunyo bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlashning eng samarali usuli shu.

Ammo yosh kadrlarning hammasi ham bu narsadan boxabar bo‘lavermaydilar.Agar yosh kadr olayotgan maoshiga, egallab turgan mansab va mavqeiga qanoat qilmay, g‘aznalarga qo‘l cho‘za boshlasa, yoki pora ola boshlasa, yoxud Davlat Xavfsizligiga taxdid qiladigan yo‘llarga kirib, zimdan faoliyatini o‘zgartirsa, u shu ondayoq o‘ziga bo‘lgan ishonchni bir umrga yo‘qotadi, nazardan qoladi.
Ya‘ni nazardan qolgan siyosatchi o‘ziga bo‘lgan ishonchni yuqoridagi uchta illat bilan yo‘qqa chiqaradi.

Bordiyu, yosh kadr berilgan mansab va mavqega qanoat qilib, sabr bilan ishlayversa, odobli bo‘lsa, yolg‘on gapirmasa, makru hiyla ko‘chasiga kirmasa,yillar o‘tib, mansab pog‘onalaridan sekin asta ko‘tariladi va o‘zining sabru qanoati, odobi sabab Xudoi Taoloning marhamatiga sazovor bo‘ladi.
Mavjud Hukumat ham, Xalq ham uni boshiga ko‘taradi.

Endi "She‘r nima?" degan savolinga javob bunday. She‘r bu muayyan  ruhiy kayfiyat ifodasining so‘z bilan ishlangan suratidir.Shu ma‘noda shoir nari borsa bir  musavvir halos.

Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsam, she‘r shoir shuuridagi fikrlar to‘qnashuvida oniy chaqin kabi yalt etib yuz beradigan sirli hodisa.Bunday ruhiy kechinmani o‘zida his qilmagan "shoir" shoir emas, aksincha, u taxtadan taburetka yasaydigan oddiy duradgorday gap.Uning she‘rlarida baddiy ruh, kayfiyat, dard, ichki musiqa degan narsaning o‘zi bo‘lmaydi.Uning yozganlari quruq shovqindan boshqa narsa emas.

She‘r fikrlar  to‘qnashuvidan vujudga keladi.
Inson tafakkuri ham olam kabi cheksiz va u ma‘lum ilohiy qonuniyatga bo‘ysungan holatda, muayyan troyektoriya bo‘ylab tartibli harakatlanadi.

Bilasanmi, Aubekir Daulet Suppan, fikrlar ham sayyoralar, quyosh sistemalari, galaktika, tumanliklar kabi  poyonsiz, sirli girdobdirki,  vahimali aylanayotgan bu qo‘rqinchli  manzara haybatini to‘laligicha tasavvur qilolgan  odam bolasi aqldan ozib qolishi mumkin. Bu mahobatli va o‘ta sirli jarayonga sun‘iy ta‘sir o‘tkazilib, izdan chiqarilsa, tafakkur olamida qiyomat qo‘padi,  halokat sodir bo‘ladi.

G‘oyalar ham xuddi she‘r kabi fikrlar to‘qnashuvi ortidan tug‘iladi va ikki toifaga bo‘linadi.Biri foydali, ikkinchisi buzg‘unchi vayronakor.

Qachonlardir qo‘llariga yengicha kiyib olib, yog‘och cho‘t qoqib o‘tirgan Karl Marksning  g‘oyasi sabab dunyo ikki lagerga bo‘lindi va komunistik hamda kapitalistik lager o‘rtasida qurollanish poygasi yuzaga kelib, son -sanoqsiz yadroviy qurollar, qit‘alararo parvoz qiluvchi qanotli raketalar bugun insoniyat hayotiga taxdid solib turibdi.

Natsist Adolüf Gitlerning miyyasiga kelgan fashistik g‘oya ham 50 milliondan ziyod inson umriga zomin bo‘lib, yevropa shaharlarini yer -bilan yakson qildi.Bugun yana turli g‘oyalar bilan ish yuritayotganlar dastidan insoniyat halovatini yo‘qotgan, ertangi kuniga uning deyarli ishonchi qolmadi xisob.G‘oyalar sabab dinlar, xalqlar bir -birlariga g‘anim.Bir -birlarini o‘ldirmoqda, qirmoqda.

Aubekir Daulet Suppan, sen yana sabab va oqibat haqida so‘rabsan. Agar bilsang, sen bilan biz o‘zimiz avval OQIBAT edik.Bugun esa SABABga aylandik.Ya‘ni biz uchun oqibatni ko‘rib, sabab axtarib yurish kulgili.Demoqchimanki,dunyoda kechayotgan barcha oqibatlarga o‘zimiz sababchimiz.Bugungi oqibatlar sababga aylagan mahal, biz yana oqibatga aylanamiz. tushunyapsanmi, Aubekir Daulet Suppan?

"Muhabbat nima?" degan savolinga ham javob yo‘q emas, qadrli Aubekir Daulet Suppan. Muhabbat -bu to‘ldirib bo‘lmas extiyoj, chidab bo‘lmas muxtojlik va lazzatli qiynoq.

Hozircha shunaqa gaplar, Aubekir Daulet Suppan.

Qadrdon do‘stlaring Abu Dirxam Yakkabalonga, Paskalü Salvatore Alfons de Valdemarga va Antuanetta Terra Kalügado Pukalo Depolitantoga hamda Apalon Gabriyelü Toledo Puerto Karlos Domeniklarga salom aytib qo‘y.

Hurmat bilan, Xoldor Vulqon.





19 iyulü, 2013 yil.
Kunduz soat, 12 dan 43 daqiqa o‘tdi.
Kembridj shahri, Kanada.




UChINChI  KUChLAR HAQIDA




Siz  ko‘zguga  uzoq  tikiling.Shunda o‘zingizning  ham  ko‘zgu  ekanligingizni  ko‘rib,  qo‘rqib ketasiz. Lekin  ko‘zgulikdan  qutilishning  sira  iloji  yo‘q. Men  ko‘zgu  emasman  desangiz,  badtar  ko‘zgulanib,  jilva  qilib, yaraqlab, tevarak  muxitni, jamiyatdagi  hush -noxush o‘zgarishlarni, donoyu  faylasuflarni, yaxshiyu  yomonni, hatto  dovdir  odamlarning  naynov qiyofalarini  ham  birday  aks etdirib  turaverasiz.Ko‘zguga  aylandingizmi, tamom. Endi   siz  otilishi  mumkin  bo‘lgan  daydi toshlardan extiyot  bo‘lmog‘ingiz  kerak. Siz  anavi  ko‘zgularga e‘tibor  bermang. Chunki  ular  kulgi  xonasidagi qing‘ir  ko‘zgular.Ular  o‘zlarining  qabariq  yuzasida   narsalarni  ataylab, qiyshaytirib  ko‘rsatishga  ixtisoslashgan.U  ko‘zgularga  qarasangiz,  burningiz  qovunning  xomagiday, og‘zingiz  o‘raday, qulog‘ingiz  parrakday,  ko‘zlaringiz  karrakday  bo‘lib  ko‘rinadi  va   siz  kulib  qotishingiz, yoki  o‘z  aksingizdan  o‘zingiz  ham  qo‘rqib  ketib, yuragingiz  tushib  qolishi  mumkin.Yaxshisi, unday "ko‘zgular"ga  qaramaganingiz  ma‘qul. Ko‘cha  to‘la  ko‘zgu. Bir - birlarining ko‘zlarini  qamashtirib,  yaltillab, ketib  bormoqdalar. Yo‘lda  ketib  borayotgan  ko‘zgu olomoniga  qarab, "Qayoqqa  ketyapsizlar?! Yo‘l  bo‘lsin?!"  deb  so‘rab  yurmang  tag‘in. Chunki  ularning bir  ovozdan: "Biz  bola  chaqamiz,  qarindash -urug‘larimiz  bilan sudga  ketyapmiz! Mana, qo‘limizda   povuskamiz  bor! Manavi  prokuror  akamizga ham  povuska kelibdi. Anavi  advokat  bilan  sudyaga  ham! Boraylikchi, nega  sudga  chaqirishdi  ekan!"  deyishlari  aniq."Iye, sud  binosi  u  yoqda  emas, buyoqda!" -deya  ularga  yo‘l  ko‘rsatish ham  befoydi. Siz  yo‘l  chetida  yotgan  yarimta  g‘ishtni  kishi  bilmas olib,  ularga "Men hommomga  ketyapman" deng. Ular  darrov  sizga "Hammom  u  yoqda  emas,  bu  yoqda!"  deyishadi. Siz  o‘z  yo‘lingizdan  qolmang. To‘g‘ri  borib, ko‘zguga  kalla  uring. Ko‘zgu  chil - chil  sinib, har - tamonga  sochilib  ketsin.Shaffof  ko‘zgu  siniqlariga  ko‘miling, mazza  qilib  cho‘miling. Ko‘zgudan chiqib, sochiqqa  artinsangiz, vujudingiz  yaraqlab,  ruhingiz  charaqlab, yanada  tiniqroq  ko‘zguga  aylanasiz. O‘zingizda  do‘stingizning  aksini  ko‘rib, quvonasiz  u  bilan  g‘oyibona  suhbatlashasiz.Ammo do‘stingiz  bilan  sizning  o‘rtangizga  adovat  urug‘ini ekmoqchi  bo‘lgan dushmanni  ko‘rmaysiz.  Xuddi  shu  joyda  miyyangizga ko‘plarning:  "uchinchi  kuch mavjud emas, bu jinoyatchilarning   o‘z qilmishlarini  haspo‘shlashda  ishlatadigan  puxta chalg‘itki yoda  bir  niqobi halos"  degan  gaplarini  eslaysiz. Inson  bilan  do‘sti orasidagi  dushman   bandasi  bilan  Xudo  o‘rtasidagi  shayton  aduvvin  mubinning  tipik  ko‘rinishi  o‘laroq,  uchinchi  kuchlarni  doimiy  mavjudligiga  ishora  emasmi? -deya  o‘ylanasiz. Yer  yuzida nafaqat  insonning, balki mayda  mikroblardan  tortib, qurtu  qumursqaning  ham   do‘sti  va  kushandasi  bor. Eng  hayratlanarlisi, inson  va  uning  do‘sti  orasiga  fitna  urug‘ini  ekib, barakali  xirmon  ko‘tarish  ilinjidagi  dushman  ya‘ni  uchinchi  kuchning  mavjudligi  Odam  Ato  va  Momo  Havolarning  Jannatdan  quvilganlariyu  shayton  fitnasi bilan  bog‘liq  gaplar  afsona  emasligini  isbotlaydi. Shu  falsafadan  kelib  chiqilsa,  Xudoning  mavjudligiga  to‘la  imon  keltirish  uchun buyuk  faylasuf  bo‘lishning  ham  keragi  yo‘q  ekanda -deya hayron bo‘lasiz. Eng  muhimi  siz  endi  xalqlarni  bir -biriga zimdan gijgijlaguvchi, Andijonda, Qirg‘izistonda  o‘zbeklarimizning  qirg‘in  qilinishidan, destabilizatsiyadan  manfaatdor, qiyofasi  tarix ko‘zgusida  aks  etmaydigan  pismiq,  pajmurda  jasadlarning - uchinchi  kuchlarning  borligiga  hech  qachon  shubha  qilmaysiz.




19 mart, 2013  yil.
Kunduz  soat  11  dan  45 minut  o‘tdi.
Kembridj  shahri,  Kanada.




Millat tushunchasi kerakmi?




Albatta kerak. Lekin bir millat ma‘nosida emas. Umumo‘zbekiston manfaatlariga mos milliy tushuncha ma‘nosida.
Biz O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elat vakillarining qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan O‘zbekistonliklar nomli mustaxkam umuminsoniy g‘oya asosida uyg‘un yashamog‘imiz shart.
Bu umumo‘zbekistoniy tushuncha o‘zbekistonliklarning FAHRU IFTIHORIGA, BAYROG‘IGA, MILLIY G‘OYaSIGA aylanmog‘i kerak.
Bu g‘oya O‘zbekistonning ham ichki ham tashqi siyosatidagi muvozanatini mustaxkamlaydi.
Shundagina O‘zbekiston  yurtimizga investitsiya olib kirguvchi yirik sarmoyadorlarning ishonchini qozonadi.Millatlar, elatlar o‘rtasiga nizo solguvchi, separatizm, ya‘ni bo‘lginchiliklarga sabab bo‘lguvchi hamda tuproqlarimiz yaxlitligiga rahna solguvchi : mahalliychilik, millatchilik, irqchilik kabi xatarli illatlar qonun yo‘li bilan ta‘qiqlab qo‘yilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Millatchilik jamiyatni chiqib bo‘lmaydigan tubsiz jarlikka sudraydi. Siyosiy platformasida millatchilik g‘oyasi bor partiyalar davlat tepasiga keladigan bo‘lsa, u mamlakatda fashizm bosh ko‘taradi.
"Boltiqbo‘yida, Ukrainada, Gruziyada millatchilar iqtidorga keldiku " deydiganlar ham chiqar. Unday fikrdagi odamlar Ukraina, Gruziyaning Rossiya bilan salkam urush holatida yashayotganini ham o‘z fikridan soqit qilmasinlar. Millatchilik sabab Abxaziya va Shimoliy Osetiya avtanomiyalariga bo‘linishi oqibatida yuz bergan xududiy parchalanish Gruziya uchun foyda keltirdimi?Gruziya endi o‘z baxsli xududlarini qay yo‘l bilan asliga qaytaradi? Urush yo‘li bilanmi? Buni uddalay oladimi? Urush bo‘lsa, yurti vayron bo‘lib, xalqi qirilib, iqtisodiyoti izdan chiqmaydimi?
O‘zi shundoq ham tarang siyosiy vaziyatda bizga o‘shanday "Bosh og‘riqlar" kerakmi? Eng havflisi bizning millatchilarimiz manglayiga iqtidordagi hukumat "diniy radikal" yorlig‘ini yopishtirib ulgurgan. Diniy radikal emasman deydiganlarning oyoqlarida panturkizm g‘oyasi  zanjirlangan og‘ir cho‘yan gantel kabi sudralib, tobora choxga tortayotganini dunyoviy bo‘lginchilarning, millatchilarning o‘zlari ham sezayotgan bo‘lsalar kerak. Demoqchimanki, diniy radikalizm desa kayfi kapalakday  uchadigan davlatlar bizning millatchilarni xuddi gruzinlarni yoki ukrainlarni qo‘llaganiday qo‘llab - quvvatlamaydilar.
G‘arb va Yevropaning o‘zbek muxolifatini qo‘llamay, ishni paysalga solayotgani ham shundan.
Ular uchun Karimov sal durustroq.
Millatchilar iqtidorga kelsalar, eng avvalo "Turkiston" g‘oyasini bayroq qilishlari aniq.
Bu g‘oyaning xalqaro masshtablarga ko‘tarilishi, qudratli mamlakatlar: - Xitoy va Rossiyaning birinchilardan bo‘lib xushyor tortdiradi deganidir.
Axir, Rossiyada qancha turkiy millatlar mavjud. Tatarlar, Xakaslar, Nanaylar, Xabarda bolqorlar, Abxazlar, Cherkeslar, Qorachoylar, Yoqutlar, No‘g‘aylar, Boshqirdlar, Lazginu Darginlar va hokozo millatlar yer ostki va ustki boyliklarga ega xududlarda istiqomat qiladilar.
Qolaversa, Moldaviyada Gagauzlar deganday, buyog‘i Xitoyda Uyg‘urlar bor.
Turkiy millatlarni birlashtirishga asoslangan "Turkiston" g‘oyasi ularni tashvishga tushirmaydi deya o‘ylamoq g‘irt axmoqlikdir.
Xullas, turli fitnalar qoyim bo‘lmay turib, almisoqdan qolgan siyosiy kurash taktikasini tubdan o‘zgartirib, modernizatsiyalab, zamonga moslamoq, dunyo hamjamiyatiga uyg‘un g‘oyalar bilan yashamoq kerak.
Ya‘ni dunyodagi taraqqiy etgan mamlakatlar tarixiga nazar tashlab, ularning asrlab ortdirgan tajribalaridan foydalansak, sinovdan o‘tgan boshqaruv usullarini o‘zlashtirsakkina, yo‘ldan adashmaymiz, xalqimizni xor qilmaymiz, ota – buvalarimiz qurib ketgan muazzam shaharlarimiz vayron bo‘lmaydi.
Mutaraqqiy  xalqlardan ibratlanish  xuddi yaxshi yashash usullarini mahalladagi ishyoqmas yalqov, el nazaridan qolgan alkash, yolg‘onchi, beqaror, lo‘ttiboz kimsadan emas, aksincha, esi - aqli butun, tadbirkor, mulohazali, boobro‘, jiddiy odamlardan o‘rganishday gap.
Hozirgi o‘zbek "ziyoliy"larining ayrimlari esa hali ham millatchilikka asoslangan, ammo xalqimizga asrlar osha qirg‘in, vayronagarchilikdan boshqa narsa bermagan jadidchilikni, turkizmni targ‘ib qilayotganlarini ko‘rib, to‘g‘risi, hayron bo‘laman.
Nima, ularga 1920 yillari turkizm g‘oyasi sabab qirilib ketgan million - million ota - buvalarimizning qoni ozmi?
Millatchilik oqibatida Qirg‘iziston janubida qirg‘inga uchragan o‘zbeklarimizning, begunox bolalarning qonlari, fazand dog‘ida yonib kul bo‘lgan ota - onalarning alamli ko‘z yoshlari, oxu faryodlari ularga ozmi?
Unday og‘zi polvon, aslida esa yuragi yo‘q, quyondan ham qo‘rqoq kimsalar urush oloviga kerosin sepib, turli ko‘rinishdagi bayonotlar bilan o‘zlaricha “qahramon” bo‘lib, “Siyosiy” ochko yig‘adilar. Ularda zarracha yurak bo‘lsa edi, u yig‘ichilar Qirg‘izistonga borgan bo‘lardilar.
Afsuski,  undaylar  uzoqdan turib, ovozsiz  akillayotgan laychalarni eslatadi halos.
Ayrim siyosiy arvoxlar esa boshqalarning o‘liklarini tepalab, ko‘prik qilib o‘tib, o‘zlarining jirkanch maqsadlariga erishmoq  uchun bor  iflosliklarini  ishga  solib, tirishadilar, tirmashadilar.
Lekin, Xudoga  shukrki, xalqimiz ular o‘ylaganchalik sodda yoki axmoq emas.
Donishmand,  kamtarin  Xalqimiz  undaylarning kulgili xatti – xarakatlarini jilmayganicha kuzatib turadi va kimni rahbarlikka loyiq ekanini o‘zi  juda yaxshi biladi.
Unday mas‘uliyatsiz, miyyasiga nima kelsa shuni gapirib yoki yozib yuboraveradigan, oqibatni o‘ylash ne‘matidan bebahra, dovdir kimsalardan xalqimiz juda extiyot bo‘lmog‘i kerak.
Negaki, unday kimsalar o‘zlarini mehribon va qahramon qilib ko‘rsatganlari bilan, soxta obro‘ ortdirish yo‘lida xalq boshiga tushgan kulfatdan ham foydalanaveradilar.
O‘zlari bola – baqrasi bilan kindik -kovakka berkinib olib, boshqalarni qonli urushlarga undaydilar, amal - mansab vasvasasi bilan telbalanib, ruhan betob bo‘lib qolgan u bechoralar.
Mas‘uliyatsiz amalparastlarning, soxta siyosatdonlarning, millatchilarning xatti - harakati xuddi zamonaviy traktorlar mavjud mahal: "omochda yer xaydash unumliroq" deyotgan kimsalarning xarakatlariga o‘xshaydi.Odamning ensasini qotiradi, hatto kulgisini qistatadi.
Ulardan uzoqroq yuringda, irqiy, milliy, diniy va dunyoviy bag‘rikenglik g‘oyasi asosida yashayotgan mamlakatlarga qarang. Ularning yurti obod, xalqi to‘q, iqtisodiyoti baquvvat.
Millatchilik, irqchilik, diniy va dunyoviy jixatdan maxdud, biqiq o‘lkalarning xalqi esa, aksincha och, yurti vayron, iqtisodiyoti ayanchli darajada nochor, chor atrofi dushman, taxlika, xavfu xatar.
Axir, o‘zaro savdo aloqalariga asoslangan iqtisodiy integratsiyani millatchilik g‘oyalarisiz, umuminsoniy tamoillariga tayanib ham amalga oshirish mumkinku.
Sizlarni bilmadimu, shaxsan men Xalqimizning O‘zbekistonda yashayotan barcha millat va elatlarni kamsitmaydigan, ularning manfaatlarini ham o‘zida ifoda etadigan O‘ZBEKISTONLIKLAR degan yagona, qudratli millat bo‘lishini hoxlayman.
Bo‘linganni bo‘ri yer – degan ekan donishmand ota – bobolarimiz.
Qisqasi, millatchilik dinda ham yo‘q.
Millatchilik, irqchilik g‘oyasi bilan bosh ko‘tarib, yarim dunyoni kultepaga aylantirgan Gitler fashizmining yovuz jinoyatlarini yodingdan chiqarib qo‘yma, millatchilarga, irqchilarga, diniy va dunyoviy bo‘lginchilarga yo‘l berma, XALQIM!






15 may, 2011 yil.
Kunduz soat 11 dan 45 minut o‘tdi.
Toronto shahri, Kanada.





Dala sog‘inchi

(Iste‘dodli yozuvchi ukam Isajon Sultonga)



Men dexqonman.Dexqonchilik menga ota kasb.
Dexqonchilikning shunisi yaxshiki, ertadan kechgacha dalada ishlab qattiq charchaysan va sovib qolmasligi uchun sochiqqa o‘rab qo‘yilgan kechki ovqatni yeysanu dong qotib uxlaysan qolasan.Uyqu dorining ham keragi yo‘q.Yana kech yotib, hammadan erta uyg‘onaman.Subhi sodiqda xovliga chiqib, qadrdon dalalarga tutash tongi ufqlarning shoshilmay, sekinlik bilan oqarishini kutib o‘tiraman.Tong qorong‘usida uzoq - uzoqlardagi so‘lim bedazorlardan yovvoyi bedanalarning "Viviq! Viviq!" Bitbildiq! Bitbildiq! deya sayragan tovushlari qulog‘imga chalinadi.Nihoyat g‘ira shira tong ohista oqara boshlarkan, tongi jimlikda qushlar sayrog‘i menga odatdagidan qattiqroq, jarangliroq eshitilayotganday tuyuladi. Uyqudan endigina uyg‘ongan qushlar sayrog‘iga quloq tutgan damlarim hayotimning eng mazmunli pallalari bo‘lsachi.Bu mahal haloyiq  dong qotib uxlayotgan bo‘ladi.Ko‘chalar jim -jit.Qushlar sayrog‘ini xisobga olmasa, tirq etgan tovush yo‘q.Mashinalar shovqini eshitilmaydi.Salqin va so‘lim havo.Tasavvuring ko‘zgusi  oynaday musaffo,  tafakkuring esa tobora tiniqlashib, chuqurlashib  borayotganday tuyulaveradi go‘yo.Tong oqarayotgan mahal olislardan nog‘oralarning takatumi eshitilarkan, bu tovush jimlikka halal bermayotganday, qaytaga nog‘oralar takatumining olis sadosi tongi sukunatga yanada tarovat bag‘ishlayotganini his eta boshlaysan.Hammadan ham, yolg‘iz bir o‘zing ketmonni yelkaga tashlab, ikki yoni shudringli o‘t -o‘lanlar  bilan qoplangan so‘qmoqdan dalaga ketayotganingda quyosh ko‘tarila boshlaydi.Elkangdagi ketmon tig‘i tongi quyosh nurlarida yaltiraydi.Javdarizor ustida vijir -vijir qilib sayrayotgan to‘rg‘aylarni kuzatish uchun bir lahza to‘xtamay ilojing yo‘q.Agar dalada yumushing bo‘lmasa, tong holatini o‘zgartirmasa, vijir - vijir sayrayotgan to‘rg‘aylar sayrog‘ini tinglab turaversam, turaversam deya o‘ylaysan.Men dala tamon odimlayman.Mana, bepoyon zumrad dalalar.Yaxshiyam baxtimga dalalar bor ekan, dexqonchilik bor ekan.Mening har soat ish vaqtimga ming dollardan to‘lab, zavod yo fabrikada ishlaysan desalar, u yoqlarda uzoq ishlay olishimga ko‘zim yetmaydi.Kim biladi deysiz, balki shlashim ham mumkindir.Ammo u joylarda dalalarni sog‘inib, sekin asta ozib -to‘zib, ko‘zlarim kirtayib, bironta stanok yonida jimgina o‘lib qolishim aniq.Men dalasiz yashay olmayman.Negaki, mehnat qilayotgan paytlarim, olis dala uvotlarida ishlayotgan traktorlar shovqinini xisobga olmasa, sukunat og‘ushida yolg‘iz ishlar ekanman, istaganimcha hayol suraman, istagan narsam haqida o‘ylayman.Menga hech kim halal bermaydi.Ba‘zan yonimda oppoq daydi kapalak gandiraklab uchib yurganini sezib qolaman.Bu unsiz parvoz menga qanchalar quvonch bag‘ishlashini siz bilmaysizda.Men ketmonni chiqirlatib ishlashda davom etar ekanman, bir laxza to‘xtab, yerga o‘tiramanda, kirza etigimning bir poyini yechib, uni xuddi qishda qurum bosgan pechka trubasini qoqayotganday silkiyman, qo‘njiga kirib qolgan kesakni tushiraman.Ayni shu payt qayoqdandir popishakning hasratli tovushi eshitiladi."Pupupup! Pupupup! Pupupup! Pishshshshsh!". Men kirza etigimni havoda muallaq tutganimcha, popishak ovozini tinglayman.Keyin etigimni kiyib, yana ishga tushaman.Avvallari nega har safar popishak tovushini eshitganimda mening yig‘lagim kelaverar ekan deya hayron bo‘lar edim va bu hodisa sirini yaqindagina anglab yetdim.Bilsam, u tovushlar menga bolaligimni, onamga ergashib dalalarga borgan chog‘larimni  eslatar ekan.Qamishtom shiypon, belanchaklar arqoni bog‘langan quloch yetmas tollar,  quloqni bitiradigan qushlar shovqini, shoxlarida qush uyalarining hashaklari osilib yotgan, shamollarda jo‘r bo‘lib shovullayligan azim teraklar, chigit o‘radagi dorilangan chigitning xidi, sarob jimirlayotgan keng dalalarda ketmonlarini yaltiratib ishlayotgan ayollar, og‘ziga qo‘llarining kaftlarini ko‘vacha qilib, odamlarni choyga chaqirguvchi oshpaz xotin To‘pa xola va hokozolar bilan bog‘liq ekan u tovushlar.Men o‘sha oshpaz xotinning ismi  "Tuxfa" ya‘ni sovg‘a ma‘nosini bersa kerak deya o‘ylardim.Adashgan ekanman.To‘pa degani To‘bo degani ekan.Mullalarning aytishicha, To‘bo afsonaviy daraxt bo‘lib, Jannatda o‘sar emish.Ilohim To‘bo xolaning ham joylari Jannatdan bo‘lsin.O‘rta bo‘yli, yumaloq yuz, oq -sariqdan kelgan, bir qop yong‘oqday shaldir -shuldir, yuragi bahoriy deraza kabi lang ochiq, hammaga "Ha, tirik yetim, yuribsanmi?" deya hazil qilib, kuldiradigan, ammo  har kech guzarda mast bo‘lib yerga yiqilib qoladigan,ichkilikka mukkasidan ketgan, novcha, qotma -qoracha erini ko‘tarolmay yig‘laydigan u ajoyib ayol hotiram ko‘zgusidan o‘charmidi.Shularni o‘ylab, men yana ishga tushaman.Ishlayveraman, ishlayveraman, ishlayveraman, to daryo sohilida o‘sgan jiydazor tamondan kakku ovozini eshitmagunimcha.O, siz  mening daladan qaytayotganimni ko‘rmabsiz.Yana o‘sha tanish, ikki yoni o‘t -o‘lanlar bilan qoplangan qadrdon so‘qmoq.Bir moromda sayrayotgan chigirtkalar shu qadar ko‘pki, ularning  ovozi tunni zirillatadi.Lekin oydinda to‘liqib sayrayotgan bulbullar kabi o‘zlari ko‘rinmaydilar.Bir maromda: "Churrrr! Churrrrr!" etib bosiq sayrayveradilar.Bu tovushlar bir hil qaytariq bo‘lsada, hech qachon odamning medasiga tegmaydi.Bilasizmi, aslida bu tovushlar sukunatning tovushi.Gapimga ishonmasangiz, jim -jit xonada bir o‘zingiz o‘tirib, jimlikka quloq tuting.O‘shanda xuddi oydin polizlardan eshitilayotgan chirildoqlarning bir moromdagi bosiq chirillashlari quloq pardalaringizga urilayotganini sezasiz...

Men dala so‘qmog‘i bo‘ylab to‘xtovsiz odimlayvermayman, albatta.To‘xtayman. O‘zini tamom unutib porlayotgan oyga, uzoq osmonlarda yaraqlayotgan cho‘mich yulduziga termulish uchungina to‘xtayman.Axir, porloq oyga, charaqlab yotgan yulduzlarga qarab, to‘yib bo‘ladimi, Isajon?Osmonga termulganimcha beixtiyor: "Jannatda ham shunday oydin kechalar bo‘larmikin, oy porlab, yulduzlar osmonlarni to‘ldirib charaqlarmikin?Chigirtkalar chirillarmikin, u yoqlarda ham dalalar bormikin?Jannatda ham azim teraklar shamollarda shovullab, uzoq uvotlarda kakkular hasratli sayrarmikin?Quyosh qizarib botayotgan oqshom jimligini yorgudek bo‘lib, qushlar shovqin solarmikin?Chaqmoq chaqib, qaldiroqlar gumbirlab, shiddatli yomg‘ir tomchilari savalab qolganda odamlar ketmonlarini  tashlab shiypon tamon choparmikinlar?" deya o‘ylaymanu tez tovba qila boshlayman.-Tovba qildim, tovba qildim, Xudoyiiiiim, o‘zing kechir -deya o‘ylab ketaman.

Men shunday dexqonman.

Mening bepoyon dalalarim - bu sizlarning qalblaringiz.Men bu dalalarga yaxshilik urug‘ini ekaman.Garchand yaxshilik urug‘ining unishi qiyinligini bilsamda, ularni tinimsiz parvarish qilaveraman,  mehnat qilaveraman.Chunki, yaxshilik urug‘idan yomonlik unmasligiga, bu ekinlar bir kuni meva berishiga, mevalaridan esa  yaxshi odamlar bahramand bo‘lishiga ishonaman.




24 iyulü, 2013 yil.
Kunduz soat 12 dan 50 daqiqa o‘tdi.
Kembridj shahri, Kanada.




Hazrati Bahouddin Naqshbandiyni yod etib



Bahouddin Naqshbandiy insoniyatni halol mehnat bilan rizqlanishga chorlab o‘tdilar. Ul zotning tasavvufdagi tariqati faqirlik edi. Faqirlikning soddalashtirilgan ma‘nosi ko‘ngilli ravishda, moddiy, moliyaviy ma‘noda kambag‘al bo‘lmoqdir.Moddiy, moliyaviy ma‘noda ixtiyoriy kambag‘al bo‘lmoq g‘irt axmoqlikku - deya kulsak, o‘zimizning kaltafaxmligimizni tamomi olamga namoish qilgan bo‘lamiz. Yaxshilab o‘ylang, bizdan avval bu dunyoda qanday katta boylar, hukmdorlar o‘tdilar. Ularning qo‘lida dunyoning qariyib yarim boyligi bor edi. Qasrlarda yashardilar. Qani ular? Ularning bexisob boyliklari qayga ketdi? U boylar, u hukmdorlar hammasi yer ostiga kirib ketdilar.Saltanati, hukumati, a‘yonlari, laganbardorlari ham yo‘q.Ularning mulki, muxrlari bugun boshqa olg‘irlarning, ochofat yebto‘ymaslarning qo‘liga o‘tdi. Bor –buddidan judo bo‘lgan u takabbur aristokratlar xozir, g‘oyat qashshoqlashgan. Hatto kafanlari ham chirib ketgan. Sarg‘aygan ustixonlari uzra o‘zlari bir umr xazar qilgan, jirkangan qurt -qumursqalar, sarg‘ish qirqoyoqlar, go‘shtketdilar o‘rmalab yuribdi.Ha, mal‘un, ya‘ni la‘natlangan dunyo boyliklariga mehr qo‘ymagan kishi moddiy, moliyaviy ma‘noda kambag‘aldir, faqirdir, xaqirdir. Ammo u keraksiz og‘ir yuklarni o‘z yelkasidan uloqtira olgan, muvaqqat hayot mohiyatini chuqur anglab yetgan donishmand, baxtli odamdir.U odam kambag‘al qashshoqdir, ammo oxiratda o‘ziga mangu rohat –farog‘at go‘shasidan joy harid qila olishga qodir, eng buyuk boydir. Dunyo boyliklari inson bolasi manguga xarob bo‘lishi uchun uning yelkasiga shayton tamonidan aldab yuklatilgan zil -zambil yuk, keraksiz tosh, do‘zax o‘chog‘idan uchgan cho‘g‘, o‘t, olovdan boshqa narsa emas. Dunyo yukini ortmoqlagan u badbaxt, kaltafaxm kimsalar, o‘sha yukning zilday og‘irligini bir umr his qilib qiynaladilar, toyishib, mayishib, inqillab, sinqillab, o‘tadilar bu dunyodan. Boyliklarini asrash g‘amida xalovatidan, keyinroq esa, eng bebaho boyligidan - sog‘ligidan ayriladilar.Ammo bu keraksiz yuk shuchaki yuk bo‘laqolsa edi. Afsuski, ul kimsalar o‘zlari ortmoqlab borayotgan bu nokerak yukning har misqoli uchun ro‘zi maxshar Parvardigori olam oldida javobgardirlar, shayton tutqazgan xarom mollar uchun, Xudo barcha bandalarga birday sochgan rizqni ayyorlik va zo‘ravonlik bilan o‘zlashtirganlari uchun muhaqqaq, alamli jazoga mustaxiqdirlar! Hukmdorlik, mansab va boylik vasvasasiga mubtalo bo‘lgan u nodonlar, o‘nlab oliy o‘quv dargoxlarini bitirib, dunyodagi barcha tillarni mukammal bilsalarda, ayanchli darajada savodsiz bo‘lgan kimsalardirki, ular oddiy odamlar orasida, ko‘cha - ko‘yda bemalol yurolmaydigan bo‘lib qolganlarida, yag‘ir do‘ppi kiyib, paxtazorda g‘o‘zalarga suv tarab yurgan, ariq qiridagii ajiriqqa to‘nini to‘shab, boshiga etiklarini yostiq qilganicha maza qilib, bemalol uxlaydigan oddiy dexqonga ich - ichidan havas qiladilar. Negaki, molu dunyo vasvasasida halovatini yo‘qotgan, sog‘ligidan ajragan u sho‘rlik kimsalar bulutday yumshoq o‘rinlarida uyqu dorisiz, bemalol uxlay olmaydilar.Ularni qarilikdan, o‘limdan yoshartirgich dori – darmonlar (omolajivayushchiye ukolû ) ham qutqarib qololmaydi. Undaylar shunchaki xo‘ja ko‘rsin uchungina oxiratga, Xudoning mavjudligiga ishonaman deydilaru, ammo ichlarida ishtibox ilonlari kulcha bo‘lib yotadi.Xudoga ishonganlarni ular axmoq deb o‘ylaydi. Ey xudosiz odam, tevaragingizga razm soling. Hatto yerda yotgan gugurt cho‘pining ham egasi bor! O‘zingizdan qiyos, qo‘lim deysiz, oyog‘im deysiz, ko‘zim qulog‘im deysiz, mening pulim, mening uyim, mening yerim, mening vatanim deysiz. Bu dunyoda hamma narsaning egasi bor. Hatto temirdan barpo etilgan robotningda egasi, mualliflik patenti bo‘lsayu, sizdek murakkab mavjudodning, ko‘zga ko‘rinmas, ammo mexanik qonuniyatga bo‘ysunganicha aylanib turguvchi bu sirli olamning egasi bo‘lmaydimi? Aqlingizni ishlating siz ham! Tafakkur eting! Siz oxiratda boyliklaringiz uchun Xudoi Taolo oldida javob berishingizga ishonmasangiz, hech yo‘q o‘zingizga bir qarang! Siz birovga pul bersangiz, ertami kech albatta undan xisobot talab qilasiz, shunday emasmi? Oddiy bir korxona ma‘muriyati har oyda qaygadir xisobot berayotganini ko‘rmayapsizmi? Xisobat berolmasa, qamalib ketayotganlarini sezmayapsizmi, sezib, xulosa chiqarib, oxiratingizni o‘ylab, sizga berilgan aql, ko‘z, quloq, yurak singari murakkab tana a‘zolari, vujud xisobotini berishingiz kerakligini anglab, yuragingiz ortiga tortib ketmaydimi?Hazrati Baxouddin Naqshband siz bilan bizni ixtiyoriy faqirlikka chorlar ekan, ana o‘sha buyuk xisobotimizning yengilroq bo‘lishi uchun qayg‘urganlar. Xudo barcha bandalarga teng sochib qo‘ygan rizqni makkorlik bilan yoki zo‘ravonlik bilan o‘zlashtirmang, o‘zingizni manguga ma‘nan halok etmang!Nafsingizni tiying! Siz hatto podshox bo‘lgan taqdiringizda ham, Naqshbandiy hazratlari aytganiday faqir bo‘ling, xaqir bo‘ling! Podshox martabasida turib, xalqingizga oddiy xizmatkor bo‘ling!O‘zingizga tayinlangan oylik maoshingizni ro‘zg‘oringizga ishlatingu, g‘aznaga aslo qo‘l cho‘zmang! Bir qator, nari borsa ikki qator usti boshingiz bo‘lsa, shuning o‘zi yetarli. Bola –chaqalaringizni, qarindosh urug‘laringizni ham shunday yashashga o‘rgating va hech qachon ularni saltanatga yaqinlashtirmang! O‘shandagina Naqshbandiy hazratlari aytganiday, haqiqiy ma‘nodagi faqir va asl ma‘nodagi davlatmand boy bo‘lasiz!Elkangizdagi keraksiz, og‘ir toshlarni uloqtiring! XISOBOT berishingiz oson bo‘ladi!




5 noyabr, 2012 yil.
Kunduz soat 12 dan 26 daqiqa o‘tdi.
Kembridj shahri, Kanada.




G‘afur G‘ulom yozgan asarlarni uqing!




Men juda uzoq vaqtlardan buyon O‘zbek xalqining sevimli shoiri G‘afur G‘ulom ijodi haqida yozishni rejalashtirib yurardimu bunga fursat topolmasdim. Fursat topsam, ustoz shoir va betakror yozuvchi G‘afur G‘ulom kitoblarining menda yo‘qligi bu hayrli ishga mone‘lik qilardi.
Shunday bo‘lsada, bugun buyuk shoir va yozuvchi G‘afur G‘ulom ijodi haqida , xotirot muhrnomasiga tayanib, bilganimcha yozishga qaror qildim. Men avvalo, Buyuk  O‘zbek  shoirining she‘riyatiga to‘xtalmoqchiman.
G‘afur G‘ulom qalamiga oid tashbehlari eskirmaydigan , o‘ziga hos she‘riyatda badiiy obrazlar jonli, voqealar esa hayotiy.
Uning she‘riyati - tirik she‘riyat. G‘afur G‘ulom she‘rlarini o‘qir ekansiz, go‘yo o‘zingizni shoir yashagan zamon artgalereyasiga  kirib  qolganday,  vatanimiz, xalqimiz tarixi aks etdirilgan g‘aroyib kartinalarni, polotnolarni tamosho qilayotganday sezasiz. "Turksib yo‘llarida" nomli she‘rida shoir:




Bu yo‘lda
besh million,
o‘n million, yuz million nafar
Qullar va tullar
Gardanida cho‘yandan quyilgan zanjir,
Yerlarda hashorot kabi,
Ochlikdan, zorlikdan gezarib labi
och, maxkum,
Xor va betadbir,
Non! - deya, Non! - deya
Surinib kechmishdir!




deya yozadi.
Misralarning zinasidan tobora yuqorilar ekansiz, pardadan pardaga yuksalayotgan mahzun bir kuyni tinglab, muallaq zinada turganingizcha, bandi qilingan millionlab erksiz qullarning gardanidagi cho‘yandan quyilgan zanjirlar shaldirashini eshitayotganday, mahkumlarning ochlikdan gezargan lablari ko‘z oldingizga kelganday bo‘ladi. G‘afur G‘ulom o‘zining ushbu she‘rida Turksib temir yo‘li uzra yelib borayotgan uchqur poyezd oynasini tasvirlar ekan, jumladan shunday deya yozadi:


Ko‘lga otilgan kesak parchasi kabi,
Ufqlar bir karra lipillab qolar.


Tez ketib borayotgan poyezd derazasidagi rutubatli ufqlarda sassiz chaqnagan chaqinlar kabi ma‘sum bu oniy manzarani dunyoda hech qaysi shoir bu qadar qoyillatib tasvirlay olmagan bo‘lsa kerak.


Ayniqsa, G‘afur G‘ulomning "Sog‘inch" she‘ridagi misralar o‘quvchini o‘yga  toldiradi . Uni moziyning  qirg‘ovullar  uchayotgan dashtlariga, sahroyu biyobonlariga olib ketadi.


Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek,
Intizor ko‘zlarda halqa - halqa yosh.
Eng kichik zarradan Yupitergacha
O‘zing murabbiysan, xabar ber, Quyosh!



She‘rni o‘qir ekansiz, poyonsizday sahrolardagi korvon yo‘lida ma‘rab onasini izlaganicha tentirab yurgan, bo‘zlayotgan bo‘ta (Tuya bo‘talog‘i)ning ayanchli holati shuuringizda shamoil kasb etadi. Keyingi baytda kichik zarraga tushgan nigoxingiz birdan kengayib cheksiz koinotlarga yoyilib ketadi. Shoir Quyoshni kattayu kichik mavjudodlarning murabbiysi, tarbiyachisi deya ataydi. Undan urushga ketgan o‘g‘li haqida xabar, mujda, payg‘om yetkazishini so‘raydi. Darhaqiqat, olamdagi barcha narsalarning Xudo yaratgan mo‘jiza - Quyoshga, uning nuriga va haroratiga extiyoji bor. Quyoshsiz yer shari bir ondayoq muzlab qoladi. Yuqoridagi ikki misra: "Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek , Intizor ko‘zlarda xalqa - xalqa yosh" misralari hali hech qaysi rassom ishlay olmagan sog‘inchning, iztirobning, hasratning suvratidir.
Shoirning "Sen yetim emassan " she‘rini o‘qib, yuragingiz zulmatlarga yoqib qo‘yilgan shamday eriy boshlaydi.Quyida G‘afur G‘ulomning ajoyib misralarini misol tariqasida keltiramiz:


Bu yerda muzlagan ajdar xalqumli
Vaxshat to‘plarining
Qaxqaxasi yo‘q


Deya yozadi u.
Tashbehlarni qarang. Shoir jonsiz to‘pni ajdardek harakatga keltirib uni yovuz devlar kabi qaxqaxa otdirmoqda. O‘rtamiyona, odmi "Shoircha"lar kabi "To‘plar gumbirlab otildi" deb yozsa ham bo‘lardi. Lekin G‘afur G‘ulom odamlar aytaverib uvadasi chiqib ketgan siyqa so‘zlardan foydalanmadi.
Bu dunyoda garchand o‘zlari biron misra she‘r yozolmagan bo‘lsalarda, G‘afur G‘ulomning ayrim she‘rlaridan misol keltirib, uni maddoxlikda ayblovchilar ham ko‘p.
Undaylar G‘afur G‘ulomning she‘rlarini diqqat bilan sinchiklab o‘qisin. Shunda shoirning o‘z zamonasidagi qattol rejim ustidan kulganini, uning madxiya emas, parodiyalar yozganini anglab oladilar.
Xuddi Vladimir Mayakovskiy Leninga, bolüshevizmga porodiyalar yozgani kabi.G‘afur G‘ulom o‘zini g‘ayban Mayakovskiyning shogirdi deb bilardi, undan ta‘sirlarnib, sarbastda qofiyasiz she‘rlar yozardi.
Ammo u she‘rlar qofiyali she‘rlardan ko‘ra qofiyaliroq edi. U quyma qofiyalar ichki qofiyalar ediki, unday qofiyalash har qanday shoirning ham qo‘lidan kelavermas edi. Bunday mahorat har kimga ham nasib etavermaydi.
Ha, G‘afur G‘ulom o‘z zamonasida ustozi Mayakovskiy kabi mavjud rejim bilan aqlsizlarcha “Kurash”madi. Balki uning ko‘rinishini Andersen ertaklaridagi a‘yonlar kabi maqtab, alqab, hajv qildi, jonini omon saqlab, yana mukofotlar olib yashayverdi, yozaverdi.
Buni faqat aqli sog‘lom, tafakkuri teran, zakiy insonlargina anglab yetolganlar, ammo u sirni ma‘lum sabablarga ko‘ra oshkor etolmaganlar.G‘afur G‘ulom parodiyaning ustasi, hajvning qiroli edi.


Uning barcha nasriy asarlari hajv bilan sug‘orilgan. Ayniqsa "Shum bola" povesti bu borada taxsinga loyiq. G‘afur G‘ulom "Shum bola" asarida o‘quvchisini kuldirib qotirsada, o‘sha zamonda g‘oyat ustalik bilan jafokash O‘zbek xalqining dardu hasratini, qayg‘u alamlarini kuyladi, el - ulusning og‘ir hayotini tasvirga keltirib, zolimlar zulmi ostida ingrayotgan xalqqa asar ko‘zgusini tutib o‘zligini o‘ziga ko‘rsatishga harakat qildi.
Lekin u zamonlar avom xalq ko‘ziga Materialistik mil tortilgan bo‘lib, daxriy raiyyat ochiq ko‘r edi, so‘qir edi. Vaholanki, G‘afur G‘ulomning asarlari hozir ham o‘z aktualligini yo‘qotgan emas.
"Shum bola " asarida O‘g‘ri bir bechoraning hamyoniga o‘zining narsalarini solib qo‘yib uni o‘g‘ri qiladi. Jandarm kelib yigitni tutadida, undan nega birovning hamyonini o‘g‘irlading? - deya so‘raydi. U men olganim yo‘q deya tuxmatchi dastidan fig‘oni falakka chiqadi. O‘g‘ri bo‘lsa tomoshabin odamlar orasida turgan Shum bola va uning do‘sti Omonni yoniga olib: - Mana mening guvoxlarim! - deya jandarmni aldaydi. Jandarm o‘g‘rining bergan og‘zaki ko‘rsatmasi bo‘yicha ayblanuvchining hamyonini olib tekshirib o‘g‘riga beradi. Keyin tuxmatga qolgan bechora yigitni qamab qo‘yadi.
O‘g‘ri o‘z shaykasi bilan bo‘zaxo‘rlik qilib o‘tirsa, qayoqdandir bir bachchaboz mulla kelib qoladida, shayka  a‘zolari domlaga ham bir kosa bo‘za uzatishadi. Domla Yo‘ - yo‘ - deb ichmayotganini ko‘rgan o‘g‘riboshi: "Ich!" deb o‘shqirgach, domla bo‘zani oq urib, kosani bo‘shatadi.
Yaxshilab  e‘tibor bering, axir bu begunox insonlar cho‘ntagiga nasha , varaqa tiqib tuxmat bilan 15 - 20 yilga qamatib yuborayotgan ablax tuxmatchilar, Xudodan emas, zolim xukmdorchadan, diktatordan qo‘rqib zulmni yoqlayotgan, jallodni oqlayotgan soxta mullalar, hamda to‘g‘rilar azob chekib, o‘g‘rilar mayishat qilayotgan zamonamizning bo‘rtdirib ishlangan (Sovremennoye trexmernoye izobrajeniye) uch o‘lchamli rangli fotosurati emasmi?
Shum bola boydan o‘ch olish uchun o‘choqqa kerosin shishani ko‘mib portlatib yuborganda Girmon to‘g‘risida suhbatlashayotgan kimsalarning kapalagi uchib: - Ana, siyosat haqida gaplashmaylik degandima! - deya yurak hovuchlashi bugungi qo‘rquv ichra siyosat to‘g‘risida pichirlab, ba‘zilari imo - ishora bilan gapirish darajasiga tushirilgan xalqimizga o‘xshamaydimi?
Shum bolani va unga o‘xshagan kambag‘allarni eshakday ishlatib, xizmat xaqiga qurt tushgan olma berishichi?
Bu epizod yil o‘n ikki oy boshidan oftob o‘tib, suv kechib, chang yutib ishlab, bebaho oq oltin yetishtirgan xalqqa xizmat haqqing deya qurtlagan makaron va bir baklajkadan paxta moyi berguvchi zolim xukumatning o‘zginasiku.
Bechora Qoravoy ming azobu uqubatlarni boshidan kechirib, uyiga yalang oyoq, quruq qo‘l bilan qaytib kelganda uning yo‘llariga ko‘z tikkan kasalmand onasi o‘lib qolgan bo‘ladi. Yetim qolgan opa o‘z ukasini ko‘rib "Qoravooooy!" deya baqiradi. Qoravoy opasi tomon yugirib uning bag‘riga o‘zini otadi. Qoravoyning opasi onalarining olamdan o‘tganini aytgach, ikkalasi rosa yig‘laydilar.
Bu ko‘rinish Rossiya, Qozog‘istonga ketib eshakdek ishlab, uyiga quruq qo‘l bilan qaytayotgan mardikor Vatandoshlarimizni, qoravoy ukalarimizni, akalarimizni eslatmayaptimi sizga?
Eng  baxsli  muammoga  aylangan  G‘afur G‘ulomning e‘tiqodi haqida esa men bir narsa deyolmayman. Negaki, e‘tiqod har bandaning o‘z shaxsiy ishi. Biz hech kimni manabu dinda kirasan – deya majburlay olmaymiz. Majburan, qo‘rquv ostida qabul qilingan e‘tiqod esa  haqiqiy e‘tiqod bo‘lolmaydi. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz Janobi Rasululloh Sollolloxu Alayhi Vasallam “La ikroxa fiddini” deganlar. Bu so‘zlarning ma‘nosi, Dinda, ya‘ni Dini Islomda majburlash yo‘q deganidir.
Biz musulmonlar payg‘ambarimiz sunnatlariga amal qilib, o‘z fe‘limiz, hushxulqligimiz, insoniyatga mehribonligimiz bilan Islom Dini yaxshi din ekanligini amalda isbotlasak, o‘ylaymanki, har - xil da‘vatlarga ham extiyoj qolmaydi.
Ya‘ni, odamlar yaxshilik nurini, shu‘lasini ko‘rsa, millatidan, irqidan qat‘iy nazar, o‘sha yaxshilik gulxaniga talpinaveradilar.
Ha, atoqli O‘zbek yozuvchisi va shoiri G‘afur G‘ulom chindan ham buyuk tarixiy shaxs. Xalq dardini, qayg‘u hasratlarini kuylab, haq gaplarni yozib ketgan ustozimiz G‘afur G‘ulomning gunoxlarini Yaratganning o‘zi kechirib, rahmatiga musharraf qilsin.
Shariat  prizmasidan  qaralsa, G‘afur Xudoi  Taoloning ismi sifotlaridan biri bo‘lib, mag‘firat qilguvchi, ya‘ni kechirguvchi degan ma‘noni beradi.
G‘ulom esa aksincha, qul deganidir.
Tilagimiz, G‘afur o‘z G‘ulomini mag‘firat etsin, omin.




20/04/2010
Tungi soat 11 dan 55 daqiqa o‘tdi.
Toronto shahri, Kanada.




O‘zbek  kinochiligining  ayanchli  ahvoli  to‘g‘risida




Ayni  kunlar "Ozodlik"  va  "Bibisi"  radiolari    saytida bugungi  o‘zbek  kinosining  ayanchli ahvoli  haqidagi  maqolalar e‘lon qilindi. Maqolani o‘qib, ha  endi  shunaqa  ekanda, deb  ketaverish  ham  mumkin  edi.Ammo  O‘zbekistonda  tug‘ilgan  va  bu  Mamalakatning taqdiriga  befarq  qaray  olmaydigan  bir o‘zbek  ijodkori  sifatida maqolaga  munosabat   bildirgim  keldi.Chunki,  kino  yosh  avlodni  o‘z  Vataniga  mehr - muhabbat,  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalaydigan  eng  muhim soha  bo‘libgina  qolmay, xalqaro  maydonda  bugungi  xalqimizning ma‘naviy  tafakkurini,  ongini,  zexniyati  darajasini,  qiyofasini   belgilaydigan  o‘ta  muhim  va  jiddiy  san‘at  turidir.Iste‘dodli  o‘zbek  yozuvchisi  Hayriddin  Sultonovning bugungi  o‘zbek  kinosi  taqdiri  haqida  qayg‘urib, soliq  to‘lovchilar, ya‘ni  xalqimizning  peshona  teri  puli  va  mehnati  evaziga  tashkil etiladigan  davlat  byudjetidan kinochiligimiz  rivoji  uchun  ajratiladigan  ulkan  mablag‘lar  maza - matrasiz filümlarni   suratga  olish  bahonasi  bilan  talon - taroj  qilinayotgani haqida  gapirgan  gaplari  qo‘llab  quvvatlamoqqa  loyiq.   Ammo,  uning qishloq  joylari,  molxonalarni  suratga  olmaslik  kerak  degan  fikriga  qo‘shilmayman.Negaki,  kino  xuddi  ko‘zgu  kabi  o‘zida  mavjud  hayotni  barcha  muammolari  bilan, qanday  bo‘lsa  shundayligicha  aks  etdirsagina,   hayotiylik  kasb etadi,  o‘z  vazifasini  ado etgan  bo‘ladi. Qishloq  manzaralari  va  molxonalarni  suratga  olinmasin deyish  O‘zbekistondagi  mavjud  muammolarni  yashirishga  undovchi  qattol  diktaturaning  navbatdagi  tsenzurasi,  dag‘dag‘asidir.Maqolada  O‘zbekiston  Xalq  Artisti  Bahodir  Yo‘ldoshevning "O‘zbekistonda  suratga  olingan  50  ta  filümdan  3  tasigina  yaroqli"  degan  gaplariga  to‘la  qo‘shilaman. Bu  qattiq,  ayovsiz  so‘zlarim  uchun  mehnatkash,  zaxmatkash,  halol  o‘zbek  kinochilari,  Andrey  Tarkovskiy  kabi  fidoiy va  iste‘dodi  yoniq  rejisyorlarimiz,  muxtaram  akterlarimiz  meni  kechirsinlar. Vaholanki,  ayb  oyoq - qo‘li  bog‘lab  tashlangan rejisyorlarimizu  iste‘dodli  akterlarimizda  emas. Ayb  ularni  bemalol  ishlashlariga  qo‘ymayotgan  diktatorlik  tuzumida,  tsenzura  asosiga  qurilgan,  chirib,  irib,  bijg‘ib  ketgan  biqiq   tizimning  oqova   kanalizatsiyasida.Bunday  haqiqatni  vatan  ichkarisidagi  oyoq  -qo‘llari  tsenzuraning  ko‘rinmas  kishanlari  bilan  kishanlab  tashlangan  sho‘rlik  yozuvchi  shoirlarimiz  aytolmaydilar  va yozolmaydilar.Ya‘ni  jamiyatimizdagi  bu  qatag‘on  siyosat  haqidagi  achchiq  haqiqatni    men  yozmasam,  kim  yozadi? Bugungi  o‘zbek  kinochilari qaynona - kelin,  qo‘ydi  -chiqdi, oq xalat  kiygan  do‘xtirlar  kabi  mavzularda  kino  ishlashga  majbur.To‘g‘ri  xalqimizni oilaviy ahillikka, insofu  diyonatga  chorlaguvchi  nasihatlar  ham  kerak. Ammo  bizning  kinochilarimiz  ham  qonun  doirasidan  chiqmagan  holda, ilg‘or,  mutaraqqiy  Yevropa  va  G‘arb  mamlakatlaridagi  kabi  kinoindustriya  bunyod  etib, kinochilikda  SAN‘AT  ASARLARI  yaratsalar,  unday  filümlarning  ta‘sir  kuchi  ham  yuksaladi.Eng  muhimi,  O‘zbek  kinochiligi   davlat g‘aznasiga  zarar  yetkazmay, o‘zini  o‘zi  mablag‘  bilan  qoplaydigan  qudratli,  yirik,  mustaqil    sanoat  sohasiga  aylanadi. Buning  uchun  bugungi  o‘zbek  kinochiligi  "Bollivud"ga  qarab  emas,  "GALLIVUD"ga  qarab,  o‘z  yo‘nalishini  belgilamog‘i  kerak.





9 aprelü, 2013  yil.
Kunduz  soat 10  dan  9  daqiqa  o‘tdi.
Kembridj  shahri,  Kanada.






000...! ...!...!




Galileylarni   so‘kmaylik!




Yevropada  Xristianlik  fanatizmi  avj  olgan  jaholat  zamonlarida   dunyoviy  ilmga  intilganlarni,  ayniqsa  munajjim - astranom  olimlarni  omma  oldida  qatl  qilish  avjiga  chiqdi.Jordano  Brunoni  osiylikda  ayblab  "Er  yumaloq  va  u  aylanadi"  degan  qat‘iy  fikri  uchun  sharmsorlik  ustuniga  parchinladilarda,  tiriklay  yoqib  yubordilar.  Yoqib  yuborishlaridan  avval  unga  so‘ngi  so‘z  aytish  xuquqini  berib: Munajjim,  Jordano,  agar  sen  Yer  aylanmaydi   deya  o‘z  fikringdan  qaytsang seni  qatl  qilmaymiz - deyishgan.  Shunda  qaysar  Jordano  Bruno  o‘z  g‘oyasiga  sodiq  qolib: "Men  yer  aylanmaydi  deganim  bilan  Yer  aylanaveradida"  deya  javob  bergan. Bu  gapdan  g‘azablangan  juxalo  gulhanga  fonar  yog‘i  quyib,  o‘t  tortib  yuborgani  tarixlarga  yozib  qo‘yilgan.Yulduzlarga  termulib  to‘ymagan,  fazoviy  kengliklarni  sevgan  olimning  ozod  ruhi  koinotga  ravona  bo‘ladi. Cherkov  a‘yonlari  shodlanib  sevinadilar.  Vaholanki,  Yer  Jordano  Bruno  ta‘kidlaganiday  rostdan  ham  yumaloq  ekan  va  u  o‘z  o‘qi  atrofida  aylanarkan.Endilikda  bu    haqiqatni    aqli  salim  odam   inkor  etmaydi. Balki  "Injil" da  Yer  yassi,  lappak  deyilgandir. Agar  unday  deyilmagan  bo‘lsa,  hurmatli  Xristianlar  meni  ma‘zur  tutsinlar. Men  bir  dinni  ikkinchi  dindan  ustun  qo‘yib,  kamsitish  fikridan   yiroqman. Lekin  har  gal  ko‘zim  tushganda  "Qur‘oni  Karim"dagi  "Yosin"  surasining  39  oyatida  ming  yillar  avval  koinot,   sayyoralar  haqida  aytilgan   quyidagi  hikmat  hayratimni ortdiradi. Negaki,  u  paytlari  hali  Kopernik  ham,  Galiloye  Galiley  ham,  Jordano  Bruno  ham   dunyoga  kelmagan  edida.

Bismilloxu  rahmonu  rahim.

“Lashshamsu  yanbag‘ilaha an  tudrikal  Qomara  va lallaylu  sabiqun  nahari  va  kulli  fi  falaki  yasbaxuvn”

Men  mulla,  yoki  mufassir   emasman. Lekin  bu  insonni  hayratga  solguvchi  oyatni  o‘zimcha  tarjima  qildim  va  tarjimamda  xato  bo‘lsa,  Xudo  meni    kechirsin.

Na  quyosh  oyga  yeta  oladi,  na  oy  quyoshga. Ularning  barchasi  tunu  kun  falakda  suzib  yuradilar.

Qarang,  "Qur‘oni  Karim"  Quyosh  va  Oyni  falakda  suzib  yuradi  deb  ming  yillar  avval  insoniyatga  habar  bermoqda. "Va  kulli"  degan  so‘zga  diqqatingizni  qarating. Kulli ,  ya‘ni  ularning  hammasi  deya  falakda  suzib  yurguvchi  ko‘p  narsalarga  ishora  qilinmoqda. Bu  yerda  miqdor  yo‘q. Demak,  bu  ishora  son - sanoqsiz  sayyoralarga,  gallaktikaga,  kvazagallaktika  tumanliklariga  ishoradir.

Shundan  kelib  chiqiladigan  bo‘lsa,  bechora  Jordano  Bruno  ham  o‘zi  bilmagan  holda  "Qur‘oni  Karim"  oyatiga  hamohang  amalni  qilib,  zolim  fanatlarning  daxshatli  gulhanida  tiriklay  yonib  ketgan  ekan. Xudo  rahmat  qilsin  boyaqishni.
Endi  o‘sha  jaholat  zamonlarida  Jordano  Brunoning  qismati  boshiga  tushgan  yana  bir  yirik  olim   Galiloye  Galiley  haqida  to‘xtalsak. Galiley  ham  yerni   yumaloq,  va  u  aylanadi  degani  uchun   uni  qatl  qilishmoqchi  bo‘ladi  hamda  so‘ngi  so‘z  berib   fikridan  qaytishi  so‘raladi. Shunda  Galiley  o‘z  fikridan  qaytadi  va  omma  oldida   "Er  aylanmaydi"  deydi. U  ozod  qilinadi.  Lekin  qator  shogirdlari  Galileydan  yuz  o‘girib,  qo‘rqoqligi  uchun  uning  yuziga  tuflab  ketishadi. Galiley  rosa  yig‘laydi. Uning  bitta  Gans  degan  shogirdigina  tashlab  ketmaydi. Galiley  yashirin   bo‘lsada astranomik  tadqiqodlarini  yanada  jadalroq  davom  etdiradi.  U  ilmiy  tadqiqodlari,  yaratgan  formulalari  bitilgan varaqlarni  kattakon  globus  ichiga  otaveradi. Yillar  o‘tib  qartaygan  olim   ko‘r  bo‘lib  qoladi. Quvvatsizlanib  qolgan  ko‘r  olim  sadoqatli  shogirdi  Gansni  chaqirib,  qo‘li  bilan  uning  yuzlarini  paypaslab: - Gans,  rahmat  senga. Barcha  shogirdlarim  meni  tashlab  ketishdi.  Lekin  sen  ketmading. Nazarimda  mening  ham  qazom  yaqinday. Sen  Gans,  anavi  globusni  ag‘dar. Globus  ichida  mening  ilmiy  tadqiqodlarim   bor. Men  o‘lib  ketsam,  sen  qo‘lyozmalarni  saqlab,  kitobat  qil.  Kelajak  avlodlarga  asqotib  qolsa  ajab  emas - deydi. Gans  yig‘lab - yig‘lab  globusni  ag‘daradi  va  ustozining  qimmatli  qo‘lyozmalarini  tartib  bilan  dastalarkan: - Ustoz,  o‘shanda  siz  "Er  aylanadi"  deya  turib  olganingizda  sizni   qatl  etishardi  va  bu  qo‘lyozmalar  yozilmagan  bo‘lardi. Siz  to‘g‘ri  yo‘l  tutdingiz - deydi. Gans  ustozining  bu  taktikasi  haqida  boshqa  shogirdlarga  aytgach,  ular  ham  kelib,  Galileyning  qo‘llarini  o‘pib,     ko‘zlariga  surtib,  tiz  cho‘kib yig‘laydilar  va   kechirim  so‘raydilar. Galiley  ularni  kechiradi,  hamda   shogirdlari  davrasida  joni  uziladi.
Qissadan  xissa,  biz  ham  G‘afur  G‘ulom,  Hamid  Olimjon,  Uyg‘un, Turob  To‘la, Abdulla  Oripov,  Erkin  Vohidov, O‘tkir Hoshimov, Odil Yoqubov, Shukrillo, Xudoyberdi  To‘xtaboyev, Toxir  Malik, Anvar  Obidjon, Muhammad  Ali,To‘lan  Nizom, Murod  Muhammad  Do‘st, Hayriddin  Sultonov, Olim  Otaxonov, Xurshid  Do‘stmuhammad, Halima  Ahmedova,  Xalima  Xudoyberdiyeva, Usmon  Azim, Xurshid  Davron,  Yahyo Tog‘a, Ikrom Otamurodov, Abduvali  Qutbiddin, Nazar Eshonqul, Fahriyor,Abdulkarim Bahriddin(Karim Bahriyev),Iqbol  Mirzo, G‘ulom  Mirzo, Shoim  Bo‘tayev, Eshqobil  Shukur, Abulqosim  Mamarasulov, Shodiqul  Hamro, Rahimjon Rahmat, Isajon Sulton, Ulug‘bek Hamdam, Minhojiddin  Mirzo,va  boshqa ko‘plab  taniqli  shoir  yozuvchilarimizni -  o‘zbek  Galileylarini  to‘g‘ri  tushinishimiz  kerakday  mening  nazarimda.
Axir  ular  Karimovga  qarata: - Sen  diktatorsan! - degani  bilan  Karimov  diktator  bo‘lmay  qolarmidi?  Qaytaga  o‘sha, murakkab o‘tish  davrida  ularni  ham  turli  ayblovlar  bilan  qamab,  Xalq  dushmani  deya  vatandan badarg‘a  qilishi  mumkin edi.
Lekin Amerika -O‘zbekiston  aloqalari yaxshilana borayotgan  shu  kunlarda O‘zbekiston Prezidenti  Islom Karimov ham o‘z siyosatini sezilarli darajada  yumshatib, mamalakatimizda  jamiyatni  demokratlashtirayotgani  kuzatilmoqda.
Agar  ishlar  shu  yo‘sinda  olib  borilsa, O‘zbekiston tez  orada  ozod  demokratik  mamlakatga aylanishi  ham  mumkin.





18/03/2010.
Toronto  shahri,  Kanada.




Asar  ko‘zgusida  tarix  aks  etar




Asarlar sehrli ko‘zgu - afsonaviy  Jahonoyna kabi bizga asrlar  xronikasini namoyish qiladilar.
Hazrati Alisher Navoiyning:


Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading,
Yo yuzinga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach.


Deya yozgan misralarini tahlil qilishga harakat qilamiz.
Yuqoridagi baytlari  bilan Alisher  Navoiy  o‘sha olis zamonlarning jallodlari odamlarni qay yo‘sinda qatl etganini, jallod yuzlariga qurbonning qoni sachrashi kabi  mash‘um manzaralar  vositasida qilich  bilan  omma  ko‘zi  o‘ngida amalga oshirilgan qatl  saxnasini avlodlarga yetkazadi.
Shoir  yorining g‘amzalar  qilichi bilan boshini tanasidan judo qilganda ul go‘zalning yuzlariga maqtul oshiq, ya‘ni o‘zining qoni sachragani va shu sabab ma‘shuqaning yuzlari gulday qizargan  holatni   ifodalarkan, so‘z  bilan  ishlangan  mahobatli polotnoni tamosha qilayotgan odamday g‘azal qarshisida hayratdan bir laxza qotib qolasiz.
Navoiy bu go‘zal qatlning azoblari rohat ekaniga ishora qilib, mutlaq, mangu jannatga hukm qilingan shuhado kabi sevinadi.
Shu o‘rinda qatl so‘zining ko‘pligi “Qutul” ekanini muxtaram o‘quvchi bizdanda  yaxshiroq  bilsa kerak."Qatl" va "Qutul" so‘zlari o‘zakdosh bo‘libgina qolmay, balki  bu so‘zlarning iste‘moldagi “Qutilish”, ya‘ni   “Halos bo‘lish” tushunchasiga  ham daxldordir.

Endi keyingi baytni qarang. U baytni o‘qir ekanmiz, qadimda bir o‘lkani bosib olgan xukmdor o‘sha o‘lkani xarob qilgani ham ozday, yerlarini omochda shudgorlatib, urug‘ ekkani to‘g‘risidagi faktlarni bilib olamiz. G‘azal misralarining qatlamlarida qadimgi zamonlarning suratlari dinozavr suyaklari kabi diqqatimizni tortadi. Ayni paytda Alisher Navoiy yorning nozu istig‘nolari, sog‘inchli qiynoqlari xunrez hanjar va nayzalar kabi obod ko‘nglini xarobaga aylantirgani, hijron omochlarida shudgor qilib, urug‘ ekib, yana u ekinlarni yashnatish uchun sug‘orayotganidan hayratlanadi.


Tiyg‘ ila paykonlaring yetdi, ko‘ngil bo‘lgach xarob,
Suv quyib tuxm ekding ul kishvarni vayron aylagach.


Navbatdagi misralarga nazar tashlang.


Qon emaskim yopdi gulgun xulla jannat xozini,
Iishq maqtulin qatl aylarda uryon aylagach.

Qatl etilgan maqtulning avval uryon, ya‘ni yalong‘ochlantirilib so‘ng qatl etishdek mash‘um  manzarani so‘zlar yelkalari  yag‘ir  hammollar  kabi asrlardan asrga olib o‘tar ekanlar, shoir maqtul qonini uning tanasi ustiga yopilgan hullaga, Jannatda hurlari kiyib yurguvchi harir matoga o‘xshatadi. Demak, avval maqtulning kiyimlari yechilib, keyin uning ustiga maxsus mato yopilgan va shundan so‘ng u qatl etilgani, qatldan so‘ng maqtul ustiga yopilgan matoning  hurlar kiyadigan harir mato - xulladay qizarishi  ko‘z oldimizga keladi.
Yana bir misolni Devonai Mashrabdan keltirish mumkin. Boborahim Mashrab “Yig‘larman” nomli g‘azalida :


Alololar etib butxona yig‘larman


– deya yozadi.
“Alololar etib” degani Butxonadagi nasroniylarning Xochga chormix qilingan o‘z payg‘ambarlari “Iisus Xristos qayta tirildi” ma‘nosidagi “Alleluya! Alleluya!” deya hayqirishlariga ishoradir. Ya‘ni Mashrab Olloxning ishqida o‘zini yo‘qotib, devona bo‘lib, hatto o‘z dinini ham unitib, aqldan  ozib, murtad bo‘lib, elning ta‘nayu malomatlariga uchragani haqida zorlanmoqda. Bu misradagi so‘zlar qadimgi ota – buvalarimiz ham boshqa diniy urf – odatlarni, udumlarni juda yaxshi bilishgani haqida, va o‘sha zamonlarda ham diniy bag‘rikenglik bo‘lganidan darak beradi.Bunday misollarni istagancha keltirish mumkin deya o‘ylayman. So‘zlar ham arxiologik qazuv chog‘ida topilgan ko‘xna buyumlar kabi tarixlardan so‘ylaydi, ular moziyning xilvat hazinalarini oy kabi yoritadilar.
Endi yana Hazrati Alisher Navoiyga qaytamiz. Hazrat o‘zining “Topmadim” radifli g‘azalidagi misrada:


Bir kamon abro‘da tuzlukdin nishone topmadim


- deya yozadi. Bu qarama - qarshi ma‘noli so‘zlar o‘yinidan iborat misra Aruz vaznidagi "Tazod", ya‘ni zidlash san‘atining go‘zal namunasidir. Shoir tazod san‘atini qo‘llarkan, kamon abro‘, ya‘ni egma qosh egriligini tuz, ya‘ni to‘g‘rilikka zidlaydi, egma qosh, olifta ayollarda tuzlikdin - to‘g‘rilikdan hatto nishona ham topmadim – deydi. Shu ma‘noda sohibqiron bobomiz Amir Temur hazratlarining kitobiga "Temur tuzuklari" deya nom berilishi ham mazkur kitob tuzlikka, ya‘ni to‘g‘rilikka yetaklaydigan qo‘llanma ekaniga ishoradir. Endi, zakiy o‘quvchilarda : "To‘g‘ri" ma‘nosini anglatguvchi so‘zning biz iste‘mol qilguvchi ne‘mat bo‘lmish tuzga nima aloqasi bor?" degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu o‘rinda "Tuz" so‘zi ovqat ta‘mini to‘g‘rilovchi mazmunida iste‘mol qilinadi. O‘zbeklar bolasiga ba‘zan: - Qilig‘ingni tuzat! - deb qo‘yadiki, bu ham qilig‘ingni to‘g‘rila, ya‘ni fe‘lingni tuzat deganidir.
"Tuzliq" so‘zi bilan "Tuzluk" so‘zlari ma‘no jixatidan farqli bo‘lsalarda, yaxshilikka yomonlik bilan javob qaytarguvchi kimsaning tuz saqlanadigan qutiga tuflashi, to‘g‘rilikka tuflash ma‘nosida uyg‘undir.
To‘g‘rilik esa tuz kabi zarur va muqaddas tushuncha. Tuzatish - to‘g‘rilash mazmunini bildirsa, "Tuzum" so‘zi to‘g‘ri siyosat olib borguvchi tizim, ya‘ni sistema ma‘nosiga ega.
Agar tuzum tuz bo‘lsa, ya‘ni to‘g‘ri bo‘lsa yaxshi.
Bordiyu tuz bo‘lmasa unday tuzumlarni tuzatadilar.
Tuzatmay turib tuzatmoq kerak.

Ha, so‘zlar vaqtning oydin sahrolari aro zalvorli yukdan tuyalari bo‘kirib borayotgan vazmin karvonlardir.




11/08/2010.
Kunduz soat 4 dan 55 daqiqa o‘tdi.
Toronto shahri, Kanada.






Halol mulkka ofat yetmaydi!





Inson mulkiga yetgan ofatni avvalo, o‘zi qachonlardir bilib – bilmay qilgan qaysidir gunoxlari uchun Xudoi Taoloning yuborgan jazosi deb bilmog‘i kerak. Chunki olamda sodir bo‘ladigan barcha hikmatlarning egasi yolg‘iz XUDOdir.

Bu borada O‘zbekiston Halq Hofizi Sherali Jo‘rayevning bir paytlar amalga oshirgan ishi ibratlanarli.

Sherali Jo‘rayev Asakada yashab yurgan yillari xashamatli uy qurganlar. Uy ichidagi jixozlar uyning o‘zidan ham qimmatli bo‘lgan va ittifoqo bir kuni o‘sha uyga o‘t ilashib, yona boshlagan.

Qiy – chuv, to‘s – to‘palonda odamlar o‘t o‘chiruvchilar komandasini chaqirib, ichkarida yonayotgan qimmatbaho jixozlarni tashqariga olib chiqa boshlaganlar. Shunda Sherali Jo‘rayev yetib kelib, hammani hayratda qo‘yganicha, jixozlarni tashib olib chiqayotganlarni to‘xtatganlar.

Nafaqat to‘xtatganlar, balki, barcha olib chiqilgan qimmatbaho jixozlarni qaytarib olib kirib, olovga tashlashni buyurgan va shunday qilingan.

Sherali Jo‘rayev shuningdek, yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilarni ham to‘xtatib: - Tegmalaring! Uy bor jixozlari bilan yonib ketsin! Chunki bu uy Olloxning hikmati bilan yonmoqda! Men qachondir, qayerdadir noto‘g‘ri harkat qilgan bo‘lsam kerak. Men bu yong‘inni bilib – bilmay qilgan gunoxlarim uchun Ollox tamonidan yuborilgan jazo deya qabul qildim! Men bu ofatga Xudo uchun roziman! – degan ekanlar.

Shundan keyin Sherali Jo‘rayevga Xudo avvalgidan ham ko‘p fayzu barokotlar, hurmat – martabalar ato qilib, Toshketga undan ham xashamatliroq uy qurganlari hatto u isonni Xudoi Taolo KA‘BAga kirishga musharraf qilgani afsona yo ertak emas.

Shu joyda bir nozik nuqtani ko‘zdan qochirmasligimiz kerakkim, banogox, maqolamizni o‘qib peshonasi tirishayotgan kimsalar: -Hurmatli Vulqonboy, sizning falsafangiz bo‘yicha, yurtda urush bo‘lsa, urushni to‘xtatma! Xalq bitta qolmay qirilib, shaharlar dala – dashtga aylansin! Bu Xudoning hikmati bilan bo‘lmag‘da! Biz qachonlardir, qaylardadir, nimalarnidir noto‘g‘ri qilganmiz va bu urushni Xudoning bizga bergan jazosi deya qabul qilamiz! – deyishimiz kerakmi?! - deyishlari ham hech gap emas.

Biz undaylarga shunday javob beramiz: - Urushlar ham aslida noodil, chalasavod hukmdorlar qilgan og‘ir gunoxlar, ya‘ni zulmlar, og‘ir siyosiy xatolar oqibatida HAQning yuborgan jazosi o‘laroq maydonga keladi va yurtimiz u yerda yashayotgan barcha xalqlarning umumiy uyidir. Yurtimizni o‘sha ofat tekkan uy yongani kabi yonmasligi uchun, isyonlar qo‘zg‘alonlarga, qo‘zg‘alonlar esa fuqarolar urushiga, dalalarimiz jangoxu ko‘knorizorlarga do‘nmasligi, Vatanimiz qurol bozoriga aylanmasligi,Xalqimiz qirilmasligi uchun Hukmdorlar yong‘indan avvalroq eslarini yig‘ishlari, zulmning har qanday ko‘rinishini to‘xtatishlari, muxolif fikrli insonlarning asosli tanqidlariga toqat qilib, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, fikru faoliyatlarini tubdan o‘zgartirishlari, muxolif fikrlilar bilan ham murosa qilishlari kerak. Aks holda, kech bo‘ladi.

Aksariyat odamlar mulki musodara bo‘lib ketsa, moliga ofat yetsa Xudoni unutib, bu ish uchun kimlarnidir ayblab, tom – tom hujjat yig‘ib, advokatlar yollab, sudlashib, yoqalashib, mulkchilikning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasligiga asosiy aybdor yakkahokim chiriyotgan baliq boshiga zimdan paxta qo‘yib, xushomadlar aylab, u ishga aloqasi bo‘lmagan halol odamlarni shantajlab, ularga tuxmatlar qilib, odamlarning kulgisini qistaydilar.

Yana bir toifalari faqat mulki musodara qilingachgina, o‘sha mulkini qaytarib olish maqsadida siyosat ko‘chasiga kiradilar. Bu toifa odamlar o‘zi uchungina o‘lishga tayyor oddiy bir alamzada kimsalardir.

Unday odamlar yuragida haqiqiy ma‘noda Xalq, Vatan qayg‘usi bo‘lmaydi. Ular o‘zlarini xalqparvar qilib ko‘rsatsalarda, har doim kursi, oltin konlari, g‘azna, maishat to‘g‘risida limonli qand choy kabi shirin o‘ylarga tolaveradilar va ularning ishi yurishmaydi. Sababi undaylarning qalbida, shuurida chayonday o‘rmalayotgan makkor fikrlarni Xudo ko‘rib - bilib turibdi.

O‘zini mazlum sanayotgan odamning mulkini esa, hech kim, hech qachon nohaq tortib olishga jur‘at etolmaydi, agarki, mulki musodara qilinishiga asos bo‘ladigan biror sabab bo‘lmasa.

Haqiqiy siyosatchining yuragida o‘z mulkiga emas, Xalqqa, Vatanga nisbatan chin ma‘nodagi o‘tli muhabbat bo‘ladi. Ana o‘shanday siyosatchilargina Xalq manfaatlarini o‘z manfaatlaridan ustun qo‘ya oladilar. Xalq anashunday farzandlarigagina ishonmog‘i va ulargagina ergashmog‘i kerak.

Rossiya Federatsiyasining prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin uzoq yillar sabr – qanoat bilan ishlab, manfaat ketidan quvmay, hatto polkovnik darajasiga ko‘tarilib, ilk bor RF prezidentligiga nomzodi qo‘yilgan, ertasiga prezident bo‘ladigan paytlarda ham tomidan chakka o‘tadigan uyda bola – chaqasi bilan yashab yurgan edi.

Halollik uni aziz qildi.

Men siyosatchi odam mulk qilmasligi kerak demoqchi emasman. Mulk albatta bo‘lishi kerak. Ammo u mulk zo‘ravonlik, o‘g‘rilik, qilvirlik, muttaxamlik, Xalq rizqini qiyish evaziga emas, peshona teri, halol yo‘llar bilan topilgan bo‘lmog‘i zarur.U dexqon fermerchilikda bo‘ladimi, chorva fermerligidami yoki deylik savdo ishlab chiqarish firmasida bo‘ladimi, topilgan daromad ortida, firibgarlik, hujjatlarni soxtalashtirish, yolg‘onchilik, zo‘ravonlik, bosqinchilik, qabilachilik, mahalliychilik kabi illatlar yotmasligi kerak.

Bir narsani hech qachon esdan chiqarmasligimiz kerak. Agar mulk halol bo‘lsa, u mulkka hech qachon ofat yetmaydi.

Hech qachon!

Huddi yaxshi, to‘g‘ri odamga hatto qonxo‘r, kallakesarlar orasida ham yomonlik yetmagani kabi.

Dono Xalqimizda “Qars ikki qo‘ldan” degan maqol bor. Mulkidan mosuvo bo‘lgan odam o‘zini ham bir qator taftish qilsa, musodara sababi xuddi suvga bosim bilan cho‘ktirilgan koptok suv yuzasiga qalqib chiqanday ayon bo‘ladi qoladi.
Albatta bu yozgan gaplarimiz sirkasi suv ko‘tarmaydigan, tanqidga toqatsiz, kek saqlaydigan, jizzaki odamlar uchun emas, balki buning aksi o‘laroq, dori kabi badxo‘r, ammo foydali tanqiddan to‘g‘ri hulosa chiqarib, o‘z kamchiliklarini qisman bo‘lsada tan olib, fikru faoliyatini to‘g‘rilab oladigan mardu maydon insonlar uchundir.


Maqola oxirida adolatli shoh va lirik shoir Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning mashhur bir ruboiysini eslamoq o‘rinli:



Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir.
Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidir!






15 aprelü, 2012 yil.
Kech soat 7 dan 7 minut o‘tdi.
Toronto shahri, Kanada.




Shuhrat  Ahmadjonovga





Assalomu alaykum, qadrli  Shuxrat  aka.Avvalo, dadamning  vafotlari  munosabati bilan  bildirgan  ta‘ziyangiz  va duolaringiz  uchun  katta  rahmat. Menga  yetib kelgan maqolangizda bir  paytlar  o‘zingizning iltimosingizga  binoan yuborilgan  insonparvarlik yordamini  qaytarmoqchi ekaningizni  bildirib,   u  pullarni vatan  ichkarisidagi  moliyaviy ko‘makka  muxtoj  ijodkorlarga  jo‘natishimni  so‘rabsiz, hamda mening moliyaviy ahvolimning  yaxshiligini  ham e‘tirof  etganday bo‘libsiz.
Xudoga shukr, moliyaviy  ahvolimdan  nolimayman. Noshukrlik yomon. Tuz  bergan  odamning  tuzdoniga  tuflab  ketguvchi  noshukrlargina  o‘zlariga  yetgan  yaxshilikni  tez  unutadilar. Kezi  kelganda  aytish  kerakki, siz   yaxshilikni  sira  unutmaydigan insonlar  sirasidansiz. Qarang,  yuborilgan  moliyaviy  yordamdan  Xudoning  yo‘lida  kechdim, roziman  desam  ham  unamay, yana  o‘sha  pulni  qaytarishga  harakat  qilayapsiz.  Qandaydir  amirkoni  gazetani uyma - uy,  ko‘chama  ko‘cha   tarqatib,  sotib, qishlik -qirovlik  kunlarda  sovuqda izillab,  sovqotib, qaqshab, mashaqqat bilan topgan halol  pullaringizni  boshqalar  bilan  baham  ko‘rmoqchi  bo‘layapsiz. Bu  yaxshi. Siz  nontalab  ham,  shontalab  ham emassiz. Siz  savobtalab  odamsiz.Non  ham  shon  ham  o‘tkinchi va  bu  narsalar eng  kerakli  paytda  asqotmaydi. Ko‘z  ochib  yumguncha  o‘tadigan  bu  muvaqqatlikdan mangulikka,  maxdudlikdan  cheksizlikka    o‘tiladi.U  YoQlarda non  ham  shon  ham  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotadi. Pul,  oltin -kumush, olmoslar  esa, insonning  istagiga  qarshi  bu  yoqda  qoladi.Qazo  qilgan  insonning  qo‘liga pul  tutqazib  qo‘ysangiz,  marhumning  qo‘llari   pullarni  tutolmaydi.Ustoz  Abdulla  Oripov   aytmoqchi,  kafan  jonvorning  cho‘ntagi  yo‘q. U  YoQlarda  pul  o‘rnida  SAVOB, ya‘ni  yaxshilik  moliyaviy  muomalaga  kiradi.Odamlar  mangu  Jannatdan  joyni   dollarga  yo  oltinga  emas,  savob  evaziga  sotib  oladilar. U  yoqlarda  pul,  toju  taxt, zo‘ravonlik,  makr  va nayrang  o‘tmaydi. Siz  manashu  narsani  chuqur  anglab  yetgan  donishmand  odamsiz.
Lekin  men  bir  paytlar  sizga  yuborgan  arzimas  moliyaviy  ko‘makni  qaytarib, meni  SAVOBdan  maxrum  etmoqchi  bo‘layotganingiz yaxshimas.
Bizga  ham  savob  kerak.
Hullas,  o‘sha 250 dollar  pulni o‘zingiz  bilgan muxtoj  odamlarga  jo‘natib  yuboravering.
Lekin  u  pullar  millatchi,  irqchi, ekstremistik  yoki  terroristik  tashkilotlarga  a‘zo  kimsalarning  moliyaviy  dastaklanishiga  sabab  bo‘lmasin.
Mening  ayni  paytda  o‘z  yaqinlarimdan, do‘stlarimdan   bo‘lak  boshqa  odamlar  bilan o‘zaro  pochta  yoki  telefon  aloqam  yo‘q.Har -xil  nokerak  muloqotlar, mazmunsiz,  sayoz  suhbatlar  vaqtimni  o‘g‘irlaydi, ijodga  xalaqit beradi.
Siz  o‘z  maqolangizda   amerikalik  singlimiz  Sarax  Kendzyor tamonidan  ingliz  tiliga  tarjima  qilingan  ustozimiz O‘zbekiston  Qahramoni, el  sevgan  shoir  Erkin  Vohidovning  mashhur "O‘zbegim"  qasidasiga  yozilgan  kamtarin  nazirani  Amerikada chiqadigan ingilzovon gazetada  chop  etilishiga  ruxsat  so‘rabsiz.
To‘g‘risini aytsam,  amerikalik  singlimiz  Sarax  Kendzyor  mening "Olislarda  yongan chiroqlar"  nomli  asarimdan  ayrim  boblarni  inglizchaga juda  yaxshi  tarjima  qilgan  edi. Men  u  singlimizga  tarjima  uchun  tashkkurlar aytib, minnatdorchilik  bildirdim. Sarax  bo‘lsa, "Xoldor  aka, men  siz  yozgan  asarlarni  sevib  o‘qiyman. Ayniqsa  shu  "Olislarda  yongan  chiroqlar"  asaringizni juda  yaxshi  ko‘raman. Menga  qalam  haqi  ham  kerak  emas" degan edi.
Dunyoda  shunaqa  yaxshi  insonlar,  muhlislar, be‘minnat  tarjimonlar  ham  bo‘lar  ekan.
U  tarjimalar  menga  qarashli  saytlarga  joylab  qo‘yilgan.O‘qib  ko‘rishingiz  mumkin.
Ammo,  Sarax  Kendzyor  Erkin  Vohidovning  "O‘zbegim"  qasidasiga yozilgan  nazirani o‘sha  yuksaklikda  tarjima qila  olmaganlar. Albatta  bunda  Sarax  Kendzyorning  sira  aybi  yo‘q. Chunki  u  aruz  qonun - qoidalarini  mukammal  bilganda  ham  ingliz  tilida  so‘zlarni  ichki  musiqa  ohangiga,  bahrga  solish  ancha  mushkul  ish.
Lekin  men  ingliz  tilida  g‘azallar  yozib  ko‘rdim  va  buning  iloji  bor  ekan.O‘zim  ham  hayron  qoldim. Juda  ajoyib  chiqar  ekan.Afsuski  ingliz tilida  g‘azallar yozib,  devon  tuzishga  mening  vaqtim  yo‘q. Hozir  rus  tilida  "Lunnûe polya"  degan  romanni  yozish  bilan  bandman.Bu  romanni  o‘zbek  tilida  yozishga  ham  urinib  ko‘rdim. Ammo  o‘zbek  tilida  yozilgan   variant  o‘zimga  yoqmadi  va  uni  rus  tilida yozishga  qaror  qildim. Chunki,  men  o‘z  ona  tilimda  yaxshi  yoza  olmay  qolibman. Balki  bu  fojiadir. Shu  o‘rinda  o‘zbek  yozuvchilariga,  ayniqsa  o‘sib  kelayotgan  ijodkorlar  avlodiga  shuni  aytamanki,  ular  boshqa  tillarda  asar  yozishga  harakat  qilmasinlar. Aks xolda  men  kabi  o‘z  ona  tillarida,  o‘zlari  istaganlariday  asar  yozolmay  qoladilar.Men  bugun  Temur  Po‘latov  va Chingiz  Aytmatovlar  mubtalo  bo‘lgan  o‘zga  tilda  yozish  dardga  chalindim.Bu  dard  boshqalarga  yuqmasligini  istayman.
Endi  yana  muhammas  tarjimasiga  qaytamiz.
Balki  amerikalik  tarjimon  singlimiz  Sarax  Kendzyor ham so‘zlarni  musiqiy  ohangga,  bahrga  solish  san‘atini  egallagachgina   aruz  vaznidagi  asarlar tarjimasiga   qo‘l  ursalar,  ko‘zlangan maqsadga  yetish  mumkin  bo‘ladi. Shuning  uchun,  Shuxrat  aka,    u  muhammasni  hozircha  amirkoni  gazetda  chop  etishga  shoshilmasligimiz  kerakday.
Men  u  nazirada  xalqimizning  bugungi  og‘ir  moliyaviy  ahvolini, manaviy  tanazzulini ochiq  -oydin aks etdirishga,   va  ta‘sirchan  so‘zlar  bilan zolimlarni  uyaltirishga,  insofga  chaqirishga   harakat  qilganman. Ya‘ni  o‘zimizning  zolimlarni  she‘r  xivichi  bilan  savaladim  halos. Endi bu  narsani  Amirkyada shov - shuv  qilishimiz  shartmikin?
Endi  O‘zbekiston Maxsus  Xizmatlarining  sizga  qilayotgan qandaydir  tazyiqlari to‘g‘risida.
To‘g‘ri,  hammaning  o‘z  haqiqati  bor. Ammo  bunday  o‘ta  jiddiy  tashkilotning  sizga  taz‘yiq  o‘tkazishlariga  faqat  men  emas,  xorijdagi  va ichkaridagi o‘zbeklarning  to‘qson to‘qqiz  foyizi  ishonmasa  kerak. Har  to‘kista  bir  ayb  deganlariday  sizdagi  o‘sha  aniq dalil - isbotsiz, xujjatsiz,   asossiz shubhayu  ishtiboxlarning  potologik vasvasaga  aylanib  borayotgan  ruhiy  depressiya  ko‘rinishi  bo‘lmaganida,  sizday  fidoiy  jurnalistga  allaqachon  ko‘z  tegib  ketgan  bo‘lar  edi.
Boshingiz  omon  bo‘lsin,  aka. Do‘st  achitib - deydilar. Mening  bu  gaplarimni  og‘ir  olmang. Buyuklik  uzoqdan  yaxshiroq  ko‘rinadi. Agar  siz  "Maxsus Xizmat taz‘yiqlari"  shaklida  miyyangizga  joylashib  olgan  o‘sha vasvasadan  halos  bo‘la  olsangiz,  o‘zbek  jamiyatida  eng  jiddiy  jurnalistga  aylanasiz.
O‘zingizga  yarashmaydigan  bolalarcha   odatni  tashlang,  aka. Bu  gaplarni  sizga  har  kim  ham  aytavermaydi. Sizning  yoshingiz  ulug‘,  tajribangiz  ham  ko‘proq. Ammo,  "Bir  kattaning  gapiga, bir  kichikning  gapiga  kir"  degan  xalqimiz  maqoliga  amal qilsak,  sira  yutqazmaymiz.
O‘ZBEK  MAXSUS  XIZMATLARI  Vatanimizga, Xalqimiz  osoyishtaligiga  rahna  solishi  mumkin  bo‘lgan  terrorchi guruxlar, ekstremistik  tashkilotlarni  neytrallash  bilan  ko‘proq  qiziqishsa  kerak. Siz  esa  ekstremist  ham  terrorist  ham  emassiz. Shunday  bo‘lgach, aniq  hujjatlarsiz,  dalil  - isbotlarsiz,   asoslarsiz kimlarnidir  ayblashga  shoshilmaslik  kerak.
O‘sha  O‘ZBEK  MAXSUS  XIZMAT xodimlari ham, ularning rahbarlari  ham  o‘zimizning  o‘zbeklarimiz.
Kamchilik  esa  har  kimda  va  hamma  joyda  bor.
Dadam  rahmatlining  haqlariga  qilgan  samimiy  duolaringiz  uchun  yana  bir  bor  rahmat, Shuxrat  aka.
Hurmat  bilan, Xoldor  Vulqon.



17/03/ 7 -42/
Kembridj, Kanada.




...?


Hayot - mantiqiy jarayon




Biz yashayotgan olam sababning oqibatidir. U sabab haqida  bizning  aqlimiz  bovar  qilmaydigan  cheksiz  olamlarni  bironta  ustunsiz,  muallaq  holatda  yaratib  qo‘ygan  Zot - Xudoi  Taoloning Kitoblarida yozib qo‘yilgan. Sababsiz oqibat bo‘lmaydi.

O‘zbek muxolifatining davomli mag‘lubiyatlari va prezident Islom Karimovning surunkali g‘alabalarini logika g‘alviridan o‘tkazilsa, bu ikki xil oqibatning asosiy sababi nimada? degan savol suvga bo‘kkan eshakning o‘ligiday ro‘yi obga qalqib chiqadi.

“Javob esa haddan tashqari odmi. O‘zbek dunyoviy muxolifati millatchilik sabab, ularning o‘z ta‘biri bilan shoirona qilib aytganda, milliyatchiligi sabab shu axvolga tushdilar” degan odamni “milliyatchi”lar jinidan badtar yomon ko‘radilar.

Unday odamni ular bir zumda yovuz dushmanga, MXXchiga, hech bo‘lmasa kosmopolitga chiqaradilar. Ularga faqat maqtov bo‘lsa. Tanqidga toqatlari yo‘q, ya‘ni sirkalari suv ko‘tarmaydi.

Islom Karimov xukumati esa dunyoviy muxolifatni qachonlardir birgina "Milliy" degan so‘z bilan maxv etdi qo‘ydi. O‘zbek muxolifati aksincha, birgina o‘sha so‘z sabab barcha imkoniyatlarni boy berdi, parokanda bo‘lib, qamoqlarda chirib, bu ham kamday, xorijga surgun qilindi.

Muxolifatni aslida "Milliy majlis" g‘oyasini o‘ylab topganlar barbod qildilar. Aynan shu birgina “MILLATChILIK” deb atalgan daxshatli xato –sabab mamlakatimiz aholisining kattagina qismini tashkil etuvchi rusiyzabon vatandoshlarimiz va millatchilikni, bo‘lginchiliklarni yoqtirmaydigan mahalliy o‘zbeklar saylovda Karimov nomzodiga ko‘p ovoz berdilar. Keyingi saylovlarda ham ular o‘zbek muxolifat liderlarida, ular rahbarlik qilayotgan partiyalar siyosiy platformasida millatchilik g‘oyasini ko‘rganlari uchun ham rus tilida so‘zlashguvchi yurtdoshlarimiz hamda o‘zbeklarning aksariyati yana Karimovni qo‘llab - quvvatladilar.

Karimov xukumati o‘z muxolifati manglayiga ustalik bilan "Millatchi" tamg‘asini urib, "Mana, bu g‘alamislarni ko‘rib qo‘yinglar! Oliy majlisga muqobil "Milliy majlis" degan boshqaruv mexanizmi qurmoqchilar! Buning oqibati nima bo‘lishini bilasizlarmi?!" deya ko‘pmillatli xalqimizga namoish qilarkan, bu narsa muxolifat qatog‘onini qonuniylashtirishga dastak bo‘ldi.

O‘zbek muxolifati liderlariga: “Milliyatchilikni yig‘ishtirib qo‘yib, umuminsoniy g‘oyalarga tayanib ish yuritsak bo‘lmaydimi?" desangiz, ular sizga shosha - pisha Gruziyani, Ukrainani va Boltiq bo‘yi respublikalarini ro‘kach qiladilar.

Go‘yoki davlat boshqaruv tizimi milliyatchilik g‘oyasi ustiga qurilgan o‘sha davlatlar yagona pul birligiga, shaffof chegarali hamjamiyatga birlashayotgan Yevropa davlatlaridan, Kanada, Amerika singari, irqchilikdan, diniy va dunyoviy bo‘lginchiliklardan, millatchilikdan allaqachonlar qutulgan, mutaraqqiy davlatlardan ham ilg‘orlab ketganday .

Agar biz O‘zbekistonni taraqqiy etgan mamlakatlar qatorida ko‘rmoqni istasak, biz ham Kanada, Amerika davlatlari kabi millatchilikdan, turli diniy va dunyoviy bo‘lginchiliklardan mumkin qadar tezroq qutilishimiz kerak.

O‘zbekiston xalqini milliy va diniy bag‘rikenglik birlashtiradi va dunyo xalqlariga uyg‘unlashtirib o‘z qobig‘iga o‘ralib olgan unitarizmdan, totalitarizmdan alaloqibat avtoritarizmdan qutqaradi. Boshqa yo‘llar yuzasi mox va lishaynik bosgan tubsiz botqoqlarga, boshi berk ko‘chalarga eltadi halos.

Payg‘ambarimiz Hazrati Muhammad Mustafo Sollolloxu Alayhi Vasallam o‘z xadislarida, ya‘ni ummatga ko‘rsatib ketgan yo‘l – yo‘riqlarida “Siylai rahim”ga ko‘proq urg‘u berganlar. Siylai rahimning ma‘nosi qarindosh – urug‘chilik rishtalarini uzib yubormaslik deganidir. Payg‘ambarimiz qarindoshchilik deganlarida dunyodagi tamomi insonlarning bir – birlariga qarindosh ekanligini nazarda tutarkanlar, qarindoshchilikni uzilishi og‘ir oqibatlarga olib kelishini ta‘kidlaydilar.

Shu ma‘noda boshqa xalqlar bilan o‘zaro qardoshlik rishtalarini uzmay uyg‘unlikda yashagan xalqlarning dushmani bo‘lmaydi. Uyg‘un yashay olmagan xalqlarning dushmani ko‘payadi.

Dushmani ko‘p xalqlar esa Sohibqiron bobomiz Hazrati Amir Temur aytganlariday zaiflashib qoladilar.Xuddi tug‘ishgan aka- ukalaridan, opa - singillaridan, qarindoshlaridan yuz o‘girgan nodon kimsa kabi yolg‘iz qoladi, zaiflashadi va juda ko‘p foydalardan maxrum bo‘ladi.

Xuddi bugungi O‘zbekiston MUROSAsiz, TAKABBUR siyosat tufayli suvdan maxrum bo‘layotgani, har tamondan xavfu xatar girdobida qolayotgani kabi.

Ko‘zlaringizni kattaroq ochib Yevropa va G‘arbga qarang!

Amerika, Kanada va Yevropa xalqlarining qudrati IRQIY, MILLIY, DINIY, DUNYoVIY UYG‘UNLIKDA, ya‘ni (Garmoniya)da.

Bizda ham Yevropa va G‘arb davlatlaridagi kabi millatidan, dinidan, irqidan qat‘iy nazar yurtimizda yashayotgan barcha elatlarni birlashtirguvchi O‘ZBEKISTONLIKLAR degan yagona nom xalqimiz iftihoriga aylanmog‘i kerak.

Millatchilik degan og‘ir toshni o‘zi shundoq ham afkor xalqimiz oyog‘iga bog‘lamaylik!

Agar millatchilik, diniy, dunyoviy bo‘lginchiliklar yaxshi bo‘lganda, YeVROPAliklar va AMERIKAliklar  siz - bilan  bizdan  bir - ikki  asr  avvalroq  millatchilik  yo‘lini  tanlagan  bo‘lar  edidlar.

UYG‘UNLIKni, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy GARMONIYani tanlamagan bo‘lardilar.

Bizning siyosatchilarimiz ham birgina millat manfaatlaridan emas, O‘zbekistonliklar manfaatidan kelib chiqib ish yuritsalar, ularning siyosatlari Xalqimiz manfaatlariga mushtarak kelardi, yaxshi oqibatlargagina sabab bo‘lardi.

Sabab esa yuqorida aytganimizday birlamchi. U obod qilishi ham, vayron qilishi ham mumkin. Sabab degan narsa insonga bo‘yin sunmasligi bilan xatarli.

Bir yaxshi tamoni, odamzodga OQIBATNI O‘YLAB ISh TUTISh ixtiyori berilgan. "Lider"lari oqibatni o‘ylamay ish tutaversa, o‘zbek muxolifati hech  qachon ko‘zlangan maqsadiga yeta olmaydi.

Liderlari zaif, birlashmagan, parokanda, intizomsiz to‘da hamisha halokatga mahkumdir!




4 mart, 2011 yil.
Tungi soat 12 dan 5 daqiqa o‘tdi.
Toronto shahri, Kanada.




Alisher  Navoiy  she‘riyati  cheksiz  va  tubsiz  bir  ummon




Parim bo‘lsa uchub qochsam ulusdan to qanotim bor.
Qanotim kuysa uchmoqdin, yugursam to hayotim bor.


Hazrati  Alisher  Navoiy   yuqoridagi  misralarda zulm,  fisqu  fujur, g‘iybatu  bo‘xton, razolatu qaboxatga  to‘la  dunyodan  bezgan,  uzlatga  chekinayotgan  pokiza  qalb  va   ruh  egasi  qiyofasani mahorat  bilan  tasvirga  keltirarkan,  qanotim  bo‘lsayu   bu  dovdir va  gangir  manqurtlar  podasini  tark  etib,  iloji  boricha  uzoqroqqa  uchib  ketsam, uchaverib –uchaverib,  qanotim kuyib,  uzilib  tushsa,  to  umrimning  oxirigacha  to‘xtamay  yugirib,  johil juhalodan, naynovlar  olomonidan  qochib  boraversam  deydi.




Chiqib bu dayrdin Isog‘a nevchun hamnafas bo‘lmay,
Bihamdilloh, tajarrud birla himmatdin qanotim bor.




Qadam  bossam  oyog‘imga  shilimshiq  ma‘siyat - gunox  najasi  yopishguvchi  bu  mal‘un  dunyodan  osmonga  ko‘tarilib  nechun  Iso  alayxissalomga    hamnafas  bo‘lmayin?Axir  menda  tajarrud - rad  etish  hissi jur‘ati, mal‘un, muvaqqat  sarob  ekani  oqillarga  ma‘lum  dunyo  xoyi  havaslarini  tark  etish  uchun  himmatdan  yaralgan  baquvvat  qanotlarim   borku  deya  iftihor  qiladi.


Xaloyiq suhbatidin ming g‘amim bordurki, muft o‘lg‘ay,
Agar ming jon berib bilsamki, bir g‘amdin najotim bor.


O‘tkinchi  dunyo  farog‘ati  bilan  bog‘liq,    o‘ta  sayoz  gaplarni  gapirguvchi  g‘ofil  va  gumrox  kimsalar  suhbatidan  minglab  g‘amlarga  botaman.  Ul  kimarsalar  suhbati  muft,  ya‘ni  fitna,  fatonatdir. Bu  kimsalar  suhbatida  chekkan  ming  g‘am  xaqiqiy  g‘am  emas. Birgina  haqiqiy  g‘am  bor. U  ham  bo‘lsa  oxirat,  baqo - boqiy,  uqbo,  ya‘ni  manguga  saodat  topmoq  g‘ami. Bu  najot  uchun  bir  marta  emas,  ming  marta  jon  bersam  arziydi  deydi  Hazrati  Navoiy.


Chekib ag‘yordin yuz javru tortib yooordin ming g‘am,
Ne o‘zga xaaaalqdin g‘ayrat, ne o‘o‘zimdin uyotim bor.


Ag‘yordin,  ya‘ni  g‘ayur  g‘animdin  yuz  jabr  tortaman,  do‘stimni  o‘ylab  ming  g‘am  chekaman. Ya‘ni  nafsim  sabab  amal - mansab,  izzat - hurmat  atalgan  lazzatli  shayton  xo‘ragiga  intilganim  sabab  jabrlar  chekib,  Do‘stim,  ya‘ni  Ollox   yo‘lida  g‘am  chekaman.  Lekin  o‘zga  xalqdan - zalolat,  razolat  va  qaboxat  ahlidan  g‘ayratim,(G‘ayrat – g‘ayr, ya‘ni  boshqacha) g‘ayrligim,  ya‘ni  o‘zgaligim  yo‘q.  Ularga  aralashib,  ularning  gunoxlariga  sherik  bo‘lib  yuribman.Bundan  uyalmayman  ham,  ya‘ni  Yaratgan  Parvardigorimdan  hayo  qilmayman  - deb  afsuslanadi.


Kechib ko‘zdin yozay bir xatki, dahr ahliga ko‘z solmay,
Bu damkim ko‘z savodidin qaro  ko‘zdin davotim bor.


Shoir  bu  misralarda "Ko‘zimdan  kechib,  ya‘ni   dunyo  lazzatlariga  boqmay  bir   xat  yozay,  hol  ilmida  insho  etay,  KO‘Z  SAVODIga  erishay,  qalb  ko‘zim  ochilsin. Bu  mavjud  ko‘zlarim  - dovot,  ya‘ni (davot) siyoxdon  bo‘lsin.   Siyoxdonga  ruchka  suqqan  kabi   patqalamni  tiqib - tiqib  jismoniy  ko‘zlarimni  ko‘r  qilay,  toki  ular  behayo  ayollarning  dinu  diyonatdan  mosuvo  qilguvchi,  ayirguvchi  o‘ynoqi,  jalab,  (ya‘ni  jalb  qilguvchi)   fatton(fitnali)  ko‘zlariga  qaramasinlar,  meni  gunoxlarga  botirmasinlar"  - deya  yozadi.


Tilar ko‘nglum qushi anqodin o‘tgay yuz  nariy  vodiy,
Muningdek sayr etarga Qoofdin ortuq sabotim bor.


Ko‘nglim  qushi  Anqo  deb  atalgan  afsonaviy  qushdanda  yuz  vodiy  uzoqroqqa,  ya‘niki  dunyoni  tark  etib  fano - IShQ  olamiga  o‘tib  ketmoqni  istaydi. Bu  buyuk  parvoz  uchun  afsonaviy  Qof  tog‘ichalik  sabotim,  chidamim  bor  deyiladi  yuqoridagi  ajoyib  misralarda.


Navoiy, bilki, shah ko‘ngli manga qayd o‘lmasa, billah,
Agar kavnayng‘a xoshook chog‘lig‘ iltifotim bor.


Navoiy ,  agar  ruhim  qushi  tinmay  uchib  talpinib,  intilsayu,  Shox ,  ya‘ni  Olamlar  Podshoxi  Ollox  Taoloning   ishqi  menga  qayd  bo‘lmasa(Qayd  degani  tuzoq  ma‘nosini  anglatadi) U  holda  (Kavnaynning)  bu  dunyoning  ham,  u  dunyoning  ham   men  uchun  bir  xashakchalik  qadri  yo‘q - deya  g‘amginlanadi,  Olloxni  sog‘inadi.





19  sentyabrü,  2010  yil..
Tungi  soat  10  dan  0  minut  o‘tdi.
Toronto  shahri,  Kanada.





Hazrati  Mir  Alisher  Navoiyning
“Oshiq  o‘ldim”  g‘azaliga  sharx.




Oshiq  o‘ldim, bilmadim yor  o‘zgalarg‘a  yor  emish,
Ollox –Ollox,  ishq  aro  mundoq  balolar  bor  emish.


Ushbu  g‘azal matla‘ida   Hazrat Navoiy  yorga  bo‘lgan  cheksiz  muhabbati  haqida  yozarkan, yorining o‘zgalarga  marhamatlar ko‘rgizayotganidan rashklanadi  va    ishq  olamida   shundoq  tengsiz balolar borligidan   hayratlanadi.


Qaddig‘a el  mayli  bo‘lg‘ondin ko‘ngil  ozurdadir,
Ul  alifdin zoorlarning xosili  ozor  emish.


Navoiy  Yor qaddiga, ya‘ni  go‘zalligiga  el  moyil bo‘lganidan rashk  tuyib, ko‘ngli ozor topayotganini aytarkan,  so‘z emas, bir go‘zal harf o‘yini qiladi. Ma‘shuqasining  qaddini  arabcha alif  harfiga o‘xshatib , menga  o‘xshagan  vaslinga  zorlarga  o‘sha alif  ko‘rinishidagi  xivichdan  faqat  ozor yetadi halosmi? – deya  zorlanadi.


Elga  novak  urdi,  men  o‘ldim,  erur  bu  turfakim,
Jona  yetgan reyesh  el  bag‘rig‘a  kirgan  hor  emish.


El  bag‘riga  ishq  novaki,  ya‘ni  nayzasi   sanchildi  lekin ular  o‘rniga men halok bo‘ldim.  Yor  ishqida  telbalanib  qolgan elning  chekayotgan  azobi mening  chekayotgan  azobim  oldida  hech  narsa  emas. Mening  yuragimni  tilib  tashlagan firoq  bir  hanjar bo‘lsa,  elga  yetgan  azob  tikon  azobichalik  halos  deyiladi  yuqoridagi  baytda.


Rishtakim  muxlik  yaram og‘ziyga  tikdim,  angladim,
Kim  kafan  jinsi  qirog‘idin  suvirg‘an  tor  emish.


(Shu  baytni juda  yaxshi ko‘raman X. V.) Yor  ishqining tig‘laridan hosil bo‘lgan  jarohatim  qonini   to‘xtatish  uchun  ip bilan tikayotib bunday  qarasam,  ul  iplar  kafanimning qirg‘og‘idan sug‘irilgan  tolalar  ekan – deydi  Hazrat Navoiy. (Voh,  shunaqa  misralar  ham  bo‘lar ekan! X.V.)


Jonga  taxvif  ayladim tig‘i  halokidin  aniy,
Bilmadim  bu  ishdin  ul  o‘lguncha  minnatdor  emish.


Yor  tig‘ining xalokatini jonimga  havf  bildim. Yor  bo‘lsa, meni  qiynayotganidan   o‘lguncha  minnatdor  ekan deydi Navoiy.


Ey  Navoiy, ho‘o‘blarni  ko‘rma  osonlig‘  bilan,
Kim  biravkim  soldi  ko‘z,  uzmak  ko‘ngil  dushvor  emish.


Ey,  Navoiy,  ishq  ahliga  oson  tutma,  negaki,  yor  ko‘z solsa,  keyin   undan   ko‘ngil  uzishing  qiyin  bo‘lar  ekan –deya  oshiq  ko‘ngil  qiynoqlarni  kuylab,  Navoiy  g‘azalni  yakunlaydi.
Bu  misralardagi  ichkin  dardni  faqat  kimnidir telbalarcha  sevgan  va  uning  vaslini  istab  qiynalgan odamlargina  his  eta  oladi.






27 dekabrü, 2009  yil.
Kunduz  soat  2  dan  35  minut  o‘tdi.
Toronto   shahri ,  Kanada.



yalaaaa!..



Va  nihoyat



To‘g‘risi, keyingi yillarda Vatan mensiz yashay olsada, men Vatansiz yashay olmay qoldim. Chidab bo‘lmas sog‘inch vujudim o‘rtagan onlar tavakkal qilib Vatanga borishni rejalayverdim, rejalayverdim, oxiri "Mayli nima bo‘lsa bo‘ldi, chegarani noqonuniy kesib o‘tgansiz deb, yana boshqa ayblarni qo‘yib qamab yuborishsa ham harholda Vatan havosidan nafas olib yuramanku. Bordiyu o‘ldirsalar, o‘ligimni Kanadaga qaytarib jo‘natib yuborishmas. O‘zimizning bitta yomonimiz deya shafqat qilib Vatanga ko‘milishimga ruxsat berishar. Nima bo‘lsada Vatanga boraman va bu xatarli safarim haqida o‘g‘illarimdan boshqa hech kimga, hatto xotinimga ham aytmayman. Chunki xotinim dod – voy qilib meni yo‘ldan  qaytarishi  mumkin. Hech kimga sezdirmay Vatanga surib yuboraman" deya qaror qildim. Vatanga qaytganimni eshitgan muxolifatdagi ayrimlar: -Men senlarga aytuvdima, Xoldor Vulqon SNBning qulog‘i deb. Mana gaplarim to‘g‘ri chiqdi. Baxshiga beradigan pulni bugundan keyin menga berib qo‘yaverlaring - deya ayyuxannos solishlarinida yaxshi bilardim. Shunday bo‘lsada, bu qaltis safarga otlana boshladim. O‘g‘illarimning: - Dada, O‘zbekistonga borsangiz, sizni Aeroportdanoq tutib qamab yuborishadi.Qamashmasa, Po‘lat Oxunovga yo bo‘lmasa Bahodir Choriyevga o‘xshatib qaytarib yuborishadi. Bu fikringizdan qayting. Undan ko‘ra ijodingizni davom etdirmaysizmi? - deyishlariga ham quloq solmadim. "Yo‘q, men albatta Vatanga qaytishim kerak. Yoshim ham bir joyga borib qoldi. Boshimga qazo teshasi tegsa, jasadimning o‘zga diyorlarga ko‘milishini sirayam istamayman. Xudoga shukr, sizlarni havfsiz joylarga ko‘chirdim. Endi mendan rozi bo‘linglar. Men sizlardan mingdan - ming roziman. Menga samalet chiptasini olib beringlar. Men boraychi. Agar haydab chiqarishmasa, sizlarni ham chaqirib olaman. Lekin bu sirni juda maxfiy saqlanglar. Mabodo mening Vatanga qaytmoqchi ekanimni bilib qolishsa, pismiq g‘animbachchalar davlat idoralariga qo‘ng‘iroq qilib yo‘limga xandaq qazishlari mumkin.Bu sirni hatto Torontodagi “do‘stlarimiz”  ham bilmasin" - dedim o‘g‘illarimga tayinlab. O‘g‘illarimning ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi. Mening birkesarligimni yaxshi bilishgani uchun ular bu masalani boshqa muhokama qilmay kun tartibiga kiritishdi. Nihoyat samaletga chipta sotib olindi. Eh, mening quvonganimni ko‘rsangizlar edi. Hayajonli tuyg‘ulardan yuragim toshib borardi go‘yo. Nuqul Vatanga kirib borayotganimni tasavvur qilaman. Xudo hoxlasa, aeroportga tushiboq, Vatanimning aziz tuprog‘ini o‘paman. Meni o‘stirib ulg‘aytirgan, tuz - non bergan qadrdon Yurtimning havosidan o‘pkamni to‘ldirib nafas olaman. Keyin qamab yuborishsa ham mayli. O‘lmay bir kun qamoqdan chiqsam, uyimizga boraman. Onam meni tuqqan qishloqdagi, Maslaxatdagi uyimizga kiraman. Otamning oyoqlarini o‘paman. Keyin qo‘shnilar, qarindosh - urug‘lar, mahalla - ko‘y, do‘stlarim bilan ko‘rishaman. Men qaytib keldim - deyman ularga - deya o‘ylayman. Shunday o‘ylar bilan yasharkanman, nihoyat Vatanga jo‘naydigan payt ham keldi. Xotinim bechora mening Vatanga uchayotganimdan bexabar. Aeroportga bordik. O‘g‘illarim bilan hayrlashdim. Men samalet zinasidan yuqorilar ekanman, o‘g‘illarim ko‘zlarida yosh bilan kuzatib qoldilar. Samaletimiz havoga ko‘tarildi. Uchoq oynasidan tashqariga qarab "Hayr, go‘zal Kanada! Men daydiga boshpana berding, tuz berding, ilm berding, rahmat senga! Men seni hech qachon unutmayman!" dedim ichimda. Menga endi baribir edi. Vatanga borgach, mabodo meni qamab yuborishsa, yoki qamoqda o‘ldirib yuborishsa muxolifat qarab turmas. Albatta shov - shuv ko‘taradi. Qahramonga aylanaman. Keyinchalik xukumat o‘zgarsa do‘stlar Toshkentning eng obod xiyobonlaridan biriga mening bronza haykalimni qo‘yishsa kerak. Yosh kelin - kuyovlar mening maxobatli bronza haykalim yonida suratga tushishadi. Tug‘ilgan kunlarimda adabiyot ixlosmandlari haykalim poyiga savat - savat gullar keltirib qo‘yib, mening she‘rlarimdan yod o‘qib, ruhimni shod etadilar. Akterlar "Mizxapparning maktublari" asarim asosida yaratilgan saxna ko‘rinishlarini ijro etib maydonga sig‘may ketgan muhlislarni kuldirib qotirishadi.Keyin metrodagi bironta stantsiyaga mening nomimni qo‘yishlari aniq. Yo‘lovchilar vagonlarga chiqqach: - Qodir Maxsumov rahmatlining ovoziga o‘xshagan ovoz: - Ehtiyot bo‘ling, eshiklar yopiladi. Navbatdagi stantsiya Xoldor Vulqon stantsiyasi - deya ogoxlantiradi. Eh, qanday yaxshi ! - deya o‘ylayman yana. Xursandman. Kayfiyatim a‘lo. Styuardessalarga hazil qilgim keladi. Shoshilganda vaqtning o‘tishi qiyin bo‘lar ekan. Juda uzoq uchdik. O‘tayotgan vaqt yillarcha cho‘zilib borayotganday edi go‘yo. Lekin bu dunyoda boshlanganki narsa albatta tugarkan. Ibtidoning intixosi bo‘larkan.Shunday qilib nihoyat samolet Toshkent aeroporti ustida qiyalay boshladi. Shunda men oynalardan go‘zal Toshkent manzarasini ko‘rdimu beixtiyor ko‘zlarimga yosh keldi. - Salom, jonajon Vatanim, serquyosh O‘zbekistonim! Seni  qanchalar  sog‘inganimni  bilsang  edi - dedim xo‘rlikdan ovozim xirillab. Yurak taka - puka. Samolet aeroportga qo‘ngach, o‘rnimdan turarkanman, oynadan pastda yurgan melisalarni, fuqaro formasidagi maxsus xizmat xodimlarini ko‘rdim. "Meni kutishyapti chog‘i" deb o‘yladim. Keyin ichimda : - Dadil bo‘l, Vulqonboy! - deya o‘zimga o‘zim dalda berdim. Samoletdan tushiboq  yerga  muk  tushganimcha  maydonni o‘pdim. Hamma ajoyibotlar dekloratsiyalarni tekshirish paytida boshlandi. Hujjatlarimni tekshirar ekan, bir MXX xodimi kampyuterdan nigoxini bir laxza uzib menga termulganicha: - Ha, Xoldor Vulqon, ohiri qaytib kelibsizda - a? Ha, yuravermabsizda o‘sha Kanadangizda. Qariganingizda Vatan kerak bo‘lib qoldimi endi? - dedi kinoya bilan.
- Ana, boshlandi - o‘yladim men yana. Men indamadim. U yana to‘xtamay malomat qilavergach, mendagi toqat tugadi xisob.
– E, uka, namuncha kinoyalaring zaharli? Juda borsa Vatandan yana quvib chiqararsan. Yoki qamarsan.Yo o‘ldirarsan. Men bo‘lsa o‘limdan qo‘rqmay qolganman – dedim. MXX xodimi bo‘lsa meni hayron qoldirib: - E, nimalar deyapsiz? Nega quvib chiqararkanmiz? Nega qamaymiz? Agar shunaqa niyyatimiz bo‘lganida biz sizni samoletdan tushirmay kelgan joyingizga qaytarib yuborardik, avval kelgan do‘stlaringizga o‘xshatib. Biz bu yerda hurmatli prezidentimizning siyosiy bag‘rikenglik bilan chiqaragan yangi farmonlarini hayotga tadbiq qilib o‘tiribmiz. Farmonda Vatanni ma‘lum sabablarga ko‘ra tark etgan (Ekstremistik va terroristik tashkilotlar tuzgan, begunox odamlar qoni to‘kilishiga sabab bo‘lgan qo‘li qon odamlardan tashqari) barcha muxolifat vakillarini Vatanga qaytishiga ruxsat berilsin deb yozib qo‘yilgan. Tushundingizmi? Siz bo‘lsa, qamaysan, o‘ldirasan - deysiz. Kechirasizu, sizlar, ya‘ni muxolifatchilar o‘zi shunaqa yoppasiga ko‘rnamak ekansizlar. Qachon qarasa, xukumatni yomonlaganinglar yomonlagan. Yomg‘ir yog‘sayam xukumat aybdor. Shamol bo‘lsayam yana xukumatni ayblaysizlar. E, insof degan narsa bormi o‘zi sizlarda?! E, jo‘nange, oling xujjatlaringizni! – dedi u meni battar hayron qoldirib. Men xujjatlarimni olib, bir zum ag‘rayganimcha qotib qoldim. Tushimmi yo o‘ngimmi? – deyman. Anchadan keyin o‘zimga kelib yuklarimni oldimda, tashqariga yo‘naldim. Tashqariga chiqyapmanu baribir u bo‘layotgan ishlarning haqiqatligiga ishonmayman.Oxiri taksiga o‘tirdim. – Qayoqqa, okaginam? – dedi taksist.
–Qo‘yliqqa, vodiy taksilari ketadigan joyga – dedim men o‘tib ketayotgan melisaga havotirli qarab. Taksist meni Qo‘yliqqa eltib qo‘ydi. U yerdan Vodiy tamon yo‘l oldim.
- Ishqilib dovonda melisalar to‘sib “Chet eldan kelayapsiz ekan. Qayerlarda bo‘ldingiz? Nimalarni ko‘rdingiz? Kanadada nima qildingiz? Qani, sumkalarni olib buyoqqa yuringchi” deb uchaskaga sudrab qolmasa bo‘ldida – deya o‘yladim men tashvish ichra. Buni qarangki to uyga yetguncha taksini bironta melisa to‘smadi.Shu rostdan ham O‘zbekistonmikin, yo boshqamikin? – deyman ichimda. Uyga yetgach, taksi xaqini to‘lab, mashinadan tushishimni bilaman, “Iye, Xoldor Vulqonmi?! E, Vulqon qaytib kelibdi! Xoldor Vatanga qaytibdi! – degan hayqiriqlar yangrab ko‘chamizda to‘s – to‘palon bo‘lib ketdi. Hamqishloqlarim men tamon yopirilishdi. Xursandchilik, ko‘z yoshlar!Bir mahal qarasam, uydan dadam chiqib kelyaptilar. Dadamni juda sog‘ingan edimda. – Otajonim! – dedim men dadamni bag‘rimga bosib ko‘zim to‘la yosh bilan. Xuddi ikkinchi marta armiyadan kelgandayman. –Keldingmi, o‘g‘lim?! – dedi dadam ham yig‘lab.
– Keldim, dada, keldim! – deyman nuqul. Keyin ukalarim yugirib chiqishdi. Ular bilan ko‘rishib bahorda vafot etgan bechora ayamni eslab yig‘ladik. Xovlimiz odamga to‘ldi. O‘sha kuni kechgacha va ertasiga ham meni yo‘qlab kelgan mehmonlarning oyog‘i uzilmadi. Bir haftagacha uydan chiqmay mexmon kuzatib, ularning savollariga javob berib, Hijrat va G‘urbatda kechgan darbadarliklardan so‘zlashimga to‘g‘ri keldi. Bu vaqt ichida har kuni melisalar kelib: - Qani, biz bilan yuringchi. Bizga ham safar taasurotlaridan hikoya qilasiz – deb Voronokda Shahar Militsiya boshqarmasiga olib borib, urib – tepib dabdalamni chiqarmasalar bo‘ldi - deya xadiksirab yurdim. Lekin unday bo‘lmadi. Bir xafta deganda Viloyat hokimi ikkita melisa bilan kirib keldi. Ko‘rishdik. Hol – axvol so‘rashdi. - Nu, vsyo, kajetsya priyexal. Teperü tochno konets - hayolimdan o‘tkazdim men. Lekin uning aksi bo‘lib chiqdi. Xokim kutilmaganda cho‘ntagidan katta miqdorda pul yozilgan chek bilan kalitlarni olarkan, u narsalarni menga uzatib: - Manabu tushunmovchilik yillari yo‘qotgan molu mulklaringizga kompensatsiya. Bunisi shahardagi 4 – dahadan sizga ajratilgan 4 xonali, 44 – kvartiraning kalitlari. Ijod qilishingiz uchun dachani yozuvchilar soyuzi topshirar. Sog‘ bo‘ling. Demokratiya tantanasi yo‘lida ozmi ko‘pmi chekkan jabru jafolaringizga rozi bo‘ling – dedi. Xukumatning bu iltifotini ko‘rib hayratdan tarashadek qotib qoldim. Esim og‘ib, ularni kuzatib ham qo‘ymabman. Ertasiga chekdagi mablag‘ni bankka qo‘ygach, xukumat bergan yangi kvartiramni ziyorat qilmoq maqsadida shaharga borsam, maydonda ko‘pming kishilik norozilik mitingi bo‘layotgan ekan. Minbarda odamlar biri qo‘yib biri xukumatni, prezidentni ayovsiz tanqid qilmoqda. Atrofda boshiga dubulg‘a kiygan, bir qo‘lida qalqon, bir qo‘lida rezina tayoq tutgan melisalar odob saqlab turishibdi. Birontasi: - E, nega mo‘htaram prezidentimizni, dono xukumatimizni tanqid qilyapsan? Qani, tezda tarqallaringchi! Miting o‘tkazishga kim ruxsat berdi sizlarga! Mitingni klubda o‘tkazinglar! – deb ham qo‘ymaydi aqalli. Bir mahal kimdir meni tanib qolib: - Mana bu og‘aynimizga ham so‘z navbatini beringlar! Bu odam yaqinda chet eldan kelgan! Kanadadan! U yerlarda yashayotgan odamlarning turmush darajasi bizning turmush darajamizdan qanchalar yuqori ekanini aytib beradilar! Marhamat! – dedi. Men minbarga chiqib uzoq nutq so‘zladim. – Yurtdoshlarim, biz chet ellarda shu aziz Vatanning bir siqim tuprog‘iga zor bo‘lganmiz! Bu Vatanning, manabu ozod demokratik jamiyatning qadriga yetinglar! Uni asranglar! Muammolarni murosa yo‘li bilan xal qilib, jamiyat muvozanatini saqlanglar! – deb gapirayotsam birdan osmonda chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumbirladi. Uyg‘onsam, tushim. Tashqarida shiddatli sel yog‘ayotgan ekan.





21 sentyabrü, 2010 yil.
Tungi soat 10 dan 15 minut o‘tdi.
Toronto shahri, Kanada.




Shiddat  bilan  ko‘payavering,  mening  jondan  aziz   O‘ZBEKLARIM!




Bu dunyoda  Xudoning  roziligini  istamaydigan  odam  bo‘lmasa  kerak. O‘zini  xudosizlardan  sanaguvchilar  ham  umri  poyoniga  yetayotganini  sezgach, ichidan  tashvishga  tushadilar,  tovba - tazarru  yo‘liga  o‘tadilar. Ma‘lumki,  o‘zbeklar Xudoi  Taoloning  roziligini  otaning  roziligi  bilan  bog‘lab  "Ota  rozi- Xudo  rozi "  deydilar.
Bu  to‘g‘rida  g‘azallar  yozilgan,  qo‘shiqlar  kuylangan. Gapimiz  asosli  bo‘lishi  uchun
"Kecha  kunduz  uxlamay  Qur‘on  tilovat  qilsangam. To  otang  rozi  emas,  tavbang  qabul  bo‘lmas  sani"
degan  nasihat  qo‘shiqni  eslamoq  kifoya. Din  olimlarimizning  aytishlaricha,  banda  maxshar  maydonida  so‘roq  qilinayotgan  mahal  u  bandaning  otasi  men  bu  farzandimdan  rozi  emasman  desa, otasini  norozi  qilgan  farzand  garchand  umr -bo‘yi  besh  vaqt  namoz  o‘qib,  ro‘za  tutib,  zakot  berib,  yuz  marta  haj  ziyoratiga  borgan,  Ka‘baga  kirgan  bo‘lsa  ham  uni Ollox Taoloning  amri  bilan  mangu  jahannam  qa‘riga  uloqtirilar  ekan. Shuning  uchun  donishmand  ota - bobolarimiz  yo‘lidan  borib,  ularning  bizga  qoldirib  ketgan  hikmatlar  mash‘alasi  yorug‘ida  odimlasak,  zulmatlarda  turtinib, zalolat  xandagiga  qulamaymiz. Zero,  ota  farzandiga  faqat  yaxshilik  sog‘inadi.
Ota - bobolarimiz  "Ko‘pchilik  bor  joyga  baraka  yog‘iladi"  deyishgan. Yana bir  hikmatli  gap  bor." Barakaning  bir  foyizigina  qishloqda  bo‘ladi. U  ham  tushdan  keyin  shaharga  ketib  qoladi"  deyiladi  u  ajoyib hikmatda. Baraka  qishloqda  madaniyat  yo‘q  ekan deb  ketib  qolmaydi. Aksincha,  shaharda  aholi  ko‘pligi  uchun  ketib  qoladi. Ya‘ni  ko‘pchilik  bor joyga  ketadi. Ota - bobolarimizning  Qur‘oni  Karim  oyatlariga  hamohang  yuqoridagi  hikmatlariga  amal  qilib  yashasak,  biz  o‘zbeklar  sira  kam  bo‘lmaymiz.
Shu  ma‘noda  O‘zbekistonning  amaldagi  hukumati,  uning  rahbarlari  xalqimiz  ko‘payayotganidan  sira  tashvishga  tushmasliklari  kerak. Aksincha,  quvonmoqlari  darkor. Xalqimizning  tezlik  bilan  ko‘payib  borayotganidan  tashvishga  tushgan,  aholisi  to‘xtovsiz  kamayib  borayotgani  uchun  bu  ko‘payishdan  qo‘rqayotgan,  ko‘payishimizni  istamaydigan  g‘ayurlar  demografik  inqiroz  bilan  qo‘rqitib,  ularga  zimdan  berayotgan  "Yo‘riqlari"  bo‘lsa,  u  "yo‘riq"qa  yurib,  katta  siyosiy  xatoga  yo‘l  qo‘ymasinlar.
Xalqimiz  ko‘payaversin! Bilib  qo‘yinglar,  xalqimizning  ko‘payishi,  bu  bizning   yutug‘imizdir!Har bandaning rizqini  Xudoning  o‘zi  beradi  deydilar  va  bu  to‘g‘ri!
Ey  yurtdoshlarim,  biz  har  bir  narsaga  ibrat  ko‘zi  bilan  qarab,  yo‘nalishimizni  to‘g‘ri  belgilab  olsak  bo‘ladi! Aqlli  odam  uchun  IBRAT umr  changalzorlarida  adashib  yirtqichlarga  yem  bo‘lmaslikni  ta‘minlovchi  kompas,  buyuk  maktabdir.
Yon  qo‘shnimiz  Xitoyga  qarang,  Xindistonga,  Amerikaga  qarang! Ularning  iqtisodiy  yuksalishi,  taraqqiyoti  asosan  aholining  ko‘pligi  bilan  bog‘liq  ekanini  nahotki  ko‘rmayotgan  bo‘lsangiz?!
Yana  bir  buyuk  hikmatda  "Bir  mushtdan  ursa,  o‘ldiradi,  bir  so‘mdan  bersa,  to‘ydiradi"  deydi  xalqimiz. Tug‘ilish  qancha  ko‘p  bo‘lsa,  mamlakatimizda  yosh  avlodlar  soni  shuncha  yuksaladi. Ular  kuchga  to‘lib,  ishlab,  mamlakat  iqtisodiyotini  ko‘taradilar. Aholisining  aksar  qismi  qariyalardan iborat  bo‘lib  qolayotgan  mamlakatlarda   aynan  o‘sha  yosh,  navqiron  avlodga  extiyoj  katta.Shu  sabab,  unday  o‘lkalarga  rahbar  kimsalarning  shu  kunlarda  boshi  qotgan.Ularning  topgan  birdan bir  "yo‘l"i  aholisi  tobora  ko‘payayotgan  o‘lkalarda  tug‘ilishni  to‘xtatish,  hech  yo‘q  neytrallashga  borib  taqalishi  ham  mumkin.
Nega  aholisi  bir  yarim  milliardga  yaqin  Xitoy  tashvishga  tushmay,  biz  o‘zbeklar  tashvishga  tushamiz?
Axir,  bizning  aholimiz  endi  30  millionga  yetyaptiku. Aholi  ko‘p  bo‘lsa,  iqtisodiyot  yuksalib,  uy - joylar  o‘z - o‘zidan  barpo  bo‘lib,  shaharlarimiz  g‘arb  mamlakatlari  kabi  taraqqiy  etadi, rivojlanadi,  go‘zallashadi.
Biz    dushmanlarning  fitnasiga  uchib,  ayollarimizni   bichmasligimiz  kerak! (Agar  ba‘zi  OAVlarning  O‘zbekistonda  ayollar  majburiy  tarzda  bichilayotgani  to‘g‘risidagi  iddaolari   biron  jiddiy  asosga  ega  bo‘lsa).
Menimcha,  amaldagi  hukumat  va  uning  rahbarlari  qalbida  ham  xalq,  vatan  qayg‘usi  bor!
Ular  ham    qandaydir  g‘ayurlar  gapiga  kiradigan, o‘z  xalqining  genini
jallodlarcha  qatli  om  qiladigan  darajada  aqlsiz  emaslar  deya  o‘ylayman.
O‘ZBEKLAR  KO‘PAYaVERSIN!




23  aprelü,  2012  yil.
Kunduz  soat  9  dan  47  minut  o‘tdi.
Toronto  shahri,  Kanada.




Xalqimiz  hikmatlariga  amal  qilaylik!



Biz  o‘zbeklarning  o‘zaro  birlasholmasligimizga,    parokandaligimizga  asosiy   sabab     xalqimiz  hikmatlariga  amal  qilmasligimizdir.

Xalqimizda  "Bug‘doy  noning  bo‘lmasa  ham,  bug‘doy  so‘zing  bo‘lsin"  degan  ajoyib bir  hikmat  bor.

Ya‘ni  bu hikmatda  "Odamlarga  faqat  non  bilan  emas,  yaxshi  so‘z  bilan  ham  mehr- muruvvat  ko‘rsatish  mumkin"  deyilmoqda.

Yana  "Yaxshi  gap  bilan  ilon  inidan  chiqadi,  yomon  gap  bilan  qilichlar  qinidan  chiqadi"  deydilar.

O‘zaro  birlashishning  kalitini  uzoqlardan  axtarib,  terlab  - pishishning,  unniqib - zo‘riqishning  sira    zarurati  yo‘q.

U  kalitni  bizga  Ota - bobolarimiz  o‘z    hikmatlarida  qoldirib  ketganlar.

Siz  biron  internet  saytda  maqola,  hikoya  o‘qisangiz,  ostiga  iloji  boricha  yaxshi  so‘zlarni  yozing.

Hatto   asar  sizga  ma‘qul  kelmasa  ham."Asar"  bir  tiyinga  qimmat  bo‘lsa  ham.
Agar  u  "asar"dan Xalqqa, INSONIYaTga zarar  yetmaydigan bo‘lsa. Bordiyu, zarar  yetadigan  bo‘lsa, u  asarni  asosli  tanqid  qilish  mumkin.Faqat  muallifning  shaxsiga  tegmasdan, xaqorat  qilmasdan.
Agar  siz  kimningdir  onasini  nohaq  xaqorat  qilsangiz, unutmang, unday xaqorat   javobsiz  qolmaydi.Vaqtincha  unga -bunga  maqtanib,  sevinib  yurasiz  halos. Unday  xaqorat  hech  qachon  kechirilmaydi. Dunyoda  shunday  odamlar  borki, ular  bizga  o‘xshab Xudoga  solish  bilan  qanoatlanmaydilar.Bir  kuni  o‘shanday odamlar  qo‘liga  tushganingizni  o‘zingiz  ham  sezmay  qolishingiz  mumkin.
Qasosli  dunyoda  tilga  extiyot  bo‘lib,  yashamoq  yaxshi  demoqchimanda.

Shuning  uchun  niqoblar  ostida  turli  xaqoratlar  yozishdan  tiyiling!

Birovning  ustidan  kulib,  rohatlanish  ham  nafs. Nafsingizni  jilovlang,  o‘zingizni  to‘xtating,  shayton  vasvasasiga  uchib,  bir  inson  diliga  ozor  yetkazmang,  gunoxga  botmang!

Siz  niqob  ostida  kimningdir  diliga  ozor  yetkazib,  mening  kimligimni  bilolmay  rosa  qon  yutyaptida,  boyaqish - deya  sevinmang.

Negaki,  bu  qilmishingizni  Xudo  va  uning  farishtalari  ko‘rib -  bilib,  nomai  a‘molingizga  tirkab  turibdi.Bu  gaplarimga komp tagida  bukchayib  o‘tirgan  xudosiz "Xudo  va  farishtalar  afsona" deb  o‘ziga  tasalli  beradi  bit  ko‘zlarini  yiltillatib. Ammo, XUDO  va  FARIShTALAR  MAVJUD.

Bu  umr  deganlari  nima?  Ko‘z  ochib  yumguncha  o‘tadi  va  qiyomat  kuni  barchamiz  har  bir  zarra  yomonligimiz   uchun    Janobi  HAQ  oldida,  hech  kim  zo‘ravonlik  qilolmaydigan, berkinolmaydigan,  aldolmaydigan   joyda  javob  beramiz!

Agar  sizda  e‘tiqod  bo‘lmasa,   tabiat  qonunlariga  boqing. Bu  dunyoda  biron  sir  oshkor  bo‘lmay  qolmaydi  va  bu  qasosli  dunyoda  qachondir,  kimgadir  qandaydir  darajada  qilgan  yomonligingiz  xuddi  Avstraliya  abarigenlarining “Bumerang”  nomli  bukri  otqichi  kabi  million  barobar   katta  kuch  bilan  bir  kuni  o‘zingizga  qaytib  keladi,  peshonangizdan  darcha  ochib  qo‘yadi.

Ammo  u  qaytib  kelgan  ilohiy  qasos  bumerang  emas. Ya‘ni  siz  chapdast  abarigen  kabi  uni havoda  ilib  olib,  tutib  qololmaysiz.

Yillar  o‘tib,  internetdagi  har  qanday  yashirin  niqobning  egalarini  topadigan texnikalar  ishlab  chiqariladi,  hamda  har  qanday  niqobni  rekovered  qiladilar.

Niqob  ostida  xaqoratli  so‘zlarni  yozayotganlar nafaqat kimgadir  ozor  yetkazadi,  balki  bu  ishga  umuman  aloqasi  bo‘lmagan,  beayb odamlarni  ham  shubha  ostiga  qo‘yadilar,  quruq  tuxmatlarga  giriftor  etadilar.

Ya‘ni  izox  katagiga  xaqoratlar  yozgan  odam   o‘zining  nojo‘ya  harakati  bilan  ikki  barobar  og‘irroq  gunoxga  botadi.

Yana  ham  soddaroq  qilib  aytsak,  bir  onlik  xursandchiligini  og‘ir  oxirat  azoblariga  almashtirib  oladi.

Bu  og‘ir  gunoxlarga  o‘sha  vebsahifa  egalari  ham  sherik.

Mana  shuning  uchun  ham  men  "Muvozanat"  saytida  izox  yoziladigan  kataklarini  berkitib  qo‘yganman.

Demokratiya  yaxshi. Ammo,  izoxlar  yozib,  bir - birlarini  xaqoratlash  demokratiya  emas!

Aksincha,  bu  illat  o‘zbeklarni  birlashishga  mone‘lik  qiladigan  diktatorlarning  yovuz  qurolidir.

Agar  siz  haqiqatan  ham   ma‘lum  doiralar  manfaatiga  xizmat  qilmayotgan  bo‘lsangiz, o‘zbekning  parokanda  bo‘lishini  istamasangiz,  o‘z  xalqingizni  sevsangiz,  xaqoratli  izoxlarni  yozishdan  tiyiling,  zolimlarga  xizmat  qilmang!

Birovning  sha‘niga  asossiz  tuxmatlar  yog‘dirish,  komment  kataklariga  nohaq  xaqoratlar  yozish  -  ZULMDIR!Zulm  qilgan  kimsa ZOLIMDIR.Zolimlarning  joyi  esa  Jahannam!




7  aprelü,  2012  yil.
Kunduz  soat  3  dan  13  minut  o‘tdi.
Toronto  shahri,  Kanada.



Ko‘ksiga  xanjar  ham    ekarmi  odam?
(Iste‘dodli  shoira  Farida  Afro‘z  ijodiga  bir  nazar)


Haqiqiy  she‘riyat  chin  ma‘nodagi  shoirdan  aytilaverib  uvadasi  chiqib  ketgan  siyqa  so‘z  birikmalarini  emas,   yangi  tashbeh,  yangi  gap  talab  qiladi. Haqiqiy  shoir  o‘z  she‘rida  yangi  gap  aytsagina  u  san‘at  asari  yarata  oladi.
Iste‘dodini  Ilohdan  olgan  shoira   Farida  Afro‘z ham   birovlardan  qolgan  tashbehlarni  ishlatmaydi.U  ba‘zi  soxta  shoirbachchalar  kabi  xuddi  qadimiy  patifonning  oftobda  qolib  qiyshayib  ketgan  plastinkasiga  o‘xshab,  "G‘iyt - g‘iyt"  etib,  bir  xil  so‘zlarni  takrorlayvermaydi.
Farida  Afro‘zning  she‘rlari  tirik, qahramonlari  jonli.
Hali  hech  bir  shoir yoki  shoira   Farida  Afro‘zga  qadar  oyni  tul  xotinga  o‘xshatmagan  bo‘lsa  kerak.


Kuylaganim,  kul  bo‘lganim  rostdir,
Osmonda  oy  kabi  tul  bo‘lganim  rostdir


deydi  u  bir  she‘rida.Yuqoridagi  baytni  o‘qir  ekansiz,  ko‘z  o‘ngingizda  tungi  ayozli  osmon,  va  u  osmonda  tul  xotinday  yolg‘iz  kezib  yurgan  oy  namoyon  bo‘ladi.Oyning  yetim  ko‘rinishi  ortida  esa  yolg‘iz  ayolning  rangpar  qiyofasi  tasavvur  tumanlaridan  ohista  balqib  chiqadi.
Shoira  yana  bir  she‘rida:

O‘z  qonimni  o‘zim  ichdimda,  qondim

deya  yozarkan,  yolg‘izlik  dardi -  iztiroblari  aks  etgan  ishq  haqidagi    g‘amgin  bir  kartinaga  o‘z  qonidan   bo‘yoq  qiladi  go‘yo.
Yoki:

Kecha  yoqqan  yomg‘ir  charchatdi

Yoxud:

Men  o‘zi  kimman?
Tashlandiq  quduq,
Yomg‘irlarning  esidan  chiqqan.

deya  yozadi. Ayniqsa  Farida  Afro‘zning:

Sendan  vafo  kutgandan  ko‘ra,
Ko‘ksimga  xanjarlar  ekaman.
Bexato  ko‘karar, gullaydi!

deya  yozgan  misralari  o‘quvchini tahayyur  ummoniga g‘arq  etadi.
Vafosizlikka  chiday  olmagan  lirik  qahramonining  o‘z  ko‘ksiga  xanjar  urajagini  tasvirlar  ekan,  shoira  yana  hali  hech  bir  shoir  iste‘mol  qilmagan  yangi  tashbehni  qo‘llaydi.Uning  she‘ridagi  lirik  qahramon  xiyonatga  dosh  berolmay  o‘z  ko‘ksiga  xanjar  uradi. Xanjar  ekadi. Shunday  dexqonchilik  qiladi. Xanjar  zarbidan  ko‘ksi  ko‘karib,  qoni  qirmiz  atirgul  kabi  gullay  boshlaydi.
Mana  sizga  haqiqiy  she‘riyat!




9 fevralü, 2011  yil.
Hazrati  Alisher  Navoiy  bobomiz  tug‘ilgan  kun.
Kech  soat  8  dan  56  minut  o‘tdi.
Toronto  shahri,  Kanada.



Alisher Navoiy g‘azallarida kinoya va hajv



Aylangiz



Nozaninlar, benavolarga tarahhum aylangiz,
Lutf agar yo‘qdir, g‘azab birlan takallum aylangiz.


Biz fano tufrog‘i bo‘ldiq dayr aro ey ahli zuxd,
Xonaqo saxnida siz raqsi taqaddum aylangiz.


Goh buyuk gox xasu giryon ko‘rsangiz ushshooqni,
Koosh kulmassiz nihon, borin tabassum aylangiz.


Hey mug‘anniylar, Navoiy mast edi, kech uyg‘onur,
Oni uyg‘otmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz.


Hazrati Alisher Navoiy o‘zining bu so‘fiyona g‘azalida tariqat ahlining, ahli dillarning ustidan kulguvchi, ularning g‘arib va darveshona, devonavash tutumini telbalikka yo‘yuvchi, hamda o‘zlarini so‘fiylardan dono sanaguvchi ba‘zi zoxidlarga kinoya bilan murojaat etarkan:
- Ey nozaninlar, ya‘ni ta‘bi nozik kimsalar, bizga o‘xshagan benavolarga (Navoiy navoli bir ulkan shoir Navoiy bo‘laturib, ataylab benavo so‘zini ishlatadi) tarahhum, ya‘ni rahm aylangiz, Lutf agar yo‘qdir, agar latiflik, noziklik, nazokat, yumshoqlik, halimlik yo‘q bo‘lsa mayli, g‘azab bilan bo‘lsa ham takallum aylangiz - deydi g‘azal matla‘ida.
Agar g‘azab bilan chiroyli, tavo‘zeli  gapirib  bo‘lmasligini, xuddi  qahr  bilan "Assalomu  alaykum!!!!!!"  deya  o‘shqirilgani  kabi  takallum qilib bo‘lmasligini xisobga olsak, g‘azalning hajv bilan boshlanganini ko‘ramiz.
Lutf, Latif, Altof(Latifning ko‘plik ma‘nosi),Latofat, Latifa, Ulfat, Iltifot kabi so‘zlar "Noziklik" ma‘nosida o‘zakdoshdirlar. Ikkinchi baytdagi mazmun va ma‘nolar undan ham qiziq. Navoiy o‘z fe‘liga hos kamtarinlik bilan:

Biz fano tufrog‘i bo‘ldiq dayr aro, ey ahli zuxd,
Xonaqo saxnida siz raqsi taqaddum aylangiz.

- deydi. Biz, ya‘ni tariqat ahli, AHLI DIL o‘zimizni katta olmay, kibrimizni o‘ldirib hokisor bo‘ldik, yer bo‘ldik, sizning oyog‘ingiz ostida tufroq bo‘ldik, siz xonaqo, ya‘ni masjid ayvonini saxna – diskoteka qilib, raqsi taqaddum aylangiz, ya‘ni sizlar qadamlaringizni likillatib raqsga tushaveringlar - deydi. Albatta bu baytlardagi kinoyali so‘zlar barcha zoxidlar uchun emas, zuxd ahli, ya‘ni zoxidlar ichidagi kibru havoga berilib ketgan, halimlikni unutgan, tarki sunnat qilgan ayrim takabbur, chalasavod, chalamullalarga qarata yozilgandir. Navbatdagi baytda Navoiy :

Goh buyuk gox xasu giryon ko‘rsangiz ushshooqni,
Koosh kulmassiz nihon borin tabassum aylangiz.

- deydi. Ya‘ni, Ushshoq, Ishq ahli, Oshiqlar (Xudoi Taoloning jamoliga oshiq IShQ ahli) Goh buyuk, ulkan, gohida ko‘zingizga has kabi kichik va ojiz ko‘rinsa, ularning ustidan nihon, ya‘ni pinxon kulmagaysiz, aksincha, og‘zingiz qulog‘ingizga yetkudek tabassum aylagaysiz, negakim, Ahli IShQ Janobi  HAQning ishqida shunaqa telbavash, devonavor holatga tushganlar, aybga buyurmagaysiz - deydi. G‘azal maqta‘sida , ya‘ni oxirida Hazrati Navoiy :

Hey mug‘anniylar, Navoiy mast edi, kech uyg‘onur,
Oni uyg‘otmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz.

- deydi.
Ma‘nosi, Hey mug‘anniylar, ya‘ni, nag‘ma qilguvchilar, mashshoqlar, Navoiy kech uyg‘onadi. Chunki u Vahdat sharobidan, Ollox tajallosi aks etgan may - IShQ mayidan ko‘proq sipqorib qo‘yibdi. Uni uyg‘otish uchun soz chalishni bilmaganingiz tufayli taqur – tuqir, dang‘ir dung‘ir qilib, shovqin ko‘tarmay, dilkash taronalardan chalinglar, ya‘ni  Ilmi qol - so‘z ilmi  bilangina qanoatlanib qolmay, Ilmi hol - ruhiyat  ilmini o‘zlashtirishga  kirishing.Shoyat o‘shanda  siz  tarannum  etgan  taronalardan  uyg‘onsak  - deya g‘azalni  yakunlaydi.

Navoiy asarlarining mazmun - maoniysini anglash baxti barchamizga nasib etsin.




6 may, 2010 yil.
Kech soat 8 dan 41 minut o‘tdi.
Toronto shahri Kanada.




G‘animat dunyo



Bir kuni yirik adabiyotshunos olim professor Ozod Sharafuddinovning shogirdlaridan biri, filologiya fanlari doktori, do‘stim Rahmon Qo‘chqor bilan Toshkentdagi “Turon” nomli yirik kutubxonada o‘tkazilayotgan adabiy uchrashuvga bordik. Rahmon Qo‘chqorning aytishicha, u joyda stalinizm qurboni Abdulhamid Sulaymon Cho‘lponning Moskvalik jiyani va Frantsiyalik olimlar bilan hotira kechasi o‘tkazilayotgan ekan. Zalga kirsak, o‘zbekning taniqli adabiyotshunos olimlari ham shu yerda ekanlar. Biz o‘sha yig‘inda rahmatli professor Ozod Sharafuddinov va cho‘lponshunos olim Begali Qosimovlar bilan yonma – yon o‘tirdik, ko‘rishdik, hol – ahvol so‘rashdik.Men bu zabardast olimlarning har ikkisi bilan avvaldan tanish edim va ularni qattiq hurmat qilardim.Hozir ham ularga hurmatim baland. Ozod Sharafuddinovga Toshkentdagi “Kamalak” nashriyotida chop etilgan “Tumanli dalalar qo‘shig‘i” nomli kitobimni dastxat bilan taqdim etishga ham ulgurgan edim. U kitobimni Toshkentdagi Navoiy nomidagi opera va balet teatrida Haziyniy tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan kechada Ozod Sharafuddinovga sovg‘a qilgandim. O‘shanda domla Erkin Vohidov bilan yonma – yon o‘tirgan edilar. Professor Begali Qosimov Toshkent Davlat Universitetida o‘qib yurgan vaqtlarimiz bizga jadidlar adabiyotidan dars berar, qo‘ng‘iz mo‘ylov qo‘yib, boshiga rassomlar kiyadigan beretni bir yonga qiyalatib kiyib yuradigan, jiddiy bu domlaning qanchalar, oqko‘ngil, samimiy inson ekanligini O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasiga a‘zo bo‘lib, Do‘rmondagi Yozuvchilar Bog‘ida dam olayotib, bir stolda taomlangan, o‘zaro suhbatlashgan chog‘larim bildim. Begali aka ham Ozod akaga o‘xshab buyuk OLIM va buyuk INSON edilar. Bir oqshom rahmatli Sayid Ahmad bilan suhbatlashib o‘tirsak, Said Ahmad xassa  tutgan qo‘llariga iyagini tiraganicha “Neksiya” mashinasini yuvib, artayotgan Begali Qosimovga qarab, menga: - Shu Begali juda yaxshi bolada, bechara – dedi. –Ha – dedim men kulrang sochlarini osiltirib, Begali Qosimov harakatlarini o‘ychan kuzatayotgan keksa yozuvchining gapini ma‘qullab.
Hullas, “Turon” kutubxonasidan chiqib, Chorsu bozori ortidagi ko‘chadan Xadra tamon yayov yurib keta boshladik. Shunda Rahmon Qo‘chqor kutilmaganda Ozod akaga yuzlanib: - Domla, tanishib qo‘ying, shoir Xoldor Vulqon – dedi menga ishora qilib. Ozod Sharafuddinov jilmaydilar.Keyin: - Shoir, aytib qo‘ying, qerda tanishganimizni – dedilar. Men, o‘sha Haziniy domlaning 100 yillik to‘yida uchrashib, o‘z kitobimni domlaga taqdim etganimni aytdim. Rahmon Qo‘chqor biroz hijolat tortdi. –E, uzr, domla, men Xoldor Vulqonni tanimaysiz deb o‘ylabman – dedi va shu ondayoq o‘zining quvnoq fe‘liga ko‘ra, yuzlari kulgidan lop etib yongan chiroqday yorishib, suhbat o‘zanini boshqa yoqqa burib yubordi.
Ha, Ozod Sharafuddinovning shogirdi Rahmon Qo‘chqor  bilan suhbatlashgan odam zerikmaydi. Uning so‘ylagan qiziq hayotiy hangomalaridan kulib qotib qolasiz. Shoirlarning dalaga borganini aytib berganda, kulaverib ko‘zlarimizdan yosh chiqib ketgan. Ayniqsa ishdan xaydalgan shoir haqida aytganda, kulaverib, tirjaygan aftimiz anchagacha joyiga qaytmay qolgan. Do‘stimiz Rahmon Qo‘chqor shunaqa hangomachi olim. Bir kuni o‘zini daho sanab yuradigan, aslida yozganlari o‘rtamiyonadan ham pastroq bir yazuvchi Rahmonga: - Nega siz mening asarlarimni maqtab yozmaysiz? –debdi malomat qilib. Rahmonning bu gaplardan kulgisi qistab, yazuvchining o‘rtamiyona asarini olibdida, u asar haqida, bir maqola yozib radiodan o‘qiyajagini aytibdi. –Ha, shunday bo‘lsin – debdi yazuvchining shaqi o‘sib.
Rahmon Qo‘chqor u muttaham, janjalkash, zako‘nchi bilan tortishib o‘tirishni o‘ziga ep ko‘rmay, maqolani yozibdida, markaziy radiodan o‘qibdi. U yazuvchining o‘rtamiyonadan ham pastroq asarini maqtab, Falonchining bu asari Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” asaridan ham kuchli debdi. Hammadan ham kulgilisi, haligi yazuvchi unga minnatdorchilik bildiribdi. Lekin hayot deganlari har qanday quvnoq insonni ham vaqti kelsa tushkunlikka tushiradi. Bir kuni Rahmon menga, Xoldor Vulqon, men Tashkentdan bosh olib ketmoqchiman – dedi va sababini tushuntirdi. Men uni sabrli bo‘lishga chorladim va o‘sha kuni unga atab bir she‘r yozdim. She‘rning oxirgi misralarigina yodimda qolibdi.
–Mayli, ketgil, bosh olib ketgil. Lekin o‘zingningmas, mening boshimni – deya yozgan edim u she‘rda.
Shu she‘r ta‘sir qildimi, yo Ozod aka qaytardimi, hullas, Rahmon Toshkentda qoldi.Yillar o‘tib, domlamiz Ozod Sharafuddinov ustozi Abdulla Qaxhor kabi qand kasaliga chalindilar. Keyinroq u insonning bir oyog‘i kesib tashlandi.Men Ozod akani oxirgi marta Toshkentdagi “Ulug‘bek” bog‘ida ko‘rdim. O‘sha kuni “Ulug‘bek” bog‘ida jurnalistlar bayrami nishonlanayotgandi.Men bir paytlar Toshkent Davlat Universitetida birga o‘qigan kursdoshimni, shoira ayolni kutib, daraxt soyasidagi o‘rindiqda o‘tirgandim. Shu payt bog‘ dorvozasidan bir bola nogironlar aravachasini surib kirib keldi. Nogironlar aravachasida rahmatli domlamiz Ozod Sharafuddinov o‘tirgan ekanlar. Aravachani surib borayotgan bola domlaning nevarasi ekan.Oramiz yuz metrdan ortiqroq masofada bo‘lsa ham, domla meni uzoqdan turib tanib qoldilar. U nevarasiga bir narsalar deb men tamon ishora qildi. Bola aravachani to‘xtatdi. Lekin men domlaning yonlariga bormadim. Men o‘shanda prezidentga yaqin bo‘lib qolgan domlani ayadim. Do‘rmonda “Yashasin M. Solih!” deya hayqirib, jinnilik qilib, jamiyatga o‘gaylashgan bir kimsani, ya‘ni meni deb, bechora domla yana hukumatning qahriga uchramasin dedim.Borsam ham bo‘lar ekan o‘shanda! Axir, hademay, Vatandan ketib qolishimni, Ozod Sharafuddinovning esa olamdan o‘tib ketishini qayoqdan ham bilardim?
Joyingiz JANNATdan bo‘lsin, ustoz!Men bir musofirman va mening duolarim vatandagilarning duolaridan ko‘ra ko‘proq ijobat bo‘ladi.
Ey, odamlar, bu g‘animat dunyoda bir – birlaringizning qadringizga yeting!




11 aprelü, 2012 yil.
Kech soat 10 dan 50 minut o‘tdi.
Toronto shahri. Kanada.



O‘zbekiston  Xalq  Hofizi  Ortiq  Otajonov  haqida



O‘zbek  musiqa   va  qo‘shiqchilik  san‘atini  Xorazm  san‘atisiz,   san‘atkorlarisiz,  ayniqsa,   O‘zbekiston  Xalq  Hofizi  Ortiq  Otajonovning  qo‘shiqlarisiz tasavvur  qilib bo‘lmaydi. Bu  buyuk  hofizimizning  o‘ziga  hos  dardli,  o‘tli  ovozi  bor.Vaholanki,  ovozda  dard  bo‘lmasa,  ashula  avjini  olib,  mikrafonlarni  yirtish  befoyda  va  ayanchli,  hatto  kulgili.
Esimda,  yoshlik  paytlarim  Ortiq  Otajonovning  "Chorvoq  chiroqlari"  nomli  qo‘shig‘ini  tinglarkanman, u  sokin  qo‘shiqdan beixtiyor  sehrlanib  qolardim.  "Chorvoq  chiroqlari"   qo‘shig‘ining  nomiyoq  DIDLI  muhlis  vujudini,  ruhini,  shuurini    ilk  sevgi  xotiralariga  g‘arq  etguvchi, maxzun  bir  sehr  edi.  Hozir  ham,  bundan  keyin  ham  shunday  bo‘lib  qoladi. U  qo‘shiq  paxtazorlar  ortiga  botayotgan  quyosh, shom  hasrati  cho‘kayotgan  Chorvoq  GESi  tamonlarda  olmos  chaman  kabi  porlayotgan  ma‘yus  chiroqlar  marjoni  o‘laroq,  haqiqiy  oshiqlarning,  hijronlarga,  sog‘inchlarga  to‘la  mungraygan  ko‘zlari,  o‘tli  hasratlariga  o‘xshaydi.
Ortiq  Oatjonov  qo‘shiqlari  o‘zbek  qo‘shiqchilik  san‘atida  VOQEA  emas,  balki  HODISA  bo‘lgandi. Voqea  bilan  hodisaning  esa  farqi  bor. Voqealar  moddiyat  bilan  bog‘liq  tushunarli  harakat  shakli  bo‘lsa,  hodisa  uning  aksi  o‘laroq,  aqlga  sig‘mas, ilohiy,  ayni  vaqtda   go‘zal  jarayondir. Ortiq  Otajonov  o‘zbek  musiqa  va  qo‘shiqchilik  san‘atiga  huddi    shitirlab,  shivirlab  yog‘ayotgan  bahoriy,    yomg‘irlar  kabi,  chaqmoqlar,  momaqaldiroqlar  singari  dillarga  shodligu  quvonchlarni,  oydinda  chax - chax  sayragan  bulbul   xonishlarini,  yonishlarni  olib  kelgan  edi.
Ha,  u  INSONning,  SAN‘ATKORning  o‘zbek  musiqa  san‘ati  rivojiga  qo‘shgan  xissasi  beqiyosdir! Buyuk  o‘zbek  hofizi  Ortiq  Otajonovning  keyingi  paytlarda  saxnalardan  chetlatilishi,  uning  zulm  bo‘g‘zini  hanjardek  yirtib  ketguvchi  nolasi,  buyuk  o‘zbek  shoiri  O‘zbekiston  xalq  shoiri,  ustoz  Omon  Matchon  so‘zi  bilan  aytiladigan  mangu  o‘lmas  qo‘shig‘i  "Xonlar  o‘tar, taxt  o‘tar"  qo‘shig‘i  bilan  bog‘liq  bo‘lishi  mumkin.
Negaki,  zolim  diktatorlarga  "Sulütanûmü  mangu  taxtda  o‘tiraversunü, manü   nega  qo‘rqamenü? Axirü  maning  dovyurakü  yutvoshimü  borü!"  deya  kuyLAGANlar  yoqadi,  ular  o‘shandaylarni  iste‘dodsiz  bo‘lsalarda,  laganbardorliklari  evaziga  ko‘tar - ko‘tar  qilib,  saxnalarga  chiqarib  qo‘yadilar.
U  beodoblar  esa  o‘zlarining  odobsizliklari  bilan  o‘rtaga  chiqib,  jilpanglab, Ortiq  Otajonov  kabi  kamtarin,  ustozlarning  nazaridan  qoladilar. Zolimlar  nafaqat  xalqqa,  hurfikrli  ziyoliylarga,  balki  el  sevgan,  ardoqlagan  haqiqiy  san‘atkorlarga  ham  tinmay,  zimdan  zulm  o‘tkazadilar. Ularni  saxnalardan  chetlatib,  ruhan  ezmoqchi,  xuddi  okeandan  judo  qilingan  deüfinlarni  xo‘rlaganday,   istibdod   jaziramasida  tiriklay  quritmoqchi  bo‘ladilar.
Lekin  u  mal‘unlar  bilmaydiki,  el  sevgan  hofizlar,  shoirlar  allaqachon    qon - suyak  ustiga  qurilgan  rejimga  bo‘ysunmas,  tsenzura  o‘rgimchaklari  in  qurgan  yovuz  maxkamalarga  xisob bermaydigan,  elimizning   dilidagi, tubsiz  va  cheksiz,  daxlsiz    mangu  ummonlarni  makon  tutganini!
Ha,  zolimlar  harchand  tirishmasin, Buyuk  o‘zbek  shoiri  Omon  Matchon  va  Buyuk  O‘zbek  hofizi  Ortiq  Otajonovlar  aytganidek, XONLAR  O‘TADI, TAXTLAR  O‘TADI!
Shuni  ham  aloxida  ta‘kidlamoqni  istardimki,  Ortiq  Otajonov bir  muayyan  maqsad bilan  emas,  balki  o‘z  dili  buyurganiday  boqiy,  o‘tli    muhabbat  mavzusida,  oshiqlar  dardini  jozibali  qo‘shiqlarida  ruh  bilan,  tamoman  o‘zini  unitib  kuyladi.
Uning  ijtimoiy -siyosiy  va  muhabbat  mavzusidagi  "Umr  o‘tar,  vaqt  o‘tar,  Xonlar  o‘tar  taxt  o‘tar"  deya  boshlanadigan  qo‘shig‘i    zamonlar  evrilishida,  hukmdorlar  o‘zgarishida  ham  o‘z  aktualligini  mangu  yo‘qotmaydi!
Ruhingizni  tushirmang,  qadrli  Ortiq  aka! Sizning  va  siz  kabi  Buyuk  hofizlarimizning qo‘shiqlari, mangu  tirik,  saltanat  esa  birov  yechib,  birov  kiyadigan  jirkanch  kiyim  kabi  muvaqqat!
Bu  maqolani  mening  sizga,  ya‘ni  Ortiq  Otajonovga  bo‘lgan  cheksiz  ehtiromim  ramzi  deya  qabul  etarsiz.
Hurmat  va  ehtiromlar  bilan  Xoldor  Vulqon.




15  iyulü, 2012  yil.
Kunduz  soat  10  dan  11  minut  o‘tdi.
Toronto  shahri,  Kanada.




DIN  o‘yinchoq  emas



"Kimki  meni  tushida  ko‘rsa,  aynan  mening  o‘zimni  ko‘ribdi. Sababi,  shayton  yoki  boshqa  maxluqotlar  mening  qiyofamga  kira  olmaydi"
Payg‘ambar  Muhammad  S. A. V.  xadisi.


Shu  kunlarda  mening  elektron  pochtamga  bir  do‘stimiz  Salay  Muhammadaminov -  Muhammad  Solixning  "Naqshibandiya tariqati"  deb  nomlangan  kitobidan  bir  parcha  va  o‘sha  kitob  muallifining  anorzor  bog‘i  fonida  Michurin  kabi  shlyapa  kiyib  tushgan  suratini  yubordi. Avvaliga  u  keltirilgan  iqtibosni  o‘qib,  muallifning  ilmsizligidan  kulgim  qistadi  va  uni  spam  qilmoqchi  bo‘ldimu  ammo  iqtibosdagi  butun  Islom  olamiga, Rasulullox  Solloloxu  Alayhi  Vasallamning  muborak  so‘zlariga  zid  bo‘lgan  fikrga  munosabat  bildirishni  burch  deb  bildim  va  ushbu  maqolani  yoza  boshladim.
Shoir  Salay  Muhammadaminov,  Muhammad  Solix  shlyapa  kiyish  o‘rniga  Naqshbandiya  tariqati  haqida  kitob  yozgan  Islomiy  olimga  mos,  salla  o‘rab  yursalar  durust  bo‘lardi  deya  aql  o‘rgatish  fikridan  yiroqman.

Men  shaxsan  bir  o‘quvchi,  oddiy  adabiyot  muhlisi  sifatida  Salay  Muhammadaminov  Muhammad  Solixning  iste‘dodli  shoir  ekanini  hech  qachon  inkor  etmaganman.Ha,  u  rostdan  ham  yaxshi  shoir. Men  asosli  tanqid  qilgan  bo‘lsam,  uning  ayrim,  qurollanishga,  urushga,  qirg‘inga  chorlaguvchi  qilichli  agressiv  she‘rlarini,  siyosiy  faoliyatini  tanqid  qilganman  halos.Ya‘ni  men  hech  qachon  bu  shoirga  xasad  qilmaganman  va  unga  nisbatan  shaxsiy  xusumatim  ham,  g‘arazim  ham  yo‘q.
Ma‘lumki, so‘fiylikda  murshidlar,  valiylar  o‘z  muridlariga  tarbiya  berarkanlar, hech  qachon  ularni  urushga  da‘vat  qilmaganlar. Aksincha  u  buyuk  zotlar  o‘zlari  imon  keltirganlarida  o‘qigan  kalimai  shahodatdagi  "Val  qodari  xoyrixi  va  sharrixi  min  Olloxu  ta‘olo"  kalimasini  maxkam  tutib,  unga  bir  umr  sodiq  qolganlar. Ya‘ni  ular  "Qodar,  ya‘ni  hamma  narsa  avval  - azal  Parvardigori  olam  tamonidan  taqdir  qilingan.Qadrni,  ya‘ni  taqdirni  Janobi  HAQdan  boshqa  hech  zot  o‘zgartira  olmaydi,  hamda  barcha  yaxshilik  va  yomonlik  hikmat  bilan  Xudo  tamonidan  yuboriladi"  degan  imon  kalimasiga  amal  qilib,  zolimlarning  zulmlariga  sabr  qiladilar, dunyo  va  oxiratda  zolimlarni  Xudoi  Taolo  kabi  shoshilmay,  qoyil  qilib  jazolaydigan  biron  zot  yo‘qligiga,  bunday  qoyilmaqom  qilib  jazolash  bandasining  qo‘lidan  kelmasligiga  imon  keltiradilar  va  zulm  qilguvchilarni  Xudoga  solib,  oxirat  tadorigiga,  ibodatga,  zikru  sanoga  mashg‘ul  bo‘ladilar. Ollox  jazolashi  kerak  bo‘lgan  mal‘unlarni  jazolashga  kirishish  istagi  tug‘ilsa,  Janobi Haq  Subhanaxu  Vataolodan  hayo  qiladilar,  uyaladilar. Mana  ularning  donishmandligi.
Chingizxon  bosqini  payti  Najmiddin  Qubro(Kubro -Kabirning, ya‘ni  Kattaligi  aql  bovar  qilmaydigan  ma‘nosini  anglatguvchi  so‘zning  ko‘plikdagi ko‘rinishi)  elga  bosh  bo‘lib,   Xulagun  lashkarlariga  qarshi  kurashganku - degichlar  ham  darrov  topiladi.
Ha,  yov  Vatanga  bostirib  kelsa  yurtni,  elni  himoyasiga  chiqish  kerak.
Lekin  o‘z  hayotini  avaylab,    biz  kabi  Vatandan  qochib  ketib,  tashqaridan  emas,  vatan  ichkarisida  tashqi  dushmanga  qarshi  kurashmoq  kerak!
Vaholanki,  eng  yovuz  dushman  tashqi  dushman  emas, IChKI  dushmandir. U  makkor  YoV  odamzodning  o‘z  ichida. U  YoV  insonning  o‘z  NAFSIdir!So‘fiylik  anashu  Yov  bilan  bandasi  olishadigan  jangoxdir!
So‘fiylikda  to‘rtta  asosiy  maqomat  bor. Ular  Ma‘rifat,  Shariat,  Tariqat  va  so‘ngisi  HAQIQATdir.
So‘fiylikni  ixtiyor  etgan  inson birinchi  galda  ma‘rifat,  ya‘ni  ilm  o‘rganib,  savod  chiqarib,  maorif  hosil  qiladi,  orif  bo‘ladi.Keyin  o‘sha  ortdirgan  ma‘rifati, ilmi  yordamida  shariat,  ya‘ni  din  qonuniyatlarini,  hukmi  ahkomini  astoydil(az  taxti  dil) o‘rganib,  fiqxni  o‘zlashtiradi.Ana  undan  keyin  tariqatga  kirishib,  Janobi  Payg‘ambar Alayxi  Saloti  Vasallamning  muborak  yo‘llarini  tutadi,  sunnatga  suyanib,  Qur‘onga  tayanib,  eng  katta  ZOLIMga,  bandani  do‘zaxga  tiqishi  mumkin  bo‘lgan,  bir  o‘q  otim masofada  emas,  juda  ham  yaqin  bo‘lgan,  qaytariq  bo‘lsa  ham  aytay,  odamzodning  qalbiga  uya  qurib  olgan,   yovuz  dushman - NAFSI  AMMORAga  qarshi  jiddu  jaxdga,  mujodalaga  mashg‘ul  bo‘ladi. Qachonki  u  inson  o‘z  nafsini  mag‘lub  etsagina  HAQIQAT  maqomiga  yetadi  va  Yaratganning  rizosini  topadi,  ko‘ngli,  ruhi  osoyish  kasb  etib,  orom  oladi,  hotirjam  bo‘ladi. Ollox - Ollox  deb  chor  tarafga  ayyuhannos  solsayu,  ichida  mal‘un  moddaga- matoxga  mayl  sezsa,  hukmdor  bo‘lishni  orzu  qilsa,  unday  kimsaning  amali  habada -deyishadi donishmand  olimlar. Qolaversa, Dini Islomda   to‘rtliklar  ustun. Dinimiz  tarixida  to‘rtta  asosiy  ashobi  kirom,  choxoriyorlar: Hazrati  Abu  Bakr  Siddiq  Roziolloxu  Anxu,  Hazrati  Ali  Roziolloxu  Anxu,  Hazrati  Umar  Roziolloxu  Anxu  va Hazrati  Usmon  Zunnuraynlar  bo‘lganiday,  vaham  so‘fiylikda  to‘rtta  asosiy  maqom  bo‘lgani  kabi, dunyoda  ham  to‘rtta  asosiy  tariqat  usuli  bor. Bu  tariqatlarning  nomlari  Qodiriya,  Naqshbandiya,  Yassaviya  va  Qubraviya  deb  nomlanadi. Bu  VALIYlar( VALIY  so‘zining  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  lug‘oviy  ma‘nosi  Salay  Muhammadaminov  aytganday  "DO‘ST" degan  ma‘noni  emas,  balki,  ota  ma‘nosini  anglatadi. Namoz  oxirida  va  payshanba  kunlari  Qur‘on  suralaridan  o‘qib,  savobini  o‘tgan  yaqinlarimiz  ruhiga  bag‘ishlaganimizda,  "Vali  Validai"  degan  so‘zlarni  iste‘mol  qilamiz. Valiy  - ota  mazmunini  bildirsa,  valida  so‘zi  ona  mazmunini  tashiydi.) Shuni  ham  bilmay  turib,  Naqshbandiya  tariqati  haqida  kitob  yozish  sal  g‘alatiroq  emasmikin? Endi  Salay  Muhammadaminov  Muhammad  Solixning  yo‘l  qo‘ygan  xatosiga  e‘tibor  bering.U  kitobdan  keltirilgan  iqtibosda  quyidagi  so‘zlarni  o‘ylamay  -netmay,  yozadi.

"Valilik – yuksak martabadir. Avliyo “vali” kalimasini ko‘plik shakli-
dir. “Vali” lug‘atda “do‘st” ma‘nosida keladi. Ollohning o‘zi do‘st o‘laroq
tanlagani mo‘min zotlar valilardir.

E‘tibor  bering,  Salay  Muhammadaminov - Muhammad  Solix  ko‘chma  ma‘noda emas, lug‘otda  deya  ta‘kidlamoqda. Lug‘otda  esa  unday  emas. Yo  arab  tilida  yana  boshqa  lug‘ot  bormi?
Iqtibosning  davomi  undan  ham  hayratlanarli.


"Soxta murshidning “muridlari” har kecha (go‘yo) Payg‘ambarimizni tushla-
rida “ko‘ra boshlaydilar” va bu “muridlar” o‘z tushlarini murshidiga yetka-
zib, ularni muhokama qilishadi.
Holbuki, Payg‘ambarimiz(sallallohu alayhi vassalllam)ning haqiqiy
yuzini ko‘rish nihoyatda qiyin.

Uni ma‘no olamida ko‘rish uchun qirq yil ke-
chalarini ertalabgacha namoz qilib o‘tkazgan, Ka‘bada ikki rakat namozida
Qur‘oni Karimni hatm etgan Imom A‘zam hazratlari va unga o‘xshagan zotlar
ko‘rishi mumkin."

Valiy so‘zining  mazmuni  haqida  yetarlicha  yozdik. Endi  iqtibosdagi  boshqa  so‘zlarni  sharxlaymiz. Salay  Muhammadaminov - Muhammad  Solixning  gaplari  bo‘yicha,  Payg‘ambarimiz  Muhammad  Alayhissalom faqat  aloxida   bandalarninggina  tushiga  kirar  emishlar.Oddiy  bandalarning  tushiga  kirishlari  mumkin  emasmi? Sal  ko‘ngilni  kengroq  qilaylik. Dini  Islomda  baxillik  xarom. Payg‘ambarimiz  hamma  musulmonlarning  tushlariga  kirsinlar. Misol  uchun  men  bir  emas  uch  marta  Payg‘ambarimiz  Hazrati  Muhammad  Sollolloxu  Alayhi  Vasallamni  tushimda  ko‘rganman. Bu  tushlarim  haqida  Islom  ilmini  chuqur  bilguvchi  olimlarga  aytganimda,  ularning  barchasi  birday  meni  muborakbod  etib, siz  tushingizda  Rosullullohning  aynan  o‘zlarini  ko‘ribsiz. Chunki  Payg‘ambarimiz  hazrati  Muhammad  Mustafo  Sollolloxu  A‘layhi  Vasallam  o‘z  hadisi  muboragida  "Kimki  meni  tushida  ko‘rsa,  aynan  mening  o‘zimni  ko‘ribdi. Sababi,  shayton  yoki  boshqa  maxluqotlar  mening  qiyofamga  kira  olmaydi"  deya  marhamat  qilganlar - deyishgan  edi.Demak, men  har  qancha  maqtansam  va  fahrlansam  oz  ekan. Meni  yana  bir  narsa  hayratlantiradi. Nahotki,  Naqshbandiya  tariqati  haqida  kitob  yozgan  Salay  Muhammadaminov   Muhammad  Solixday  alloma  Islom  dinini,  Xadis  ilmini  chuqur  bilimdonlari  aytgan  Payg‘ambarimizning  tush  haqidagi  xadisini  o‘qimagan  bo‘lsa? O‘qigan  bo‘lsa,  nega  bilaturib  Payg‘ambarimiz  xadisiga  butunlay  zid  so‘zlarni  yozmoqda?Salay  Muhammadaminov - Muhammad  Solixning  o‘z  she‘rlarida  donishmand  ota - bobolarimiz  qoldirib  ketgan  maqollarni  hurmatsizlarcha  o‘z  manfaatiga  moslab  o‘zgartirishini  bilardim.
Ammo  uning  Payg‘ambarimiz  xadislarini  ham  o‘zgartirishga  kirishganini  sezib,  hayratdan  angrayib  qoldim.
"Shu  narsaga  Salay  Muhammadaminov - Muhammad  Solix  odob  bilan,  chiroyli  javob  yozsalar  yaxshi  bo‘lar  edi. Ammo  u  takabbur  shoir  biz  kabi  faqirlarga  ko‘z  qiri  bilan  qarab,  javob  yozishni  chalasovod  yugurdaklariga  topshirsa  kerak"  degan  o‘ydan  ming  nuri  yili  yiroqmiz.
Chunki,  ham  siyosiy,  ham  diniy,  ham  dunyoviy  savodsiz  "Daxolar" ning  javobiga  extiyojimiz  yo‘q.
Biz  asosli  tanqid  qilib,  keltirilgan  iqtibosga  munosabat  bildirdik  halos.
Agar  ozgina  iqtibosda  shuncha  xato  bo‘lsa,  u  kitob  uchun  ko‘z  nurini  bexuda  isrof  qilib,  vaqt  ketkazib  o‘qishning  ham  foydasi  yo‘q  mening  nazarimda.
Garchand  diniy  ilmim  yetarli  bo‘lmasada,  men Salay  Muhammadaminov  - Muhammad  Solixning  o‘z  she‘riy  to‘plamida,  yoki  boshqa  nasriy  asarida  emas,  Naqshbandiya  tariqati  to‘g‘risda  yozgan  kitobida  Xadisi  sharifga  zid  keladigan  fikrlar  borligi  uchungina  sharx  yozishga  majbur  bo‘ldim.
Ushbu  holis,  do‘stona  fikrlarga  jiddiyroq  e‘tibor  berib,  kitobni muallif  Salay  Muhammadaminov - Muhammad  Solix  tamonidan  yo‘l  qo‘yilgan  jiddiy  xatolardan  tozalab,  yana   qayta  ko‘zdan  kechirilsa,  Islom  dini  axkomlarini, Payg‘ambarimiz  xadislarini  yaxshi  biladigan  olimlar  (Shayx  Muhammad  Sodiq  Muhammad Yusuf  yoki  shayx Abdulaziz  Mansur  kabi  olimlarning)nazaridan  o‘tkazib,  keyin  ommaga  tortiq  qilinsa,  maqsadga  muvofiq  bo‘lardi  degan  fikrdaman.
Yana  o‘zlaring  bilasizlar.
Men  aytdim - qo‘ydim.




17  sentyabr,  2012  yil.
Kech  soat  5  dan  2  minut  o‘tdi.
Toronto  shahri,  Kanada.



Posskriptum



Adabiyot  nima? - degan  savol  tevaragida  turlicha  qarashlar  mavjud. Bir  hil  modernistlar: adabiyot  bu  - san‘at,  san‘at  esa  san‘at  uchun, ya‘ni  adabiyot  ma‘lum  ijtimoiy - siyosiy  doiralarning  manfaatlariga  xizmat  qiladigan  chokar    emas - deydilar. Yana birlari: -Yo‘q,  adabiyot  jamiyatni,  ommani  tarbiyalaydigan  bir  maktab  -deyishadi.
San‘at  uchun  yaratilgan  san‘at  asarlarining  esa  o‘zlari  sezmagan  holatda  ommaga,  jimiyatga  xizmat  qilayotganini  ko‘ramiz.
Ammo  ularning  ichida  buzg‘unchilari  ham  borki,  ular  jamiyatda  o‘zaro  insoniy munosabatlarga,   axloq  normalariga  putur  yetkazishi  mumkin. Porno  ma‘nosida  yoki  urushga   chorlash  ma‘nosida. Bunday  asarlar  Rahmoniy  emas,  shaytoniy  ilhom  mevasidir.
Adabiyot  yaxshilikka,  ya‘ni  tinchlikka,  hotirjamlikka,  odamlar,  ellar  orasidagi  o‘zaro  do‘stlik,  mehr  -muhabbatning  ziyoda  bo‘lishiga  xizmat  qilsa  yaxshi. Chunki  asarlar  insonlar  tafakkurini   o‘zgartirib  yuborish  xususiyatiga  ega. Bilaman,  manashu   yozuvlarni  o‘qiyotgan  ba‘zi  "Doneshmand"larning  qovoq  kallasiga  "Bizning  yozganlarimiz  ham  zolimlarni  qulatishga  xizmat  qilyapti  shekilli? Demak,  ular  ham  ezgulikka  xizmat  qilyapti"  degan  "fikr"  keladi. Bu  fikri  bilan  ular  qo‘lga  qurol  olingach,  oqibati  nima  bo‘ladi? deya  o‘ylamoq  ne‘matidanda  mosuvo   badbaxt,  savodsiz  to‘da  ekanliklarini  namoyon  etadilar.
Odatda  mayda  "ijodkor"lar  shunaqa  bo‘ladi.

Buyuk  ijodkorlar  esa,  aksincha,   Ernest  Xeminguey  kabi  "Alvido,  qurol!"  deya,  yoki  Lev  Nikolayevich  Tolstoy  singari  "Urush  va  tinchlik"  asarini  yozib    o‘z  asarlari  bilan  urushlarga  qarshi  chiqadilar.Hatto  Mgelü  de  Servantes  ham, Frants Kafka  ham  o‘z  asarlarida  jamiyatdagi  kamchiliklarni  qoyil  qilib  ochib  tashlagan  bo‘lsalarda, hech  qachon  odamlarni urushga,  qirg‘inga  chorlamaganlar. Faqat  she‘r yozib, rasmlar  chizib  yurgan  Gitlergina  shunday yo‘l  tutgan  edi  va  uning  qilmishlari  insoniyat  boshiga  klfat  yog‘dirganini   o‘zingiz  mendan  ko‘ra  yaxshi  bilasiz.
Xalqlar  o‘rtasiga  raxna  solib,    qonli  urushlarga,  qirg‘inlarga  sabab  bo‘ladigan,  agressiv  g‘oyali  asarlarga  qarshi  chiqishimning  asosiy  sababi  shu.
Men  Xudoga  shukrlar  bo‘lsin,  o‘zimga  yarasha  ijodkorman  va  allaqanday  "shoir"chalarga,  yazuvchilarga    xasad  qilib  yurmayman.

She‘r  bundan  ming  yil  avval  yozilganmi,  hozirmi,  bundan  ming  yil  keyin  yoziladimi,  buning  ahamiyati  yo‘q. Muximi,  she‘r  yoki boshqa  turdagi  asar urush  qo‘zg‘ash  uchun  da‘vat  quroliga  aylanmasligi  kerak.

Buyuk  yozuvchilarning,  shoirlarning  asarlariga  qarang. Hazrati  Amir  Alisher  Navoiy  bironta  g‘azalida  urushni  targ‘ib  qilganmi? Jaloliddin  Rumiychi?Yoki  umri  jangu   jadallar  quyunida  o‘tgan  sarkarda,  shox  va  shoir   Zahiriddin  Muhammad  Bobur bironta  she‘rida  mardumni  urushga  chorladimi?
Aslo.
Chunki,  birovlarning  kulfati  evaziga,  siyosiy  devident  olish  uchun  beayb,  begunox  odamlarning,  bolalarning  qoni  to‘kiladigan   urushlarga,  qirg‘inlarga  chorlovchi,  xalqlar  o‘rtasida  nafrat  qo‘zg‘aguvchi  asarlarni  yozish  XAROM!

"Boburnoma"  asari  esa  o‘sha zamonlar  xronikasi  aks  etdirilgan  solnoma  o‘laroq,  tarixiy  bir  xujjatdir.
Tarix -insoniyat xotirasi, qora  yashchigi, xujjatgoxi bo‘lsa, adabiyot va  san‘at  Insoniyatning  zulmatli  yo‘llarini yoritadigan so‘nmas  mash‘aladir.
Ongi millatchilik,  irqchilik  va  fanatizm  zahriga  bo‘kib qolgan  chala  "shoir"  va  "yozuvchi"lar qo‘lidagi  mash‘ala  bilan  benzin  to‘ldirilgan  bochkaga  enkayib  qarayotgan  naynov,  tentaklarga, yosh  bola  tabiatli  qari  bolakaylarga  o‘xshaydilar.
Unday    mangu  norozi  va  noshukr "shoir"chalar  va  yazuvchilarning "asarlari"da YoRUG‘LIK  yo‘q.
Yozganlari  boshdan  -oyoq QORA YIG‘I.
"Mol  egasiga  o‘xshamasa  xarom  o‘ladi"  deganlariday, unday  "ijodkorlar"ning  yozgan  chizgani  ham  o‘zlariga  o‘xshab tund,  badqovoq.
Asar  qanday  ruhda  bo‘lishidan  qat‘iy nazar, yuqorida  ta‘kidlaganimizday,   urush,  zo‘ravonlik  quroliga  aylanmasligi, biron  bir  siyosiy  irqiy  va  diniy  guruxlarning  manfaatlariga qul, xizmatkor  bo‘lmasligi  kerak!
ADABIYoT  OZOD  YaShAShI  KERAK!
UNI  MILLATChILIK, IRQChILIK  YoKI  DINIY VA  DUNYoVIY  BO‘LGINChILIKLARNING QOPIGA  SOLMAYLIK!
Qo‘zg‘ol  ey,  la‘natla  tamg‘alangan,  qullar  va  ochlar  dunyosi! -deb  faqat  xudosiz  kommunistlarning  internatsionalida   kuylandi.
Men  bir  "shoir"ning  urushga  chorlovchi  she‘rini  sharxlab,  undagi  g‘oyaning  zararli  ekani  haqida  yozdim. Mening  agar  niyyatim  yomon  bo‘lsa,  o‘z  boshimni  eshak  ari  uyasiga  tiqarmidim? Mantiqan  bir  o‘ylab  ko‘ringlar. "Menga  g‘alvani  nima  keragi  bor? Undan ko‘ra,  bir  chetda  poylab,  hammasi  bilan  yaxshilashib  turaveraychi,  qaysi  biri  davlat  tepasiga  kelsa,  o‘shaning  aravasiga  o‘tirib,  ashillasini  aytip  ketaveraman. Menga  ham  bironta  ministrlik  papkasini  berishar",  deya  shakallarning  yo‘lini  tutib,  kovakda  pusib  o‘tirsam,  yo  bo‘lmasa,  bore - deya  ijodimni  qilib,  bir  chetda  maza  qilib  yashayversam  bo‘lmaydimi?

Bo‘ladi.

Lekin,  men  bunday  qilolmayman. Vatanimni,  xalqimni  sizdan  ko‘ra ko‘proq  yaxshi  ko‘raman  va  uning  qoni  to‘kilishini,  qirilib  ketishini,  bolalarning  yetim  bo‘lib  qolishlarini,  yurtimning  vayron  bo‘lishini  istamayman!

Men  ham  barcha  yaxshi  niyyatli,  uzoqni  ko‘ra  biladigan Vatandoshlarim  kabi O‘zbekistonda  hukumat  tinch  yo‘l  bilan  almashishini  hoxlayman. Men  sizlarning  birontangizni  davlat  tepasiga  kelmasin  degan  maqsadda  kurashmayapman. Davlat  tepasiga  kim  kelishini  Xudoning  o‘zi  biladi  va  u  odamni  Xalqimiz  o‘zi  tanlab  oladi.

Xalqimiz  sizlar  o‘ylaganday,  chorva  hayvoni  yo  baliq  emas!

O‘zbek  xalqiday  donishmand  xalqni  yer  kurrasini  ming  yil  axtarib  ham  topolmaysiz!
Bu  kamtarin va  aqlli xalq  o‘ziga  bosh  bo‘la  oladigan   farzandini  o‘zi  topib  oladi!

Birinchi  saylovda  Xalqimiz  Karimovni  tanlagan  bo‘lsa,  demak,  o‘sha  paytda   u  Karimov  alternativasidagi  kandidatni  rahbarlikka  noloyiq  deb  topgan. Ishonch  bilan  ayta  olamanki,  o‘sha  birinchi  saylov  debatlarida  g‘ayrliklar  bo‘lgandiru,  ammo   saylov  xalqaro  kuzatuvchilar  ko‘z  o‘ngida  halol o‘tgan.

Men  o‘shanda  oppozitsiya  vakili  bo‘lib,  uchastkamizdagi  saylovni  kuzatganman. O‘shanda bir  odam  byulletendagi  Muhammad  Solix  (Salay  Muhammadaminov)ning  ismi  familiyasi  ustidan  ruchkada  shunaqa  chiziqlar  tortganki, o‘sha  byulleten  teshilib  ketganini  ko‘rganman.

Muhammad  Solixdan  shu  qadar  nafratlanadigan  odamlar  borligini  ko‘rib,  hayratlanganman.

Amakim  rahmatli  ham  Salay  Muhammadaminovni  jinidan  badtar  yomon  ko‘rar  edi. Men  esa  uning  aksi  edim. Shuning  uchun  baxslashib , amakim  bilan  mushtlashib  ketishimizga  oz  qolgan. Nega  uni  yomon  ko‘rasiz? - desam,  amakim: -  Salay  voxobiy! - dedi. -Bu  qip - qizil  tuxmat! Muhammad  Solih  demokrat,  uning  radikal  islomga,  voxobiylarga  aloqasi  yo‘q! Liderimizni  xaqorat  qilmang,  amaki! -dedim  men. Biz  shu  janjaldan  keyin    anchagacha  gaplashmay  ketdik. Hatto  amakimning  o‘limidan  avval,  xajga  ketayotganlarida  yarashib  olgan  bo‘lsakda,  baribir  men  undan  ranjib  yurdim.
Amakim  olamdan  o‘tib  ketdilar. Men  muhojiratga  ketdim. Bu  yoqqa  kelib  qarasam,  Muhammad  Solix  (Salay  Muhammadaminov) rostdan  ham  o‘zlarini  ochiqdan  - ochiq   salafiy  deya  ataydigan  odamlar  bilan  tashkillashib,  hatto  ularga  rahbarlik  qilayotganini  ko‘rdimu,  amakim  misolida  O‘zbek  xalqining  donishmandligiga  yana  bir  bor  qoyil  qoldim.

Men  demokratman  va  barcha  g‘oyalarni,  agar  u  urushga,  axloqsizlikka  yetaklamaydigan  bo‘lsa,  birday  hurmat  qilaman.

Negaki,  mening  siyosiy  pozitsiyam  murosa  ustiga  qurilgan. Men  o‘zbek  muxolifatini  ham,  amaldagi  xukumatni  ham  umumiy  maqsad  yo‘lida,  ya‘ni  xalqimiz  tinchligi,  farovonligi  yo‘lida,  murosaga  kelib,  qurollarni  tashlab,  birlashib,  barcha  mavjud  muammolarni  faqat  va  faqat  siyosiy  muzokara  yo‘li  bilan  xal  etishlarini  hoxlayman.

Men  hatto  Xalqimiz  tinchligi,  farovonligi,  yurt  osoyishtaligi  yo‘lida  murosa  forumini  tashkil  qilib,  barcha  kuchlarni  murosa  va  muvozanatga  keltirish  uchun     mas‘uliyatni  o‘z  zimmamga  olishga  ham  tayyorman.

Mening  maqsadim  urushni  to‘xtatib,  o‘zbeklar  va  o‘zbekistonliklarni  umumiy  maqsad  o‘ylida  birlashtirishdan  iborat.

Yana  bir  gap.

Ba‘zilar  o‘zbek  demokratlarini  g‘arb  liberalizmini  hoxlashda  ayblaydilar. Aslo  unday  emas!

O‘zbek  demokratlari  liberalizmning  emas,  demokratik konservatizmning  tarafdoridirlar. Ya‘ni,  davlat  boshqaruvi  sekulyar,  ya‘ni  dunyoviy  bo‘lsada,  diniy  va  madaniy  qadriyatlarni,  xalqimizning  axloqiy  normalarini,  urf - odatlarini,  tilini  eng  muqaddas  narsalar  kabi  saqlamoq  o‘zbek  demokratlarining  oliy  maqsadidir.

Konservatizmda  besoqolbozlikka,  lesbilikka  o‘rin  yo‘q.

Va  men  o‘ylaymanki,  konservativ  dunyoqarashdagi  o‘zbek  demokratlari  saylovlarda,  Xudo  buyursa,  besoqolu  lesbilarning  naxs  bosgan  ovozisiz  ham  eng  ko‘p  ovozni  qo‘lga  kiritadilar.

Men  bunga  aminman. Bu  o‘zbek  demokratlaridan  tashvishga  tushayotganlarga  konkret  javob.




1  may,  2012  yil.
Kech  soat  6.
Toronto  shahri,  Kanada.




Yengilmas  Sherlar



Shunday  shoirlar  bo‘ladiki, ularning yozgan  asarlari  har  qanday zamonlarda  ham  taqiqlanmaydi, o‘zlari  esa  qatag‘on  qilinmaydilar. Chunki  ular  yozgan  asarlar ma‘lum  bir  irqiy bo‘lginchiliklarga mo‘ljallab yozilmagan.Balki  u  shoirlarning  asarlaridagi  umumbashariy  g‘oyalar  tamomi  insoniyatning  ma‘naviy  manfaatlariga  mosdir. Men  bundan  30  yillar  avval  Leningradda(Hozirgi  Piter shahrida) xarbiy  xizmatni  o‘taganman. O‘sha  paytlari  men  xarbiy qismimizda  bezovchi  rassom  edim.Bir  kuni  meni boshqa  bir  xarbiy qism  rassomiga  yordamlashmog‘im  uchun   Leningradning  boshqa  xududiga jo‘natdilar. Men  o‘sha  xarbiy  qismga  bordim.Rassom  bilan  tanishtirdilar.U  rus  ekan. Men  o‘zbek  ekanimni  aytdim.  Hamkasblar  ustaxonaga  kirdik. Ustaxonaga  kirdimu  shundoq  ro‘paradagi  devorga  ilib  qo‘yilgan,  moybo‘yoqda ishlangan  Hazrati  Alisher   Navoiyning  portretiga  ko‘zim  tushdi  va  hayratdan  og‘zim  lang ochilib  qoldi. Portret  g‘oyat yuksak  did  va  maxorat  bilan  ishlangan edi.Bu  ijodiy  ish   hamkasbimning  professional  rassom  ekanligidan dalolat  berib  turar  edi.
-Bu  kimning  portreti? -dedim  men   nihoyat,  o‘zimni  bilmaganga  solib.
-Iye,  sen  hali o‘z  bobong  Alisher  Navoiyni  ham  tanimaysanmi? Bu  o‘zbek  shoiri  Navoiyku! -dedi  hamkasb  do‘stim.
-Sen  Navoiyni qayoqdan  taniysan? -dedim  men  badtar  hayron  bo‘lib.
-Maktabda  Navoiy  she‘riyati  bo‘yicha  dars  o‘tilardi.Darslik  kitobimizda  uning  xuddi  mana  shu  nuroniy  surati  bor  edi.Men  o‘sha  suratdan  ko‘chirib,  chizishni  yaxshi  ko‘rardim.Negadir,  sallali  sharq  shoirining  nur  yog‘ilib  turgan  chehrasi  meni  o‘ziga  tortaverar  edi. Keyinchalik  o‘qib,  rassom  bo‘ldim  va  Navoiyning  portretini  haliyam  sevib  chizaman -dedi u.
Ha,  Hazrati  Alisher  Navoiy dahosi,  go‘zal  va  purhikmat she‘riyati  qaysi  zamonda  bo‘lmasin,  to‘siqlarga  uchramadi, barcha  xalqlar  uning  shaxsiyatini,  xulqi  odobini  va  uning  she‘riyatini  sevdi,  ardoqladi.
Men  qishlog‘imiz  xonadonlarining  deyarli  hammasiga  kirganman  va  ularning  aksariyatida Hazrat  Navoiyning  sochiqlarga rangli  iplar  bilan  muxrlangan  suratlarini, yozilgan  baytlarini  ko‘rganman.Bu    narsa oddiy  xalqimizning  Navoiyga, uning  asarlariga  nisbatan  hurmati  va  ehtiromining  ramzi edi.
Navoiyni  Xalq  ham  hukmdorlar ham  birday  sevardi. Buyuk  shoirga  havas  qilib, xalqimiz  o‘z  o‘g‘illariga  Alisher  deb  ism  qo‘yganlar  va  qo‘ymoqdalar.
Bulardan eng  ko‘zga  ko‘ringani biz  hurmat  qilgan  inson, Xudoi  Taolo  bitmas - tuganmas  molu  dunyo,  fayzu  barokotlar,  yuksak  obro‘ -hurmatlar  ato  etgan  kamtarin  INSON  Alisher  aka  Usmonovdir.
Uni  dunyodagi  yirik  biznesmenlar  elitasi  va  do‘stlari  hurmat  bilan  O‘zbek deb  ataydilar.
Alisher  aka  Usmonov esa,  hech  qachon  ularga  meni  O‘zbek  demanglar  -demaydilar.
Aksincha,  u  INSON  shuncha  boylik,  obro‘ - hurmat, martabalar  egasi  bo‘lsada, kamtarin  hayot  kechiradilar,  o‘zining  o‘zbek  ekanligini  hech  qachon  esdan  chiqarib  qo‘ymaydilar.
O‘zbekona  odobi, kamtarinligi, yaxshi  xulqi  tufayli  Alisher  aka  Usmonovning  dunyoni  egallab  borayotgan dovrug‘i  biz  o‘zbeklarning  yuragini  fahru  iftihorga  to‘ldiradi.
Men  ham  avvalo  Hazrati  Amir  Alisher  Navoiyga  va    halol  tadbirkor  va  kamtarin  inson,  o‘zbek  milliarderi Alisher  aka  Usmonovga, O‘zbekiston  xalq  artisti  Sherali  Jo‘rayevga,  havas  qilib, Kanadada  tug‘ilgan  kenja  o‘g‘limga  Alisher  deb  ism  qo‘yganman.
Ali -engilmas  degan  ma‘noni  anglatadi. Ya‘ni  YeNGILMAS  ShER. O‘zbekning  Alisherlari na‘ra  tortganini eshitsa, zulmatlardagi  shakallarning  qo‘rquvdan  oyoqlari  mangu  qaltirayversin!
O‘zbekning  sherlari  hech  qachon  zanjirband bo‘lmasin!






10  fevralü, 2013  yil.
Kunduz  soat  9  dan  38  minut  o‘tdi.
Kembridj  shahri, Kanada.



Alisher Navoiyning  "Topmadim"  radifli  g‘azaliga  sharx.




Hullas, har -xil  Xulio  Kortasar, Luis Borxes  kabi yozuvchilarning  asarlaridagi voqealarni  aylantirib, bir  biriga  tutashtirilishidan  hosil  bo‘lguvchi  "XALQA"  san‘ati o‘zbeklarga  yangilik  emas.Unday san‘atlar aslida  Navoiy  bobomizdan  qolgan.Bunga  minglab  misollar  keltirish  mumkin.Afsuski,  tirikchilik,  ijod  deganday,  bunaqangi  ilmiy tadqiqodlarga  vaqt  yetishmaydi.

Mehr ko‘p kurguzdum, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromijone topmadim.

Haqiqatan  ham  kimlargadir  mehr  ko‘rsatamiz,  ammo  o‘zimiz  mehr  qaxat  bo‘lgan  toshbag‘ir jamiyatda bir  mehribon  topolmay  jovdiraymiz. Kimlargadir  joningni  fido  qilsangda,  ular  sening  xizmatlaringni zumda  unutadilar.Kezi  kelsa  ustingdan  kuladilar,  taxqirlaydilar. Yuqoridagi  misralarda  yozilgan  o‘tli  fig‘on  ana  o‘shanday  mehr ko‘rgizib,  evaziga  qahr  topgan insonlarning  armonlarini,  dardu  hasratlarini  akslantiradi.

G‘am bila jonimga yettim g‘amgusore ko‘rmadim,
Hajr ila dilxasta bo‘ldum, dilsitone topmadim.

Yana  Navoiy: -Birovlarning g‘amu  qayg‘usida jonim  ramaqqa  keldi,  ammo  men  uchun  qayg‘uradigan,  g‘am  chekadigan  kimsani ko‘rmadim.Xuddi  shuningdek,  hijron,  sog‘inch  ayriliq  dardidan dilhasta,  ya‘ni  kasal  bo‘lib  qoldim, valekin,  dilim  yayraydigan  bir  makon  topa  olmadim -deydi.

Ishq aro yuz ming malomat o‘qiga bo‘ldum nishon,
Bir kamon abro‘da tuzluqdin nishone topmadim.

Men  sevdim,  ammo  o‘sha  sevgim  tufayli malomatlarning  yuz  minglab  o‘qlariga(nayzalariga) nishon  bo‘ldim.Ammo  bironta  qoshi  egma  jononda  tuzlukdan,  ya‘ni  to‘g‘rilikdan  nom - nishon  topmadim -der  ekan,  shoir  nishon  so‘zini  ikki  ma‘noda  qo‘llab,  so‘z  o‘yini  qiladi. Nishon (mishenü) boshqasida  esa nishon(belgi)topmadim  deb  turib  esa,  kamon  abro‘, ya‘ni  egma  qoshning  egriligini tuzlukka,  to‘g‘rilikka  zidlaydi, tazot  san‘atini  qo‘llaydi.

Ko‘nglum ichra sarv o‘qdur, g‘uncha paykon, gul tikon,
Daxr bog‘i ichra mundoq gulsitone topmadim.

Yuqoridagi  baytni  esa  tushungan  odam  o‘z  ko‘ksiga  o‘yib  yozib  olgisi  kelib  ketadi. Bu  baytdagi  so‘z  bilan  ishlangan  ma‘no -mohiyatni, hikmat  kartinasini  manaman  degan  rassomlar  ham  Navoiyga  yetkazib  chizolmaydilar! "Sarv    siz  uchun  go‘zal  daraxt  bo‘lsa  bordir,  ammo  u  mening yuragimdagi o‘q, gullarning  g‘unchalari  esa uchida  qon  qizarib  porlayotgan  nayzalar,  sizning  ko‘zlaringizni  yashnatayotgan  gullar  mening  uchun  gul  emas  tikondir  va  bunaqangi  g‘alati  gulzorni,  gulistonni  bu  dunyo  bog‘ida  ko‘rmaganman,  uchratmaganman" deya  yozadi. Shu  so‘zlari  bilan  buyuk ustod  Hazrati  Amir  Alisher  Navoiy bu  dunyoning  muvaqqat  go‘zalligi  vafosiz  ekanligiga,  haqiqiy  va  mangu  gullar  Jannatda  bo‘lajagiga  ishora  qiladi.

Xusn mulkiyda sendek shoxi zolim ko‘rmadim,
Ishq ko‘yida o‘zumdek notavone topmadim.

Navbatdagi  misralarda  Navoiy  yorining  zulmidan, sog‘inch  to‘la  qiynoqlaridan  shikoyat  qilarkan,  uni  zolim  hukmdorga  mengzaydi. O‘zini  esa  hijron,  ayriliq  mashaqqatlarini  chekkan jabrdiyda,   notovon,  ya‘ni  o‘lsa,  o‘ldirilgani  uchun  hech  kim  tovon to‘lamaydigan  darajadagi  tamom  bo‘lgan  mazlum qiyofasida  tasvirlaydi.

Ko‘p o‘qudum Vomiqu Farxodu Majnun qissasin,
O‘z ishimdin bul ajabroq dostone topmadim.

Men  Vomiq  va  Uzro, Farhod  va  Shirin  qissalarini ko‘p  o‘qidim.Va  lekin  o‘zimning  sevgim  armonlarini,  ishq hasratlarimni  so‘ylaydigan  bo‘lsam,  unday  qissa,  unaqangi  ajoyib  ishqiy  dostonni  yer  yuzidan  axtarib  ham  topib  bo‘lmaydi  - deydi  Navoiy  hazratlari.

Tab‘ ganjidin maoni xurdasin, yuz qatla xayf,
Kim nisor etmakka shoxi xurdadone topmadim.

Navoiy  yuqoridagi  baytda  ta‘b,  ya‘ni  did  bilan  saralab,  to‘plangan  ma‘no  hazinalari  menda  mavjud,  ammo  yuz  bora  afsuslar  bo‘lsinki ul  hazinani sovg‘a  qilsa  arzigulik,  o‘sha  ma‘nolar  hazinasini qadriga  yetadigan,  mazmun  mohiyatini,  hikmatini  teran  anglay  oladigan  didli,  farosatli insonni  topolmay  halakman -demoqda.

Ul amon ichinda bo‘lsun, ey Navoiy, garchi men,
Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim.

G‘azal  oxiridagi  misrada  Hazrati  Alisher  Navoiy:  ul   yor  amon  ichinda,  omonlikda  bo‘lsinki,  men  uning  ishqida  bir  zamon  ham,  ya‘niki  bir  dam  ham  qiyinchiliklardan,  mashaqqatlardan   qutilolmadim,  omonlik  topolmadim  deya  amonlik  so‘zini  aylantirib,  misralar  uchini  bir -biriga  ularkan,  so‘z  va  ma‘no  doirasini  chizadi,  chizgidan  go‘zal,  nurli xalqa barpo etib, g‘azalni yakunlaydi.
Hullas, har -xil  Xulio  Kortasar, Luis Borxes  kabi yozuvchilarning  asarlaridagi voqealarni  aylantirib, bir  biriga  tutashtirilishidan  hosil  bo‘lguvchi  "XALQA"  san‘ati o‘zbeklarga  yangilik  emas.Unday san‘atlar aslida  Navoiy  bobomizdan  qolgan.Bunga  minglab  misollar  keltirish  mumkin.Afsuski,  tirikchilik,  ijod  deganday,  bunaqangi  ilmiy tadqiqodlarga  vaqt  yetishmaydi.




9  fevralü, 2013  yil.
Kech  soat  8  dan  20  daqiqa  o‘tdi.
Kembridj  shahri,  Kanada.



Bir  g‘azal  sharxi


Navoiy  Nomidagi  Davlat Mukofotining  sohibi,  O‘zbekiston  Xalq  Hofizi,  Elimiz  sevgan  san‘atkor  Sherali  Jo‘rayevning  ming  marta  eshitsa  ham  medaga  tegmaydigan,  jonbaxsh  qo‘shiqlarini barchamiz birday  qadrlaymiz,  sevib  tinglaymiz.Sherali Jo‘rayevning  qo‘shiqlari  non kabi  hech  qachon  ko‘ngilga  urmaydigan, xalqimiz hikmatlari  kabi  jaydari va  qalblarga  yaqin.Buning  sababi,  Sher  akaning  she‘r  tanlay bilish  qobiliyatida, didi  yuksakligidadir. Sherali  Jo‘rayev aruz vaznida  yozilgan  jiddiy  asarlarga  ko‘proq  murojaat  etadilar. Bugun  Sherali  Jo‘rayevning  toj  qo‘shiqlaridan  biriga  aylangan  Hazrati  Alisher  Navoiy   qalamiga  mansub   "Fido "  radifli  g‘azalni  qo‘ldan  kelganicha  sharxlagim  keldi.  G‘azalning  birinchi  bayti  quyidagicha  boshlanadi:

Ko‘zungga tani notavonim fido,
Ravonbaxsh la‘lingg‘a jonim fido.

G‘azal matla‘i  xisoblangan  mazkur  baytning  birinchi  misrasida   Mir  Alisher  Navoiy     "Yor  ko‘zini  bir  ko‘rish  uchun  tani  notovonim  fido  bo‘lsin"deya  o‘zini  shu  qadar  xoksor tutadiki,  shu  bilan  yorning  ko‘zlari  chidab  bo‘lmas    darajada  chiroyli  ekanini  anglatib,  o‘z  jussasini  "Tani  notovon"  deydi. Biz  notovon  deganda  bir  bechora,  g‘arib  va  qashshoq  odam  obrazini  ko‘z  oldimizga  keltirishga  odatlanganmiz. Lekin  notovon  so‘zining  ma‘nosi  biz  anglagan  mazmundanda  zabunroq,  bechoraroq. Qadimda  qoziyat  shariat  qonunlariga  tayanib,  nohaq  o‘ldirilgan    odamning  belgilangan  miqdordagi  haqqini  o‘ldirgan  odamdan  to‘latib,  u  mablag‘ni  o‘ldirilgan  odamning  sag‘ir,  ya‘ni  kichkina,  yosh  yetimlariga  olib    bergan,  hamda  bu  to‘lov  nomini  "Tavon"  deb  ataganlar. Navoiy  Hazratlari  o‘z  tanlarini  notavon  demoqdalar. Xo‘sh,  notavon  kim? U  shunday  odamki,  uni  o‘ldirgan  odam  qoziyat  tamonidan  tavonga  tortilmaydi. Ya‘ni  ul  o‘ldirilgan  odam  tavonga  arzimaydi. Mana,  yor  qarshisida   o‘zini  xor  tutish,  kibrini  yengib  yerga  urish,    erkalanish,  tavallo  qilish,  ishqdan  telbalanish!  Sog‘inchni  jonlantirish  san‘ati!  Salqin  saharlar  oydin  chamanlarda  o‘zini  unitib,  to‘liqib - yonib  sayragan  bulbul  kabi  bedor  shoir  nolasining  sabuhiy  sabolarga  urilib  qaytgan  aks - sadosi!
Ikkinchi  misrada  Hazrati  Navoiy  "Ravonbaxsh  la‘lingg‘a  jonim  fido"  deya  yozib, mazmun  va  dard  ohangini  yana  bir  parda  ko‘taradi. Go‘yo  zulmatda  yona  boshlagan  chiroq  piligi  ilkis  ko‘tarilib  ruhingizning  qorong‘u  dalalari,  dashtlari   yanada  yorishib  ketganday  tuyuladi. Ravonbaxsh  la‘l  bu  yorning  jon  chiqishini  osonlashtiradigan  la‘ldek  qirmizi,  go‘zal  lablaridir. U  lablarga  shoir  jon  fido  qilishga  tayyor. Ya‘ni  lirik  qahramon  uchun  yorning ofatijon,  latofatli  chehrasiga  termulganicha  jon  taslim  qilishi  azob  emas,  aksincha  huzurbaxsh  rohat,  bir  buyuk  bayramday.


Labing rangi ollida qonim sabil,
Qading jilvasig‘a ravonim fido.


Ikkinchi  baytning  birinchi  misrasiga  e‘tibor  bering.  La‘lin  lablaring  qarshisida  mening  qonim  rangsiz  va  arzimas  deydi  Navoiy. Shoir  bu  joyda  tazod,  ya‘ni  zidlov  san‘atidan  foydalanib  yorining  lablarini  shu  qadar  maxorat  bilan  tasvirlaydiki,  beixtiyor  yozgi  bog‘larda  pishgan  gilos   kabi  tarang  va  qip - qizil  lablar  ko‘z  oldingizga  keladi. So‘z  bilan  ishlangan  bu  selli  kartina  qarshisida  hayrat  shu‘lalariga  qorishib  borayotganday  bo‘lasiz. Ikkinchi  misrada  esa  Hazrati  Alisher  Navoiy    go‘zal  yorning  jilvali  qaddini   vasf  etarkan,  ko‘z  o‘ngimizda  mo‘rchamiyon,  sarvqad,  ayni  paytda  hayoli  va  iboli  bir   pari - paykar   ohista  odimlaganicha  xuddi  tirikday   yonimizdan  o‘ta  boshlaydi.

Belu og‘zing oldi tanu jonnikim,
Anga oshkoru nihonim fido.

Yuqoridagi  misralarda  shoir   yorning  nozikbel,  tor  og‘izli,  g‘uncha  lab,  o‘tro‘,  ya‘ni  olovchehra  ko‘rinishiga  joni,  oshkor  va  pinhon  tuyg‘ulari,  butun  borlig‘ini  fido  etmoqqa  shayligini,  uni  shu  qadar  qattiq  sevishini  ta‘kidlaydi.

Bag‘ir la‘li, ko‘z durri ollingda sarf
Demaykim, sanga bahru konim fido.


Navbatdagi  misralarda  shoir  go‘zalning  hajru  firoqida  la‘ldek  qip - qizil  laxta  qonga  to‘lgan  bag‘ri,   durdek,  marvaridday  tiniq  va  toza  ko‘zlariga  sarfu  xarajat  bo‘lishini  urg‘ularkan,  dengiz  ostidagi  marvarid   konlarini   fido  qilishim  haqida  aytmay  qo‘ya  qolay  deya  mubalog‘a  san‘atini    qo‘llaydi.


Junun birla aqlim g‘aming sadqasi
Ki, ollingda yaxshi-yomonim fido.


Yuqoridagi  baytda  Mir  Alisher  Navoiy  junun  birla  aqli,  ya‘ni  devonaligi  va  sog‘lom  aqli  jafokor  mahbubasining    g‘amida,  ya‘ni  yor  yo‘lida  sadaqa - exson  qilib  ulashib  yuborilganini,  sevikli  dildori    uchun  yaxshiyu   yomoni,  borlig‘i  fido  bo‘lganini  ma‘lum  qiladi.


Fano dashtida qani ovoralik
Kim, ul sayrg‘a xonumonim fido.

Keyingi  baytda  esa   shoir  yor  ishqida  telbavash  ko‘nglim  bu  muvaqqat  dunyo  biyobonlarida ovorayu  sarson  kezishga  moyil. Unday  devonavor  sayru  sayohatga  xonumonim,  ya‘ni  butun  vujudim,  borlig‘im  fido  bo‘lsin  deydi.


Navoiydin olding ko‘ngul, jonni ham
Sanga aylay, ey dil sitonim, fido.


Nihoyat  g‘azal  maqta‘sida   Navoiy  Hazratlari  yor  ko‘nglini  ham,  jonini  ham  olganini,  mutlaq   tamomatga  yuz  tutganini,  lekin  sevikli  dilbariga    o‘zini    fido  qila  olganidan  mamnunligini  yashirmay  g‘azalga   nuqta  qo‘yarkan,  oshiq  ko‘ngil  egalarini,  ahli  dillarni  IShQ  yo‘lida  fidoiylikka,   sadoqatga  chorlaydi.




23  fevralü,  2011  yil.
Tungi  soat  11  dan  11  daqiqa    o‘tdi.
Toronto  shahri,  Kanada.




Uyga  vazifa



Hoxlaysanmi,  yo‘qmi,  loydan  barpo  bo‘lgan  jisming  ichra  sen  yolg‘iz   emassan.  Ichingda qantarmasa  qutirib, bir  kun  seni  maxv  etguvchi  vaxshiy xayvon  bor!
Uyingdagi  tuvakka  o‘tqazilgan  kaktusga    suv  quyasan.Akvariumdagi  baliqlarga  yem  berasan.
Lekin   nega  o‘zingdagi,  tobora  ozib -to‘zg‘ib  borayotgan och  - nahor  insoniy  tuyg‘ularingni  yaxshilik  bilan  oziqlantirmaysan, parvarish  qilmaysan?
Yomonlik  bilan  oziqlanuvchi  xayvoniy  maylni  vaqtida,  u  hali  quturmay  turib,  zanjirlab,  qantarmaysan?!
Ba‘zan  bu  dunyoga nima  uchun  keldim? -deya  boshing  qotadi.
Sening  bu  dunyodagi  vazifang   aniq.
Magar  vaxshiy  xayvonlar  jannatga  kiritilmas  ekan, magar  ichingda  o‘sha  vaxshiy  xayvon  bo‘kirayotgan  ekan, u  holda  sen  iloji  boricha  tezroq  o‘sha  xayvondan  qutilib,  ruhingni  takmil  etib, INSONga  aylanmog‘ing  kerak.
Bu  dunyoga  kelib,  ketmog‘ingdan  MAQSAD   aslida  shu.
Bu  buyuk  MAQSADni  anglolmay,  o‘z  ichidagi vaxshiy  xayvonni  ichkilik  bilan  sug‘orib,  zino,  fisqu fasod, yolg‘on,  zulmu  zo‘ravonlik, qaboxat,  razolat  bo‘tqasi   bilan  yemlayotgan,  parvarish  qilayotgan     odamlarga  achin, ularga  asl  MAQSADini tushuntir!
Sen  kimsan? -deya  savol  bersalar, men  musulmonman  yoki  xristianman deyishdan  avval  insonman  de(Agar  inson  bo‘lsang,  albatta).
Negaki,  sen  avval  inson  bo‘lmay  turib, musulmonlik  yoki  nasroniylik   da‘vosida  yurishing  qayg‘uli.
Agar  sen "musulmonman"  desang,  bilgilki,  kimdir   "men  nasroniyman"  deydi. Yoki ko‘zinga  baqrayib  turib:  "men  ateistman"  deyishi  ham  mumkin.
Sen  "sunniyman"  degan  zaxoting , yoningdagi  odam "men    shiaman"  deb  yuborsa  hayron  bo‘lma.
Xuddi  shuningdek  "MEN  TURKIYMAN"  desang,  boshqasi  "MEN  SLAVYaNMAN"  deydi.Yana  biri  esa   "MEN  ASLZODA  ARIONMAN!"  deyishi  aniq.
Sen  yaxshisi, INSON  bo‘lishga  harakat  qil  va  INSONMAN! - degin.
Shunday  desang,  dunyoda  yashayotgan  INSONlar  sendan  yotsiramaydilar.
Chunki  INSON  har  qanday  "turkiy"dan, "slavyan"dan,  "aslzoda arion"dan  ulug‘dir!
Bo‘lginchilik  yo‘lini  tutma!  Bo‘linma!
Shuni  unutma! Sen  o‘ylayotgan  irqiy  "butunlik"  BUTUNLIK  emas, BO‘LGINChILIKDIR!
Bo‘lingan  narsa  esa, maydalanadi, kuchsizlanadi,  oxiri  yo‘q  bo‘lib  ketadi.
BUTUN  bo‘l!
Bo‘linishingni  istagan  yovlar  qopiga  kirma!
Vataninga  o‘t  tortmoqchi  bo‘lib  yurgan  yovuz  niyyatli  pismiq  g‘animlar  qo‘lidagi  tarashaga,  payraxaga,  tutantiriqqa  aylanma!
Seni  siyosat  biyobonlarida  adashtirib  ketguvchi  va  oxiri  xalqinga  qo‘shib xalok  etguvchi, o‘zingni  falon,  molingni  talon  qilish  niyyatidagi  g‘anim  chirog‘ining qullari - kokilli  va  kokilsiz jinlardan  extiyot  bo‘l!




4  fevralü, 2013  yil.
Kunduz  soat  2  dan  53  minut  o‘tdi.
Kembridj,  Kanada.




Haqli  e‘tiroz



O‘sh  tuproqlarida rahmatli  Shavkat  Rahmondek  buyuk  O‘zbek  shoiri  dunyoga  kelgan. Shavkat  akam  bilan  munosabatlarimiz  yaxshi  edi.U  ba‘zi  shoxerlar  kabi  turqi  sovuq, to‘ng‘iztabiat, bemaza  kerik - takabbur  emas  edi. Qitmirlikni, makkorlikni, g‘iybatni, dilozorlikni,  yolg‘onchilikni  bilmaydigan  halol, farishtasifat  INSON  va  donishmand  ShOIR  edi. Hatto  bir  kuni  u  INSON  menga: -Xoldorjon,  siz  baxtli  shoirsiz  dedilar.  -Nega? - dedim  men  hayron  bo‘lib. - Chunki  siz  sevgi  haqida  yaxshi  she‘rlar  yozasiz. Men  bo‘lsa,  nimagadir  sevgi  mavzusida  she‘r  yozolmayman. Deyarli  barcha  she‘rlarim  ijtimoiy  mavzuda  yozilgan - dedilar.-E,  kamtarinlik  ham  evi  bilanda,  aka. Siz  garchand  ijtimoiy  mavzuda  yozsangiz  ham, yozgan  barcha  she‘rlaringiz  san‘at  darajasidagi  durdona  asarlar. Lorkaning  she‘rlarini  ispan  tilidan  o‘zbek  tiliga  to‘g‘ridan to‘g‘ri  tarjima  qildingiz.Men  juda  ko‘p  tarjimonlarni  bilaman. Ammo  ular   boshqa  xalqlarning  shoirlari  yozgan  asarlarni  sizday  qoyillatib  tarjima  qilolmaganlar.Sizning  tarjimangizda  Lorkaning  she‘riyatidagi  ichki  musiqa,  poetik  ruh  ham  ko‘chgan - degan  edim. Shavkat  akam  mening  gaplarimni  tinglab,  xorg‘in  jilmayib  qo‘ydilar. Keyin  cho‘ntagidan  filütrsiz  sigaretni  qutisi  bilan  olib,  menga  tutarkan: - Chekasizmi? - dedilar. Men  chekmayman - dedim. Shavkat  aka  sigaretni  tutashtirib  chekarkan,  burun  kataklaridan  sigaret  dudini  paravo‘z  bug‘iday  burqsitarkanlar: - Men  esa,  cheksam  maza  qilaman. Ayniqsa  ijod  payti - dedilar  uzoq - uzoqlarga  ma‘yus  termulganlaricha.Shavkat  aka  mana  shunday, yuragi  Xalq  va  Vatan  qayg‘usi  bilan  to‘lgan INSON, istibdod  zulmatlarini  yoritgan  bahoriy  chaqmoq  kabi   shiddatli  ruh,  qahrli  qalam  egasi,  shu bilan  birga  kamtarin  ShOIR  edilar. Men  yana bir  O‘shlik  o‘zbek  shoiri  va  akteri  G‘anijon Xolmatovni  ham  hurmat  qilar  edim. Ammo,  2008  yili  Londonda  nashr  qilingan  sidi kitobdagi  o‘sha  shoirning  bir  she‘rini (Aslida  u  yozg‘avani  she‘r  deb  bo‘lmaydi)   o‘qib,  hayratdan  dong  qotib  qolganman. Dilim  ranjigan  edi  o‘shanda. Quyida  o‘sha  yozindini  o‘qiysiz:


MUG‘ANNIY
(G‘anijon Xolmatov)


Andijonlik siqilaverar
Ichgan choyin sovushiga ham.
“Sig‘in!”, desa sig‘inaverar
Hizbchilar KOVUSHiga ham…


Bir-birini kovlayveradi,
Qaro yerga joylayveradi.
Dikir-dikir o‘ynayveradi
Avtomatlar tovushiga ham…


G‘animjon Xolmatovning   yozishicha  Andijon  qirg‘inida  halok bo‘lgan  begunox  odamlar avtomat  o‘qlarining  tovushiga  raqs  tushgan  ekanda? Yuqoridagi  bu  iflos  shg‘ir Andijon  xalqiga, qirg‘inda  qurbon bo‘lganlar  ruhiga  xaqorat  edi. Mening  ham  qo‘limdan  ancha  muncha  narsa  yozish  keladi. Lekin  men  hech  qachon  G‘anijon  Xolmatovga  o‘xshab  "Qirg‘in  qilingan  O‘shlik  bechora  o‘zbeklarimiz  avtomat  o‘qlarining  tovushiga   dikir - dikir  raqsga  tushaveradi"  deya  yozmayman.Hali  hanuz: - G‘anijon  aka  nega  bunday  shoxer  yozgan  ekanlar? Andijonliklar  unga  nima  yomonlik  qilgan  ekan? Qaytaga,  O‘sh  qirg‘inida   qochgan  O‘shlik  o‘zbeklarimizga  Andijon  bag‘rini  ochmadimi? O‘sha  to‘palonda  avtomat  o‘qlari  tovushiga   raqs  tushmaydigan  dovyurak  G‘anijon  aka  ham  bola - chaqasi  bilan  Andijonga  qochib  o‘tgandirlar? Keyin  xizbchilar  kovushiga  sig‘inmaydigan,  o‘sha  G‘anijon  degan   akaxonim  yomon  siqilgan  bo‘lsalar  kerak - deya  o‘ylab  boshim  qotadi.Bundan ham  qattiq  o‘ylantiradigani, o‘sha  sidi kitobat  loyihasi  mualliflari  bu  badiiy  bo‘sh  mashqni,  xaqoratni  nega  o‘sha  kitobga  kiritgan ekanlar? O‘sha  sidikitob  nashridan  bohabar shoir   Salay  Madaminov (M.  Solix)chi? Nahotki  o‘sha   bitilg‘iga  uning  ko‘zi  tushmagan  bo‘lsa? Odam  degan  ham  shu  darajada  mas‘uliyatsiz  bo‘ladimi? Bunday  mas‘uliyatsiz, mahalliychi,  mayda  kimsalar  bironta  joyga rahbar  bo‘lsa,  elning  sho‘ri  qurimaydimi? Xulosa  shuki,  miyyamizga  kelgan  narsani  she‘r  deb  yozib, e‘lon  qilib  yuboravermasligimiz  kerak  ekan.




21 mart, 2012  yil.
Tungi  soat  12  dan  14  minut  o‘tdi.
Toronto  shahri, Kanada.



Muxolifat nima?



Muholifat  nimaligini  biz  bilamiz -deya  ko‘karayotgan  aftingizni  burishtirmay  turing.Balki,  biz  aytmoqchi  bo‘lgan  gaplar  ichida  sizday fikri  titanning  miyasiga kelmagan yangiliklar ham  bordir.
"Muxolifat"  so‘zi  arabcha "ixtilof"  so‘ziga  o‘zakdosh  bo‘lib,  qarama - qarshilik  degan  ma‘noni  beradi."Xilof" so‘zi  ham "Muxolifat"  kalimasiga  o‘zakdosh.
U  adolatsizlik  yuz  berayotgan  jamiyatda  hukumatning  o‘z  manfaatlariga  moslab  chiqargan  mavjud  qonunlariga  zid,  ya‘ni  xilof  ravishda  oyoqqa  turadi.
Muxolifat  sog‘lom,  ya‘ni  niyyati  rostdan  ham  xalq  manfaatlarini himoya  qilish  bo‘lsagina,  u  chinakam  muxolifatdir.
Aksincha, nosog‘lom  "muxolifat"ning  Alminsoxda Xudoga  isyon  qilgan,  U ning  farziga xilof  faoliyat  yuritgan  iblis  alayxulla‘nadan  hech  qanday farqi  bo‘lmaydi.
Bu  ma‘noda  aqli  kalta, tafakkuri  sayoz, buning  ustiga  siyosiy  savodsiz  kimsalarni  iblisga  o‘xshatib, allaqanday  zolim  xukmdorbachchalarni  Xudoga  tenglamoq  fikridan  (Astag‘firullo)cheksiz  nur  yili  masofada  yiroqmiz.
Qolaversa, Odam  bolasi  "xudo"likni  da‘vo  qilsada,  u  hech  qachon  XUDO  bo‘lolmaydi  va  bu  qanday  yaxshi!
Tilida  adolat,  insof,  imon  va  haqiqat  bo‘la  turib,  dilida  toju taxt  vasvasasi, dunyo  as‘asai  berkinib  yotgan   yovuz  "muxolifat"dan  Xalqimizni, Vatanimizni  Xudoi  Taoloning  o‘zi  asrasin.
Bu  dunyoda  har  qanday  narsaning  o‘z  cheki, chegarasi  bor  va  u  narsa  o‘z  chegarasidan  chiqqach,  o‘zining  shaklini  hamda  mohiyatini  birdan  yo‘qotadi,  butunlay  boshqa  narsaga  aylanib  qoladi. Misol  uchun  sovish  darajasi  meyoridan  ortgan  suv  muzga  aylanib  qoladi  va  uni  hatto  yosh  bola  ham  suv demaydi,  muz  deydi.
Shuningdek, qattiqqo‘llik,  tartib  ham   xaddi,  xududidan  o‘tgach,  ZULMga  aylanadi.
Jumladan  muxolifat  ham,  demokratiya  ham. Ortiqcha  demokratiya  avboshlikka, total  liberalizmga  do‘nadi.
Shu  ma‘noda  muxolifat  yuksak  siyosiy  axloqqa,  madaniyatga ega  bo‘lishi  kerak.
Uzoqni  ham  tuzoqni  ham  ko‘ra  biladigan,  qalbi  toza,   oqil  siyosatchi  boshqaruvidagi  sog‘lom  demokratik  muxolifatdan Xalq  hech  qachon  ziyon  ko‘rmaydi.
Nega?
Chunki,  siyosiy  raqobatda  "uloq"ni  oldirib  qo‘ymaslik  uchun  ham  amaldagi  hukumat  tirishib - tirmashib,  ishlab,  elga berilishi  kerak  bo‘lgan  gaz,  elektr  quvvatini  uzuliksiz  yetkazib  berish  ishiga  bor  imkoniyatlarni  safarbar  etadi.
Kursisini  qo‘ldan  bermaslik  uchun,  avjga  chiqqan  ishsizlik  muammolarini  bartaraf  qilish  yo‘lida ijobiy  o‘zgarishlar  qilishga  kirishadi, intiladi.
Shuning  uchun  Xalqimiz  sog‘lom  demokratik  muxolifatni(agar  u  mavjud  bo‘lsa  albatta) uni  amaldagi  hukumatga  qo‘shilib, yomonlamasligi, aksincha  unga  ham  teng  munosabatda  bo‘lishi  kerak.
Negaki, ular  ham  O‘zbekiston  farzandlari,  ular  ham  xalqqa, vatanga  o‘gay  emaslar.   Xalqni  ZULMdan  muhofaza  qiladigan  yagona  siyosiy  kuch  ham  aynan  sog‘lom,  demokratik  muxolifatdir.
Yana  ham  soddaroq  aytilsa,  haqiqiy  ma‘nodagi  mo‘‘tadil  dunyoviy  demokratik  muxolifat  xalqning amaldagi  hukumat  harakatlarini  o‘z  manfaatlariga  bo‘ysundirish  yo‘lida  manipulyatsiya    jabdug‘idir,  yuganidir.
Xalq har zamonda  amaldagi  xukumatga  nisbatan  siyosiy  raqobatda  bo‘lgan  sog‘lom  muxolifatga  mehr  ko‘rgazib  tursa,  kursisini   qizg‘onguvchi  amaldagi  hukumat xalqning  muammolarini yechishga  kirishadi,  iloji  boricha  to‘g‘ri  ishlashga  harakat  qiladi.
Bu  esa,  faqat  xalqqa  yoki  sog‘lom  dunyoviy  demokratik  muxolifatgagina  emas,  amaldagi  hukumatning  o‘ziga  birinchi  navbatda  foydali.



23  yanvar,  2013  yil.
Erta  tong.  Kembridj,  Kanada.



Bedor  manqurtlar



O‘zbek  zamonaviy  adabiyotiga  havo  olib  kelgan  shoir  Muhammad  Solix(Salay  Muhammadaminov)  she‘riyati  xususida.

Men   yigirmanchi  asr  o‘zbek  adabiyotidagi   shoir  Muhammad  Solihni   qadimda  Shayboqxonga  madxiya  yozgan  Muhammad  Solih  degan  feodal - klerikal (xo‘jayin  va  xizmatkor) adabiyoti   (adabiyotshunoslik  tarixida  shunday  atama  bor) vakili  va  boshqa  oddiy  Muhammad  Solixlar bilan  aralashtirib  yubormaslik  uchun  Salay  Madaminov ya‘ni  Muhammadaminov.  (Madamin  desam  Payg‘ambar  Alayxi  Saloti  Vasallamning  ismi  muboraklarini  yarimta  aytayotganday noqulay  tuyulyapti  menga)  deya  o‘z  nomi  bilan  atash  uchun  kimdandir  ruxsat  so‘rab  yurmasam  kerak. Ya‘ni  shundan  ham  ba‘zilarning  g‘ashi  kelmasligi  uchun shoir  Muhammad  Solixni  pasportdagi  ismi  sharifi  bilan, Payg‘ambar  Alayhi  Saloti  Vasallamga  hurmatim  bois  biroz  tuzatish  bilan  atayapman.
Kamina   yuqorida  nomi  zikr  etilgan  shoirimizning  "Shunday  vataning  bo‘la  turib..." deya  boshlanadurgon  bir  she‘rini  tahlil  qilib,  maqola  yozgan  va  uni   "Bo‘ronnoma"  kitobiga  kiritgan edim.
Bu  maqola  ancha  shov - shuvga  sabab  bo‘lib,  “adabiyotshunos”  Nomoz  Normo‘min  javob  maqola  bitibdilar. Bu  yaxshi. Chunki,  yozgan  narsanga hech  yo‘q   daydi  tosh  yo  musht  bo‘libmi  nimadir  qaytib  kelmasa,  bundan  yomoni  yo‘q. Huddi    tog‘u  toshlarda   bor  ovozing  bilan  baqirib,  sukunatga  soatlab  quloq  tutsangu  aks - sado  qaytmasa,  unda  odamning  kayfiyati tushib  ketishi  mumkin.
Zotan  men,    to‘g‘ri  kelgan  shoir  yo  yozuvchining  asarlariga  sharx  yozavermayman.
Lekin,  bu  degani  Muhammad  Solix (Salay  Muhammadaminov) XX  asr  o‘zbek  adabiyoti  she‘riyatida   shoirlarning  oldi,  ya‘ni  peshqadami,  yozgan  she‘rlari  mukammal  yoki  ideal  degani  emas. XX  asr  o‘zbek  she‘riyatida  undan  kuchli  shoirlar  juda  ko‘p. Misol  uchun, G‘afur  G‘ulom, Hamid  Olimjon,   Abdulla  Oripov,  o‘zbek  aruzini  modernlashtirgan  Erkin  Vohidov, lirik  shoir  Hurshid  Davron,  Usmon  Azim,  Shavkat  Rahmon, Muhammad  Yusuf,  Halima  Xudoyberdiyeva,  Halima  Ahmedova, Omon Matchon, Rauf  Parfi, Abduvali  Qutbiddin, Eshqobil  Shukur, Asqar  Maxkam,  Ravshan Fayz, Mash‘al  Hushvaqt,  Yusuf  Juma  kabi  yuzlab  yoniq  shoirlarimiz  bor.
Muhammad  Solix  (Salay  Muhammadaminov) XX  asr  o‘zbek  she‘riyatida  modern  she‘rlari  bilan  she‘riyatimizni  Yevropa,  xususan,  yugoslav -boltiqbo‘yi  she‘riyati  bilan  bog‘ladi  va  bu  fakt.Xuddi  Shavkat  Rahmon  Ispan  adabiyoti  shamollarini  adabiyotimizga  olib  kirgani  kabi.
Men  o‘sha  sharxni  o‘zim,  hech  qanday  yugirdaklarga  tayanmay  yozib,  o‘z  nomim  bilan  e‘lon  qildim. Hayratlarkim,  u  tazkiraga  shoir  Muhammad  Solix (Salay  Muhammadaminov)  qolib,  Nomozboy  “adabiyotshunos”  javob  yozibdilar. O‘z  raisi  tomonidan  vazifalangan  Nomozboy  o‘zi  dunyoga  kelib,  elning  esida  qoladigan  bir  misra  she‘r  yozolmagan  bo‘lsalarda,  sovet  zomonida  o‘z  lirik  she‘rlari  bilan  o‘zbek  halqining  eng  sevimli  shoirlaridan  biriga  aylangan  Hamid  Olimjonni  maddohlikda  ayblabdilar.
Vaholanki,  Nomozboyning  raisi  Muhammad  Solix (Salay  Muhammadaminov)ning  yozgan  she‘rlari  umimiyatla  uyg‘unlashgan  oqimda  odmi,  ya‘ni  ko‘zga  yarq  etib tashlanmaydi. Yozgan  she‘rlari  Yevropa  she‘riyatidan qilingan  tarjimaga  o‘xshaydi. Birov  uning  hech  yo‘q  bitta  she‘rini yoddan  bilmaydi. Hamid  Olimjonning  "O‘rik  gullaganda"  she‘rini  esa  aksari  o‘zbeklar,  yoshu - qari  deyarli  yoddan  biladi. “O‘zbekiston”, “Ko‘m-ko‘k”  she‘rlarini  va  hatto  “Parizod  va  Bunyod” ertagidan  ayrim  parchalarni  yod o‘qiydiganlar ko‘p. Xuddi  Boburning  "Topqusidir",  yohud  Amir  Alisher  Navoiyning  "Bo‘lmas  emish"  ruboiylarini,  G‘afur  G‘ulomning  "Zo‘r  karvon  yo‘lida  yetim  bo‘tadek,  Intizor  ko‘zlarda  xalqa  - xalqa  yosh"  misralarini,  "Sen yetim  emassan"  she‘ridan  ayrim  parchalarni,  Abdulla  Oripovning  "Gadoning  dushmani  gado  bo‘ladi", "Ranjimang  aslo"  ruboiylarini  yoddan  bilgani  kabi.
Nomozboy  “adabiyotshunos” yoqtirmaydigan,  ammo  uning  hoxishiga  zid  holatda  O‘zbek  xalqi  sevadigan  lirik  shoir  Hamid  Olimjon   deraza  ortida  oppoq  bo‘lib  gullayotgan  o‘rikning  bahoriy  ko‘rinishi  aks  etgan,  betakror manzara shavqidan, zavqidan    go‘zal  kartina  ishlab,  qalblar  LUVRiga    ilib  qo‘yibdir.
Mana  haqiqiy  shoirlarning  kuchi  qanday  namoyon  bo‘ladi. Nomozboyning  raisi,  SSSRning  nonini  yeb,  maktabida  o‘qib,  Moskvadagi  A.M.  Gorükiy  nomli  adabiyot  institutida  malaka  oshirib, savod  chiqargan,  rus  shoirlarini  o‘qib,  Yevropa  adabiyoti  maxsulidan  rus  tili  vositasida  bahramand  bo‘lgan,  70  yil  yaxshimi,  yomonmi,  xalqlar  bir - birlarini  qirg‘in  qilmay,  bitta  pasport  bilan  ulkan    xududlarda  o‘z  uyida  yurgandek  harakatlana  olgan  jamiyatda  SSSR  yozuvchilar  uyushmasi  a‘zosi  bo‘lgani  bilan  fahrlangan,   alaloqibat  o‘zi  bir  umr  intilgan  mustaqillik  yillari  xo‘rlangan  shoir  Muhammad  Solixning(Salay  Muhammadaminov)ning  esa  tuzuk - quruq  esda  qoladigan  she‘ri  yo‘q.
"Shunday  vataning  bo‘la  turib,  qo‘rqasan  o‘limdan,  shunday  vataning  bo‘la  turib,  qo‘lingda  qurol  yo‘q"  yoki  "Qarg‘algan  millat"  kabi  she‘rlaridan  ayrim  uzuq - yuluq,  urushga  chorlovchi,  elimizni  qarg‘algan  deya  xunuk  taxqirlaguvchi  misralarini  xisobga  olmasa.
Men  shoir  Muhammad  Solixning(Salay  Muhammadaminov)ning  "Shunday  vataning  bo‘la  turib..."  nomli  she‘riga  sharxni   qandaydir   shaxsiy  adovat,  xusumat,  g‘araz  yo  xasaddan  yozmadim. Xudo  qo‘risin.  Men  shoir  Muhammad  Solixning(Salay  Muhammadaminov)ning  qaysi  she‘riga  yoki  faoliyatiga  xasad  qilaman? Men  unga  hech  qachon  xasad  qilgan  emasman.  Havas  ham  qilmay  qo‘yganman.
Muhammad  Solix( Salay  Muhammadaminov)ning  siyosiy  faoliyati   esa,  men  uchun  yog‘ochdan  yasalgan  chaqadek  qadrsiz.
Muhammad  Solix(  Salay  Muhammadaminov) yaxshi  shoir,  ammo  siyosatchi  emas. Men  shunchaki,  uning  she‘riga  holis  fikr  bildirdim  halos. Sirkasi  suv  ko‘tarmaydigan,  tanqidga  toqatsiz,  buning  ustiga  birovlarni  diktator  deyishni  sevadigan,  ammo  o‘zi  salkam  chorak  asrdan  beri  otdan  tushsada,  egarda  o‘tirgan  shoir  Muhammad  Solix(Salay  Muhammadaminov)  qolib,  maqolaga  Nomozboy  adabiyotshunosning   munosabat  bildirishi  to‘g‘risi,  menga  biroz  g‘alati  tuyuldi,  kulgimni  qistadi.



Manqurtning  orzusi


Qorong‘u  tun,  yulduzli  osmon,
Oy - muzeydan  yo‘qolgan  tanga.
Men  kovakka   berkinib  olib,
Gij - gijlayman  avomni  janga...


SNBistmi  deya  cho‘chiyman,
Yo‘lovchilar  chiqsa  yo‘limdan.
Uqdiraman  yoshlarga  tinmay -
O‘lim  ne‘mat,  qo‘rqmang  o‘limdan!


Xalq  qirilsa  menga  bir  dastak.
Chor  tarafim  o‘likka  to‘ldi.
Jasadlarni tepalab  o‘tib,
Kresloga   o‘tirsam  bo‘ldi...



29   aprelü,  2012  yil.
Kech  soat  8 dan  36  daqiqa  o‘tdi.
Toronto  shahri,  Kanada.




To‘g‘ri  va  charog‘on  yo‘llardan  yuraylik!



Islom  Karimov  prezidentlik  kursisiga  o‘tirgach,  o‘zbek  xalqiga  bosh  barmog‘ini  tik  qilib: -Avgust  oyiga  borib  hayotimiz  "Vo"  bo‘ladi  degan  edi. Ya‘ni  xalqning  turmush  darajasi oliy  darajada  bo‘ladi  deya  vada  bergandi.

Ammo, xalqimizning  turmush  darajasi oliy darajada  yaxshilanmadi.


Albatta, buning  uchun  Islom  Karimov  aybdor  emas.

Birinchidan, u "hayotimiz"  deganda  o‘zining  va  yaqinlarining  vayo  rahbarlarning  hayotini  nazarda  tutganmi,  yoki  xalq  hayotini  nazarda  tutganmi,  bu  noma‘lum. Qolaversa,  Islom  Karimov  hayot  qaysi  yilning  avgustida  yaxshi  bo‘lishini  aniq  aytmagan.


Shuning  uchun,  xalqim,  bundan  keyin  kim  senga  vada  berayotsya, qaysi  oy,  qaysi  yil,  qaysi  chislo,  qaysi  soat,  minut - sekundigacha  aniqlab,  bitta  qog‘ozga  yozib,  o‘sha  vada  bergan  odamga  qo‘l  qo‘ydirib  ol.(Hazil)


Mana,  o‘zbek  muxolifati  ham  yaqinda  xokimiyatni  olamiz  deya  o‘qtin - o‘qtin  yolg‘on  gapirib  turguvchi  odamlarning  "Olti  oydan  keyin  revolyutsiya  qilamiz"  degan  vadasiga  chuv  tushib  o‘tiribdi. Balki  ular  "Oltoy"  o‘lkasidan  keyin  revolyutsiya  bo‘ladi - deyishgandir. Oltoyliklar  esa   o‘z  hayotidan  mamnun  shekilli,  inqilob  haqida  o‘ylashga  vaqtlari  ham  yo‘qqa  o‘xshaydi.(Shutka)


Nima  bo‘lganda  ham,  yolg‘onchilarga  ishonma,  xalqim. Ular  kommunist  bo‘lsalar  ham, nomozxon  bo‘lsalar  ham. Chunki,  haqiqiy  kommunist  hech  qachon  aldamaydi.  Nomozxonlar ham aldamaydi,  yolg‘on  gapirmaydi.Vada  bersa,  vadasining  ustidan  chiqadi. Bordiyu ular o‘z vadasini bajarmasa, ularning  bu  amali  shariatimiz  qonunlariga  to‘g‘ri  kelmaydi,  ya‘ni  Payg‘ambarimiz  Alayxi  Saloti  Vasallam  ta‘rifi  bilan  aytilganda,  munofiq  xisoblanadilar. (Bunisi  endi  jiddiy)


Bularing  hozirdan  aldasa,  ularga  laqqa  tushganingdan  keyingi  axvoling  nima  kechadi,  elim?


Biz  qurolli  to‘qnashuvlarda begunox  vatandoshlarimiz  qoni  to‘kilib,  qirilib  ketishini,  yurtimiz  vayron bo‘lishini  hoxlamay,  O‘zbekistonda hukumatning tinch yo‘l  bilan  almashinuvini istab, murosa  yo‘lini  tutish  kerakligini aytsak, ular Islom  Karimov  hukumati bilan murosa  qilib  bo‘lmaydi, u bilan o‘zining tilida  gaplashish  kerak  deydilar.


Go‘yoki,  o‘zbek  muxolifati  yig‘ilib,  o‘zaro  murosa  qilib,  biron  marta   hukumatga  murosa  qo‘lini  uzatganday. Siz kibru  havo  osmonidan tushib, murosa  qilish  to‘g‘risida  amaldagi  o‘zbek  hakumatiga  imzolangan  talab  va  takliflaringizni  yubordingizmi?


Aksincha,  yuborganlarning  ustidan  kulib,  qo‘lbola  gerbli  soxta  javob  xatini  tarqatib,  islom  diniga  umuman  to‘g‘ri  kelmaydigan  xarom  ishni  amalga  oshirdingiz.


"Endi  murosa  qilmoqchi  bo‘lganlar  "mana,  vatanga  kirish  uchun  rasman  ruxsat  berilinibdi"  deya  fanerkadan yasalgan ulkan frontovoy chamadonlarini ko‘tarib, itini  yetaklab, vatanga  borishadi. Keyin  ularni  aeroportdayoq  guppa - guppa  urib,  voronokka  tiqib  yerto‘laga  olib,  ketishadi,  rosa  kulamiz" - deb  kovagingizdan  mo‘ralab  turdingiz.


Bu  hayrli  tadbir  asoschilarini  nohaq  kalaka  qildingiz, xaqoratladingiz.
Bu narsani  musulmonlik  davo  qilayotgan, ammo  o‘z  shaxsiy  manfaatlari  yo‘lida o‘z diniy  maslakdosh  birodarlarini  ham   sotishga  tayyor, ChALA  MUSULMON,  ChALA  DEMOKRAT  bo‘lib  olgan, AROSAT  fuqarolaridan  kutsa  bo‘ladigan  jirkanch  amal  edi.


Ulardan  nafaqat  konservativ  dunyoqarashdagi  imon - e‘tiqodli,  Islom  dinini  sevadigan  va  uni ardoqlaydigan  demokratlar  yoki  Xalqimiz, balki, o‘z  maslakdoshlari  ham dinni dunyoga  sotayotganlari  uchun  ulardan  nafratlanadilar.
Chunki  ular  kezi  kelsa  dinni  qurol  qilib,  o‘z  chirkin  maqsadlariga  erishish  uchun  AROSAT  ko‘chasiga  kirishdan  ham  toymaydigan   makkor,  ayor  toifa  vakillaridir.


Lekin,  murosa  tarafdorlari  ularga  o‘xshab  kim  yetovga  olsa  ketaveradiganlardan  emas  edi. Ular  extiyotkor  bo‘lmasalarda,  xushyor  odamlar  bo‘lib,  O‘zbekiston  Tashqi  Ishlar  Vazirligining  xati  bilan  qo‘lbola  maktubni  farqlay  oladigan  darajada  yetarli  farosatga  egaligini  ular  qayoqdan  ham  bilardilar.


Ey  musulmon    akalarim,  ukalarim,  opalarim,  singillarim!  Sevikli  payg‘ambarimiz  Janobi  Rosulullox  Sollolloxu  Alayxi  Vasallam  Olloxdan  so‘rasa  dunyoni  ostin  ustun  qilib  tashlamoqqa  imtiyozli  bo‘lishlariga qaramay, Makka  shahri  vayron  bo‘lmasligi,  Xalq  qirilib  ketmasligi  uchun, Madinaga  hijrat  qilganliklarini  va  qon  to‘kmay, Makkaliklarning  iltimosiga  binoan yana Makkai  Mukarramaga buyuk hurmatlar bilan qaytib  borganlarini aslo unutmang!


Rosululloxning bu go‘zallikda teng yo‘q  amali biz ummatlarga sunnat,ibrat bo‘ladigan oliy hikmatdir!


Xalqimiz qoni to‘kilmasin,yurtimiz  vayron  bo‘lmasin!




Dersu  Uzala


Qalamni bir shaklda tasavvur qilish to‘g‘ri  emas. Negaki, “Qalam” kalimasida yog‘ochdan yoki plastmassadan yasalgan yozish moslamasining tasviri mutloqo yo‘q.

Qalam so‘zi arabcha “Qol” ya‘ni, “So‘z” tushunchasiga o‘zakdosh bo‘lib “Qolamun” - so‘zni yozguvchi ma‘nosini anglatadi. Demak, nimaiki so‘zni yozsa u qalamdir. G‘ozning pari ham, qamish dovot ham, magnitafon ham, yozuv mashinkasi ham, diktafon ham, inson xotirasi ham, kampüyuter ham. Ko‘plar nazarida bu tasavvur xuddi Dersu Uzalaning tabiatdagi barcha narsalar odamdir degani kabi ibtidoiy tuyulishi mumkin. Lekin taassufki, unday kalondimog‘ kimarsalar Dersu Uzala falsafasi oldida savodsizdirlar.

Agar hamma ham Dersu Uzala kabi fikrlab tabiatdagi dov - daraxt va xayvonot olamiga hurmat - e‘tibor bilan qaraganida tabiat bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga putur yetib suv va havo zaharga bo‘kmagan, ekologik muvozanat izdan chiqmagan, molu dunyo va toju taxt vasvasasi bilan begunox odamlarni o‘ldirishlar, qatag‘onu qirg‘inlar yuz bermagan bo‘lardi. Demoqchimanki, qalamni ham Dersu Uzala kabi tasavvur qilsakgina masalaning tub mohiyatiga yaqin borib Ollox amri bilan Lavhul Maxfuzga o‘z - o‘zidan yozgan qalamning inson tasavvuriga sig‘maydigan azimligini hamda uning yog‘och yoki plastmassa emasligini, aksincha, Olloxning qalami oldida sekundiga milliardlab amaliyotlarni bajaruvchi kompüterülarning eng so‘ngi avlodi ham o‘ta primitiv, beso‘naqay sandiqlar kabi g‘oyat kulgili shamoil kasb etishi ma‘lum bo‘ladi.

Dunyo mal‘un va muvaqqat. Qalam esa aziz va mangu ! Ammo bir narsani sira unutmaslik kerakki, dunyo qalami ikki toifaga mansubdir. Biri Rahmoniy ikkinchisi Shaytoniy. Rahmoniy qalamdan insoniyatni rohi rostga yetaklaguvchi hayrli so‘zlar valodat topadi. Shaytoniy qalamdan esa bandalarni ikki dunyo saodatidan mosuvo qilguvchi badbin fisqu fasod, ig‘voyu g‘iybat, bo‘xtonu tuxmatlar dunyoga keladi. Shunday ekan, kishi Rahmoniy qalam sohibi bo‘lish uchun intilmog‘i hayrlidir. Dersu Uzala daraxtni, ayiqni, daryoni, osmonni, quyoshni odam desada, u hech qachon odamni quyosh demaydi, osmon demaydi yoki yer demaydi. Biz atrof - muhitga Dersu Uzaladay munosabatda bo‘lolsak, qachonlardir vafot etgan dilimiz tirilib uning shaffof ko‘zgusida shahodat va iymon nuri tajallo qila boshlaydi hamda “Taqdiring manglayinga yozilgan” desalar kulmaymiz, qaytaga u so‘zlarga chin yurakdan imon keltiramiz.

Dunyo ilmlarini, tamomi falsafalarni suv qilib ichib yuborgan bo‘lsakda, manglayimizdagi Xaq yozgan yozuvini o‘qiy olmay o‘zimizning buyuk savodsiz ekanimizni anglaymiz, tan olamiz va takabburlik kaxkashonidan hech yo‘q bir - ikki g‘isht pastga tushamiz. Manglaydagi yozuv O‘rxun - Enasoy toshlavhalaridagi Bilka xoqon va Kultaginning zafarnomalari emaski, uni bironta akademik Bartolüd o‘qib sharxlasa.Dersu Uzalaning qurt - qumursqani ham, hashoratlarni ham, ilon - chayonlarni ham, parrandayu darrandalarni ham odam deya hurmatlashi Rahmoniy qalam maxsuli kabi ibratli, oliy insoniy fazilat, inson manglayidagi yozuv kabi sodda murakkablik va murakkab soddalikdir. Kinoda ko‘rgan bo‘lsangiz, Dersu Uzala hamroxi bilan yo‘lga otlanar ekan, chaylada gugurt, tuz, guruch va yana nimalarnidir qoldiradi. U hayron bo‘lgan hamroxiga “Bironta odam Taygada adashib shu chaylaga kelsa biz qoldirgan gugurt bilan gulxan yoqib guruchni qaynatib yeydi” deb qo‘yadi.

Shaxsan men uchun Dersu Uzala nomoz o‘qishni bilmasada, nomoz o‘qib ikki marta Haj qilgan, izdahomda tishini cho‘p bilan kovlab yo‘g‘on kekirib kambag‘al qo‘shnisi ustidan ayyorona kulguvchi hojilardan ming-milliard marta yaxshi. Men ham muhojiratning qalin o‘rmonlarida tentirab yurar ekanman, ushbu arzimas
maqolani xuddi Dersu Uzala qoldirgan narsalarday internetda kezib yurgan IShQ mahfeliga parvona ahli dillar uchun qoldirmoqdaman. Qaydasan, xoksor, mehr - oqibatli oqko‘ngil Dersu Uzala ? A - uuuuu !



10 yanvarü, 2008 yil.
Soat 18:37
Toronto. Kanada



Siyosiy  karkas  va  adabiy  tahallus  haqida



XX  asr   o‘zbek  adabiyotida  bahoriy bo‘rondek bog‘larni  uyg‘otib, badiiy  inqilob  qo‘mitgan  favqulodda  iste‘dodli  shoir  Muhammad  Solixning  siyosiy  faoliyatiga  vatanda  mulla  mushuk  bo‘lib,  sirtini  silab, chetga  chiqqach,  qo‘rsayib, qog‘oz  urushi  qahramonlariga  aylangan, qog‘ozbotir,  og‘zi  polvonlar  o‘ylaganiday,  bugungi  o‘zbek  hukumatining  kuchishlatar  tizimlaridan  qo‘rqqanimiz  uchun  emas,  balki,  Muhammad  Solixning  keyingi  yillarda  ishg‘ol  qilgan   siyosiy  poziyasi  bizga  ma‘qul  bo‘lmagani  uchun  ham  u  tuzgan turli  siyosiy  birlashmalarga  aralashmayotirmiz.
Albatta,  bu  achchiq,  ammo  holis  so‘zlarni  o‘qiboq, kompüyuter ekrani  qarshisida  mukchaygan Muhammad  Solixning  va   "maslakdoshlari"ning  og‘zi  nafratdan  xunuk  qiyshayib, "sening aralashmayotganing biron  narsani  o‘zgartirarmidi?" -deya  o‘ylashlarini  avvaldan  bilamiz.
Zotan  ularning    shunday,   osmondan  turib, boshqalarga  o‘ta  past  nazar  bilan  qaraydigan  kalondimog‘lik  odatlari  bor.
Ammo,  biz  bunaqangi    manzaralarga  ko‘p  ham  e‘tibor  qaratmaymiz.Negaki,  hatto  bizga toqatsiz,  g‘ayur  kayfiyatda bo‘lgan  kulgili siyosiy  mikroblar  ham,  bizning HAQIQAT  yo‘lida  kerak  bo‘lsa  olovgada  tikka  borishimizni  juda  yaxshi  biladilar.
Ha,  biz  vatanda  hukumat  tinch,  yuksak siyosiy madaniyat,  halol  saylovlar  yo‘li  bilan  almashishining  tarafdorimiz.O‘zbekistonda  ham  taraqqiy  etgan Yevropa  va  G‘arb  davlatlaridagi  kabi  Koalitsion hukumat tuzilishini,  ya‘ni  sog‘lom demokratiyani  hoxlaymiz.
-E, hukumat  ikki  dunyoda  tinch  yo‘l  bilan  almashmaydi. Almashsa  ham  bugungi  diktatura o‘zgarmaydi! Bu  rejimni  faqat  kuch  bilan  ag‘darish  kerak! - deya  ARAB  BAHORiga  ishora  qiluvchilar  ham  yetarlicha  topiladi.
Lekin,  ular  O‘zbekistonimizni  Arab  davlatlariga  qiyoslab,  chuqur  o‘ylamay  ish  tutishlari  noto‘g‘ri.
Birinchidan,  Arab  davlatlari bir  tepsang  neft  chiqib  ketadigan yer  sharining  eng  neftga  boy xududlariga  joylashgan va  ularning   neft  eksporti  uchun  arzon  dengiz  yo‘li,  qulay   imkoniyatlari  borki,   inqiloblar  oqibatida  yuzaga  keladigan  har  qanday  iqtisodiy  vayronagarchilikni  tez  fursatlarda  tiklay  oladilar.
Qolaversa,  Arab  mamlakatlari  diniy boshqaruvda  bo‘lsalarda, muxolifati yasama  emas,  haqiqiy  va  ular  be‘malol  bo‘lmasa  ham,  har  xolda  vatandan  ketmay,  siyosiy  faoliyat  olib  bora  oladilar,  firqa  yo  siyosiy  tashkilotlari  ro‘yxatdan  o‘tgan.
Shu  sabab,  ular  iqtidordagi  hukumatga  oz  bo‘lsada  o‘z  ta‘sirini  o‘tkaza  oladilar, hukumatlarining xatolarini,  kamchiliklarini  ro‘y - rost  ayta  oladilar.Bundan  tashqari arab  mamlakatlaridagi  mavjud muxolifat mamlakat  parlamentlarida  o‘zlarining  vakillariga  ega.
Shu  o‘rinda  bir  gap: Mamlakat  ichkarisida  sog‘lom  muxolifat  bo‘lmay  turib,  amalga  oshiriladigan  har  neki  inqilob, to‘xtatib  bo‘lmas  fuqarolar  urushiga  aylanishi  mumkin.
Muxolifat  bu  jamiyat  binosining siyosiy  KARKASIdir.Siyosiy  karkassiz  jamiyat  binosi  esa,  salgina  zilzilaga  ham  dosh  berolmay  qulaydi,  eng  yomoni,  xalqni  bosib  qoladi.Vatan  vayronaga  aylanadi.
Ba‘zilar  kovakdan  ko‘zlarini  yiltillatib; -Qo‘shni  Qirg‘izistonda  binoyidek  inqiloblar  bo‘lyaptiku. Bizning  qirg‘izlardan  qayerimiz  kam?! -deya  chiyillashlari  ham  hech  gap  emas.
To‘g‘ri,  inkor  qilmaymiz. Qirg‘izistonda  inqiloblar  bo‘lyapti. Lekin   ularda,  bizlardagidan  farqli,  mamlakatlari  ichida sog‘lom  muxolifati,  ya‘ni jamiyat  binosining  inqilobiy  zilzilalarda  tutib  qolishga  qodir biz  aytgan  o‘sha  SIYoSIY  KARKAS  mavjud.
SIYoSIY  KARKAS,  ya‘ni  mamlakat  ichkarisidagi  SOG‘LOM  MUXOLIFAT  isyonlar,  inqiloblar,  yoki  urushlar  boshlangan  taxlikali  damda  izdan  chiqishi  mumkin  bo‘lgan  siyosiy  vaziyatni  o‘z  qo‘liga  olib,  tartibga  keltiradigan,  olovni  o‘chiradigan  g‘oyat  muhim  bir  siyosiy QURILMAdir.
SIYoSIY  KARKASSIZLIKning  jamiyatimiz  uchun  naqadar  hatarli  narsa ekanini  iqtidordagi  hukumat  ham, kemasi  siyosiy  sayozlikka  botib  qolgan  o‘zbek  muxolifati  ham  birday  anglab  yetishlari  zarur!
Qirg‘iziston  ichkarisiga  qarang, To‘pchivek  Turg‘unaliyevlar  ham  bemalol,  baqirib - chaqirib,  amaldagi  hukumatning  kamchiliklarini,  o‘z  elining  dardu  hasratini  baralla  aytib yuribdi  va  hech  kim  ularni  ta‘qib  qilayotgani  yo‘q.
Shu  prizmadan  qaralsa,  zo‘ravonlik  asosiga  qurilgan  bizning  jamiyatni  solishtirarak, "Hech  yo‘q  shu  qirg‘izlarchalik  emasmiza"  deya  beixtiyor  uyalib  ketasan  odam.
Ey,  O‘ZBEKlarim,  shu  drajaga  ham  tushib  qolamizmi?! Bu  nima  degan  gap?!
Na  amaldagi  hukumati  adolat  qiladi,  na  muxolifati  teranroq  tafakkur  qiladi!SIYoSIY  KARKAS nimaligini  hayoliga  ham  keltirmagan,  uni  tasavvur  qilolmagan    muxolifat "Lider"lari  ertaga  mamlakatda  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  siyosiy  bo‘xronlarni,  ijtimoiy  va  iqtisodiy  halokatni  ko‘z  oldiga  keltira  oladimi?!
To‘g‘ri  siyosiy  faoliyat  yurita  oladimi?
Mana,  biz  nima  uchun  Muhammad  Solixning  va  boshqalarning  siyosiy  faoliyatiga  tanqidiy  ko‘z  bilan  qaraymiz.
Biz  Muhammad Solixning  siyosatini  tanqid  qilsakda, o‘zini  ulug‘  shoir  sifatida  qadrlaymiz. Ko‘plar  uning keyingi  paylarda  yozgan  joynomoz  haqidagi  she‘rini  o‘qib,  uni  dinga  mukkasidan  ketgan,  dunyoga  etak  qoqqan so‘fiylikni, darveshlikni  iddao  qilaturib, toju taxt  vasvasasida aqldan  ozayotgan kimsa  deya ustidan  kulgandirlar  ham. Ammo,  Muhammad  Solix joynamozni  vatan  deganda,  vatan - sajdagoh  kabi  muqaddasdir  degan  gapni  aytmoqchi  bo‘lganini  har  kim  ham  darrov  tushinib  yetavermasa  kerak.Ha,  sajjoda kabi  muqaddas  vatanimizga, sajdagoximizga  o‘t  qo‘ymasligimiz  kerak.Sajdagoxga  o‘t  qo‘ygan  odam ASXABUNNAR,  ya‘ni  do‘zax  ahllaridandir  va  unday  kimsa oxiratda  jahannam  qa‘riga  uloqtirilsa  kerak!
Hullas,  maqolamizni  Muhammad  Solixning  ijodiy  faoliyati  haqidagi  ijobiy  fikrlarimiz  bilan  boshlaganimiz  uchun,  uni  yana  Muhammad  Solixning  baxstalab  tahallusi  haqidagi gaplar  bilan  itmomiga  yetkazmoqchimiz.
To‘g‘ri, Salay  Muhammadaminovning  xalqimizni  dunyoga  xalq  sifatida  tanitib  turgan  buyuk    Amir  Temur  dahosiga  zimdan,  gizli,  g‘arazli  qarashi, zukko  odam  uchun uning  Shayboqxonga  bo‘lgan  buyuk ehtiromidan  ma‘lum  edi.
Ammo,  mantiqan  olib  qaralsa,  o‘sha  paytlarda  xukumatga  yaltoqlanishni  o‘ziga  or  deb  bilgan,  davlat rahbariga  maddoxlik  qilishni  esa  pastkashlik  deya  ataydigan  yosh,  isyonkor  shoir  Salay  Muhammadaminov ShAYBOQxon degan  qandaydir  podshoni  maqtab,  sal  bo‘lmasa  xudo  darajasiga  ko‘tarib  yuborgan  xorazmlik  maddox  saroy  shoiri  Muhammad  Solix  tahallusini  o‘zlashtirishi  hech  aqlga  sig‘maydi.
(Maddox - madx etuvchi,  ya‘ni  maqtaguvchi. Adham, Mahmud, ismlari ham   shu  ma‘noni  anglatadi. Hamid - Xudoning ismi  sifotlaridan  biri.Ahmad, Muhammad  ismlari esa  maqtovga, "Xudoning  maqtoviga   sazovor bo‘lgan"  ma‘nosini  tashiydi.Demak,   "maddox"  so‘zini  salbiy  ma‘noda  emas, ijobiy  ma‘noda  qo‘llamoq  maqsadga  muvofiq. Shu  ma‘noda  biz maddox  deya Shayboqxonni  maqtagan qadimiy  shoirimizni  haqoratlamadik)
Qolaversa,  bir  tahallusni  ikki  emas,  minglab  shoir  adabiy  kunya  sifatida  ishlatish  xuquqiga  ega.
Vaholanki,  bu  narsa  qadimda  ham,  hozir  ham  hech  qayerda  taqiqilab  qo‘yilmagan.
Xuddi  Ahmad  degan  ism  bilan  ming lagan,  millionlagan  odamlar  nomlanishi  mumkinligi  kabi.


Gap  shoirning  tahallusida  emas,  uning  iste‘dodida.Bu  ma‘noda,  hozirgi  zamondagi  Muhammad  Solih  qadimgi  Muhammad  Solixdan  ming, million  karra iste‘dodliroq.


Sog‘  bo‘linglar.




21  yanvar,  2013  yil.
Kunduz  soat  12  dan  03 minut  o‘tdi.
Kembridj  shahri,  Kanada.





Tarix   ibrat  ko‘zgusidir





Xindistonliklar  Boburiy  podshoxzodalar  ichida  Shohi  Jahonni  odil  podsho  sifatida  hali  hanuz  hurmat  qiladilar. Hozirga  qadar  Bombey  shahrida  "Shajan"  ko‘chasi  bor. Xindlar  tili  kelmay,  Shohi  Jahon  bobomizni  Shajan  deb  ataydilar. Shohi  Jahon  nafaqat  adolatli  podshox,  balki  "Toj  Mahal" day  mo‘‘jizaviy  arxitektura  yodgorligini,  muhabbat  qasrini  qurdirgan  bunyodkor  hukmdor  ham  edi.
Ammo  Avrangzeb  Olamgir  ismli  zolim  o‘z  otasi  Shohi  Jahonning  taxtiga  tajovuz  qilib,  uni  bir  qal‘aga  qamab  qo‘yadi. Shoh  Jahon  qal‘ada  vafot etgachgina,  uni  Toj  Mahalga,  o‘z  sevgan  yori  marhuma  Mumtoz  Mahal  yoniga  dafn  etishlariga  ruxsat  beradi.
Taqdirni  qarangki, Shohi  Jahonday   bir  odil  podshoxdan  zolim  tug‘ildi,  zolim  Avrangzebdan  esa,  ajoyib  o‘zbek  shoirasi  Zebunniso  dunyoga  keldi.
Zebunniso  ulg‘ayib,  bir  yigitni  sevib  qoladi. Yigit  ham  uni  jondan  sevar  edi. Banogox,  bir  kuni  Yigit  Avrangzebning  bog‘iga  yashrincha  kelib,  Zebunniso  bilan  uchrashib  turganini  zolim  ota  va  mustabid  shox  ko‘rib  qoladi. Otasining  kelganini  sezgan  Zebunniso  yigitni  qutqarish  maqsadida: -Kir  yuvish  uchun  suv  isitiladigan  ulkan  qozonga  berkin -deydi. Yigit  qozonga  berkinib,  qopqoqni  yopib  oladi. Buni  ko‘rgan  zolim  Avrangzeb  boqqa  kiradida,  yigit  berkingan  qozonning  qopqog‘i  ustiga  chiqib  olib,  oqsochlarni  chaqiradi. Oqsochlar  kelgach,  Avrangzeb  ularga "Qozonning  ostiga  o‘t  yoqlaring!"  deya  buyruq  beradi. Oqsochlar  podshoning  vojib  amrini  bajo  keltiradilar. O‘choqda  olov  yonaveradi,  qozon  qiziyveradi. Yigit  esa  miq  etmaydi. Ish  shu  darajaga  borib  yetadiki,  qozondan  kuygan  go‘sht  xidi  bilan  qora  tutun  burqsiy  boshlaydi. Yigit  miq  etmay  kuyib,  jizza  bo‘ladi. Zebunniso  qon  yig‘lab,  xushidan  ketadi. Zolim  Avrangzeb  yigitning  chidam - matonatiga  qoyil  qoladi.
Yomondan  dog‘,  yaxshidan  bog‘  qoladi  deganlariday,  Avrangzebdan  shunday  yovuz  va  mudxish  xotiralar,  adolatli  va  bunyodkor  Shohi  Jahondan  esa  dunyoning  yettinchi  mo‘‘jizasi  "Toj  Mahal"  qasri  mangu  yodgorlik  bo‘lib  qoldi.
Bugungi  va  kelgusida  iqtidorga  kelguvchi  hukmdorlarning   bu  tarixiy  voqealardan  ibrat  olmoqlari  g‘oyat  foydali.
Mening  bir  jurnalist  ukam  bo‘lardi. Soxib  Alijonov  degan. Markaziy  teleradiokompaniyada  ishlardi. Prezident  Islom  Karimov  uni  ba‘zan  o‘zi  bilan  safarlarga  ham  olib  ketardi. Prezident  Karimov  bir  gal  Xindistonga  safar  qilib, "Toj  Mahal"  qasrini  ziyorat  etibdi. Shohi  Jahon  bilan  Mumtoz  Mahallarning  haqqiga  duoi  fotixalar  o‘qilibdi.
-Prezident  bilan  yonma - yon  o‘tirib,  duo  o‘qiyapmanu,  Xudodan,  ey,  Xudo,  Bobur  va  Boburiylar  haqida  sovet  zamonlarida  ham  qayg‘urib,  ular  haqida  she‘rlar  yozgan  Xoldor  Vulqon  akani  ham  o‘zing  qo‘lla - deya  sizni  ham  esladim - degan  edi  o‘shanda  telejurnalist  Soxibjon  Alijonov.
U  mahallar  Soxibjon  Alijonov    mening  hurfikrli   dissident  ekanligimdan  mutlaqo  bexabar  edi.

Meni  bir  narsa  quvontiradi. Dunyoning  yettinchi  mo‘‘jizasi  bo‘lgan  "Toj  Mahal"  qasrining  qurilishi,  bizning  shonli  va  shavkatli  ota - bobolarimiz  dunyoni  vayron  qilgan  bosqinchilar  emas,  balki,  yer  yuzida  adolat  o‘rnatib,  shaharlar  barpo  qilgan  bunyodkor  insonlar  bo‘lganini  tasdiqlaydi.

Ha,  biz,  ya‘ni  bugungi  o‘zbeklar  ham  Temuriy  ota - bobolarimiz  an‘analariga  sodiq  qolib,  xalqimiz  osoyishtaligini  asrab,  vatanimizni  obod  qilishga  intilmog‘imiz  kerak!




12  yanvar,  2013  yil.
Kunduz  soat  2  dan  17  minut  o‘tdi.
Kembridj  shahri,  Kanada.





Qumosti  kemasi



Hayot  - poyonsiz  ummon. Mamlakatni  kema  deyavering. Davlat rahbari  esa  mallox,  ya‘ni kema  kapitanidir. Kemaning  manzillarga  omon  yetishi,  vayo  okean  qa‘riga  g‘arq  bo‘lishi, shturvalni  boshqarayotgan rulevoyga  ham,  lotsmanga  ham bog‘liq  emas. Kemaning  taqdiri  kapitanga  bog‘liq. Agar  kema  kapitani xushyor  bo‘lsa, uzoq - uzoqlarda ko‘zga  tashlanayotgan  kichik  muz  qoyalarga  bee‘tibor  bo‘lmasa,  durbinda  bo‘lsa  ham  uzoqni  ko‘ra  bilsa,  u  kema  suvosti  muzqoyalarga  - aysberglarga  urilib, teshilmaydi,  "Taytanik"  kemasi  kabi  ikkiga  bo‘linib,  suv  ostiga  kirib  ketmaydi. Kema  halokatga  yuz  tutishi  mumkinligini  birinchi  bo‘lib  kalamushlar sezadi  va  kemani  shosha  - pisha tark  etadilar. Kalamushlar  hali  kemada  ekan,  demak  u  kema  hali  uzoq  suzadi. Aslida  suv  transportiga  hamma  vaqt  ham  tashqi  havf - xatar  taxdid  solavermaydi. Ba‘zan  kema  kutilmaganda  paydo  bo‘luvchi  dengiz  qaroqchilariga  duch  kelishi va  ayovsiz  talon - taroj  qilinib, bortidagi  yo‘lovchilar  qaroqchilar  tamonidan  qirg‘in  qilinishi  mumkin. Banogox paydo  bo‘luvchi  qaroqchilarga esa  kemaning  ichida  yurgan  sotqinlar  ma‘lum  bir  manfaat  evaziga  yordam  beradilar. Ya‘ni   sotqinlar  avval  kompasni  ishdan  chiqarar  ekanlar,  oshxonaga  kirib,  kapitandan  tortib  oddiy  dengizchiyu  yo‘lovchilar  ovqatlanadigan  qozonlarga  uyqu  dori  tashlaydilarda,  ekipaj  o‘sirig‘i  osmonni  teshib,  uxlayotgan  pilla  zulmatda  toshfonarni yoqib - o‘chirib, qaroqchilarni  chorlaydi. Shundan  keyin  kemada  qanday  voqealar  yuz  berishi  mumkinligi  haqida  yozib  o‘tirishning  keragi  yo‘q  menimcha. Shunday  ekan, hayotning  beqaror  ummonida  harakatlanayotgan mamlakat  kemasini  boshqarish  siz  o‘ylayotganingizdek  oson  ish  emas.Mutaraqqiy  mamlakatlar  misoli  suvosti  kemalardirki,  ular  aysberglarni  ko‘rib  turadilar.
Bizning   kema   esa  hatto  qumosti  kemasi  ham  emas,   va  u   qurigan  dengiz  o‘zanidagi  to‘lqin - to‘lqin  qumtepalar  uzra   suzib  borayotgan,  yelkanlari  samum  bo‘ronlarida  varrak - varrak  yirtilgan  afsonaviy  sahro  kemasiga  o‘xshaydi.Bunday  xolatda  kemani  boshqarish  kema  kapitanidan  faqat  aql  - idrok  emas,  farosat  va  tafakkur  ham  talab  qiladi.
Deylik,  sekulyar  boshqaruvdagi aholisining 99  foyizi  musulmonlardan  iborat  bir  dunyoviy  davlatda demokratik tamoyillar  tufayli bir  necha  davlat  ro‘yxatidan  o‘tmagan  cherkovlar  paydo  bo‘lsa,  mamlakat  hukmdori  esa  til  uchida  musulmonman  desada,  umuman  dinga,  Xudoning  borligiga  ham  ishtibox  bilan  qarasa,  o‘z  dini  buyurgan  amallarni  bajarmasa. Aksincha,  aroq  ichib,  musulmonchilikka   terrorchilikka  qaraganday  qarasa,  va  bu  din  quvvatini  bir  iloj  qilib  pastlatishga,  o‘z  manfaatlari  yo‘lida  bo‘ysundirishga  urinsayu, kutilmaganda  o‘sha  xukmdor  xristian pastorlarini  mamlakatdan  quvg‘in  qilib,  cherkovlarini  yopsa,  siz  albatta  hayron  bo‘lasiz.  Axir  mamlakatda  o‘zga   dinning  rivojlanishi  oqibatida  axolining ,  ya‘ni  bo‘ysunmayotgan  din  vakillarining  katta  qismi  boshqa   dinga  o‘tib  ketsa,  qaytaga  xukmdor  uchun  yaxshi  emasmi,  axolini nazoratda  tutish  osonroq  bo‘lmaydimi? Ajabo,  nega  mustabid  xukmdor o‘ziga  yordam  berishi  mumkin  bo‘lgan,   bu  ham  ozday   pastorlari  mahalliy  aholi  ichidan  chiqqan  o‘zga  din  vakillarini  mamlakatdan  badarg‘a  qilib,  ularning   cherkovlarini  yopdi ekan? -  deya  o‘ylaysiz.  Faraz  qilaylik,  o‘sha  xukmdor   demokratiya  tamoyillariga  amal  qilib,  o‘sha  mustaqil  pastorlar  uchun  ishlashga  shart - sharoitlar  yaratib  bersa, uning  bu  ishidan  xristian  olami  ham, Yevropa  va  G‘arb  ham  xursand  bo‘lardi  albatta. Dunyo  demokratlari  ham  bunday  siyosiy  bag‘rikenglikni  jon  deb  qo‘llab - quvvatlagan  bo‘lar  edilar. To‘g‘rida,  bunday  olib  qaralsa,  oddiy,  ammo  hukmdorga  mislsiz  obro‘  keltiradigan  bir  siyosiy  taktika. Ammo  hukmdor  bu  borada  sizday  donishmandlarning  donishmandidan  ham    boshqacharoq  va   chuqurroq  tafakkur  qilgan,  o‘ylagan  ko‘rinadir.U  mamlakat  atalgan  ulkan  kemani  boshqarar  ekan,  uzoqlarda  ko‘rinayotgan   qumtepa  ostida  ulkan  qumosti  qoyalari  borligini  oldindan  sezgan  va  ilg‘ay  olgan  va  shu  ondayoq  uning  miyyasiga  bir  kesak  bilan  uch  quyonni  urushday  ajoyib  fikr  kelgan. Gap  shundaki, xristian  pastorlarini  mamlakatdan  quvib  chiqarib,  cherkovlarini  yopishi  birinchi  navbatda  unga  qarshi  tish  qayrayotgan  radikallarni  oz  bo‘lsada  qanoatlantiradi,  axolining  musulmoniyatga  amal  qiluvchi  qatlami  orasida  hukmdorning  reytingi  ko‘tariladi.Lekin  masalaning  boshqa  tamoni  bor. Ya‘ni  mustabid  xukmdor  norasmiy  xristian  cherkovlari    yuksalgan  sari  mamlakatda  diniy  qarama - qarshilik  ham  asta  sekin  yuzaga  kelib,  nizolar  chiqishi  va  alaloqibat  u  janjallar  nazorat  qilib  bo‘lmaydigan  dinlararo  urushlarga  sabab  bo‘lishi  mumkinligini  o‘ylagan. Albatta,  mustaqil  mamlakatning  qudratli  kuch  ishlatar  tizimlari  bor  va  ular  mamalakatda  yuz  berishi  mumkin  bo‘lgan  unday  tartibsizliklarni  kuch  bilan  bo‘lsada  bostirishga  qodir. Ammo,  diniy  va  milliy  to‘qnashuvlarning  siz  o‘ylamagan  yanada  xatarli  tamonlari  bor. Xudo  ko‘rsatmasin,  bunday  milliy  va  diniy  nizolar  olovi  yonsa,  chetdan "Chuvaki,  nashix  büyut!"  degan  hayqiriq  yangrashi,  va  u  yoqlardan  qurol  aslaxa  "yordamlari"  zimdan  oqib  kela  boshlashi  mumkin.Va  bunday  xolatda  boshqa  tamonlar  ham  qo‘l  qovushtirib  o‘tirmasligi  aniq. Dunyo  demokratlari  esa  o‘z  navbatida  bu  siyosiy  konfliktlarni  bartaraf  qilish  uchun  u  mamlakatga  xalqaro  xarbiy  qo‘shinlarni  kiritadilar. Natijada  to‘xtatib  bo‘lmaydigan  fuqarolar  urushi  yurtni  vayronaga  aylantiradi,  millionlab  begunox  odamlar qirg‘inga  uchrab,  o‘zi  shundoq  ham  nochor  iqtisodiyot izdan  chiqadi,  yer ostki  va  ustki  boyliklar  ayovsiz  talon - toroj  qilinadi. Iloho, mamlakatimizda  hukumat  tinch  yo‘l  bilan  almashsin,  xalqimiz  omon  bo‘lsin,  yurtimizda  qon  to‘kilmasin,  ota - bobolarimizdan  yodgor  muazzam  shaharlarimiz  vayron  bo‘lmasin!
O‘zbekistonimizni   Xudo  hamisha  o‘z  panoxida  asrasin!



8  yanvarü,  2013  yil.
Kunduz  soat  12  dan  2  daqiqa  o‘tdi.
Kembridj  shahri,  Kanada.



Mo‘‘tadillik arosat emas.


Dunyoda xaroratning asosiy uch xil darajasi bor. Issiq (qaynoq), sovuq va mo‘‘tadil(iliq).  Mo‘‘tadillikni arosat deya valdiraguvchi kaltafaxm "Titankalla" do‘stlarimiz bir o‘ylab ko‘rsalar, o‘zlari tug‘ilganlaridan beri mo‘‘tadillikda jon saqlab kelayotganlarini anglab  yetib, so‘qir ko‘zlari yalt etib ochilgan bo‘lardi.

Ularga mantiqiy javob - bu o‘zlari yashab turgan shu muxit. Agar Yer shari Quyoshga yaqin borsa, domna pechdagi metall kabi bir laxzada erib lavaga aylanadi. Uzoq ketsa muzlab qolishlari aniq. Mehribon Xudoi Taolo Yer sharini shunday masofaga joylaganki, u masofada sayyoramiz na yonib, erib ketadi, na tamom muzlab qoladi. Yana bir misol. Inson bolasi ko‘p ovqat yesa, kasal bo‘lib, ovqat yemasa o‘lib qolishi mumkin. Ozroq ovqat yesa, sog‘ligini bevaqt yo‘qotmaydi.

Mo‘‘tadillikni arosat deguvchi chalasavodlar saratonda po‘stinga o‘ranib uylariga pechka yoqmasalar kerak?

Aksincha, kanditsionerlarini yoqib, yaxdek xonada muzdek sharbat ichib, muzqaymoq yeydilar. Xuddi shuningdek, qahrichilla qishda maykachan yurmaydilarku. Tana xaroratlarini mo‘‘tadillashtirish uchun egniga po‘stin, boshlariga quloqchin, oyog‘iga piyma, qo‘llariga qo‘lqop kiyadilar. Demak, hamma soxada mo‘‘tadillik, me‘yor va muvozanat kerak ekan.

Aqli sog‘lom odamlar uchun Ollox joriy qilgan olamdagi ilohiy mo‘‘jizalardan, ishoratlardan ibratlanib, barcha sohalarda me‘yorni, mo‘‘tadil yo‘lni tanlamoqlari g‘oyat foydalidir.
Ko‘p qirg‘inlarni, halokatlarni, fitnayu fasodlarni ko‘raverib ko‘zi pishgan donishmand ota - bobolarimiz ham har sohada, xovliqmay, o‘pkani bosib, mo‘‘tadillikni, me‘yorni, muvozanatni o‘zlariga dasturulamal qilganlar.

Ko‘zingizga sodda, savodsizday ko‘ringan bu kamtarin xalq, olomon emas, to‘da emas. Garchand ma‘lumoti nooliy, uylarida internetga ulangan kompyuterlari bo‘lmasada, Xalqimiz, iborali qilib aytganda, yer ostida ilon qimirlasa biladi.

Bu xalqni aldab bo‘lmaydi.Xalq sizning g‘oyangiz ortidan ergashmay, aqlingizga sig‘maydigan yo‘lni tanlagan bo‘lsa, bilingki, sizning g‘oyangiz noto‘g‘ri.

Demak, o‘sha Xalq tanlagan yo‘lda sizning g‘oyangizdan yaxshiroq, o‘sha xalqqa sevimliroq, foydaliroq nimadir bor.

Yoki aksincha, siz o‘zingiz g‘oyat ayyor, pixini yorgan firibgar, yomon xotinlar kabi makkor yoki lo‘ptaayvoz, vayo mayxo‘r -shisha g‘aribi, yoki bo‘lmasa go‘l, laqma, merov bo‘lib chiqasiz. Sinchikov xalq o‘z orasidan har doim jiddiy liderni topa oladi. Topa olmagan taqdirda, sal - pal pichoqqa sop bo‘ladigan nomzoddan yaxshi yo‘lboshi topilguncha sabr bilan foydalanib turaveradi.
Xalqning ko‘zi o‘tkir.

Uning e‘tiboriga tushish uchun sirtingizni silab, lo‘ppi yuzlangizni massaj qilib, labingizni do‘rri qilib, ko‘zoynagingizning sopidan tutganingizcha "Yappaaaaaaaaaa!" deya suratga tushishingiz, okeanlar ortidan bo‘yningizni cho‘zishingiz shart emas.

Eski choponga o‘rangan O‘zbek xalqi qo‘lidan ish keladigan farzandlarini koinotning narigi chekkasidan bo‘lsa ham topib, ustalik bilan ajrata oladi.

Xuddi minglab qo‘ylarini boshma - bosh taniydigan xotirasi mustaxkam cho‘pon kabi. Shuningdek, U 50 darajali yozgi issiqda qaynoq suvni shartta ichib ham yubormaydi, yoki qaxraton qishda muz yemaydi.

Xalq qalbiga mo‘tadillik bilangina yo‘l topish mumkin.
Ya‘ni Xalqimiz uchun mo‘‘tadillik arosat emas. Aksincha, uyg‘unlik.
U ikki oyog‘iga bir etik kiyib olgan, o‘z g‘oyasini boshqalarga zo‘ravonlik bilan singdirishga urinadiganlarni yoqtirmaydi.
Shu ma‘noda boshi berk ko‘chaga kirib qolgan bugungi O‘zbek muxolifati chuqur isloxatlarga muxtoj.

Agar Muxolifat Xalq bag‘riga qaytishni istasa, o‘z siyosiy faoliyatini tubdan mo‘‘tadillashtirmog‘i kerak.

Mo‘‘tadil siyosat yuritish amaldagi bugungi O‘zbekiston hukumatiga ham xalqimizga faqat foyda keltiradi.

Chunki mo‘‘tadil siyosat bu DEMOKRATIYa deganidir.




14 avgust, 2011 yil.
Kech soat 6 dan 14 minut o‘tdi.
Toronto shahri, Kanada.



Kech  bo‘lmasin



Hamma  narsa  qog‘ozda  bo‘lgan  jamiyat  lov  etib  bir  laxzada  yonib  ketishi  hech  gap  emas.

Unday  jamiyat  shu  qadar  tez  yonadiki,  o‘t  o‘chiruvchilar  komandasiga  telefon  qilguncha  o‘tadigan  qisqa  vaqt  oralig‘ida  hamma  narsa  yonib  kul  bo‘ladi.

Buni  Misr,  Liviya  misolida  ko‘rdik.

Endi  Siriyaga  o‘t  ilashdi.

Liviyaning  sobiq  lideri,  marxum  diktator  Kaddopiy  va  uning  o‘g‘illari  o‘zlarini  dunyoda  tengsiz  kuch -qudratga,  bitmas  tuganmas  molu  dunyoga  ega,  hechkim,  hech  qachon  yengolmaydigan  qaviy  zotlar  deya  xisoblardilar.
O‘z  muxoliflarini,  siyosiy  raqiblarini  nazarga  ilmay,  ularni  kalamushlar  deb  masxara  qilardilar.

Ular  "ortimizda  dunyo  musulmonlari,  ayniqsa,  boy,  qudratli  arab  mamlakatlari,  arab  ligasi hamda  biz  uchun  jonini  berishga  tayyor  Liviya  xalqi  turibdi"  deb  o‘ylardilar.

Oqibat  nima  bilan  tugaganini  butun  jahon  kuzatib  turdi,  ko‘rdi.
Avvaliga  murosasiz  bo‘lgan,  Ilimjinov  bilan  xotirjam  shaxmat  o‘ynab,  pinagini  buzmagan,  keyinroq  esa, sekin - sekin  saltanati  ostiga  suv  ketayotganini  sezgan  diktator sarosimaga  tushib, MUROSA  masalasini  o‘rtaga  ota   boshladi.

Men  o‘shanda  "Endi  kech  bo‘ldi. Murosa  haqida  ular  urush  boshlanmay  turib  o‘ylashlari  kerak  edi"  degan  edim,  o‘zimga  o‘zim.
Va  keyinchalik  o‘sha  fikrim  to‘g‘ri  bo‘lib  chiqdi.
Endi  ba‘zi  do‘stlarimiz  menga: - Murosa  diktaturani  yanada  mustaxkamlashga  xizmat  qilib,  zulm  davomatiga  sabab  bo‘lmaydimi? - deyishlari  mumkin.
Bunday  savolga  konkret  javob  quyidagicha: -  O‘zbekistonning  amaldagi  hukumati o‘zbek  muxolifati   bilan  murosaga  kelsa,  siyosiy  sog‘lom,  koalitsion hukumat  tuzilishi  mumkin.

Buning  uchun  o‘zbek  muxolifati  qurolini  tashlab,  yurtimiz  osoyishtaligi,  xalqimiz  tinchligi,  xotirjamligi  yo‘lida  o‘z  radikal  g‘oyalaridan  voz  kechadi,  amaldagi  hukumat esa,  o‘z  navbatida   diktatorlik  siyosatini  haqiqiy  ma‘nodagi  demokratiyaga  almashtiradi,  zulmning  har  qanday  ko‘rinishini   to‘xtatadi.

Bu  qadamni  qo‘yish  uchun  har  ikki  tamon  ham  kibru  havo  osmonidan  tushib,  o‘zbeklarga  hos  kamtarinlik  bilan  o‘zlarida  siyosiy  iroda,  jur‘at,  jasorat  topadilar.

Koalitsion  hukumat  degani,  DEMOKRATIYa  deganidir.
Bu  hukumat  tarkibida  yasama  cho‘ntak  partiyalar  emas,  haqiqiy  partiyalar  faoliyat   ko‘rsatadi.

U  siyosiy  sog‘lom  partiyalar  doim  bir - birlarining  shaxsiga tegmay, xaqorat qilmay, kamchiliklarini  yuksak siyosiy madaniyat  bilangina  eslatishga  odatlanadilar.

Deylik, ular  ta‘magir  tekinxo‘r  amaldorga: - Ey,  poraxo‘r  korruptsioner,  sen  davlat  byudjetidan  falon  tarmoqqa  sarf  qilishing  kerak  bo‘lgan  falon  milliard  miqdordagi  pullarni,  xalqning  rizqini  qayoqqa  gumdon  qilding? - deya  xisobot  talab  qilib  tursalar,  mamlakatda  korruptsiya  qoladimi?

Yoki  bo‘lmasa: - Ey  nobakor,  yebto‘ymas,  ochofat,  sen  falon  zavod -fabrikalarni  nega  noqonuniy  o‘zlashtirib  olib,  uskunalarini  talon - taroj  qilib,  keyin  tag  tugi bilan  pullab  yubording?

Aytginchi, nega  soxta  tender  uyushtirib,  qing‘ir  yo‘llar  bilan  haqiqiy  fermerning  ming  gektar  yerini  tortib  olding,  3000  bosh  qoramolga  ega  chorva  fermasini,  tanish - bilish  yo‘li  bilan  o‘zlashtirib,  semiz  buqalarni, zotli  sigirlarni   yeng  uchida  pullab,  ularning  o‘rniga  tirraqi  buzoqlarni  sotib  olib,  u  fermani  kimgadir  sotibsan. Qani  u  pullar? -deya  so‘roqqa tutib, yemaxo‘rlarning, firibgarlarning tanobi tortib turilsa, nonopqocharlik kamayib, mamlakat  iqtisodiyoti  oyoqqa  turmaydimi?

Yoxud,  ey,  ablax  soxta  fermer,  nega  yerlaringning  ball - bonnitetini  pastlatib  yozdirib,  yerlarim  sho‘rxok,  zax  va  unumdor  emas  deya,  hukumatni  aldab,  u  yerlarga  sholi  ekib, guruch  sotib,  cho‘ntagingni  qappaytirib,  arzimagan  pulga  paxta  tozalash  zavodidan  yuz  tonna  paxta  yozdirib,  qo‘shib  yozish  jinoyatini  sodir  etding? Senga  o‘xshaganlar  ming - million  bo‘lsa,  o‘zbekiston  omboridagi  paxta  qancha  ekan? Paxtamiz  falon  million  tonna  va  u  falon  milliard  pul  bo‘ladi   deya  byudjetni  o‘sha  yo‘q  paxtaga  qarab rejalasalar,  oqibat  nima  bo‘lishini  o‘ylaysanmi,  axmoq? - deyilsa, buning nimasi yomon?

Ozod  pressa  poraxo‘rlarni,  firibgar  amaldorlarni  mustaqil  nashrlarda  tanqid  qilib  tursalar,  poraxo‘r,  firibgar  kimsalarning,  zolimlarning  dasti  qirqilmaydimi?

Jamiyat  sog‘lomlashmaydimi?

Hamma  ertaga  tanqidga  uchrab,  xalq  oldida  sharmsor  bo‘lishini  o‘ylab,  to‘g‘ri  ishlay  boshlaydiku.

Poraxo‘rlar,  zolimlar  ozod  matbuotda  elga  sharmanda  bo‘lishidan  qo‘rqib,  arzimagan  pora  evaziga  vijdonini  yutib,  begunox  odamlarni  tuxmatlar  bilan  qamatib,  turmalarda  urib  o‘ldirmasa,  el  ham  mamlakat  prezidentidan  rozi  bo‘lmaydimi?

Muxolifatga  ham  davlat  boshqaruv  organlaridan  kvotalar  ajratsalar,  muxolifat  radikal  g‘oyalaridan  voz  kechib,  qurolini  tashlab,  xalqimiz  farovonligi  yo‘lida  baqamti  ishlasa,  elga  xizmat  qilsa,  XALQIMIZ  ham,  amaldagi    hukumat  ham  terror  va  ekstremizm  taxdididan  halos  bo‘lib,  yengil  nafas  oladiku.

Mana  sizlarga  ozod  matbuot  va  koalitsion  hukumatning  foydasi,  MUROSANING  mislsiz  ahamiyati!

Manabu  yo‘nalish  muxolifat  uchun  ham,  amaldagi  Hukumat  uchun  ham,  XALQIMIZ  uchun  ham  manfaatli,  yagona  to‘g‘ri  yo‘ldir.
MUROSA  jamiyatning  qon  bosimini  mo‘‘tadillashtiradi,  sog‘aytiradi.
MUROSAsiz  jamiyat  siyosiy,  ijtimoiy  va  iqtisodiy  Insulütga  uchrab,  oxiri  halok  bo‘ladi.

MUROSANI  urush  boshlanmay  turib  o‘ylamoq   va  uni  paysalga  solmay,  amalga  oshirish  kerak!

Mamalakatimizda  haqiqiy  ma‘nodagi  KOALITsION  hukumat  bo‘lsa,  bugun  muxolifatni  TUTANTIRIQ  qilib,  yurtimizga  o‘t  qo‘yishni  o‘ylayotgan  yovuz  niyyatli,  ko‘zga  ko‘rinmas,  pismiq  kuchlar  chirkin  maqsadlariga  erisholmaydilar.

Muxolifat  ichkarida  bo‘lsa,  vatanimizga  o‘t  qo‘yish  uchun  baxona  topolmaydilar.

Aziz  O‘ZBEKLARIM,  O‘ZBEKISTONLIKLARIM!Qarasa  xaritada  ko‘rinmoydigan  mamlakatlarning  ham  muxolifati  ichkarida  va  ular  birovlarning  qo‘lida  o‘yinchoq  emas.Boltiqbo‘yi  davlatlariga  qarang. Joni  tinchib,  dunyoga  kulgi  bo‘lmay,  to‘zg‘imay, birlashib,  churq  etmay  yashayaptilar. Yaxshilardan  ibrat  olaylik.

"BIRLAShGAN  O‘ZAR,  BIRLAShMAGAN  TO‘ZAR"  degan  XALQIMIZning  hikmatli  maqolini  tez tez eslab turaylik.



15  may,  2012  yil.
Tungi  soat  1 dan  36  minut  o‘tdi.
Toronto  shahri,  Kanada.




Ishonch  haqida



Har  qanday  asar,  hox  u  san‘at  darajasida,  hox  o‘rtamiyona  hox  past  darajada  bo‘lsin,  o‘sha  asar   muallifi  ruhining,  qalbining,  dunyoqarashining   ko‘zgusidir.

Yozgan  asariga  qarab  ijodkorning  qanday  odam  ekanligini  bilib  olsa  bo‘ladi. U  asar bo‘yoq  bilan  ishlanadimi, so‘z bilan ishlanadimi, yoki ohanglar yordamida yoinki toshdan  vayo bronzadan ishlangan bo‘ladimi, o‘sha asarda zamonlar, davrlar surati  muhrlanib  qoladi.Gaplarimiz isbotli bo‘lishi uchun piri ustozimiz Hazrati Amiri Alisher Navoiyning  "Aylagach"  nomli  g‘azaliga  murojaat  qilamiz.


Husni  ortar  yuzda  zulfin  anbarafshon  aylagach,
Shami  ravshanroq  bo‘lur  torin  parishon  aylagach.
Tiyg‘  ila  paykonlaring  yetdi,  ko‘ngil   bo‘lg‘och  xarob,
Suv  quyib  tuxm  ekding  ul  kishvarni  vayron  aylagach.
Qon  emasdir  yopdi  gulgun  hulla  jannat  xozini,
Iishq  maqtulin  qatl  aylarda  uryon  aylagach.

Ustozning  yuqoridagi  g‘azalidan  keltirilgan  baytlarda  qadim  zamonlarning  tarixiy  xronikasi  ko‘hna  g‘or  devorlaridagi  chizgilar  singari  avlodlarni  to  abad  hayratlantiraveradi.

O‘rtadagi  baytda  Hazrat  Navoiy  boshqa  o‘lkalar  fatx  etilgach,  fotixlar  o‘sha  yurtning  urushda  vayron  bo‘lgan  shaharlari  o‘rnini  omochda  shudgorlatib,  bug‘doy,  arpa  singari  lalmikor  ekinlarni  ekib  tashlaganlariga  ishora  qiladi. Tuxm - Tuxum  so‘zi   urug‘  degan  ma‘noni  beradi.

Keyingi  misralarda  yana  ham  mudxishroq  manzara  chiziladi.
Maqtulni,  ya‘ni  qatl  etishga  hukm  qilingan  kishini  qatlgoxda  yechintirib,  unga  maxsus  yopinchiq  berilganini,  shundan  keyingina  qoziyat  hukmi  ijro  etilgani  ko‘z  oldimizda namoyon  bo‘ladi.

Bunday  zamonlar  surati  xalq  maqollarida  ham  mushakkal. Misol  uchun   xalqimizning  "Ishonmagin  do‘stinga,  samon  tiqar  po‘stinga"  degan  maqolini  olaylik.

Biz  bu  maqolni  eshitaverib  shu  qadar  ko‘nikib  ketganmizki,  unda  aks  etgan  mudxish  manzaraga  e‘tibor  ham  bermaymiz. Mana  shu  maqoldan  bilib  olsa  bo‘ladiki,  qadim  zamonlarning  shafqatsiz  qonunlariga  binoan  mahkumning  tiriklay terisi  shilinib, terisi  ichiga  somon  tiqilgan ekan.

Sotqin,  tuturuqsiz, labzsiz, lo‘ttiboz do‘stlari sotib ketganda, pushaymonlik bilan odamlar  shu va shu kabi maqollarni to‘qib, avlodlarga og‘zaki bebaho mulk sifatida me‘ros qilib qoldirganlar.

Ishonchsiz do‘st sotqinligini ular o‘sha maxkum terisiga somon tiqqan qonxo‘r jallodlarga  mengzaganlar.

Ha, "Ishonch" degan muqaddas tuyg‘u insonni ba‘zan saodatga yetaklasa, ba‘zan halok etadi. Ishongan odamingiz xafsalangizni pir qilmasa, aldamasa, biznesingiz rivojlanib besh - to‘rt  so‘m pul topasiz, odamday yashay boshlaysiz.

Bordiyu buning aksi bo‘lib, ishongan do‘stingiz, yoki bizneshamkoringiz sizdan o‘z manfaati  yo‘lida foydalanib, keyin sizning qulog‘ingizga ugra lag‘mon osib ketsa, bu ham kamday, qorni  ochganda bir - birini yeydigan jirkanch shakallarning quturgan to‘dasiga yem qilib ketsa, bu  ko‘rinish dono xalqimizning bundan ming - ming yillar avval bizga meros qilib qoldirgan  yuqoridagi maqoliga qobil keladi.

Nima bo‘lganda ham ishonch tuyg‘usiga o‘zaro munosabatlarda ham, jamoatchilikda ham, davlat  boshqaruvida ham ehtiyoj katta.

Zero, ishonch yo‘qolgan yerga parokandalik, adovat, nizo, norozilik, isyon bulutlari bostirib   kelaveradi.

Qut - baraka ham soyabonini olib, chamadonini ko‘tarib ishonch bor joylarga ketib qoladi.

Ishonch yo‘q joylarda murosa bo‘lmaydi.

Unday o‘lkalarda urush alanga oladi.

Ishonchni barpo qilish uchun esa, aldashni bas qilmoq kifoya.

Rahbarlari halol siyosat yuritgan mamalakatning hukumati koalitsion, ya‘ni uyg‘un, matbuoti  ozod, jamiyati ahil bo‘ladi.

Muxolifati tariday to‘zg‘ib tashqarida yurmaydi.

Shu kunlarda Rossiyaning Yevropa va Mag‘rib bilan viza tizimini soddalashtirishga  talpinayotganlari ham mamlakatlararo ishonchni mustaxkamlash uchun olinayotgan tadbirdir. Xo‘sh,  nega, bu mutaraqqiy, qudratli davlatlar viza tartiblarini osonlashtirmoqdalar. Nima,  ularga terrorizm avj olgan shu qaltis zamonlarda milliy havfsizlik kerakmasmi?

Kerak.

Lekin ular qo‘ni - qo‘shnichilik munosabatlarini uzgan, xudbin jamiyat juda ko‘p foydalardan  maxrum bo‘ladi degan hikmatni allaqachon anglab yetganlar.

Ey Vatandosh, bu hikmatni anglash uchun uzoqqa borish yoki tom - tom kitoblarni o‘qish shart emas.

Jonimizdan ham suyukli xalqimiz urf - odatlariga qarang.

Dunyodagi tamomi hikmatlarni bilsa ham, jimgina  jilmayib turadigan bu kamtarin xalq  tong qorong‘usida dorvozasini ochib qo‘yadi.

Uyimizga baraka kiradi deydi.

Ha, ochilgan eshiklardan baraka keladi. Eshigi tambalangan, ostonasi qattiq uyga baraka tugul  qo‘ni - qo‘shni, hatto qalbi beg‘ubor bolalar ham qadam qo‘ymaydilar.
Unday uyga odamlar xuddi qonxo‘r vampir graf Drakulaning o‘rgimchak to‘ri bosgan,   ko‘rshapalaklar uchib yurgan rutubatli qarorgoxiga qaraganday qaraydilar.

Bugun Amerika, Rossiya, Yevropa davlatlari bir - birlariga dorvozalarini ochib, viza  tartiblarini soddalashtirayotganda bizning amaldagi rahbarlarimiz negadir viza tartibini  kundan - kunga qiyinlashtirayotgani odamni hayron qoldiradi.

Bu borada mening konkret taklifim , biz ham o‘sha rivojlangan davlatlar kabi viza  tartibini soddalashtiraylik, osonlashtiraylik.

Shunda zaxmatkash biznesmenlarimizning, jafokash  fermerlarimizning, chet davlatlarda  halol mehnat qilib, mamlakatimiz hazinasiga foyda keltirayotgan, ammo huquqlari davlatlar  darajasida yetarli kafolatlanmayotgan mehnat muhojirlarining ko‘k tomiri chiqqan, ozg‘in  oyoqlaridagi zang bosgan kishanlarni yechib tashlagan bo‘lamiz. Mamlakatimiz bozorlari  sifatli iste‘mol tovarlariga to‘lib - toshadi, iqtisodiyot tez sur‘atlar bilan rivojlanadi.

Yurtimizga turistlarning kelishi osonlashadi. Turizmdan keladigan ozmi - ko‘pmi daromad ham  davlatimiz iqtisodiyotiga quvvat bo‘ladi.Hech yo‘q qarovsizlikdan, termitlardan yemrilib  nurayotgan ota - buvalarimiz ishonib bizga topshirib ketgan osori otiqalar rekonstruktsiyasiga  ketadigan harajatlarni qoplab qoladi.
Eng asosiysi, bizning yosh, mustaqil mamlakatimiz bilan dunyoning yetakchi mamlakatlari  o‘rtasida o‘zaro ishonch yanada ortadi.


Ishonch bor joyda  murosa bo‘ladi.


Murosa bor joyda esa urush bo‘lmaydi.


MUROSAli jamiyatga REVOLYuTsIYaning keragi yo‘q.





28  may,  2011  yil.
Kunduz  soat  12  dan  30  minut  o‘tdi.
Toronto  shahri,  Kanada.